4
PEDAGOG XODIMLARNING UZLUKSIZ MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Abdiraxmonov Axad Iskandarovich
Mustaqil tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15828774
Annotatsiya:
oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining
malakasini oshirish tizimini
takomillashtirishning mazmun-mohiyati zamonaviy yondashuvlar hamda xorijiy tajribalar
asosida keltirib oʻtilgan, shuningdek, uzluksiz malaka oshirish orqali pedagoglarning kasbiy
kreativligini rivojlantirish omillari tahlil qilindi.
Kalit soʻzlar:
malaka oshirish, pedagog xodim, kasbiy kreativlik, transformatsiyasi,
refleksiya, kompetensiya, ilmiy yondashuv, strategik implementatsiya, xorijiy tajriba, idinetiv
uygʻunlik.
Kirish
Bugungi kunda global taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan transformatsion jarayonlar
pedagog xodimlarning nafaqat bilim va koʻnikmalarini, balki ularning kasbiy kreativligini
muntazam rivojlantirishni talab qilmoqda. Taʼlim tizimiga kirib kelayotgan innovatsion
texnologiyalar, zamonaviy oʻquv metodikalari va taʼlimdagi kompetensiyaviy yondashuvlar
pedagoglardan oʻquv jarayonlarida anʼanaviy standart yondashuvlardan chekinib, ijodkorona va
reflektiv faoliyat yuritishni talab etmoqda. Aynan shu nuqtayi nazardan pedagog xodimlarning
uzluksiz malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarda ularning kasbiy
kreativligini talab darajasida rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Pedagog xodimning kasbiy muvaffaqiyati bu uning oʻz kasbiga ijodiy yondashuvi,
yangiliklarni tezda oʻzlashtira olishi va ulardan samarali foydalanishiga bevosita bogʻliqdir. Shu
sababdan malaka oshirish tizimi nafaqat pedagoglarning kasbiy bilimini yangilashi, balki kasbiy
kreativligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy tizimga aylanishi lozim.
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, Yangi Oʻzbekistonda yashlarni
zamonaviy taʼlim va bilimlar bilan taʼminlash maqsadida taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar
fonida, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining metodologik va nazariy asoslarini
yangicha yondashuvlar asosida qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa nafaqat xalqaro tajriba, balki Yangi Oʻzbekistonimizning
milliy pedagogik maktablarida shakllangan amaliyotlarni chuqur oʻrganishni, ulardagi pedagog
xodimlarning kasbiy kreativligini rivojlantiruvchi va ragʻbatlantiruvchi jihatlarini aniqlashni
hamda amaliyotga joriy etishni talab etadi.
Adabiyotlar tahlili
Taʼlim sifatini taʼminlash bevosita pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatining yuksak
darajada rivojlanganligi hamda uning fan, taʼlim va iqtisodiyotning boshqa drayver sohalaridagi
yangiliklarga ochiqligi bilan bogʻliqdir. Shu sababdan pedagog xodimlarning uzluksiz malakasini
oshirish tizimini biryoqlama bilim berish tizimi sifatida emas, balki ushbu jarayonlarda
pedagogning shaxsiy, kasbiy, raqamli va kreativ rivojlanishini taʼminlaydigan murakkab tizim
sifatida rivojlantirish zarurdir.
Pedagog xodimlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha
olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar ushbu tizimning zamonaviy taʼlim talablariga
javob beradigan shakl va usullarini ishlab chiqishga qaratilgan. Ayniqsa, soʻnggi yillarda pedagog
5
xodimlarning axborot-kommunikativ kompetentligi, kasbiy kompetentligi, raqamli kompetentligi,
mediakompetentligi, innovatsion salohiyati, kasbiy kreativligini rivojlantirish masalalariga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, A.K.Markova eng koʻp pedagog xodim mehnatining kasbiy kompetentligi
asoslarini qidirgan olimlardandir, uning fikri koʻra, pedagog xodimning mehnati kompetentlikka
aylanadi, qachonki pedagog oʻz faoliyatini yetarlicha yuqori hamda taʼlim oluvchilarni oʻqitish va
tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa. Ushbu asoslar bilan birga pedagog xodimning
kasbiy kompetentligini toʻrt turga boʻlib oʻrganadi.
