57
O’ZLASHTIRISHDA ORQADA QOLGAN O’QUVCHILAR PSIXOLOGIYASI VA ULAR
BILAN KORREKSION ISHLAR
Xudoyberdiyeva Komila Xayrullayevna
Toshkent viloyati chirchiq shahar 21- maktab psixologi
Berdaliyeva Gulhayo Yuldash qizi
Toshkent viloyati chirchiq shahar 13- maktab psixologi
Shukurova Matluba Yuldash qizi
Jizzax viloyati Baxmal tumani 77-maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15117442
Annotatsiya:
O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar
bilan ishlashda muvaffaqiyatga
erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim.
Barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz orasida ham ta’lim olishda qiyinchilikga
uchraydigan ammo qaysidir tamonlama iqtidorli farzandlar mavjud bo’lib, ularning ta’limiga
alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. “O’zlashtirishda orqada qolgan” bolalar bilan ishlash
azaldan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz.
Kalit so’zlar:
Maktab jamoasi,qiziqarli ish, oilaviy sharoit, nazoratga olinish,
O’zlashtirishda orqada qolgan bolalar, korreksin mashg’ulotlar, Fil mashqi, muammoni yechish,
vaqtni tog’ri taqsimlash, Xushmuomala, iqtidor , ishonch, tortinchoq, mehr, erkatoy, qalb og`rig`i.
Kirish.
Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasida ayrim bo’shliqlar vujudga kelayotganini dunyoqarashi
past, bilimi zaif, yosh bo’lsada, jinoyatga qo’l urgan, giyohvandlikga moyil, ichkilik va chekishga
ruju qo’ygan, o’qishga qiziqmaydigan, tarbiyasi og’ir bolalarning borligi tashvishli holdir.
Bolaning maktab vaqtida shakllanishida o’qituvchi, mutaxassis pedagog xodimlar, ya’ni sinf
rahbarlari va boshlang’ich sinf o’qituvchilarining roli kattadir.
O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchi qanday bo’ladi?
Past o'zlashtirishuvchi o'quvchi o'quv fanlarni davlat ta'lim standartlarida belgilab
qo'yilgan darajada o'zlashtira olmayotgan ,bilim olishga ishtiyoqi pasayib ketgan va o'ziga
ishonchi yuqolgan o'quvchilardan biri bo'ladi. Xo'sh, buning sabablari va muammo yechimi
qanday bo'ladi? Vaziyatni sabablari tahlili quyidagilarni keltirmoqda. O'quvchilarning past
o'zlashtirishga quydagi holatlardan biri yoki bir nechtasi bo'lishi mumkin.
-O'quv materialining umuman yoki qisman tushunmasligi.
- O'qituvchining mahorati yetishmasligi.
- O'quvchininig sinfda o'zini luda yomon his qilishi.
-O'rtog'lari oldida kamsitilishi.
- Tengdoshlari orasida yupin kiyinishi va nochorligi tufayli o'zini o'zi kamsitishi.
-O'quvchini o'yinqaroqligi dankasaligi va xayol parastligi tufayli diqqatni jamlay olmasligi.
-O'quvchi davomatini pastligi.
- O'qituvchi tomonidan past o'zlashtiruvchi o'quvchilar o'z vaqtida aniqlanmasligi va
e'tabor qaratilmaganligi.
-O'qituvchi past o'zlashtiruvchi o'quvchi hamda uning ota onasi bilan muntazam, izchil reja
asosida ish olib bormasligi.
- O'quvchining oilaviy ijtimoiy muhtidagi salbiy omillar.
- O'quvchining sog'ligi va psixikasi bilan bog'liq holatlar.
-O'quvchining dars qilishi, o'zlashtirishi va mustaqil ishlash uchun shart -sharoitni yo'qligi.
58
-Ota- onasining doimiy nazorati va yordami yetishmasligi.
- O'quvchi ota-onasidan uzoqdaligi.
- Ota-ona va o'quvchi o'rtasida aloqa yo'qligi, bor bo'lsada ota-ona e'tiborsizligi.
-O'quvchi tarbiyasi birovlar qo'lida mutloqa nazoratsizligi tufayli va boshqalar
Ta’lim muassasasida o’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar bilan amalga
oshiriladigan ishlar tartibi:
O’zlashtirishda orqada qolgan bolalar uchun alohida kuzatuv ishlarini olib borish;
O’zlashtirishda orqada qolgan bolaning yashash joyida ham nazoratga olinishini ta’minlash;
Voyaga yetmagan oquvchilarning ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishini doimiy nazorat
qilib borish;
Mahallada hamda maktabda O’zlashtirishda orqada qolgan bolaning qiziqarli ish bilan
shug’ullanishini ta’minlash.
