BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING SHAKL, METOD VOSITALAR TAHLILI

Abstract

Maqolada oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchining deontologik kompetentlilik darajasi va uni rivojlantirish metod va vositalari haqida so’z boradi. Shuningdek rivojlangan davlatlarda bo‘lajak o‘qituvchining deontologik kompetentligini oshirishga doir olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, deontologik kompetentlik darajasini baholovchi omillar, oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi kabi ko‘nikmalarni egallashini ta’minlovchi deontologik yondashuvlar, pedagog olimlarning bu boradagi qarashlari va tavsiyalari haqida so‘z boradi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
18-21
78

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tosheva, G. (2025). BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING SHAKL, METOD VOSITALAR TAHLILI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(7), 18–21. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/78428
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchining deontologik kompetentlilik darajasi va uni rivojlantirish metod va vositalari haqida so’z boradi. Shuningdek rivojlangan davlatlarda bo‘lajak o‘qituvchining deontologik kompetentligini oshirishga doir olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, deontologik kompetentlik darajasini baholovchi omillar, oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi kabi ko‘nikmalarni egallashini ta’minlovchi deontologik yondashuvlar, pedagog olimlarning bu boradagi qarashlari va tavsiyalari haqida so‘z boradi.


background image

18

BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI

RIVOJLANTIRISHNING SHAKL, METOD VOSITALAR TAHLILI

G.K.Tosheva

Osiyo xalqaro universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15165588

Annotatsiya.

Maqolada oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchining deontologik

kompetentlilik darajasi va uni rivojlantirish metod va vositalari haqida so’z boradi. Shuningdek
rivojlangan davlatlarda bo‘lajak o‘qituvchining deontologik kompetentligini oshirishga doir olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar, deontologik kompetentlik darajasini baholovchi omillar, oliy
ta’lim muassasasi bitiruvchisining shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga
kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi kabi ko‘nikmalarni egallashini ta’minlovchi deontologik
yondashuvlar, pedagog olimlarning bu boradagi qarashlari va tavsiyalari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

deontologik kompetentlik, pedagogik deontologiya, o‘quv-tarbiya

jarayoni,metod va vositalar yuksak axloq, kompetentlik, mas’uliyat, ijtimoiylashuv, qadriyat,
funksiya

Аннотация.

Цель обучения – улучшить преподавание деонтологической

компетентности, использовать революционный метод и преподавать истину. Научные
исследования, направленные на развитие деонтологической компетентности в
образовании в различных странах, степени деонтологической компетентности,
личностных, социальных и личностных характеристиках выпускников, рассказал о
деонтологических ориентирах обеспечения равенства детей в обществе, взглядах и
рекомендациях педагогов в этой области.

Annotation.

The purpose of the teaching is to improve the teaching of deontological

competence and to use a revolutionary method and to teach the truth. Scientific studies aimed at
developing deontological competence in education in various countries, the degree of
deontological competence, the personal, social, and personal characteristics of graduates he
spoke about the deontological guidelines for ensuring the equality of children in society, the
views and recommendations of pedagogues in this field.


Bugungi kundа mustаqil tаrаqqiyоt yо'lidаn bоrаyоtgаn mаmlаkаtimizning uzluksiz tа'lim

tizimini islоx qilish vа tаkоmillаshtirish, yаngi sifаt bоsqichigа kо'tаrish, shuningdek o’z
kasbining yetuk mutaxasis kadrlarini tayyorlash orqali tа'lim sаmаrаdоrligini оshirish dаvlаt
siyоsаti dаrаjаsigа kо'tаrildi. Mamlakatimizda ta’lim olayotgan bo’lajak pedagoglarda ta’il bilan
bir qatorda o’z kasbiga mos deontologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish, ularni
yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashi uchun zamon talabiga mos
ravishda mutaxassis kadr qilib tayyorlash uchun barcha imkoniyatlardan keng foydalanish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli ham bo’lajak o’qituvchilarni zamon
talabiga mos ravishda inovatsion faoliyatga tayyorlash shuningdek ularda deontologik burchni
chuqur anglab yetishi va unga rioya qilish ko’nikmasini shakllantirish, bo’lajak o’qituvchilarda
yetarlicha kompetensiyaga ega bo’lish va bilim, ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish
bugungi oliy ta’lim oldida turgan eng asosiy vazifadir. O’qituvchi mukammal va tajribali bo’lmas
ekan ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Shu sababli ham aynan bugun ta’lim
berayotgan o’qituvchilarni yetuk mutaxasis bo’lishi har qanday sohaning taraqqiyotida asos
vazifasini o’taydi.


