BYUDJET MABLAG‘LARINI SHAKLLANTIRISHDA OCHIQLIK SIYOSATINI TADBIQ ETISH YO‘LLARI

Abstract

Bugungi tobora globallashib borayotgan dunyoda zamondan ortda qolmaslik, bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kelajakka kerakli va o‘rinli qarorlar chiqarish yoki shunchaki “yashab qolish” uchun shunday islohotlar qilish kerakki, mamlakatimiz tinchligi va xalqimiz faravonligini saqlab, iqtisodiy yuksaklikka erishish alohida dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz moliya munosabatlarida, jumladan, mamlakatning davlat byudjeti daromadlarini boshqarish tizimi, byudjet jarayoni va respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni yanada jadallashtirishni talab etmoqda

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mamayev , B. . ., Abduxoliqov , J. ., & Yo‘ldoshev , M. . . (2024). BYUDJET MABLAG‘LARINI SHAKLLANTIRISHDA OCHIQLIK SIYOSATINI TADBIQ ETISH YO‘LLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(13(Special Issue), 5–11. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/58061
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bugungi tobora globallashib borayotgan dunyoda zamondan ortda qolmaslik, bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kelajakka kerakli va o‘rinli qarorlar chiqarish yoki shunchaki “yashab qolish” uchun shunday islohotlar qilish kerakki, mamlakatimiz tinchligi va xalqimiz faravonligini saqlab, iqtisodiy yuksaklikka erishish alohida dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz moliya munosabatlarida, jumladan, mamlakatning davlat byudjeti daromadlarini boshqarish tizimi, byudjet jarayoni va respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni yanada jadallashtirishni talab etmoqda


background image

5

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

KIRISH

Bugungi tobora globallashib borayotgan dunyoda zamondan ortda qolmaslik,

bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kelajakka kerakli va o‘rinli qarorlar chiqarish yoki
shunchaki “yashab qolish” uchun shunday islohotlar qilish kerakki, mamlakatimiz
tinchligi va xalqimiz faravonligini saqlab, iqtisodiy yuksaklikka erishish alohida dolzarb
masala bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz moliya munosabatlarida, jumladan,
mamlakatning davlat byudjeti daromadlarini boshqarish tizimi, byudjet jarayoni va
respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni yanada jadallashtirishni talab
etmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi moliya tizimining qanday darajada barpo
etilishiga, shu jumladan har qanday moliyaviy tizimning markazida turuvchi davlat
byudjeti daromadlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Hukumatning asosiy tirgagi bo‘lmish
davlat byudjeti daromadlari bo‘lgan moliyaviy tizim orqali iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan

BYUDJET MABLAG‘LARINI SHAKLLANTIRISHDA

OCHIQLIK SIYOSATINI TADBIQ ETISH YO‘LLARI

Mamayev

Bahodirjon

Nosirovich

AIQI, “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, i.f.n.,

dotsent

Tel:998977598865 Email:mamayevlar@gmail.com

Abduxoliqov

Jaxongir Turg’unboy

o‘g‘li

AIQI, 4-bosqich 202-guruh talabasi

Yo‘ldoshev

Muhammadsodiq

Boburjon o‘g‘li

AIQI, 4-bosqich 202-guruh talabasi

A

nno

ta

ts

iy

a

Bugungi tobora globallashib borayotgan dunyoda zamondan ortda qolmaslik,
bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kelajakka kerakli va o‘rinli qarorlar chiqarish
yoki shunchaki “yashab qolish” uchun shunday islohotlar qilish kerakki,
mamlakatimiz tinchligi va xalqimiz faravonligini saqlab, iqtisodiy
yuksaklikka erishish alohida dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz
moliya

munosabatlarida,

jumladan,

mamlakatning

davlat

byudjeti

daromadlarini boshqarish tizimi, byudjet jarayoni va respublikada ishlab
chiqarishni modernizatsiyalashni yanada jadallashtirishni talab etmoqda.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, iqtisodiyot, moliya, moliyaviy munosabatlar, byudjet,
boshqaruv, davlat, siyosat, soliq, kodeks, moliyaviy hisobot,
jamiyat, xalqaro munosabatlar, valyuta.


