O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI

Annotasiya

Ushbu maqola O'zbekistonda jadal iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashishda oliy ta'limga investitsiyalarning hal qiluvchi rolini o'rganadi. Unda oliy ta’lim sohasining “O‘zbekiston – 2030” milliy strategiyasi bilan uyg‘unlashgan holda investitsiyalar jozibadorligi alohida ta’kidlangan. Maqolada mavjud adabiyotlar va ekspert xulosalari asosida “investitsiyalar” va “investitsion jozibadorlik” tushunchalari berilgan. Nihoyat, oliy ta'lim xizmatlarida investitsion jozibadorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
59-65
21

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xasanov, A., Tursunov , V. ., & Samarov , B. (2024). O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(15), 59–65. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63081
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola O'zbekistonda jadal iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashishda oliy ta'limga investitsiyalarning hal qiluvchi rolini o'rganadi. Unda oliy ta’lim sohasining “O‘zbekiston – 2030” milliy strategiyasi bilan uyg‘unlashgan holda investitsiyalar jozibadorligi alohida ta’kidlangan. Maqolada mavjud adabiyotlar va ekspert xulosalari asosida “investitsiyalar” va “investitsion jozibadorlik” tushunchalari berilgan. Nihoyat, oliy ta'lim xizmatlarida investitsion jozibadorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.


background image

59

O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIKNING OLIY TA’LIM

XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI

Xasanov Ahmad

Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo’rg’on filiali

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o’qituvchisi

Tursunov Vohid va Samarov Behruzbek

Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi 4- bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14500123

Annotatsiya:

Ushbu

maqola

O'zbekistonda

jadal

iqtisodiy

rivojlanishga

ko'maklashishda oliy ta'limga investitsiyalarning hal qiluvchi rolini o'rganadi. Unda oliy ta’lim
sohasining “O‘zbekiston – 2030” milliy strategiyasi bilan uyg‘unlashgan holda investitsiyalar
jozibadorligi alohida ta’kidlangan. Maqolada mavjud adabiyotlar va ekspert xulosalari asosida
“investitsiyalar” va “investitsion jozibadorlik” tushunchalari berilgan. Nihoyat, oliy ta'lim
xizmatlarida investitsion jozibadorlikni rivojlantirish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

Kalit soʼzlar:

investitsion jozibadorlik, oliy ta’lim xizmatlari, iqtisodiy rivojlanish,

tadqiqotlar, innovatsiyalar, O‘zbekiston-2030 strategiyasi, ximzatlar, ta’lim xizmatlari.

Аннотация.

В данной статье исследуется роль инвестиций в высшем

образованим для содействия быстрому экономическому развитию в Узбекистане.
Подчеркивается привлекательность сектора высшего образования для инвестиций,
что соответствует национальной стратегии «Узбекистан-2030», направленной на
привлечение значительных иностранных и внутренних инвестиций. В статье даны
определения понятий «инвестиции» и «инвестиционная привлекательность» на
основе существующей литературы и мнений экспертов. Наконец, в нем изложены
предложения по повышению инвестиционной привлекательности услуг высшего
образования.

Ключевые слова

: инвестиционная привлекательность, услуги высшего

образования, экономическое развитие, исследования, инновации, стратегия
Узбекистана-2030, услуги, услуги образования.

Abstract.

This paper explores the crucial role of investment in higher education for

fostering rapid economic development in Uzbekistan. It emphasizes the attractiveness of the
higher education sector for investment, aligning with the national strategy "Uzbekistan-2030"
that aims to attract significant foreign and domestic investments. The paper defines
"investment" and "investment attractiveness" based on existing literature and expert
opinions. Finally, it outlines suggestions to develop investment attractiveness in higher
education services.

Keywords

: investment attractiveness, higher education services, economic

development, research, innovation, Uzbekistan-2030 strategy, services, education services.