background image

19

Bo’lajak o’qituvchining deontologik madaniyatini shaklantirish konsepsiyasi o’qituvchilar

va talabalar o’rtasidagi hamkorlik tamoyillariga, birgalikdagi samarali faoliyatga, kelajakda
bo’lajak o’qituvching deontologik kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bundan talab
shundaki bugungi kunda oliy ta’limda tahsil olayotgan bo’lajak o’qituvchilarning dontologik va
kasbiy kompetnetligi jahon standartlari, O’zbekiston ta’lim satndartlari talablariga to’la javob
berishi kerak. Bugungi kun o’qituvchisi ijodkor, tashabbuskor, o’z kasbining fidoiy ijrochisi, odob
va axloq normalarining yetuk namunasi, kammunikativ kirishimli, kreativlik muammoga to’g’ri
javob bera oladigan va bu asosda samarali metod va vositalardan foydalana oladigan, o’z
burchiga sadoqat bilan yondashadigan yetuk kadr bo’lmog’i lozim. Bugun har qanday sohada
faoliyat yurutayotgan mutaxasis asosiy bilim va malakani maktab jarayonida o’zlashtiradi.
Maktabda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan o’quvchi oliy ta’limda ham yaxshi o’zlashtira olmaydi
buning natijasida o’z kasbini yaxshi yuruta olmaydigan kadrlar yetishib chiqadi, aynan shuning
uchun ham maktabda ta’lim berayotgan o’qituvchilarni yetuk mutaxasis bo’lmog’i lozim. Bu
orqali nafaqat ta’limda balki barcha sohada taraqqiy etish va rivojlanish mumkin. Bugungi
pedagog kasbiy faoliyatini o’z burchlarini deontologik talablar asosida tashkil etishi va o’zida
mavjud bo’lgan kompetentlikni rivojlantirish asosida barkamol avlodni tarbiyasiga etobor
berishi lozim . O’qituvchilik burchini yuksak darajada anglash, unga amal qilish muallimning
xatti-harakatlarini tartibga solib, uning huquqlarini boshqarib turadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda
deontologik kompetentlikni rivojlantirish metodlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) bilish faoliyati turiga ko‘ra: tushuntirishli-illyustrativ; reproduktiv; materialni

muammoli bayon etish; qisman-izlanishli; tadqiqotchilik;

2) faol metodlar: evristik suhbat; o‘quv munozarasi; adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;

kasbiy faoliyat imitatsiyasi;

3) vaziyatlarni tahlil qilishga doir: tasodifiylik; aqliy hujum; situativ; muammoli; ijtimoiy-

pedagogik loyihalash.

Yuqorida sanab o’tilgan metodlar orqali ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilarni Bugun

nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda ta’lim sohasiga e’tibor kuchaytirilgan, ta’limni
rivojlantirish uchun eng avvalo malakali kadrlarni tayyorlash, o’z kasbining mukammal
mutaxasislarini yetishtirib chiqarish eng asosiy masaladir. Butun dunyoda bo’lajak
o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligining muhum tarkibiy qismi sifatida deontologik
kompetentlikni rivojlantirish, uning didaktik jihatlarini aniqlash, inovatsion faoliyatning asosi
sifatida metodologik bilimlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizimini takomillashtirishga
doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish quyidagi funksiyalarni

amalga oshirish orqali natijaga erishish mumkin. Bular

1. Axloqiy-pedagogik: “Inson – jamiyat” va “inson – inson” tizimida pedagog

tasavvurlarining axloqiy yo’nalganligi hamda turfa xil madaniyatlar dunyosidagi pedagogning
deontologik missiyasini anglash va tadqiq etish;

2. Etnapedagogik: o’qituvchining etnomadaniyat (moddiy va ma’naviy) tarixiy tajribada

aks etgan mentallik va insoniyat evolyusion rivojida ma’lum bir tilni uzatuvchi sifatuvchi
etnosning rolini idrok etishni ko’zda tutadi;

3. Kommunikativ: pedagogik faoliyat maqsadi, pedagogik deontologiyaning tamoyillariga

muofiq bo’lajak o’qituvchining o’quvchilar bilan shaxsiy-ishbob tahlil o’zaro birgalikdagi


background image

20

harakatlarning turli xil kommunikativ texnologiyalarini o’zlashtirish zaruratini o’zida ifoda
etadi;

4. Tarbiyaviy : o’qituvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadi hamda

pedagogik burch va pedagogik deontologiya tamoyillariga muofiq uzluksiz kasbiy rivojlanish,
o’z-o’zini tarbiyalsh orqali amalga oshadi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish metodlariga

quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bilish faoliyati turiga ko‘ra: tushuntirishli-illyustrativ;
reproduktiv; materialni muammoli bayon etish; qisman-izlanishli; tadqiqotchilik; 2) faol
metodlar: evristik suhbat; o‘quv munozarasi; adabiyotlar bilan mustaqil ishlash; kasbiy faoliyat
imitatsiyasi; 3) vaziyatlarni tahlil qilishga doir: tasodifiylik; aqliy hujum; situativ; muammoli;
ijtimoiy-pedagogik loyihalash.

