PEDAGOGIK FAOLIYATNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abstract

Ushbu  maqolada  pedagogik  faoliyatning  psixologik  xususiyatlari  yoritiladi. O’qituvchining  shaxsiy sifati, uning  kommunikativ  ko’nikmalari  emotsional  barqarorligi, kasbiy  refleksiya  va  psixologik  tayyorgarligi  muhim  jihatlar  sifatida  ko’rib  chiqilgan.  Maqola  pedagogik  jarayonda  psixologik  omillarning  ta’sirini  tahlil  qiladi,  hamda  samarali  ta’lim  berishda  ularning   ahamiyatini  ochib  berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
64-68
25

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Norjonova, E. . (2025). PEDAGOGIK FAOLIYATNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(9), 64–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/87450
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu  maqolada  pedagogik  faoliyatning  psixologik  xususiyatlari  yoritiladi. O’qituvchining  shaxsiy sifati, uning  kommunikativ  ko’nikmalari  emotsional  barqarorligi, kasbiy  refleksiya  va  psixologik  tayyorgarligi  muhim  jihatlar  sifatida  ko’rib  chiqilgan.  Maqola  pedagogik  jarayonda  psixologik  omillarning  ta’sirini  tahlil  qiladi,  hamda  samarali  ta’lim  berishda  ularning   ahamiyatini  ochib  berilgan.


background image

64

PEDAGOGIK FAOLIYATNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Norjonova E'zoz Ibodilla qizi

Axborot Texnologiyalari va Menejment Unverisititeti 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15385823

Anotatsiya

. Ushbu maqolada pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari yoritiladi.

O’qituvchining shaxsiy sifati, uning kommunikativ ko’nikmalari emotsional barqarorligi,
kasbiy refleksiya va psixologik tayyorgarligi muhim jihatlar sifatida ko’rib chiqilgan. Maqola
pedagogik jarayonda psixologik omillarning ta’sirini tahlil qiladi, hamda samarali ta’lim
berishda ularning ahamiyatini ochib berilgan.

Kalit so’zlar.

Pedagogika, psixologiya, axloq, dunyoqarash, didaktika, ma’naviyat,

madaniyat, logistika, tiflopedagogika, surdopedagogika, enopedagogika, logopediya, jismoniy,
ruhiy.

Kirish.

Zamonaviy ta’lim tizimi pedagogik faoliyatni yangicha yondashuv asosida tashkil etishni

talab qilmoqda. Pedagogik jarayon muvaffaqiyati nafaqat o‘qituvchining nazariy bilimiga, balki
uning psixologik tayyorgarligi, shaxsiy fazilatlari va ijtimoiy-psixologik muhitni boshqarish
qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Aynan shu jihatlar o‘qituvchilik kasbini boshqa kasblardan farqlab
turuvchi asosiy xususiyatlardan biridir.

Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga nafaqat bilim berish, balki har bir

o‘quvchining psixologik holatini, shaxsiy ehtiyojlarini va imkoniyatlarini chuqur tushunib,
individual yondashuvni amalga oshirish vazifasini ham qo‘yadi. Bunday faoliyat esa inson
psixikasining turli jihatlari – idrok, tafakkur, xotira, e’tibor, his-tuyg‘u va motivatsiya kabi
omillarni chuqur o‘rganishni taqozo etadi.

Shu bois, pedagogik faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish nafaqat o‘qituvchining

kasbiy kompetensiyasini oshiradi, balki o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatish imkonini beradi. Mavzuning dolzarbligi aynan shu yerda namoyon bo‘ladi.

Asosiy qism.

Pedagogik faoliyat – bu o‘quvchi shaxsini shakllantirish, rivojlantirish va tarbiyalashga

yo‘naltirilgan tizimli va maqsadli jarayondir. Ushbu jarayonning muvaffaqiyati, avvalo,
o‘qituvchining psixologik tayyorgarligiga, ya’ni inson psixikasining qonuniyatlarini bilish va
ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish qobiliyatiga bog‘liqdir.

O‘qituvchining shaxsiy psixologik sifati uning pedagogik faoliyatida asosiy rol o‘ynaydi. Bu

sifatlarga ijobiy emotsional fon, sabr-toqat, diqqatning barqarorligi, tez fikrlash, muomala
madaniyati, nutq aniqligi, tashkilotchilik qobiliyati kiradi. O‘quvchi shaxsiga ta’sir ko‘rsatishda
bu omillar muhim vosita hisoblanadi.

Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, ya’ni idrok,

xotira, tafakkur, e’tibor, hissiyot va qiziqishlarni tahlil qilgan holda ta’lim jarayonini
moslashtiradi. Har bir o‘quvchining yoshi, qiziqishi, bilish darajasi va temperamentini hisobga
olgan holda o‘qitish – samarali pedagogik faoliyatning asosi hisoblanadi.

Pedagogik faoliyatda motivatsiyaning o‘rni ham alohida ta’kidga loyiq. Psixologik nuqtai

nazardan o‘quvchilarni o‘qishga undovchi omillarni aniqlash, rag‘batlantirish usullarini to‘g‘ri
tanlash o‘qituvchidan yuqori darajadagi psixologik sezuvchanlik va tajribani talab etadi.

Yana bir muhim jihat – bu pedagogik muloqot. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik

iqlim ijobiy bo‘lsa, ta’lim jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini erkin his qilishadi, fikr bildirishdan


background image

65

tortinmaydi va ijtimoiy faol bo‘lib yetishadilar. Aksincha, salbiy psixologik muhit o‘quvchining
bilim olishiga to‘siq bo‘lishi mumkin.

Demak, pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari,

bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, o‘quvchilar bilan ijtimoiy-psixologik aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish qobiliyatida namoyon bo‘ladi.

Pedagogika (qadimgiy-yunoncha-Paradeikma)—

tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar
majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi
asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi.

Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy

pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda
maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugʻullanishni koʻzda tutadi.

Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib

chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari,
usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish,
unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni

shakllantirish

masalalarini

pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil
etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pedagogik ishlar qonuniyati
pedagogikaning maktabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha
muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va aqliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi.
Shuning uchun ham pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda taʼlim-tarbiya oluvchining yosh
xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli pedagogika oila
pedagogikasi, maktabgacha taʼlim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar taʼlimi
pedagogikasi, oliy taʼlim pedagogikasi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
taʼlimi pedagogikasi kabi qismlarga boʻlinadi va umumlashtirilgan holda yosh pedagogikasi deb
ataladi.

Pedagogikaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining

ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini
hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyadir. Defektologiya bolaning qanday jismoniy
nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlim-tarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab
tiflopedagogika,

surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari

tarmoqlarga

boʻlinadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyoti jamiyat
taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi
usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar
pedagogika tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi. XX asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani
pedagogikaning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning
pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan
holda oʻrganildi. Pedagogikaning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgʻor usul va
yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiqlarini muayyan milliy pedagogik fan va
amaliyotga tatbiq qilish imkonini beradi. Oʻzbekistonda hozircha qiyosiy pedagogika alohida fan
sifatida shakllanmagan boʻlsa-da, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan. Pedagogika
inson faoliyatining eng qadimiy turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning
odamligini,

uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib

yashashini

taʼminlab

turgan fan va

amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya


background image

66

boshlagan vaqtdan, yaʼni pedagogika paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir.
Dastlab sof amaliy xarakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy
tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu pedagogika
udum, odat, anʼana tarzida

namoyon

boʻlgan.

Shuning

uchun

ham

oldin xalq

pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq pedagogikasiga muvofiq, kichik yoshdagilar
kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota
bilan masala talashilmaydi, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqalar.Odamzodning hayotiy va
aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli
fanlar paydo boʻla boshlashi bilan pedagogika ham inson faoliyatining alohida sohasiga
aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doir qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik
nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar
tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga koʻchiriladigan
boʻldi. Antik davrdagi mutafakkirlarning taʼlim-tarbiya borasidagi fikrlari markazida yetuk
insonni

shakllantirishga

intilish

istagi

turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta

Osiyodagi turli madaniy-maʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib qolmay, oʻz
davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik
qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsa-da, keyinchalik pedagogikaning alohida fan
sifatida

shakllanishiga

ulkan

hissa

qoʻshdi.