Kirish:

O’zbekiston iqtisodiyotini tizimli va jadal rivojlantirish oliy ta’lim taraqqiyotiga

va yuqori malakali kadrlar salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Bizga ma’lumki, oliy ta’lim yuqori
investitsiya talab qiladigan investitsiyaviy jozibador sohalardan biri xisoblanadi. Ta’kidlash
joizki, Respublikamizda investitsion faoliyat davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy
qismidir. Ayniqsa bu borada, 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158 son farmoniga ko’ra qabul
qilingan O’zbekiston-2030 strategiyasida belgilab berilganidek “Mamlakatimizda 250 milliard


background image

60

dollarlik investitsiyalarni o’zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va
30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish” vazifa qilib
belgilangan. Investitsiyalarni o’zlashtirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari singari oliy
ta’limda ham ustuvor hisoblanadi. Shu sababli ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga
yo’naltirilayotgan investitsiya mablag’lari yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi va maqsadli
foydalanishni talab etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili:

Xizmat ko’rsatishda ayniqsa oliy ta’lim xizmatlariga

investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mazmunini ochib berishda investitsiya atamasining
mohiyatini ko’rib chiqish muhim xisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar atamasi
“kapital quyilmalar va kapital tushunchalar bilan” aynan o’xshash ma’noda ko’p uchraydi.
Ayrim iqtisodchilarning fikricha, “investitsiyalar” asosiy kapitalga mablag’ quyish ma’nosida
ham bayon qilinadi. Lekin, soha olimlari va mutahasislarining fikrlaridan kelib chiqib quyidagi
fikrlarni bayon qilganlar. Professor S.Shodmonov va U.G’ofurovlar fikriga ko’ra
“investitsiyalar-asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir” deb bayon qilgan
bo’lsa, boshqa bir soha mutahasisi professor G’ozibekov D.G’. “investitsiya-iqtisodiy va boshqa
faoliyat sohalariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar hamda ularga doir xuquqlar”
degan firkni ilgari suradi. Shuningdek investitsiyalarning mohiyati O’zbekiston
Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni 2-moddasida aniq qilib bayon
qilingan, unga ko’ra “Investitsiyalar-iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan
moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir xuquqlardan iborat”. Yuqoridagilardan
kelib chiqib bizning fikrimizcha investitsiyalarning mohiyatini bayon etishda uning qaysi
tarmoq va sohalarga bo’lgan ehtiyoji va jozibadorligini xisobga olish zarur deb xisoblaymiz.
Shunday ekan, investitsiyalar bu mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining turli tarmoq va
sohalariga foyda olish maqsadida yo’naltiriladigan mablag’larning (kapital quyilmalarning)
qiymatidan iboratdir. Oliy ta’limda investitsiya deyilganda esa Respublika milliy
iqtisodiyotining ta’lim sohasidagi oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan
mablag’larning (davlat va xususiy kapitalining) qiymatidan iborat. Undan tashqari,
investitsion jozibadorlik kontseptsiyasi, Mogilova fikriga ko'ra, investorning qaroriga ta'sir
qiluvchi shartlar va omillarning mavjudligi bilan bog'liq. Investitsion jozibadorlik mamlakat
yoki tashkilotga pul investitsiya qilishning rentabelligini yoki zararini aks ettiruvchi xususiyat
sifatida aniqlanadi. U iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy va boshqaruv jihatlari kabi turli omillar
bilan belgilanadi. Undan tashqari, investitsion jozibadorlik investorlar sarmoya kiritmoqchi
boʻlgan muhitning jozibadorligini baholovchi koʻrsatkich sifatida aniqlanadi. Investitsion
jozibadorlik tadbirkorlik sub’ektiga investitsion qarorlar qabul qilishda ta’sir etuvchi omillar
majmui sifatida aniqlanadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, investitsiyalar - bu davlat yoki
xususiy kapitalning moliyaviy resurslarni milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, jumladan,
oliy ta'limga ajratishdir. Investitsion jozibadorlik tushunchasi, Sergeeva va boshqalar
tushuntirganidek, iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy va boshqaruv jihatlarini qamrab oluvchi
investitsiya qarorlariga ta’sir etuvchi shartlar va omillarni anglatadi. U mablag'larni
investitsiyalashda rentabellik yoki zarar ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi va investorlar uchun
muhitning jozibadorligini baholaydi. Investitsion jozibadorlikning asosiy rolini e'tirof etgan
holda, uning ta'siri asosan oliy ta'lim xizmatlarini rivojlantirishga taalluqli bo'lib, nafaqat


background image

61

xizmatlar sifatini oshirishga, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishga ham hissa qo'shishi
ayon bo'ldi.