Sh. Pozilovaning “Oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish
kurslarida kreativ oʻqitish metodikasi” nomli dissertatsiya ishida oliy taʼlim muassasalari pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining
kreativligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion-metodik loyiha, kreativ usullar va dizayn-
fikrlash texnologiyasini qoʻshish orqali malaka oshirish jarayonining tashkiliy-pedagogik shartlari
takomillashtirilgan; tinglovchilarining kreativligini rivojlanishini taʼminlab beruvchi KWHL
(Know? What? How? Learn?), Kyubing, SCAMPER (Substitute, Combine, Adapt, Modify/Magnify,
Put to other uses, Eleminate, Rearrange/Reverse) kabi usullar asosida yaratilgan innovatsion-
metodik xarakterdagi muammoli vaziyatlar va kreativ amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish asosida
oʻquv-metodik taʼminoti takomillashtirilgan.
“Pedagog kadrlarning ijodiy-kreativ salohiyati” tushunchasining mazmuni T.Byuzen,
A.V.Morozov, Yu.R.Varlakova, A.R.Aripdjanova, G.N.Ibragimovalarning pedagog xodimlarning
malakasini oshirish jarayonlari boʻyicha olib borgan tadqiqotlarida tafakkur, ehtiyoj, qadriyatlar
va metodik mahorat bilan bogʻliqlikda yoritib berilgan. Mazkur tadqiqotlarda innovatsion
salohiyatdan ijodkorlikning tubdan farqi innovatsion yondashuvni yangiliklar kiritishga doir
faoliyat sifatini belgilab beruvchi salohiyatni amalga oshirish mexanizmi sifatida koʻrib
chiqilganligida namoyon boʻladi.
Malaka oshirish kurslarida pedagog kadrlarning innovatsion faoliyatga tayyorlashga doir
ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirgan M.Jumaniyozovaning taʼkidlashicha, innovatsiya –
rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti koʻrinishida namoyon boʻladigan
ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim qismi boʻlib, ijtimoiy-madaniy
obyekt sifatlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi, ayni vaqtda u
boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi oʻzgarishlar mexanizmi boʻlib hisoblanadi.
K.Karimovning taʼkidlashicha, axborot–kommunikatsiya texnologiyalari muhitida tashkil
etilgan malaka oshirish jarayonlarida tinglovchilarning oʻz–oʻziga taʼlim va oʻz–oʻzini rivojlantirish
qobiliyatlari ortadi.
Bugungi kunda taʼlim jarayonlarining samarasini oshirish, taʼlim oluvchilarning taʼlim
olishga boʻlgan ehtiyojlarini yetarli darajada qondirish, pedagog xodimlarning kreativlik
salohiyatini oshirish kabi muammolarning yechimi kreativ pedagogikada koʻrilmoqda. Bu esa
takomillashtiriladigan malaka oshirish tizimida pedagoglarga kreativ pedagogikaning maqsadi,
vazifasi, mazmuni va amaliy ahamiyatini yetkazishni taqozo qiladi.
Professor V.V.Popov va akademik Yu.G. Kruglov shundan taʼkidlaydi: “Kreativ pedagogika
shaxs, uning qobiliyatlarini faol rivojlantirish va shakllantirish boʻyicha bir maqsadli faoliyatni
oʻrganadi. Pedagogikaning obyekti sifatida shaxs, uning psixikasi emas, balki uning rivojlanishi
bilan bogʻliq boʻlgan pedagogik hodisalar tizimi: jamiyatning bir maqsadga qaratilgan faoliyati
jarayonida inson shaxsining rivojlanishi bilan belgilaydigan voqelikning hodisalari. Ushbu
6
hodisalar taʼlim atamasini olgan. Taʼlim umumiylik bilan birdek, kreativ pedagogikaning ham
izlanish obyekti hisoblanadi, biroq ikkinchi tupning asosiy jihati shundaki, u eʼtiborni koʻproq
ijodiy rivojlanayotgan taʼlimga qaratadi”
M.M. Zinovkinaning fikriga koʻra, kreativ pedagogikaning predmeti muntazam taʼlim
tizimidagi, yaʼni umumiy taʼlim, kasblar va mutaxassisliklarni oʻzlashtirish, oʻz-oʻzini kasbiy
rivojlantirish
jarayonlaridagi
psixologik-pedagogik
xususiyatlar,
kreativ
shaxsni
shakllantirishning qonuniyatlari va mexanizmlari hisoblanadi. Kreativ pedagogikaning fan
sifatidagi obyekti muntazam kreativ taʼlim tizimini oʻz ichiga oladi, oʻquv intizomi doiralarida esa
kreativ pedagogika obyekti ontogenezning barcha davrlaridagi kreativ shaxs hisoblanadi.
Taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlarning kasbiy kompetentligini
rivojlantirish strategiyalari, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga nisbatan innovatsion
yondashuvlar, pedagogning oʻz-oʻzini kasbiy rivojlantirishi masalalarini Adnan Hakim, Raven
John, Dirk Richter, Karlheinz Ingenkamp, Michael D.Toth, Mardia Hi. Rahman, Mareike Kunter,
Hutmacher Walo, Bjorn Oskarsson, Robert Marzano kabi xorijlik olimlar oʻz ilmiy izlanishlari
uchun asosiy tadqiqot yoʻnalishi etib belgilagan hamda salmoqli ishlarni olib borgan.
Yuqoridagi keltirilgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili asosida shuni aytish
mumkinki, Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirish
tizimi metodik jihatdan yetarlicha shakllangan boʻlsada, mavjud malaka oshirish tizimini
takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarda pedagog xodimlarning kasbiy kreativligini
rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻquv jarayonlariga yangi metodlarni joriy
etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Asosiy qism
Taʼlim tizimining global miqyosda tezkor surʼatlarda rivojlanib borishi fonida pedagog
xodimlardan nafaqat mavjud bilimlarini yangilab borishi, balki, kasbiy kreativlik, refleksiya,
raqamli savodxonlik, kommunikativ kompetensiyasi kabi jihatlarini ham uzluksiz rivojlantirishi
talab qilinmoqda.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki pedagog xodimlarning uzluksiz malakasini oshirish
tizimini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy taʼlim texnologiyalari
asosida pedagog xodimlarning kasbiy pedagogik salohiyatini rivojlantirish ustuvor vazifalardan
biridir. Rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya, Malayziya, Kanada, Germaniya, AQSH, Avstraliya
Singapur kabi bir qator davlatlardagi malaka oshirish tizimida pedagog xodimlarning kasbiy
salohiyatini rivojlantirishda quyidagilar ustuvorlik qiladi.
- pedagog xodimlarning mustaqil tahliliy va refleksiv faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
- oʻquv jarayonlarida axborot texnologiyalarini samarali qoʻllash koʻnikmalarini
rivojlantirish;
- loyihali taʼlim va kasbiy hamkorlikni rivojlantirish orqali kasbiy ijodkorlikni faollashtirish.
Masalan, Singapur davlatida “Teacher Growth Model” dasturi orqali pedagog xodimlar oʻz
kasbiy rivojlanish strategiyasini mustaqil rivojlantiradi va bu jarayonlarda taʼlimga oid
innovatsion loyihalarda ishtirok etish, loyihaviy taʼlim asosida hamkorlikda tadqiqotlar olib
borishga ustuvorlik beriladi. Kanadada esa aralash va onlayn malaka oshirish kurslarida “practice-
based learning” (amaliyotga asoslangan oʻquv) kabi metodlar keng qoʻllanilib, pedagoglarning
tajribaga asoslangan kasbiy ijodiy salohiyatini rivojlantirishi ragʻbatlantiriladi.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirish jarayonida raqamli resurslar va jamoaviy
oʻrganish usullarining samaradorligini oshirish boʻyicha Kamerunda “OER4Schools” dasturi
7
doirasida tadqiqot oʻtkazilgan. Ushbu dastur doirasida pedagoglar kichik tadqiqotlar olib borish,
oʻz faoliyatlarini muntazam ravishda tahlil qilish, oʻzaro hamkorlikdagi tahlillarni amalga oshirish,
videodasturlar va ochiq taʼlim resurslari (OER) orqali oʻz kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish
koʻnikmalarini egallashgan. Tadqiqot yakunida olingan natijalarda pedagoglarning raqamli
savodxonligining rivojlanganligi va oʻquv jarayonlariga ijodiy yondashuvi taʼlim sifatini
oshirishdagi muhim omillardan biri ekanligi aniqlashgan.
