O’ZBEKISTON VA TOJIKISTON MADANIY ALOQALARI

Аннотация

Ushbu maqolada  Markaziy Osiyo mintaqasida 1991-yildan beri mustaqil davlat bo’lib kelayotgan O’zbekiston va Tojikistonning mustaqillikdan to hozirgi kungacha madaniy sohada ikki davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar to’g’risida boradi. Ikki  qardosh xalqimiz uzoq yillik qon qarindoshlik an’analariga amal qilib kelmoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
76-78
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qoraboyev , Z. . (2025). O’ZBEKISTON VA TOJIKISTON MADANIY ALOQALARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(14), 76–78. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/128734
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada  Markaziy Osiyo mintaqasida 1991-yildan beri mustaqil davlat bo’lib kelayotgan O’zbekiston va Tojikistonning mustaqillikdan to hozirgi kungacha madaniy sohada ikki davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar to’g’risida boradi. Ikki  qardosh xalqimiz uzoq yillik qon qarindoshlik an’analariga amal qilib kelmoqda.


background image

76

O’ZBEKISTON VA TOJIKISTON MADANIY ALOQALARI

Qoraboyev Zohid Bahodir o’g’li

Namangan davlat universtiteti

Email: Zohidjonqoraboyev782@gmail.com

+998959007090

https://doi.org/10.5281/zenodo.16433121

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada

Markaziy Osiyo mintaqasida 1991-yildan beri

mustaqil davlat bo’lib kelayotgan O’zbekiston va Tojikistonning mustaqillikdan to hozirgi
kungacha madaniy sohada ikki davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar to’g’risida boradi.
Ikki qardosh xalqimiz uzoq yillik qon qarindoshlik an’analariga amal qilib kelmoqda.

KALIT SO’ZLAR:

Madaniy sohadagi aloqalarga qo’yilgan ilk qadamlar, madaniy

aloqalardagi o’zgarishlar, “O‘zbekiston va YuNESKO: Madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va
rivojlanish istiqbollari”, yangi O’zbekistonning madaniy sohadagi islohotlari.

АННОТАЦИЯ.

В статье рассматриваются реформы, проводимые Узбекистаном и

Таджикистаном в сфере культуры с момента обретения независимости в Центрально-
Азиатском регионе в 1991 году. Наши два братских народа придерживаются давних
традиций кровного родства.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

первые шаги в культурных отношениях, изменения в

культурных отношениях, культурные реформы нового Узбекистана.

ANNOTATION.

This article discusses the reforms carried out by Uzbekistan and Tajikistan

in the cultural sphere since independence in the Central Asian region in 1991. Our two brotherly
peoples have been adhering to the long-standing traditions of blood kinship.

KEYWORDS:

the first steps in cultural relations, changes in cultural relations, cultural

reforms of the new Uzbekistan.

Markaziy Osiyo mintaqasida XX-asr so’ngida misli ko’rilmagan darajada o’zgarishlar bo’ldi.

Birgina misol SSSR parchalanganidan so’ng bir qator davlatlarning mustaqil davlat sifatida
tashkil topishidir. Shu qatorda O’zbekiston va qardosh davlatlarning borligi insonni xursand
qiladi. Mana shunday jarayonda o’zbek xalqiga munosib yo`lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi
bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 198-yil 23-iyunda O’zbekistonga
rahbarlikka keldi. Mustaqilligimizga 34 yil to’lgan bo’lsada kami 100 yillik ishlar amalga oshirildi.
Bunda ajdodlarimizning misli ko’rilmagan darajada hissasi bor. O`sha vaqtda hali ham "Paxta
ishi", "O’zbeklar ishi" kabi uydirmalar bilan o’zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi.
O’zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhirn qadamlardan biri O’zKP
Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida O’zbekiston hukumati avvalo
respublika va o’zbeklar boshiga yog`ilayotgan malomat toshlariga chek qo`yish, "Paxta ishi",
"O’zbeklar ishi" degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o’zbeklarning milliy
nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to`xtatish zarurligi uqtirildi. 1989-yil 21 oktabrda
O’zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O’zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul
qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o’zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa
xalqlarning madaniy-ma'naviy va siyosiy hayotida ro`y bergan g`oyat muhim voqea bo’ldi.