Maktab psixologi bilan hamkorlikda O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilarning psixik
holatlarini kuzatib borish.
Zamonaviy raqamli texnologiyalari davrimizda ta’limning eng muhim sifatlari uchun
sharoyitlar, imkoniyatlar juda xam ko‘pdir. O‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida maqsadga
erishishda o‘zining mahorati, qo‘llanilgan dars uslubi, o‘quv xonasining jihozlanganligi albatta
o‘quvchini ko‘nikma olishida muhim ro‘l hisoblanadi. Dars mashg’uloti maqsadi, mazmuni, shakl,
uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an'anaviy
kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma'lum predmet, mutaxassislik yoki
ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti
sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat
va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Hozirgi kunning zamonaviy
o‘qituvchisi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi
lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
Shu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur yuritib
to‘g‘ri ma’qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash
kerak deb ta'kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlarida. Ushbu yuqoridagi prezidentimiz
ta’kidlaganidek, bugungi kunning o’qituvchisi xar tomonlama yetuk, bilim saviyaga ega bo’lgan,
dunyo qarashi keng bo’lgan motivator xam bo’lishi lozim. Hozirda kunda ta’lim tizimida
o’quvchilar amaliy ko’nikmalarni olishlarida muommolar kamroqday, lekin davomati past va
bo‘sh o’zlashtiruvchi uy ta’limida o’qiyotgan o’quvchilar uchun muommolar bor desak
adashmaymiz. Bu muommolarni bartaraf etishda hozirgi kunda qilinayotgan ishlar zamirida
maktablarda inklyuziv ta’lim joriy qilinishi, professor-o’qituvchilarga qo‘ oliy ta’lim tizimlarida
imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan ishlashda ilmiy ishlarni ko’payganini guvohi bo’lyapmiz.
Tadqiqotlar, kuzatishlar asosida ayta olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchida o‘yin
faoliyatining o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi
bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z vaqtida
o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish
yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. O‘quvchi tobora mas'uliyatli bo‘lib boradi. Bilimlar
bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining o‘sishiga
ta'sir ko‘rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi. O’zlashtirishi past
o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchida mustahkamlash yaxshi bo’lsa, ta’lim
jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z-
59
o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchining xotirasi takomillashadi,
tafakkuri va fikrlashi o‘sadi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr
yuritadilar. Mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi.
Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to umrining
oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqe – hodisalar shaxsga salbiy
yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab
beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu
muammoning yuzaga kelishi sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug’ilgan
bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u qanday ijtimoiy muhitda
tug’ilib voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, O’zlashtirishda orqada
qolganlik bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda
axborot oqimining yuqoriligi ( uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterda xar hil o’yinlar o’ynash,
internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish ) yoki
kattalarning e’tibori, oiladagi iqtisod va hokazolar. “O’zlashtirishda orqada qolgan” degan ibora
o’ta salbiy ma’noni bildirmaydi. U yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. “O’zlashtirishda orqada
qolgan” bolaga alohida munosabat, e’tibor va individual yondashuv zarur. Har qanday kasalni
vaqtida davolagan maqul. E’tiborsiz qoldirilgan mayda-chuyda narsadan katta baxtsizlikka
duchor bo’lish ehtimoli tug’iladi. Bolani “O’zlashtirishda orqada qolgan” holatga olib boruvchi
yagona sabab yo’q. Shuningdek ularni bilimsizlikdan sog’aytirib, mo’minqobil qilib qo’yadigan
yagona shifobaxsh vosita ham yo’q. Lekin shunisi ham aniq-ki, jamoatchilik nazoratining
bo’shlig’i tufayli og’irlashgan noqulay shart-sharoitlar, tarbiya ishlarida yuzakilikka yo’l qo’yish
o’smir hayotida salbiy oqibatlarga olib keladi. Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning
qanday bo’lishi – bu shaxsiy ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir bolani
tarbiyalaganda, u qilgan munosabatining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima bilan
tugashini hali tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim. Quyida o’quvchilar bilan olib
boorish mumkin bo’lgan mashqlar.
“Fil hikoyasi”.