Tadqiqot metodologiyasi:

Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tizimli

yondashuvi analiz, sintez, induksiya va deduksiya, monografik kuzauv, statistik taxlil,
abstrakt-mantiqiy fikrlash va istiqbolli prognozlash usullaridan keng foydalanilgan.

Taxlil va natijalar:

Respublika milliy iqtisodiyotida oliy ta’lim sohasini barqaror

faoliyat yuritishi uchun unga sarflanayotgon investitsiyalar harakati bilan chambarchas
bog’liq hisoblanadi. Tahlillar shuni ko’rsaradiki, oliy ta’lim sohasini samarali faoliyat
ko’rsatishi va malakali kadrlar tayyorlashi investitsion jarayonlarni rivojlanganligi va
investitsion muhitni shakllanganligiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Iqtisodiyotning boshqa
tarmoq va sohalari singari oliy ta’lim sohasida ham investitsion jarayon asosan investitsion
bozor orqali amalga oshiriladi.

Oliy ta’limda investitsion bozorni faoliyati, investitsiyalarga bo’lgan talab va taklif-ning

o’zaro harakati tarzida bozor muomilasi bilan bog’liq holdagi iqtisodiy munosabatlar tizimi
sifatida namoyon bo’ladi. Bugungi kunda O’zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish
imkoniyatini yaratuvchi, oliy ta’lim xizmatlari investitsiya bozori faoliyat yuritmoqda.
Shunday ekan, mamlakatimizda investitsiyaga bo’lgan talab va taklifni shakllantirishning oliy
ta’lim tizimidagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1.

Oliy ta’lim xizmatlari faoliyat sohalarni kengaytiradi va uning iqtisodiy salohiyatini

oshiradi, masalan turizm sohasida oliy ma’lumotli malakali kadrlarni shakllantirish.
2.

Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish uchun yangi texnika va texnologiyalarni olib kelish,

shuningdek sohani texnik ta’minoti darajasini oshirish imkoniyatini yaratadi.
3.

Oliy ta’lim sohasidagi asosiy vositalarni moddiy va ma’naviy eskirishini oldini oladi.

4.

Oliy ta’lim sohasida yangi xizmat turlarini shakllanishiga imkon yaratadi, faoliyat

yurutuvchi professor-o’qituvchilarning ijtimoiy va iqtisodit ta’minoti yaxshilanadi.
5.

Respublika oliy ta’lim muassalarida raqobardoshlikni mustahkamlaydi va oliy ta’limda

malakali kadrlar tayyorlash imkoniyati kengayadi.
6.

Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar hamda raqamli

texnologiyalarning qullash imkoniyati kengayib turli “korrupsiya” xolatlari oldi olinadi.
7.

Respublika oliy ta’lim tizimini barqaror o’sish imkoniyati oshib jahondagi rivojlangan

davlatlardagi universitetlar bilan integratsiyalashuv tezlashadi va natijada yuqori malakali
raqobatbardosh oliy ma’lumotli milliy kadrlar tayyorlash salohiyati oshadi.

Shu bilan birga Respublika oliy ta’lim tizimida samarali investitsiya jarayonini amalga

oshirish investitsiya jozibadorligiga bevosita bog’liq xisoblanadi. Ma’lumki, oliy ta’lim
sohasiga investitsion jozibador soha sifatida davlat byudjetidan ham investitsiya ajratib
beriladi.

Respublikamizda oliy ta’limni davlat byudjeti mablag’lari xisobidan investitsiyalash

asosan ajratiladigan respublika byudjeti xiobidan quyidagicha amalga oshiriladi


background image

62

(1-rasm).

Oliy ta’limni davlat mablag’lari xisobidan investitsiyalash.