background image

6

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

tartibga solish tadbirlarini amalga oshiradi. Ayni shu davlat byudjeti daromadlar orqali
hukumat markazlashgan fondlarni tashkil etadi va markazlashmagan pul fondlarining
tashkil qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksining 1-bob 17-moddasiga binoan

ochiqlik prinsipi (siyosati):

Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ko‘rib chiqish

hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun
ochiqligini, shuningdek byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi
mumkinligini;

tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari

to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosining borishi

to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va
yangilab borilishini anglatadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida byudjet

tizimini qayta ko‘rib chiqish, byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun
ochiq-oshkora bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan edi. Zero, davlat va jamiyat
boshqaruvidagi ochiqlik, mamlakat byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi
shaffoflik chinakam xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning muhim shartidir.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

huzuridagi

Davlat

boshqaruvi

akademiyasida “Byudjet shaffofligi va byudjet-soliq sohasidagi xatarlarni baholash”
mavzuida tashkil etilgan seminar mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan
ishlarni tahlil qilish, davlat mablag‘larini maqsadli sarflash bo‘yicha axborotni e’lon
qilishning xalqaro me’yorlari yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki

hamkorligida tashkil etilgan tadbirda parlament a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar
rahbarlari, bank-moliya, soliq tizimi mutaxassislari, tadqiqot institutlari, Xalqaro
valyuta fondi yetakchi ekspertlari ishtirok etdi. Tadbirda davlat va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlarini taqsimlash va sarflashdagi shaffoflik, soliq va byudjet
siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqligi tamoyillari
muhokama qilindi.

O‘zbekiston Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlarni tarqatishdagi

kengaytirilgan umumiy me’yorlariga qo‘shilgan. Bu tashkilotning 2018-yil 3-maydagi
bayonotida o‘z aksini topgan. Shu asosda mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari,
xususiy sektor va ilmiy doira vakillari ishtirokida davlat moliya tizimi boshqaruvini
isloh qilish, ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun byudjet ma’lumotlari ochiqligini
ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Davlat byudjetining kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan loyihasini tayyorlashda

va qabul qilishda ham o‘tgan davr uchun byudjet ijrosi hisoboti ma’lumotlariga
asoslanshini o‘zi byudjet ijrosi hisoboti ma’lumotlarini naqadar ahamiyatli ekanligidan
dalolat beradi.


background image

7

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

Mazkur moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar o‘zaro bir biri bilan

uzviy bog’liqlikda, ya’ni bir hisobotda aks ettirilgan moliyaviy ko‘rsatkichlar boshqa
hisobotda yanada aniqlashtirilgan yoki boshqa ko‘rsatkichlar bilan bog’langan holda aks
ettiriladi. Bu esa, moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishda yanada ko‘proq imkoniyatlarni
yaratadi. Shu o‘rinda byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan
moliyaviy hisobotlarni axborot imkoniyatlarini quyidagi jadval orqali keltiramiz.

1-jadval

Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy

hisobotlarni axborot imkoniyatlari

1

Hisobotning nomi

Axborot imkoniyatlari

1 Balans (1-shakl)

Byudjet tashkilotining hisobot davriga moliyaviy
holatini kompleks tahlilini amalga oshirish mumkin.

2 Xarajatlar smetasining ijrosi

haqida hisobot (2-shakl)

Ushbu hisobot yordamida byudjet tashkilotining
hisobot choragi mobaynida xarajatlar smetasining
ijrosini tahlil qilish mumkin.

3 Debitorlik va kreditorlik

qarzlar to‘g‘risida ma’lumot

Byudjet tashkilotining hisobot davriga yuzaga kelgan
barcha debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida
batafsil ma’lumotlarni tahlil qilish mumkin.

