GOSPITAL PEDAGOGIKANI KICHIK GURUHLARDA YOKI INDIVIDUAL TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI

Abstract

Gospital pedagogika - uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxonada yoki uyda davolanishga majbur bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim tizimidir. Ushbu pedagogikaning kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi har bir bolaning ehtiyojlariga mos ravishda yondashishni talab qiladi. Shuningdek, ta’lim texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta’lim, interfaol metodlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot gospital pedagogikasining samarali usullarini ko‘rib chiqadi va uning bolalar rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
22-25
27

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sadinova , S. (2025). GOSPITAL PEDAGOGIKANI KICHIK GURUHLARDA YOKI INDIVIDUAL TASHKIL ETISHNING XUSUSIYATLARI VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH USULLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(6), 22–25. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/73908
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Gospital pedagogika - uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxonada yoki uyda davolanishga majbur bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim tizimidir. Ushbu pedagogikaning kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi har bir bolaning ehtiyojlariga mos ravishda yondashishni talab qiladi. Shuningdek, ta’lim texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta’lim, interfaol metodlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot gospital pedagogikasining samarali usullarini ko‘rib chiqadi va uning bolalar rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi.


background image

22

GOSPITAL PEDAGOGIKANI KICHIK GURUHLARDA YOKI INDIVIDUAL TASHKIL

ETISHNING XUSUSIYATLARI VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH

USULLARI

Sadinova Shaxzoda

Pedagogika va psixologiya fakulteti Logopediya yoʻnalishi

510 -23 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093283

Annotatsiya:

Gospital pedagogika - uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli

shifoxonada yoki uyda davolanishga majbur bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus ta’lim
tizimidir. Ushbu pedagogikaning kichik guruhlarda yoki individual tarzda tashkil etilishi har bir
bolaning ehtiyojlariga mos ravishda yondashishni talab qiladi. Shuningdek, ta’lim
texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta’lim, interfaol metodlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-
quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot gospital pedagogikasining samarali
usullarini ko‘rib chiqadi va uning bolalar rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi.

Kalit so‘zlar:

Gospital pedagogika, individual ta’lim, kichik guruhlar, ta’lim texnologiyalari,

masofaviy ta’lim, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, inkluziv ta’lim.

Аннотация:

Госпитальная педагогика – это специальная система образования,

предназначенная для детей, вынужденных проходить длительное лечение в больнице
или на дому из-за хронических заболеваний. Организация обучения в малых группах или
индивидуально требует персонализированного подхода, учитывающего особенности
каждого ребенка. Важную роль играют образовательные технологии, такие как
дистанционное обучение, интерактивные методы и психолого-педагогическая
поддержка. В данном исследовании рассматриваются эффективные методы
госпитальной педагогики и их влияние на развитие детей.

Ключевые слова:

Госпитальная педагогика, индивидуальное обучение, малые

группы,

образовательные

технологии,

дистанционное

обучение,

психолого-

педагогическая поддержка, инклюзивное образование.

Annotation:

Hospital pedagogy is a specialized educational system designed for children

who require long-term treatment in hospitals or at home due to chronic illnesses. Organizing
education in small groups or individually requires a personalized approach tailored to each
child’s needs. Educational technologies such as distance learning, interactive methods, and
psychological-pedagogical support play a crucial role. This study examines effective methods of
hospital pedagogy and analyzes their impact on children's development.

Keywords:

Hospital pedagogy, individual education, small groups, educational

technologies, distance learning, psychological-pedagogical support, inclusive education.

Bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga

oshirilmoqda. O‘z navbatida mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar tashkil etadi. Ana shunday keng ko‘lamli islohotlardan biri 2022yilning
5-may sanasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Bolalar gematologiyasi,
onkologiyasi va immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va
tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroridir. Qarorga muvofiq bugun yurtimizda “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil
etilib, o‘z faoliyatini olib bormoqda.


background image

23

Gospital ta’lim - uzoq muddatli davolanayotgan va sog‘lig‘i sababli ta’lim muassasasiga bora

olmaydigan bolalarni o‘qitishni tashkil etish bilan bog‘liq pedagogikaning bo‘limidir. Gospital
pedagogikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lib, o‘z e’tiborini o‘quvchilarning alohida toifasiga

— uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalarga qaratadi. Pedagogikaning ushbu

yo‘nalishini amalga oshirish va rivojlantirishning murakkabligi idoralararo mansubligi bilan
belgilanadi: ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya,

— chunki kasalxonada uzoq muddatli davolanayotgan bola birinchi navbatda bemor,

ikkinchidan

— o‘quvchi. Bolani davolash jarayonida tibbiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtirish

keng qamrovli reabilitasiyani anglatadi.