Finlyandiya tajribasiga koʻra pedagog xodimlarning malakasini oshirish va uzluksiz kasbiy
rivojlantirishda taʼlim sifatini taʼminlovchi asosiy omil sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
Pedagogning mustaqil tadqiqot faoliyati
– Finlyandiya taʼlim tizimida har bir pedagog
faqat bilim yetkazuvchi xodim emas, balki faol oʻrganuvchi va tadqiqotchi shaxs sifatida qaraladi,
malaka oshirish jarayonlarida pedagogdan oʻz kasbiy faoliyatini tahlil qilish, taʼlim jarayonlarida
yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularga kreativ yechimlar taklif qilish kabi amaliy
koʻnikmalarini rivojlantirish talab qilinadi, bu esa, pedagog xodimdan muammoga ilmiy
yondashish, tajribadan nazariy xulosa chiqarish va eng muhimi, kasbiy oʻsishga intilish
koʻnikmasini rivojlantiradi.
Oʻziga xos taʼlim modelini shakllantirish
– Finlyandiya taʼlim jarayonlari standart oʻquv
dastur asosida olib boriladi, lekin, bu jarayonlarda pedagog xodimlardan oʻzining metodik
yondashuviga va oʻqitish uslubiga ega boʻlish talab qilinadi, yaʼni, har bir taʼlim oluvchilarni
oʻqitishda oʻziga mos keladigan, taʼlim oluvchilar ehtiyojlariga mos uslubni bilishi, qoʻllashi,
fanlararo bogʻliqlik, STEAM, dizayn-tafakkur kabi yondashuvlarni oʻquv jarayonlarida erkin tanlab
tatbiq etishi, har bir oʻquv guruhiga mos, individuallashtirilgan, fleksibl taʼlim modelini yaratishi
lozim boʻladi.
Ijodkorlik va faollik
– Finlyandiyada malaka oshirish tizimida pedagogning ijodiy fikrlashi,
oʻquv jarayonlaridagi “out-of-the-box” (odatiy emas, standartdan farq qiluvchi, ijodiy,
novatorona) yondashuvlari rivojlantiriladi.
Jamoaviy oʻrganish hamda fidbek tizimi
— Finlyandiyada malaka oshirish jarayoni
individual emas, jamoaviy va hamkorlikka asoslangan formatda tashkil etiladi. Pedagoglar oʻzaro
hamkorlikda oʻrganadi, kuzatadi, baholaydi, maslahatlashadi va fikr almashadi, bu professional
learning community (PLC), oʻzaro yordam va birgalikda tahlilni, fidbek (fikr bildirish) orqali
tajribadan xulosa chiqarishni nazarda tutadi.
Yuqorida keltirilgan xorijiy tajribalarni xulosa qilib aytganda, rivojlangan davlatlarda
pedagog xodimlarning malakasini oshirish tizimi nafaqat bilim berish, balki kreativ pedagog
xodim shakllantirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Bu tizimda innovatsion pedagogik
texnologiyalar, reflektiv metodlar, kognitiv yondashuvlar va kasbiy kreativlikni rivojlantiruvchi
mashgʻulotlar asosiy eʼtibor markazidagi omillarga aylangan.
Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekistonda ham oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining
malakasini oshirish tizimini isloh qilishda xalqaro ilgʻor tajribalarni mahalliy sharoitlarga
moslashtirish va innovatsion, reflektiv hamda raqamli asosdagi oʻqitish modellarini keng joriy
etish dolzarb vazifa sifatida qaralishi lozim.
Bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli taʼlim islohotlari,
xususan, Uchinchi Renessans poydevorini qurishdek ulugʻ maqsadni amalga oshirish uchun yetuk
va zamonaviy fikrlaydigan kadrlar tayyorlashda pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatining
rivojlanganligiga ayniqsa, ularning kasbiy kreativlik qobiliyatiga mutlaqo yangi talablar
qoʻyilmoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, anʼanaviy “tayyor bilimni uzatuvchi” pedagog
8
obrazidan voz kechib, “taʼlim oluvchini fikrlashga, izlanishga va innovatsion yaratuvchanlikka”
oʻrgatadigan kasbiy kreativ salohiyatini rivojlangan pedagog shaxsini shakllantirish davr talabiga
aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari
rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF–
5789-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi “Oliy taʼlim
muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada
takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 797-sonli qarori bilan oliy
taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimi transformatsiya qilindi
hamda mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish, muqobil malaka oshirish, taʼlim
dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita
oʻqishga asoslangan uzluksiz malaka oshirish tizimi amaliyotga joriy etilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda pedagog xodimlarning malakasini oshirish davlat siyosatining
ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Biroq amaldagi tizim koʻproq nazariy va maʼruza uslubidagi
mashgʻulotlarga asoslangan boʻlib, aksariyatlar hollarda oʻquv jarayonlarida pedagog
xodimlarning faol ishtirokiga, ijodiy qaror qabul qilishiga yetarli imkon bermaydi. Shu nuqtayi
nazardan, ilgʻor xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy taʼlim muassasalari pedagog
xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish zarurati mavjud. Zamonaviy taʼlim
muhitida taʼlim sifatiga yuqori talab qoʻyilishi, mehnat bozorining dinamik rivojlanishi, taʼlim
jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilayotganligi bugungi kun
pedagog xodimlarining kasbiy kreativligini taʼminlashning ustuvor vazifa ekanligidan kelib chiqib,
malaka oshirish jarayonlariga pedagog xodimlarning kasbiy kreativligini rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan dasturlarni joriy etish hamda shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq.
Bunday yondashuv malaka oshirish jarayonining samaradorligini oshirib, pedagog
xodimlarning oʻz kasbiy faoliyatiga tanqidiy va ijodiy yondashuvini shakllantirishga xizmat qiladi.
Chunki pedagog xodimlarning kasbiy kreativligi – bu faqatgina yangi gʻoyalarni ilgari surish emas,
balki muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, yangilikka intilish, taʼlim oluvchilarning
individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish qobiliyatidir. Shu
bois, pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari zamonaviy didaktik yondashuvlarga, amaliy
faoliyatga asoslangan interaktiv metodlar, loyiha asosidagi oʻqitish, refleksiya va tajriba
almashinuvi elementlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda mavjud oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari faoliyatining raqamlashtirilganligi, onlayn
va offlayn kurslarning mazmunan boyitilishi, modulli oʻquv dasturlarining joriy etilishi
pedagoglarning anʼanaviy “tayyor bilimni uzatuvchi” pedagog obrazidan voz kechib, “taʼlim
oluvchini fikrlashga, izlanishga va innovatsion yaratuvchanlikka” oʻrgatadigan kasbiy kreativ
salohiyatini rivojlangan pedagog shaxsga aylantirishdagi muhim qadamlardir. Biroq, bu jarayonda
pedagog xodimlarning kasbiy kreativligini aniq mezonlar asosida baholash va ushbu
koʻnikmalarni maqsadli ravishda rivojlantirishning metodologik asoslarini yanada
takomillashtirilishi lozim.
Shu bois, oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanishiga xizmat
qiluvchi malaka oshirish kurslari oʻquv dasturlarining mazmunida: faoliyatli, kreativ va kognitiv
mezonlar asosida takomillashtirilgan modullar, amaliyotga yoʻnaltirilgan vazifalar va loyiha
9
asosidagi topshiriqlar, jamoaviy muhokama, mikrotadqiqot va refleksiv tahlil elementlari bilan
boyitilgan mavzularning kiritilishi maqsadga muvofiq.
Oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimidagi bu kabi
yondashuvlar pedagog xodimlarning oʻz ustida ishlash, mustaqil oʻrganish va kasbiy rivojlanishga
boʻlgan ehtiyojini kuchaytiradi. Ayniqsa, malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarining
kasbiy kreativlikni rivojlantirishning faoliyatli, kognitiv va variativ mezonlari asosida tashkil
etilganligi pedagogning faqat bilim yetkazuvchi emas, balki innovatsion taʼlim muhitini yaratishga
qodir subyekt sifatida shakllanishini taʼminlaydi. Bu mezonlar orqali har bir pedagog xodim
oʻzining kasbiy kompetensiyalarini chuqur tahlil qilish, zamonaviy muammolarga mos
innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish koʻnikmalariga ega
boʻladi.
Bunda, xususan, faoliyatli mezon pedagogning oʻz kasbiy faoliyati davomida duch kelgan
muammolarni hal qilishda koʻrsatgan tashabbuskorligi, oʻzgarishlarga ochiqligi va innovatsion
yondashuvlarni qoʻllash salohiyatini ifodalaydi, kognitiv mezon esa bilimlarni oʻzlashtirish, tahlil
qilish, ularni yangicha kontekstda qoʻllash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oʻz ichiga oladi,
variativ mezon pedagogning zamonaviy metodlar, raqamli texnologiyalar, oʻzgaruvchan
sharoitlar, yangi vazifalar, turli xil muammolarga mos ravish bir nechta alternativ yondashuvlar
yoki yechimlarni yaratish va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashuvchanligini aks ettiradi.
Tadqiqotimizda oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimini
takomillashtirish boʻyicha ilgari surilayotgan nazariy gʻoya asosida tashkil etiladigan malaka
oshirish kursini tashkil etish tuzilmasi quyidagi rasmda ifoda etib oʻtamiz.
1-rasm.
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonida kasbiy
kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar nafaqat pedagoglarning pedagogik
salohiyatini oshiradi, balki taʼlim tizimining raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shu bois, bu
boradagi davlat siyosatini izchil davom ettirish, ilmiy asoslangan, metodologik jihatdan puxta
ishlangan malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish – dolzarb hisoblanadi. Shu
10
boisdan, amaldagi malaka oshirish tizimini yanada samarali qilish uchun quyidagi amaliy
takliflarni ilgari surish mumkin:
1.
Malaka oshirish dasturlarida differensial yondashuvni joriy etish
– pedagoglarning
yoshi, tajribasi, taʼlim berayotgan fani, ularning kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyoji va bilimlarni
oʻzlashtirish salohiyatini inobatga olgan holda mos oʻquv yoʻnalishlarini ishlab chiqish.
2.
Transdisiplinar integratsiyani yoʻlga qoʻyish
– yaʼni oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-
tadqiqot institutlari, malaka oshirish markazlari va ishlab chiqarish tashkilotlari oʻrtasida
hamkorlikni rivojlantirish, integratsiyalashgan malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish.
3.
Raqamli taʼlim muhitidan samarali foydalanish
– pedagog xodimlar uchun masofaviy
taʼlim imkoniyatlari, virtual laboratoriyalar, digital portfolio va self-assessment (oʻz-oʻzini
baholash) vositalari orqali mustaqil oʻqish imkoniyatlarini kengaytirish.
4.
Mustaqil uzluksiz kasbiy rivojlanishni monitoring qilish tizimini takomillashtirish
– bunda har bir pedagog xodimning mustaqil rivojlanish xaritasidagi (professional development
roadmap) yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilish, kasbiy rivojlanishdagi mavjud kamchiliklarini
bartaraf etish boʻyicha individual rivojlanish yoʻnalishlari belgilash.
5.
Amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllash
– jumladan, master-
klasslar, workshoplar, case-study, muammoli vaziyatlarni yechish va loyiha asosidagi
mashgʻulotlar orqali oʻqitish.