Ushbu rasmdan ko’rinib turibdiki, oliy ta’limni davlat mablag’lari xisobidan

investitsiyalash ichiga bevosita investitsiyalar, davlat grantlari, nomdor stipendiyalar,
rag’batlantirish bo’yicha beriladigan investitsiyalar, texnikumlar va akademik litseylar uchun
investitsiyalar, boshqa investitsilardan tashkil topgan. Ta'lim sifatini ta'minlash, moddiy-
texnik bazasini saqlash va malakali professor-o'qituvchilarni jalb qilish uchun yetarli
miqdorda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar muhim ahamiyatga ega. Biroq, byudjet
taqsimotidagi samarasizlik va shaffoflikning yo'qligi ushbu sa'y-harakatlarning
samaradorligiga putur yetkazishi mumkin. Davlat subsidiyalari turli kelib chiqishidan bo'lgan
istiqboli porloq talabalar uchun oliy ta'lim olish imkoniyatini oshirishda, ijtimoiy tengsizlikni
kamaytirishda muhim rol o'ynaydi. Ammo, stipendiyalarning yetarli emasligi talabalarning
munosib ta'lim olish imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Mashhur stipendiyalar talabalarni
akademik yutuqlarga erishishga va yuqori malakali mutahassis bo’lib yetishishiga undashi
mumkin. Biroq, cheklangan moliyalashtirish imkoniyatlari iqtisodiy nochoq odamlarni oliy
ta’limdan kerakli ko’nikmalarni olishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Rag'batlantirish oliy ta'lim
muassasalarini o'z xizmatlarini yaxshilashga, eng yaxshi mutahasislarni yollashga, tadqiqot va
innovatsiyalardagi yutuqlarga hissa qo'shishga yordam beradi. Noto'g'ri tuzilgan
rag'batlantirishlar kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin, masalan, ta'limdagi
mukammallikdan ko'ra moliyaviy foydani ta'kidlaydigan muassasalar. Ushbu muassasalarga
investitsiyalar turli maqsad va ko'nikmalarga ega bo'lgan talabalarni qamrab oluvchi, ularga
muvaffaqiyatli ish ko’nikmalari uchun yo'llarni taqdim etadigan yanada diversifikatsiyalangan


background image

63

va har tomonlama mukammal ta'lim tizimini yaratishga yordam beradi. Ushbu
komponentlarni qo'llab-quvvatlash talabalar uchun yanada kengroq va rivojlantiraydigan
o'quv muhitini yaratishga yordam beradi, bu ularning ilmiy yutuqlari va umumiy farovonligini
oshirishiga olib keladi.

Respublikada oliy ta’limni investitsiyalash jarayoni investitsiyalarning qatnashish

xarakteriga ko’ra bir qator turlarga bo’linadi, jumladan investitsiyalarni qay miqyosda amalga
oshishiga ko’ra bevosita portfelli investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar bu oliy
ta’limda investorni o’z moliyaviy mablag’ini joylashtirish obyektini tiklash imkoniyatini bersa,
portfelli investitsiyalar esa investitsiyalashni tijorat banklari, investitsion kompaniyalar
fondlar yordamida amalga oshirish shaklida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga oliy ta’lim
xizmatlarini oshirishga yo’naltirilgan investitsiyalar xududiy joylashish bo’yicha ichki va
tashqi, investitsiyalash davriga qarab qisqa va uzoq muddatli, mulk shakllari bo’yicha davlat,
xususiy xorijiy, qo’shma shakllarga hamda investitsiyalar tavakkallik tarajasi bo’yicha yuqori
tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Bularning barchasini oliy ta’lim
tizimida samarali foydalanish sohani zamon talabi asosida rivojlanish imkoniyatini yaratadi.

Tahlillar shuni ko’rsatadiki, Respublikamizda ham boshqa rivojlangan davlatlar singari

soha investitsiya jozibadorligini ta’minlash uchun unga ta’sir etuvchi omillarni xisobga olish
zarur bo’ladi. Bunday omillar quyidagilar hisoblanadi (Rasm 2).

