JAMOATCHILIK O'RTASIDA GOSPITAL PEDAGOGIKADA O'QITISHNING MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORISH

Аннотация

Gospital pedagogika uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxona yoki uy sharoitida davolanishga majbur bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tizimidir. Ushbu tizim jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Jamoatchilik o‘rtasida gospital pedagogikaning mazmun-mohiyatini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali ota-onalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilikning ushbu tizimga bo‘lgan e’tiborini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalarning ijtimoiylashuviga ko‘mak berish mumkin. Ushbu tadqiqotda gospital pedagogikaning asosiy tamoyillari, uning dolzarbligi va tushuntirish ishlarini olib borish metodlari yoritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
26-29
78

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Egamberdiyeva , N. (2025). JAMOATCHILIK O’RTASIDA GOSPITAL PEDAGOGIKADA O’QITISHNING MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORISH. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(6), 26–29. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/73907
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Gospital pedagogika uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli shifoxona yoki uy sharoitida davolanishga majbur bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tizimidir. Ushbu tizim jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Jamoatchilik o‘rtasida gospital pedagogikaning mazmun-mohiyatini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali ota-onalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilikning ushbu tizimga bo‘lgan e’tiborini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalarning ijtimoiylashuviga ko‘mak berish mumkin. Ushbu tadqiqotda gospital pedagogikaning asosiy tamoyillari, uning dolzarbligi va tushuntirish ishlarini olib borish metodlari yoritiladi.


background image

26

JAMOATCHILIK O'RTASIDA GOSPITAL PEDAGOGIKADA O'QITISHNING

MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORISH

Egamberdiyeva Nigora

Pedagogika va psixologiya fakulteti Logopediya yo’nalishi

510-23 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093294

Annotatsiya:

Gospital pedagogika uzoq muddatli yoki surunkali kasalliklar sababli

shifoxona yoki uy sharoitida davolanishga majbur bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tizimidir.
Ushbu tizim jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashga
qaratilgan. Jamoatchilik o‘rtasida gospital pedagogikaning mazmun-mohiyatini tushuntirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali ota-onalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilikning ushbu
tizimga bo‘lgan e’tiborini oshirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bolalarning
ijtimoiylashuviga ko‘mak berish mumkin. Ushbu tadqiqotda gospital pedagogikaning asosiy
tamoyillari, uning dolzarbligi va tushuntirish ishlarini olib borish metodlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Gospital pedagogika, ta’lim mazmuni, tushuntirish ishlari, jamoatchilik,

maxsus ta’lim, kasallik bilan bog‘liq ta’lim, inklyuziv ta’lim, masofaviy ta’lim.

Аннотация:

Госпитальная педагогика – это система образования, предназначенная

для детей, вынужденных проходить лечение в больницах или на дому из-за хронических
заболеваний. Данная система направлена на обеспечение права детей с ограниченными
физическими возможностями на получение образования. Разъяснительная работа среди
общественности о содержании и значении госпитальной педагогики имеет большое
значение. Это помогает повысить осведомлённость родителей, учителей и широкой
общественности, а также способствует эффективной организации учебного процесса и
социальной адаптации детей. В данном исследовании рассматриваются основные
принципы госпитальной педагогики, её актуальность и методы разъяснительной работы.

Ключевые

слова:

Госпитальная

педагогика,

содержание

образования,

разъяснительная работа, общественность, специальное образование, обучение больных
детей, инклюзивное образование, дистанционное обучение.

Annotation:

Hospital pedagogy is an educational system designed for children undergoing

long-term treatment in hospitals or at home due to chronic illnesses. This system aims to ensure
the right of physically challenged children to receive education. Raising public awareness about
the content and significance of hospital pedagogy is crucial. This process helps increase
awareness among parents, teachers, and the general public, enabling the effective organization
of educational processes and supporting children's socialization. This study explores the key
principles of hospital pedagogy, its relevance, and methods of conducting explanatory work.

Keywords:

Hospital pedagogy, educational content, public awareness, community, special

education, education for sick children, inclusive education, distance learning.

Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor ularga bildirilayotgan ishonch kelajakka

bo‘lgan umidimizning nechog‘lik katta ekanligining yorqin namunasidir. Ularning sifatli ta’lim
olishiga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar esa buning amaldagi isboti desak yanglishmaymiz.
Mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida
mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil
etadi. Ana shunday keng ko‘lamli islohotlardan biri 2022-yilning 5-may sanasida Vazirlar


background image

27

Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik
immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda
umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridir.