Xalqaro miqyosda bo'lajak mutaxassislarni har tomonlama yetuk kadr qilib tarbiyalash

innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy
ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak
pedagoglarning mahorati mezonlari, o’qituvchiga deontologik malaka shuningdek dars
jarayonini to’g’ri tashkil qilish va innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro
ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh
o'qituvchilarning deontologik kompetentligi rivojlantirish orqali dars jarayonida yanada
samaradorlikka erishish , ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion, kognitiv,
operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan
ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Bo‘lajak o‘qituvchining ma’naviy kompetentligi uning

kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim, mahorat, ko‘nikmaga egaligida, uning pedagogik
obro‘-e’tibori, funksional, ya’ni kasbiy bilim va mahoratini amalda ro‘yobga chiqara olishi.
Intellektual, ya’ni tahliliy fikr yuritish va o‘z vazifalarini bajarish uchun kompeleks yondoshish
qobiliyati, turli vaziyatlarga moslasha olib harakat qilish qobiliyati, ijtimoiy, kommunikativ va
integrativ qobiliyatlarga egaligi, har qanday jamoada til topa olish qobiliyati kabilar bila
uyg‘unlashadi. Bunda uning madaniyatli; umuminsoniy qadriyatlarga egalik; milliy madaniyatga
ega bo‘lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; boshqa millatlarning madaniyatini
hurmat qilishi, jamiyat va insonlarga, tabiatga ijobiy emotsional munosabat da bo‘lish tajribasi
kabi ko‘nikmalarga egaligi

Har bir vazifaning bajarilishi uning axloqiy qonun qoidalari va axloqiy me’yorlariga mos

bo’lishi zarur. Axloq – ijtimoiy ong shaklanishidan biri sifatida inson turmushining barcha
sohalarida kishilarning xulqi, xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, boshqarib turuvchi qoidalar,
tamoyillar, yo’l-yo’riqlar, mezonlar, normalar hamda pand-nasihatlar majmuidan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O.Musurmonova. Umumiy pedagogika. Toshkent. “O‘zkitob savdo nashriyoti”, 2020,

2.

Ochilov M.”Muallim – qalb me’mori” - T.: “O‘qituvchi”, 2001

3.

Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of

Action and the Article of Utilitarianism. – Oxford: Clarendon Press, 1983,
4.

Mahmudova Dilnoza. Technology for the development of cognitive competence in future

teachers based on the acmeological approach // EPRA International Journal of Research


background image

21

Development. Volume 5. Issue 3. March 2020. pp. 464-465.
5.

Бикова С.C. Формирование деонтогической компетентности у будущих педагогов в

системе профессионалъного образования //Вестник Вятского государственного
гуманитарного университета 2012 –Т . 3. –N- 4 -C . 37-41
6.

Кертаева К.М Основи педагагической деонтологии . Aлмати , 2002. -238 c.

7.

“O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA

AHAMIYATI Oybek Rustamovich Ortiqov
8.

BO’LAJAK

BOSHLANG’ISH

SINF

O’QITUVCHILARI

FAOLIYATIDА

PEDAGOGIK

DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK Maqsuda Maxsudovna Murodova
9.

OLIY TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING MA’NAVIY KOMPETENTLILIK

DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR Mamajonov O’tkirbek TajiddinovichAndijon davlat
universiteti
10.

O’QITUVCHINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASIGA

NAZARIY VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR” B.X.Xusniddinova

References

O.Musurmonova. Umumiy pedagogika. Toshkent. “O‘zkitob savdo nashriyoti”, 2020,

Ochilov M.”Muallim – qalb me’mori” - T.: “O‘qituvchi”, 2001

Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. – Oxford: Clarendon Press, 1983,

Mahmudova Dilnoza. Technology for the development of cognitive competence in future teachers based on the acmeological approach // EPRA International Journal of Research Development. Volume 5. Issue 3. March 2020. pp. 464-465.

Бикова С.C. Формирование деонтогической компетентности у будущих педагогов в системе профессионалъного образования //Вестник Вятского государственного гуманитарного университета 2012 –Т . 3. –N- 4 -C . 37-41

Кертаева К.М Основи педагагической деонтологии . Aлмати , 2002. -238 c.

“O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI Oybek Rustamovich Ortiqov

BO’LAJAK BOSHLANG’ISH SINF O’QITUVCHILARI FAOLIYATIDА PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK Maqsuda Maxsudovna Murodova

OLIY TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING MA’NAVIY KOMPETENTLILIK DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR Mamajonov O’tkirbek TajiddinovichAndijon davlat universiteti

O’QITUVCHINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASIGA NAZARIY VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR” B.X.Xusniddinova