Rasm 2: Oliy ta’limga investitsiyalarning jozibadorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, oliy ta’lim investisiyalarning jozibadorligiga

siyosiy, iqtisodiy, valyuta kursining barqarorligi va inflyasiga dinamikasi, mehnat bozori
talablari, oliy ta’lim xizmatlariga talab va taklif, kredit qiymati va oliy ta’lim muassalarining


background image

64

damodarligi ta’sir ko’rsatadi. Oliy ta'limning investitsion jozibadorligi turli omillarning
murakkab o'zaro ta'siriga bog'liq. Bu omillar, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlik, bozor
dinamikasi va institutsional salomatlik, investorlar uchun sektor salohiyatining to‘liq holatini
ko’rsata oladi. Bunda, barqaror siyosiy va iqtisodiy muhit investorlarning ishonchini oshiradi,
ularni oliy ta’lim muassasalari kabi uzoq muddatli tashabbuslarga sarmoya kiritishga undaydi.
Yana, valyuta kurslarining oldindan aytib bo'lmaydigan o'zgarishi va inflyatsiya ta'lim
muassasalarining moliyaviy barqarorligiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi va ularning investorlar
uchun jozibadorligini kamaytirishi mumkin. Undan tashqari, taklif etilayotgan ta'limni mehnat
bozorining rivojlanayotgan ehtiyojlariga moslashtirish bitiruvchilarning ish beruvchilar
tomonidan talab qilinadigan ko'nikmalarga ega bo'lishini ta'minlaydi, muassasaning qabul
qilingan qiymatini oshiradi va investitsiyalarni jalb qiladi. Oliy ta'lim xizmatlariga talab va
taklif o'rtasidagi to'g'ri muvozanat institutlarning ortiqcha bosim ostida qolmasligini
ta'minlaydi va ularni yanada jozibador investitsiya imkoniyatlariga aylantiradi. Arzon
moliyalashtirishga oson kirish institutlarga infratuzilma, professor-o'qituvchilar va boshqa
resurslarga sarmoya kiritish imkonini beradi va shu bilan ularning sifati va investorlarning
jozibadorligini oshiradi. Potentsial investorlar, tabiiyki, mukammal moliyaviy sog'lig'i,
mustahkam akademik dasturlari va o'rnatilgan yutuqlar tajribasiga ega universitetlarga
ko'proq qiziqishadi.

Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlasa bo’ladiki, ta'lim muassasalariinvestitsiyalarni jalb

qilish va sog'lom oliy ta'lim muhitini yaratish uchun ushbu bir qator omillarni churuq
o’rganishi kerak.

Xulosa va takliflar

Umuman, yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikamiz oliy ta’lim muassalalari

investitsion jozibadorligi quyidagi yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi:

- Birinchidan, xalqaro talablarga mos, yuqori malakali (innovatsion, texnikaviy va

zamonaviy texnologiya yaratadigan) kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.

- Ikkinchidan, kelajakka ishonch ruxi bilan qaraydigan, bilimli, bir necha xorijiy tillarni

biladigan, oliy ma’lumotli intelligent kardlarni shakllantirish.

- Uchinchidan, Respublikamizda barcha tarmoq va sohalarda malakali mehnat qila

oladigan soha mutahasislarini yetkazib berish.

- To’rtinchidan, bugungi raqamli iqtisodiyot texnologiyalariga mos zamonaviy
usullarni o’zlashtirgan, hamda mavjud texnologiyalardan samarali foydalanish

ko’nikmasiga ega bo’lgan mutahassislarni tayyorlash.

- Beshinchidan, Respublikamizda fan, ta’lim va ishlab chiqarish zanjirini

shakllantiradigan Uchinchi Renesans avlodlari poydevori yaratadi.

References:

1.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 01/07/2021

yildagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi
Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida bayon etilgan takliflar va takliflardan
kelib chiqadigan mahsulotlar. to' g'risida” qarori, 681-IV-son.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28/01/2022 yildagi “2022 - 2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, PF-60-son.


background image

65

3.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Prezidentning 2023

yil 11 sentyabr PF-158 Sonli Farmoni.
4.

Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. “Iqtisodiyot nazariyasi”//Darslik. -T.:2010, 347-bet.

5.

G’ozibekov D.G’. “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari” T.:Moliya.,2003 y.,18-b.

6.O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni. 1998 yil 24-
dekabr.
6.