Bir fil qishloqqa kelib qolibdi. Bir-birini yetaklashib kelayotgan olti nafar ko‘rlar filga duch
kelishibdi. Ular bunday hayvonni ilk bor uchratishlari ekan. Birinchi ko‘r odam filning yoniga
kelib: «Fil katta devorga o‘xshaydi», debdi. Boshqasi filning dumini ushlab “fil arqonga o‘xshaydi”
debdi. Uchinchi ko‘r odam filning oyog‘iga urilib: «Ikkalangiz ham adashyapsizlar. Fil katta
daraxt tanasiga o‘xshaydi debdi. To‘rtinchisi filning qulog‘ini paypaslab debdi: "Fil yelpig‘ichga
o‘xshar ekan".Beshinchi ko‘r odam fil tishiga urilib: - Senlar nima deyabsanlar o‘zi! Fil nayzaga
o‘xshaydi’ debdi. Yo‘q, - debdi oltinchi ko‘r, filning xartumini ushlab: - Fil ilonga o‘xshaydi! Ular
filning nimaga o‘xshashligi haqida tortishib, hali hamon yo‘l ustida o‘tirishgan deyishadi. Ular fil
haqida qisman taassurotga ega bo‘lishgan edi, xolos. Agar ular barchasini umumlashtira
olganlarida haqiqatga yaqin kelishgan bo‘lardi..
•Ushbu hikoya fikr almashish, nizolarni hal qilish, empatiya va bugungi mavzu, ya’ni
muammolarni hal qilish singari asosiy hayotiy ko‘nikmalar kursida ishtirokchilar o‘rgangan
ko‘nikmalariga qanday bog‘liqligi haqida munozara olib boring. Quyidagi savollarning barchasini
yoki bir nechtasini so‘rang:
-Ushbu hikoyadan qanday hulosa chiqardingiz?
-Shu hikoya kabi vaziyatga o‘z hayotingizda duch kelganmisiz - vaziyat barchaga turlicha
ko‘rinadi?
60
-Qay tarzda turli xil nuqtai nazarlar qaror qabul qilishni yoki muammoni hal qilishni
osonlashtiradi yoki natijada yaxshiroq echim topishga ko‘mak beradi?
Ular doskada fil voqeasi asosida misollar keltirib, u yerdagi muammo va uning yechimini
keltirib berishdi
Xulosa qiling: har birimizning o‘z o‘tmishimiz, o‘z nuqtai nazarimiz bor. Agar biz birgalikda
ishlasak, yashasak va o‘ynasak, biz bir-birimizning nuqtai nazarimizni hurmat qilish yo‘llarini
izlashimiz lozim. Shuningdek, biz bir-birimizdan o‘rganishimiz va imkoniyatlar haqida ko‘proq
tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin (masalan, ko‘r odamlar singari boshqalarning nfikrini
hisobga olsak).
Bu hikoya metaforadir.
Shu bilan birga, yagona yechim bo‘lmay, barcha muammoga
ko‘plab yechimlar topish mumkinligini ta’kidlang
“Real hayotiy muammolar”.
O‘zingiz aniqlagan muammoni hal qilish va tahlil qilish uchun guruhingiz bilan (yoki
sheriklaringiz bilan) ishlang. Ish daftaridan qo‘llanma sifatida foydalaning va fikrlaringizni
baham ko‘rishga tayyor bo‘ling. Shuni yodda tutingki, turli xil javoblar «to‘g‘ri» sanalib, bu
vaziyatda ko‘plab natijalar bo‘lishi mumkin. Guruhlardan o‘z hulosalarini topshrishlarini
so‘rayman.
•Ishtirokchilarga 5 daqiqa vaqt bering, so‘ng har bir guruhdan hisobot berishlarini so‘rang.
Ayting:” Hozirgacha qanday xulosaga kelganingizni eshitaylik. Dastlab har bir guruh muammoni
hal qilganliklari to‘g‘risida hisobot berishlarini istardim”.
•Muammoni hal qilish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshiring va har bir guruhni o‘z
fikrlari bilan o‘rtoqlashishga chaqiring. Ehtimol, bu ba’zi bir qiziqarli fikrlarni keltirib chiqarishi
mumkin, chunki guruhlar muammoga boshqa burchakdan qarashlari yoki turli xil variantlarni
tanlash ustidan o‘ylashlari mumkin.