Umuman olganda, yuqoridagi keltirilgan amaliy takliflarni pedagog xodimlarning malakasini
oshirish jarayonlariga tizimli va kompleks tarzda tatbiq etish oliy taʼlim tizimida raqobatbardosh,
kreativ va zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xulosa
Oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanishini taʼminlashda malaka
oshirish tizimining samaradorligini oshirish, ushbu tizimni zamonaviy taʼlim talablari asosida
transformatsiya qilish bugungi kundagi taʼlim tizimining dolzarb masalalaridan biridir. Shu
sababdan malaka oshirish tizimini rivojlantirishning strategik implementatsiyasini ishlab chiqish,
yaʼni tizimni rivojlantirishning uzoq muddatli maqsadlari, bosqichma-bosqich amalga oshirish
rejalari, samaradorlik indikatorlari va monitoring qilish mexanizmlarini belgilash zarurdir.
Bunday strategik yondashuv, bir tomondan, oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining
uzluksiz kasbiy rivojlanishini tizimli boshqarishga, ikkinchi tomondan, pedagog xodimlarning
kasbiy ehtiyojlariga mos keluvchi moslashuvchan, kreativ va natijador taʼlim muhitini yaratishga
xizmat qiladi. Bu jarayonlarda milliy taʼlim siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini, xalqaro xorijiy
tajribalarni, raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini va pedagogik innovatsiyalarning idinetiv
uygʻunligini taʼminlash asosiy oʻrinni egallashi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Маркова А.К. Психология профессионализма – М.: Знание 1996 – 308 С
2.
Бьюзен Т. Могущества творческого интеллекта / Т. Бьюзен. - Минск: Попурри, 2004. –
160 с.
3.
Морозов А.В. Креативность преподавателя высшей школы // Монография. – М., 2002.
11
– 346 с.
4.
Варлакова Ю.Р. Развитие креативности будущих бакалавров педагогического
образования в вузе. Дисс. канд. пед. наук. – Красноярск, 2013. – 208 с.
5.
Арипджанова А.Р. Таълимни ахборотлаштириш шароитида олий таълим
муассасалари педагогларининг креатив салоҳиятини ривожлантириш: Педагогика
фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD). ... дисс. Автореф. – Т., 2017. – 50 б.
6.
Ибрагимова Г. Интерфаол ўқитиш методлари ва технологиялари асосида
талабаларнинг креативлик қобилиятларини ривожлантириш: Педагогика фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD). ... дисс. Автореф. – Т., 2017. – 39 б.
7.
Жуманиёзова М. Инновацион фаолият – таълим сифатининг кафолатидир. //
j.Uzluksiz ta’lim. – Т., 2004 - №6 – Б.89.
8.
Позилова Ш.Х. “Олий таълим муассасалари тингловчиларини қайта тайёрлаш ва
малака ошириш курсларида креатив ўқитиш методикаси” Pеd. Fаn. bо‘yiсhа fаlsаfа dоktоri
(PhD) dis. 2019. б-171
9.
Вахобов М.М. Глобаллашув шароитида ёшларни медиасаводхонлигини ошириш.
Республика илмий-амалий семинари материаллари (биринчи китоб) Наманган 2015. 77 б.
10.
Каримова Х.Ш. Бўлажак касб таълим ўқитувчиларининг касбий компетентлигини
ривожлантириш. Pеd. Fаn. bо‘yiсhа fаlsаfа dоktоri (PhD) diss аvtоrеf. 2018.
11.
Кpуглoв, Юpий Гeopгиeвич. Избpaнныe paбoты : [в 2 кн.] / Ю. Г. Кpуглoв. - Мocквa :
Coвeтcкий пиcaтeль, 2007. - 22 c
12.
Уpaзoвa М.Б. Бўлaжaк кacбий тaълим пeдaгoгини лoйиҳaлaш фaoлиятигa тaйёpлaш
тexнoлoгияcини тaкoмиллaштиpиш: Пeд. фaнлapи дoк. ... диcc. - Т., 2016. –260 б