Madaniy sohadagi o’zgarishlar haqida gap ketganda bu jarayon uzoq yillardan buyon

mavjuddir. Ma’lumki, o‘zbek va tojik xalqlarini ma’naviy, madaniy va diniy rishtalar bog‘lab
turadi. Ikki xalqning yashashi, an’analari, san’ati va urf-odatlari bir-biriga uyg‘un. Ko‘p asrlik
aloqalar umumiy tarixiy qadriyatlar bilan qo‘shilib, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stona


background image

77

munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlaydi. Xalqlarimizning Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, G‘ofur G‘ulom va Mirzo Tursunzoda kabi
buyuk olim va mutafakkirlari ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatning yorqin
misolidir. Bu an’ana O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari tomonidan davom ettirilib, qo‘llab-
quvvatlanmoqda. Ularning siyosiy irodasi tufayli munosabatlar ikki tomonlama hamkorlikning
barcha jabhalarini qamrab olgan holda, qayta tiklanmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni
mustahkamlash shular jumlasidandir. [1.B-1.] Bir so‘z bilan aytganda, axil qo‘shnichilik, madaniy
diplomatiya siyosati bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqaning tashrif qog‘oziga aylanib
bormoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini

tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekiston va YUNESKO: Madaniy aloqalarning
shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari” nomli ilmiy to‘plam nashrdan chiqdi.
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO
dunyoda tinchlikni o‘rnatish, qashshoqlikni yo‘q qilish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim
orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va
ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yuritadi.

Bu yil mamlakatimiz xalqaro maydonda yuksak obro‘ va nufuzga ega bo‘lgan mazkur

tashkilotga a’zo bo‘lganiga 29 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston bilan YUNESKO
o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, madaniyat sohasida jadal rivojlandi. Xususan, yurtimizning boy
madaniy merosini asrab-avaylashda ushbu tashkilot bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan.

YuNESKO ko‘magida mamlakatimizda “Sharq taronalari”, baxshichilik san’ati,

hunarmandchilik festivallari, Maqom san’ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil
etilayotganligi ham munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur ilmiy maqolalar to‘plami Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi

“Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan ilmiy-amaliy
konferentsiya materiallari asosida tuzilgan. To‘plam O‘zbekiston va YuNESKO munosabatlari va
madaniy diplomatiyasi, tashkiliy-huquqiy jihatlari haqidagi, shuningdek, madaniy meros
obьektlarini YuNESKO ro‘yxatiga kiritish, saqlash, ularni olib chiqib ketilishi va olib kirilishi
masalalari, xalqaro hamjamiyat va keyingi avlodga yetkazish, gender tengligini ta’minlashda
YuNESKOning roli kabi ilmiy maqolalardan tashkil topgan.[3.B-1.]

Shu bilan birga mamlakatimizda madaniyat sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning

isboti sifatida Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi” doirasida Madaniyat
vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida
xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forumni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, mavzu

yuzasidan taqdimot qildi. Vazir o‘z nutqida e’tirof etganidek, bizning ajdodlarimiz hamisha
jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini ilm-fan,
madaniyat rivojiga bag‘ishlaganlar. Bu tabarruk zamindan Xorazmiylar, Farg‘oniy, Beruniy yoki
Zamahshariylar o‘z-o‘zidan yetishib chiqmagan. Navoiy yoki Bobur Mirzo birdaniga buyuk shoir
bo‘lib tug‘ilib qolmagan.

References:

Используемая литература:


background image

78

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uza.uz/uz

2.

https://oz.sputniknews

3.

O’zbekiston va YUNESKO madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari.

https://tsuos

4.

Yangi O’zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar.

https://uza.uz

Библиографические ссылки

https://uza.uz/uz

https://oz.sputniknews

O’zbekiston va YUNESKO madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari. https://tsuos

Yangi O’zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar. https://uza.uz