XULOSA
Yoshlarimiz dars mavzusini uning mohiyatini qisman yoki umuman tushunmasligi bola bu
holatni o'zi tushunmasligi mumkin.Yoki anglasa ham aytishga tortinishi mumkin.Bu holatda
o'qituvchi o'zining pedagogik mahoratini ishga solib, dars mavzusini soddalashtirib,o'xshash
misollar yordamida yotig'I bilan tushuntirishi mumkin.Yoki har xil o'yinlar yordamida;
masalan;''Eng birinchi''[Topshiriq sodda qlib beriladi, vaqt belgilanadi, javobni past
o'lashtiruvchi o'quvchidan so'raladi. Javob kam bo'lsa ham ijobiy tomoni ko'proq oshirilrb
maqtab, harakatlarini qo'llab- quvvatlab o'zi biladi, o'zi aytadi faollikka jalb etishi lozim.Rasmlar
orqali topshiriq beriladi.Javobni bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchidan so'raladi. Eng birinchi
vazifani bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchidan doim so'ralsa bu toifa o'quvchi o'z ustida izlanib
tayyorgarlik ko'rib darsda faol bo'ladi.E'tiborsiz o'tirmaydi. O'quvchi sinfda o'zini erkin his
etmasa bu o'quvchida o'zida ishonch va mehr yetishmaydi. O'qituvchi xushmuomalali bo'lib bu
o'quvchini hech kimdan kam emasligini unda ham iqtidor borligini takror va takror aytib o'ziga
ishonchini o'yg'otish shart Bu toifa o'quvchilarga alohida mustaqil topshiriq berib javobini bir
ozdan so'ng so'ralsa o'quvchida ishonch tuyg'usi paydo bo'la boshlaydi.Har bir darsda
o'quvchiga e'tibor berilsa o'quvchini o'ziga bo'lgan ishonchi to'la kamol topadi.O'quvchi mavzuni
noto'g'ri aytsa savollarga javob berolmasa sinfdoshlari uni ustidan kulsa bu o'quvchi darsda
umuman gapirmaslikni, jim o'tirishni afzal ko'radi. Bu toifa o'quvchini gapirtirishdan avval
o'qituvchi o'quvchilarga hech kimni javobi noto'g'ri emas siz qo'rmasdan fikringizni ochiq bayon
qiling deb o'quvchini quvvatlab borish yaxshi samara beradi. Bu usulda mavzuni to'g'ri yoki
61
noto'g'riligida emas ,o'quvchi tengdoshlari oldida o'z fikrini bayon eta olishida.E'tiborni shunga
qaratish kerak.Navbatdagi javobda qisman haqsan , lekin mana bu fikring salgina noto'g'ri deb
to'g'rilab yuborish lozim.O'quvchi fikrini erkin bayon qilishga shart - sharoit yaratish muhim.
Agar o'quvchida dankasalik ,o'yinqaroqlik sezilsa, mavzuga qiziqmasa ,diqqatni darsga jalb
etolmasa u holda bu toifadagi o'quvchilar uchun sinfda musabaqa tashkil etib har bir savol ,
topshiriqni to'g'ri, aniq bajarishga jalb qilib, uni rag'batlantirib borish yaxshi natija
beradi..Masalan; ona tili va adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlardan ‘'Ertak”, Egizaklar”,
'Auksion”, ”Janjir” kabi o'yinlar orqali bu toifa o'quvchilarga dars mavzusini tushuntirish
mumkin.Kim bu - ballni qo'lga kiritsa o'qituvchidan sezilarli rag'bat olsa va o'zi ham nimagadir
qodir ekanligini his qilsa eng o'yinqaroq ,past o'zlashtiruvchi o'quvchi shu onda eng faol
o'quvchiga aylanadi.
Aziz ustozlar va ota-onalar farzandingizga psixologik muammolarni bartaraf etishda,
ulg’ayish azobining oson kechishini istasangiz quyidagilarga ahamiyat bering: “Gо’zal sifat va
husni xulq siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar kо’rkam qilolmas, gunoh
va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forig’ bо’lmas!”
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Doston Xolmatov “Hikoyalarda davr va qahramon masalasi” maqola. SCIENTIFIC
PROGRESS Farg’ona davlat universiteti
2.
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T., “Ma’naviyat”, 2000. -112 bet
3.
B. Shukurova “Yangi davr hikoyachiligining o’ziga xos xususiyatlari” “O’zbekistonda ilmiy-
amaliy tadqiqotlar” Respublika ilmiy konferensiyasi
4.
Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish uchun
xrestomatiya.