Davolanish bilan birga ta’limga qaytish onkologik kasalligiga chalingan bola uchun ijobiy

taassurot qoldirishi mumkin, ammo shu bilan birga u sinfdoshlari orasida yo‘qligi, tengdoshlari
bilan muloqotning uzilishi, davolanishning nojo‘ya ta’sirlari, zaiflik bilan kurashish zarurati kabi
qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Bolaga onkologik kasallik tashxisi qo‘yilganda, uning eng
yaqin qarindoshlari moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishadi, ular jismoniy, ruhiy salomatlik va
farovonlik nuqtai nazaridan hayot sifatini pasaytiradi va ijtimoiy o‘zaro ta’sirni yomonlashtiradi.
Shuning uchun, gospital ta’lim onkologik kasalligiga chalingan bolalarningva ularning yaqin
qarindoshlarini ruhiy va emosional holatini yaxshilash, qo‘llab-quvvatlashi uchun xizmat qiladi.
Gospital ta’lim o‘quvchilarining yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod etib tarbiyalash,
o‘quvchilarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalar asosida ta’lim berish
mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir.
Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shubhasiz, poydevor
vazifasini o‘taydi. Gospital ta’limning boshlang‘ich sinf darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy
boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda
bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun
birinchi navbatda, gospital ta’lim o‘quvchisini umumiy holatidan kelib chiqqan holda o‘qish,
bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Mehrli maktabda
Markazda davolanayotgan bolalar uchun alohida ishlab chiqilgan o‘quv reja asosida 1–11-sinflar
hajmida umumiy o‘rta ta’lim beriladi. Dars mashg‘ulotining davomiyligi boshlang‘ich ta’lim: 1–4
sinflarida – 35 daqiqani tashkil etadi. Bunda bir kunlik dars mashg‘ulotlari 3 soatdan bo‘lib,
o‘quv haftasi davomiyligi esa 5 kunlik asosida olib boriladi. Darslar o‘quvchining umumiy
holatidan kelib chiqib, yakka(individula) tartibda yoki guruh(sinf)da tashkil qilinadi

Boshlang‘ich 1 sinflarda 1- yarim yillikda Alifbe,yozuv, matematika, tabiiy fan va ingliz tili,

2-yarim yillikda esa Ona tili va o‘qish savodxonligi matematika, tabiiy fan, rus tili hamda ingliz
tili fanlari o‘tiladi.

2-3-sinflarda ham Ona tili va o‘qish savodxonligi matematika, tabiiy fan, rus tili hamda

ingliz tili fanlari o‘tiladi.

4-sinflarda esa Ona tili, Matematika, Rus tili Ingliz tili va Tabiatshunoslik fanlari o‘tiladi.

Darsning rejasi har bir o‘quvchining imkoniyat va qobiliyatlariga moslashtirilgan holda,
individual tarzda tuziladi. Baholashda birinchi o‘ringa o‘quvchining umumiy holati, shaxsiy
sifatlari, ko‘nikmalari, ya’ni tanqidiy fikrlash, jamoa oldida ma’ruza qila olish, jamoada ishlay
olish, liderlik, savodxonlik darajasi, kitobxonlik, nostandart sharoitdan chiqib keta olish,
kutilmagan muammolarni yechishda kreativlik kabi sifatlar hisobga olinadi. Qayd etilgan barcha
sifat va kompetensiyalar akademik bilimlar bilan birga baholanadi. Dars – hozirgi zamon o‘quv –


background image

24

tarbiya jarayonida ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi.
O‘tkazilgan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun javob berish
kerak. Dars – yaxlit tizim, uning tuzilish jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
maqsadlar, mazmun, shakl, uslub va vazifalari yuzaga chiqadi. Yaxlit tizimni tuzish uchun
o‘qituvchi darsni rejalashtirish, unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish kerak. Boshlang‘ich sinflarda
darslar kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan
foydalanish ta’lim mazmunida o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida o‘ziga mos kompetensiyani
shakllantiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish,
pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’limtarbiya tizimini
sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy topshiriqlardan
foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash doirasi kengaytiriladi. Fikrlash jarayonida o‘quvchilar
tafakkur yuritish orqali qator mantiqiy amallarni bajaradilar. Boshlang‘ich ta’limning savod
o‘rgatish bosqichi yakunlangach ona tili va o‘qish savodxonligi darslari boshlanadi hamda 4-sinf
yakuniga qadar izchil davom etadi.

Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir to‘rt

ko‘nikma: o‘qib tushunish, nutq so‘zlash, yozish va grammatik savodxonlikni shakllantirishga
qaratiladi. Matematika esa o‘quvchining aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan
masadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlikka
o‘rgatadi va eng muhimi, mulohaza yuritish, muammolarni hal qilish, innovasiyalarga chorlaydi
hamda tafakkurini kengaytiradi. Inson dunyo qarashining tabiiy-ilmiy asosini tabiat haqidagi
bilimlar tashkil qiladi. Yosh o‘quvchilar atrof-olam tog‘risidagi dastlabki bilimlarni
anglayotganda hali yetarli darajada tizimlashtirilmagan bilimlar hajmini his qiladilar. Fanlarni
birlashtirish bu muammoni hal qilishga imkon beradi. O‘qitishda integrasiyalashgan
yondashuvni amalga oshirish natijasida olingan yaxlit bilimlar o‘quvchilar ularni o‘quv
jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, umumta’lim maktab bitiruvchisi bo‘lganida
hamda ijtimoiy hayoti davomida qo‘llashiga yordam beradi.

Olamda sodir bo‘layotgan turli hodisa va jarayonlarni tushuntirishda tabiiy fanlarni o‘zaro

bog‘lash asosida tabiatning turli jihatlarini tasvirlaydigan modellardan foydalaniladi. Fanlarni
o‘zaro bog‘lab, olamda sodir bo‘layotgan turli hodisa va jarayonlar haqidagi tushunchalarni
kichik maktab yoshi dan anglashda “Tabiiy fanlar” darsligi o‘quv chiga katta yordam beradi.
Endilikda umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’limdanoq o‘quvchilarga integrasiyalashgan
ta’lim berish amaliyotga joriy etilmoqda. Integrasiyaning o‘zi maqsad emas, balki o‘qituvchi
faoliyatining ma’lum bir tizimi bo‘lgani uchun u muayyan o‘quv muammolarini hal qiladi. Tabiiy
fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadi – olamning ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurni yaratish;
bilimning ilmiy usulini o‘zlashtirish va uni zamonaviy inson qadriyatlari tizimiga kiritishdir.
Umuman olganda, dars o‘quvchilar uchun qiziqarli va mazmunli, bilim olishga chorlaydigan
bo‘lishi kerak. O‘quv muassasining eng yomon ahvoli – bu o‘quvchining o‘qishga nisbatan
yo‘qotilgan qiziqishi, intilishi. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ta’qidlaganidek, «o‘quv jarayoni
va oddiy va yoqimli bo‘lishi shart». Demak, bu talablarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘z ustida ko‘p
ishlashi zarur.

Kichik yoshdagi o‘quvchilar jamiyat hayotini o‘yin orqali anglaydilar. O‘yin vaziyatlari

ularga ortiqcha tushuntirish va nasihatlarsiz xulq-atvor qoidalarini amaliy jihatdan oson,
maroqli tarzda o‘rganishga yordam beradi. Shundan kelib chiqib, Mehrli maktabda darslarni turli


background image

25

xil ta’limiy o‘yinlar va metodlardan foydalangan holda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni
“Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O‘z o‘rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli
kundalik” myetodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foydalanib o‘tish dars
samaradorligini yanada oshiradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, So‘nggi tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdi-ki, gospital maktablarda o‘qigan o‘quvchilarning 85 foizi o‘z qiziqishlari va orzulari
haqida so‘zlab bergan bo‘lsa, maktabga qatnamagan bemor bolalrning 10tadan faqat 2 tasigina
kelajak rejalari haqida so‘zlab bergan. Mazkur tadqiqot ham gospital ta’lim va gospital
maktabning bemor bolalar hvyotida naqadar muhimligini ko‘rsatib beradi. Shunday ekan,
gospital maktab o‘quvchilariga mukammal emas, hayotdan xursand pedagog kerak. Aynan
shunday pedagoglar ularni zavq bilan maktabga kelishga va ishtiyoq bilan bilim olishga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va

xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining
24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.–T.: “O‘zbekiston”, 2017.
2.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni. //Oliy ta’lim me’yoriy

hujjatalari. ─ T.: Sharq, 2001. -BB.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022-yildagi 234-son qarori

4.

Milliy o‘qiv dasturi

5.

Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma – Toshkent-

2021
6.

Matematika 2-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma – Toshkent-2021

7.

Tabiiy fanlar 2-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma – Toshkent-2021

References

Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.–T.: “O‘zbekiston”, 2017.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni. //Oliy ta’lim me’yoriy hujjatalari. ─ T.: Sharq, 2001. -BB.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022-yildagi 234-son qarori

Milliy o‘qiv dasturi

Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma – Toshkent-2021

Matematika 2-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma – Toshkent-2021

Tabiiy fanlar 2-sinf O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma – Toshkent-2021