4 Byudjet tashkilotini

rivojlantirish jamg’armasi
bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot

Mazkur hisobot natijasida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi
414- son “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan
ta’minlash chora-tardbirlari to’g’risida”gi qarori
ijrosini nazorat va taxlil qilish mumkin.

5 Tibbiyot muassasalarini

moddiy rag’batlantirish va
rivojlantirish jamg’armasi
bo’yicha pul mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot

Mazkur hisobot natijasida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi
276-son

“Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq

to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash
to’g’risida”gi qarori ijrosini nazorat va taxlil qilish
mumkin.

6

Ta’lim muassasalarida
o’qitishning to’lov-kontrakt
shaklidan tushgan
mablag’lar harakati
to‘g’risida hisobot

Ta’lim

muassasalarida

to’lov-kontrakt

mablag’larining tushumi va ularni qonunchilikka
muvofiq

belgilangan

maqsadlarga

sarflanishi

to’g’risidagi ma’lumotlar.

7 Boshqa byudjetdan tashqari

mablag’lar harakati bo’yicha
hisobot

Byudjet tashkilotining yuqorida keltirilganlardan
tashqari barcha byudjetdan tashqari mablag’larini
tushumi

va

ularni

sarflanishi

to’g’risidagi

ma’lumotlar.

8 Joriy yilning moliyaviy

natijalari to’g’risida hisobot

Mazkur hisobot tashkilotning joriy yilning yakunlari
bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, ya’ni, har

1

Suvonqulov A.A., Ostonaqulov A.A. “Byudjet hisobi”. O’quv-uslubiy majmua. T.: TMI, 2019-y.


background image

8

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur
daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan
haqiqiy xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo’yicha
ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun
tuziladi.

9 Nomoliyaviy aktivlarning

harakati to’g’risida hisobot

Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot
tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy
aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va
tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati
to‘g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil
qilish uchun tuziladi.


Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlari o‘zlariga

yuklatilgan vazifalarni bajarishlari uchun byudjet hamda byudjetdan tashqari
mablag’lardan foydalanadilar. Mazkur mablag’larni maqsadli sarflanishini tahlil qilish
hamda kelasi moliya yili uchun byudjet tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan
mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetalarini tuzish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari
tahliliga asoslaniladi.

Byudjetning ochiqlik siyosatiga xalq orasida yanada ishonch uyg‘otishi uchun

O‘zbekiston

Respbulikasi

Prezidentining

2018-yil

22-avgustdagi

“Byudjet

maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini
taʼminlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3917-son qaroriga asosan Moliya vazirligi
va

Birlashgan

Millatlar

Tashkilotining

Taraqqiyot

dasturi

(BMTTD)ning

“O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyashtirish” loyihasi doirasida O‘zbekiston
Respbulikasi “Ochiq Byudjet” portal ishlab chiqilgan.

2

Ochiq byudjet axborot portalining maqsadi O‘zbekiston Respublikasining byudjet

tizimi byudjetlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi aхborotiga
kirish va O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini tashkil etish to'g'risida tegishli
aхborotni taqdim etishdan iborat. Shuningdek, ushbu portal quyidagi vazifalarni
bajaradi:

byudjet хarajatlarini tartibga solish bo'yicha jamoatchilik nazoratini amalga

oshirish;

jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining

mablag'lari hisobidan moliyalashtirish uchun taqdim etiladigan tadbirlar to‘g'risidagi
maʼlumotlarni joylashtirish;

fuqarolarning murojaatlarini, shu jumladan byudjet qonunchiligining buzilishi

faktlarini хabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar
kiritish imkoniyatlarini tashkil etish.