Pedagogika

insoniyatning axloq-

odobi va maʼnaviyatigagina emas, balki aqliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli
uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha
mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qoloqligiga ham koʻpincha oʻsha
mamlakatdagi pedagogikaning holati sabab boʻlgan. Xususan, Sharq xalqlari oʻz vaqtida eng
qadimiy va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga qaramay, shu tizimni
zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-
fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar. Pedagogik psixologiya - taʼlim
va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq
rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik
muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa
psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini
kuchaytirishdir. Pedagogik psixologiya XIX-asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Eksperimental
psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik
psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar
ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va
oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik
psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq.
Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim
psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek,
oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv
predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va
boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib
turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika
yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim
masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida
shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining


background image

67

shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali
mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish
metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Maxsus psixologiya muammolari

Maxsus psixologiya muammolari.

•Pedagogikaning bu sohasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
•turli toifadagi g'ayritabiiy bolalar va o'smirlarning aqliy rivojlanish xususiyatlarini

og'ishsiz rivojlanadiganlarga nisbatan o'rganish;

•ta'lim va tarbiyaning ayrim usullarining nogiron o'quvchilar shaxsini rivojlantirishga

ta'siri samaradorligini o'rganish;

•turli turdagi nogironligi bo'lgan bolalarning kognitiv faoliyatining o'ziga xos

xususiyatlarini tahlil qilish;

•rivojlanishda sezilarli anomaliyalarga ega boʻlgan bolalarning taʼlim va rivojlanishiga taʼsir

koʻrsatishning pedagogik usullarini tanlang;

•har xil turdagi ruhiy rivojlanish buzilishlarini tashxislash usullari va usullarini ishlab

chiqish;

turli xil anormal rivojlanishi bo'lgan bolalarning sotsializatsiyasi va jamiyatga

integratsiyalashuvi jarayonida yuzaga keladigan psixologik muammolarni o'rganish.
Psixologiyada bolalikning ilk davri atamasi odatda tugʻilishdan sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqt
oraligʻidagi davrga nisbatan ishlatiladi, yaʼni chaqaloqlik, bolalar bogʻchasi va birinchi sinf
yoshidagi bolalarni qamrab oladi. Bu esa bolalikning ilk davrida uchta rivojlanish bosqichi
mavjudligini koʻrsatadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya
hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoli- yatdagi kabi motivatsion soha ajratilib
ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-bir narsaga erishish
istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoi va natijasiga e’tib berishni misol qilish
mumkin.

Pedagogik

faoliyat

pedagogik

vaziyatdagi

turli-tuman

xatti-harakatlarning

umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish,
baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik
funksiyalarni belgilab beradi.

Xulosa.

Pedagogik faoliyat inson bilan bevosita ishlashga asoslangan murakkab va mas’uliyatli

jarayon bo‘lib, uning samaradorligi o‘qituvchining nafaqat kasbiy, balki psixologik
tayyorgarligiga ham bevosita bog‘liqdir. Ushbu faoliyatda o‘qituvchining shaxsiyati, ruhiy
barqarorligi, emotsional madaniyati va kommunikativ ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixologik jihatdan barkamol pedagog o‘quvchilar bilan sog‘lom muhit yaratish, har bir

shaxsga individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda asosiy
vositachidir. Shuning uchun pedagogik faoliyatni amalga oshirishda psixologik xususiyatlarni
chuqur anglash va ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash hozirgi ta’limda dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.

Natijada aytish mumkinki, pedagogik jarayonning sifatini oshirish uchun pedagoglar

psixologik bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirib borishlari zarur. Bu esa nafaqat ta’lim
samaradorligiga, balki o‘quvchilarning har tomonlama shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


background image

68

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ravshanov, R. A. (2019). Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
2.

Sultonova, D. M. (2021). Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti.

3.

Zimnyaya, I. A. (2002). Pedagogicheskaya psikhologiya. Moskva: Logos.

4.

www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali, pedagogik va psixologik mavzularda ilmiy

maqolalar mavjud.
5.

www.pedagoglar.uz – Pedagog va psixologlar uchun ilmiy-uslubiy materiallar joylangan

platforma.

References

Ravshanov, R. A. (2019). Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Sultonova, D. M. (2021). Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti.

Zimnyaya, I. A. (2002). Pedagogicheskaya psikhologiya. Moskva: Logos.

www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali, pedagogik va psixologik mavzularda ilmiy maqolalar mavjud.

www.pedagoglar.uz – Pedagog va psixologlar uchun ilmiy-uslubiy materiallar joylangan platforma.