Mohylova, A., Grybyk, I., Hlivinska, Y., Kudinova, I., Stepanenko, M., & Torishnya, L.

(2021). Estimation of enterprise’s investment attractiveness in the conditions of
development. Studies of Applied Economics, 39(5).
7.

Yuliia, Nikolchuk., Oksana, Lopatovska. (2022). Investment attractiveness of ukraine:

trends, problems and solution key vectors. Innovation and sustainability series, doi:
10.31649/ins.2023.1.164.175
8.

Mirzaev, D. K., & Janzakov, B. (2020). The determinants of international tourism (in the

example of CIS countries). European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 1125-
1133
9.

A.V., Sergeeva., E.A., Melay., Elena, Nikitina. (2022). Methods of comparative analysis of

investment attractiveness of organizations. Vestnik Astrahanskogo gosudarstvennogo
tehničeskogo universiteta, doi: 10.24143/2073-5537-2022-2-127-133
10.

Adriana, Halikowska. (2022). The measure of investment attractiveness in the

agricultural sector and its application at national and regional level. Wiadomości Statystyczne.
The Polish Statistician, doi: 10.5604/01.3001.0015.8536
11.

Ivan, Jáč., Marie, Vondráčková. (2017). The perception of selected aspects of investment

attractiveness by businesses making investments in the Czech Republic. E & M Ekonomie A
Management, doi: 10.15240/TUL/001/2017-3-008
12.

угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного

порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.
13.

АМАНБАЕВ,

Ж.

(2022).

НАРКУЛОВА

ИРК

Технология

организации

самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики
Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".–
2022, 23, 136-139.
14.

Q.J Mirzayev, E.Sh. Shavqiyev, B.K. Janzakov. Innovatsion iqtisodiyot. (Oʻquv koʻllanma

T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”,2020. - 298 bet.

Bibliografik manbalar

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 01/07/2021 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida bayon etilgan takliflar va takliflardan kelib chiqadigan mahsulotlar. to' g'risida” qarori, 681-IV-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28/01/2022 yildagi “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, PF-60-son.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Prezidentning 2023 yil 11 sentyabr PF-158 Sonli Farmoni.

Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. “Iqtisodiyot nazariyasi”//Darslik. -T.:2010, 347-bet.

G’ozibekov D.G’. “Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari” T.:Moliya.,2003 y.,18-b. 6.O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni. 1998 yil 24-dekabr.

Mohylova, A., Grybyk, I., Hlivinska, Y., Kudinova, I., Stepanenko, M., & Torishnya, L. (2021). Estimation of enterprise’s investment attractiveness in the conditions of development. Studies of Applied Economics, 39(5).

Yuliia, Nikolchuk., Oksana, Lopatovska. (2022). Investment attractiveness of ukraine: trends, problems and solution key vectors. Innovation and sustainability series, doi: 10.31649/ins.2023.1.164.175

Mirzaev, D. K., & Janzakov, B. (2020). The determinants of international tourism (in the example of CIS countries). European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 1125-1133

A.V., Sergeeva., E.A., Melay., Elena, Nikitina. (2022). Methods of comparative analysis of investment attractiveness of organizations. Vestnik Astrahanskogo gosudarstvennogo tehničeskogo universiteta, doi: 10.24143/2073-5537-2022-2-127-133

Adriana, Halikowska. (2022). The measure of investment attractiveness in the agricultural sector and its application at national and regional level. Wiadomości Statystyczne. The Polish Statistician, doi: 10.5604/01.3001.0015.8536

Ivan, Jáč., Marie, Vondráčková. (2017). The perception of selected aspects of investment attractiveness by businesses making investments in the Czech Republic. E & M Ekonomie A Management, doi: 10.15240/TUL/001/2017-3-008

угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.

АМАНБАЕВ, Ж. (2022). НАРКУЛОВА ИРК Технология организации самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".–2022, 23, 136-139.

Q.J Mirzayev, E.Sh. Shavqiyev, B.K. Janzakov. Innovatsion iqtisodiyot. (Oʻquv koʻllanma T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”,2020. - 298 bet.