Bugun mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan

keng islohotlar natijasida byudjet jarayonining shaffofligini hamda byudjet jarayonida
fuqarolar ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Davlat byudjeti ma'lumotlarining ochiqligini ta'minlash hamda byudjet

jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish Moliya vazirligining ustuvor maqsadlaridan

2

Manba:

openbudget.uz


background image

9

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

biri bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik tomonidan – “Ochiq
byudjet” axborot portali yangi tahrirda ishga tushirildi. Ushbu tashabbusli byudjet
jarayoni joriy yilda ilk marotaba uch bosqichda o‘tkazildi.

2-jadval

“Tashabbusli byudjet” dasturi

3

Davr / Parametrlar

01.07.2021 –

03.09.2021

01.02.2022 –

01.04.2022

“Tashabbusli byudjet”ga ajratilgan mablag‘lar
(mlrd. so‘m)

530.50

1201.28

Kelib tushgan tashabbuslar soni

41125

69700

Tasdiqlanga tashabbuslar soni

22966

40277

Rad etilgan tashabbuslar soni

29423

18159

Barcha berilgan ovozlar soni

1149499

6718133

Oddiy qilib aytganda, fuqarolar o‘zlarini, yon-atrofdagilarni qiynayotgan,

yechimi izlanayotgan muammolarga moliyaviy ko‘mak olish maqsadida Ochiq byudjet
axborot portaliga tashrif buyurishadi va “tashabbus” ko‘rsatishadi.

Yuqoridagi berilgan 2-jadval ma’lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki,

“ochiqlik prinsipi” asosida tashkil qilingan Ochiq byudjet axborot portali fuqarolar
orasida yaxshi kutib olingan va 2021-moliyaviy yil 3-choragining o‘zidayoq aholidan
tushgan tashabbuslar soni deyarli 23 ming donani tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich 57
foizga ko‘tarilib, 40 mingdan oshib ketgan. Bu esa ochiqlik siyosati asosida mamlakatda
mavjud bo‘lgan muammolardan ko‘prog‘ini bajarish mumkin ekanligini ko‘rsatadi.

XULOSA

Byudjet mablag‘larini shakllanish mexanizmlari hamda ochiqlik siyosatini

nazariy va metodologik asoslashda quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

Davlat o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek,

rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga
oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z
qo‘lida to‘plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud
bo’lishi davlat byudjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi;

Davlat byudjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy bo‘linmasi hamda

byudjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun
ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash (qayta taqsimlash) va nazorat funksiyalarini
bajaradi;

Byudjet mablag’lari(daromadlari) davlatning markazlashtirilgan moliyaviy

resurslari bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir.
Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga
kelib tushadi. Davlat byudjetining mablag’lari(daromadlari) mamlakat yalpi ichki
mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri
bo’lib, ular oraliq xarakterga ega;

3

Manba:

openbudget.uz


background image

10

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni

amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi
tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o‘ziga xos bo‘lgan shakl va metodlari
bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Byudjetdan
moliyalashtirishning printsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy
elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi;

Byudjet mablag’larini sarf qilishning asosiy tamoyili ularning mo’ljallanganligi

va vaqt bo’yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir).
Xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) byudjet ijrosi jarayonida xaajatlar ro‘yxati va
smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan byudjet
parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan
byudjet xarajatlarining yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi;

Byudjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan

tasdiqlangan byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Inoyatov U.I., Ahmadjonova G.N. “Byudjet va byudjet tizimi”. O‘quv

qo‘llanma. T.: “Turon-Iqbol”, 2013-y.

2. Suvonqulov A.A., Ostonaqulov A.A. “Byudjet hisobi”. O’quv-uslubiy majmua.

T.: TMI, 2019-y.

3. Kuliboyev A.Sh. “Byudjetning g‘azna ijrosi hisobi”. O’quv-uslubiy majmua. T.:

TMI, 2019-y.

4. Sh, B. S., & Abdug'aniev, Y. J. (2024). Youth Entrepreneurship and its Socio-

Economic Advantages. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND
OPEN SOCIETY, 4(4), 166-169.

5. Shukurullayevna, B. S. (2024). DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS

AND PRIVATE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN PROSPECTS
OF DIRECTIONS. Journal of new century innovations, 54(3), 114-117.

6. Қаҳҳоров, Ш., & Шаробиддинов, А. (2024). КОРПОРАЦИЯЛАРНИ

ИНВECТИЦИЯЛAШНИНГ ЖAҲOН AМAЛИЁТИ ТAҲЛИЛИ. Interpretation and
researches.

7. Qahhorov, S. (2023). SOLIQ SIYOSATINI IQTISODIY FAOLLIKKA YO

‘NALTIRILGAN

MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH. Educational

Research in Universal Sciences, 2(14), 261-263.

8. Yusupov, N. S. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA LOYIXAVIY

BOSHQARUVNI

RIVOJLANTIRISH

TENDENSIYALARI

VA

ISTIQBOLLARI. PEDAGOGS, 59(1), 202-207.

9.

Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ МЕЗОНЛАРИ //MODELS
AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE
RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.

10. Mamayev B.N. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN

HOLDA

RAQAMLI

MARKETING

ELEMENTIDAN

BIRI

INTERNET-

REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1 No. 8 (2022):


background image

11

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR

VA

ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI /

11.

Mamayev

B.N.

O‘ZBEKISTONDA

INVЕSTITSION

MUHIT

JОZIBАDОRLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLATI International
scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 |
UIF-2023: 8.2

Internet saytlari

1.

www.lex.uz

– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, me’yoriy hujjatlari sayti

2.

www.xs.uz

– Xalq so‘zi gazetasining rasmiy sayti

3.

www.stat.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining rasmiy sayti

4.

www.mf.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

5.

www.cbu.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti

References

Inoyatov U.I., Ahmadjonova G.N. “Byudjet va byudjet tizimi”. O‘quv

qo‘llanma. T.: “Turon-Iqbol”, 2013-y.

Suvonqulov A.A., Ostonaqulov A.A. “Byudjet hisobi”. O’quv-uslubiy majmua.

T.: TMI, 2019-y.

Kuliboyev A.Sh. “Byudjetning g‘azna ijrosi hisobi”. O’quv-uslubiy majmua. T.:

TMI, 2019-y.

Sh, B. S., & Abdug'aniev, Y. J. (2024). Youth Entrepreneurship and its Socio

Economic Advantages. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND

OPEN SOCIETY, 4(4), 166-169.

Shukurullayevna, B. S. (2024). DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS

AND PRIVATE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN PROSPECTS

OF DIRECTIONS. Journal of new century innovations, 54(3), 114-117.

Қаҳҳоров, Ш., & Шаробиддинов, А. (2024). КОРПОРАЦИЯЛАРНИ

ИНВECТИЦИЯЛAШНИНГ ЖAҲOН AМAЛИЁТИ ТAҲЛИЛИ. Interpretation and

researches.

Qahhorov, S. (2023). SOLIQ SIYOSATINI IQTISODIY FAOLLIKKA YO

‘NALTIRILGAN

MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH. Educational

Research in Universal Sciences, 2(14), 261-263.

Yusupov, N. S. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA LOYIXAVIY

BOSHQARUVNI

RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI. PEDAGOGS, 59(1), 202-207.

TENDENSIYALARI

VA

Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ МЕЗОНЛАРИ //MODELS

AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE

RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.

Mamayev B.N. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN

HOLDA RAQAMLI MARKETING ELEMENTIDAN BIRI INTERNET

REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1 No. 8 (2022):O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

TADQIQOTLAR JURNALI /

INNOVATSIYALAR

VA ILMIY

Mamayev B.N. O‘ZBEKISTONDA INVЕSTITSION MUHIT

JОZIBАDОRLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLATI International

scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 |

UIF-2023: 8.2