Qarorga muvofiq bugun yurtimizda “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil

etilgan bo‘lib, uzoq muddatli stasionar davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor bolalarning ta’lim
jarayonidan ortda qolmasliklari va o‘z tengdoshlari qatori bilim olishlarini ta’minlash hamda
ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa stasionar va uzoq
muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29- martdagi 134-sonli qarori asosida ushbu
maktabning filiallari 2023 – 2028-yillarda bosqichmabosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda
tashkil etilishi ham belgilab qo‘yilgan. Bolalarning davolanishi uzoq muddat talab etadigan
kasallikka chalinishi nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari uchun ham noxush holat
hisoblanadi. Bola sog‘lig‘ining yomonlashuvi uning ruhiyatiga bir tarafdan bosim o‘tkazsa,
boshqa tarafdan bemor atrofidagi kundalik vaziyatning keskin o‘zgarishi, tengdoshlaridan ajralib
qolishi va kasallik tufayli imkoniyatlarining cheklanib borayotganligi ruhiy tushkunlik holatini
keltirib chiqaradi.

Gospital ta’lim uzoq muddat davolanayotganligi sababli maktab yoki bog‘chada barcha

tengdoshlari bilan birga ta’lim olish imkoniyati cheklangan bolalar o‘zlarini to‘laqonli his
qilishlari uchun ta’lim va tarbiya yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib boradi[11, 265-b.]. Bu turdagi
pedagogik yordam bolalarning maktab bilan aloqalari uzilib ketmasligining kafolati hisoblanib,
davolanish yakuniga yetganidan keyin bolalarning odatiy hayot tarziga oson moslashishida
muhim o‘rin tutadi.

Birinchi bolalar shifoxonasi 1802 yilda Parijda ochilgan. Bu voqea tarixda juda katta yutuq

bo‘lgan, sababi shu davrgacha bolalar kattalar bilan bir xonada davolangan. Ushbu davrdan
boshlab, bolalar uchun muntazam kasalxonalarning tashkil etilishi ularning rivojlanishi bilan
uzviy bog‘liq masala ko‘tarildi. Bu masala ularning ta’limdan uzilib qolmasliklari edi. Gospital
pedagogikasi tarixi 20-asr boshlariga borib taqaladi. Londonlik savdogar va keyinchalik London
meri bo‘lgan Uilyam Purdi Treloarning ta’limga e’tibori xayriya faoliyati bilan boshlanadi. Ilk bor
Treloar Londonda shifoxona qurdiradi, va u yerda gospital maktabini tashkil etadi. Kasalxona
shahar chetida joylashgani sabab, ko‘p o‘qituvchilarga noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shu
sababdan Treloar kasalxona yaqiniga yotoqxona barpo etishni buyuradi. Bu yerda ham tibbiyot
xodimlari, ham o‘qituvchilar yashashi mumkin bo‘ladi.

Hozirgi kunda turli mamlakatlarda barpo etilgan gospital maktablar faoliyatini tashkil

etishning o‘ziga xos yondashuvlari ishlab chiqilgan bo‘lib – ota-onalar bilan ishlash va
o‘quvchining umumiy ahvolidan kelib chiqib yondashuv farq qilishi mumkin. Gospital ta’limning
ikki shakli – uyda va tibbiyot muassasasida tashkil etiladi. Ilk gospital o‘qituvchilar – rohibalar
bo‘lgan. Rossiyada esa bu kabi maktab – Pyotr 1 davridan o‘z faoliyatini boshlagan. O‘qituvchilar
matematika yoki boshqa fanlarni emas, iloji boricha bolalarni rivojlantiruvchi mashqlar,
masalalar bilan masalan, ularga ertaklar va hikoyalar orqali, savol javoblar tariqasida
shug‘ullanishgan. Bu kabi metodlar ularni shaxsiyatini bolalik davridan shakllanishiga yordam
berishiga ishonishgan. Shuning uchun kasalxonada bolalarga avvalo bemor emas, balki shaxs
sifatida e’zozlanishiga sabab bo‘lgan. 20- asrning oxirida kasalxonalardagi bolalarni o‘qitish
metodlari va usullarini o‘zgartirish kerakligini, aks holda bundan keyingi ta’lim zerikarli va


background image

28

foydasiz ekanligi aniq bo‘lib qoldi. 1988 yil pediatr Pavel Kornxauzerning tashabbusi bilan,
YUNESKO va JSST ko‘magida Sloveniyada gospital o‘qituvchilra uchun birinchi Yevropa
kongressi bo‘lib o‘tdi. Yevropa kasalxona maktablari assosiatsiyasi, Yevropadagi Pedagoglarning
kasalxona tashkiloti (HOSPITAL ORGANISATION OF PEDAGOGUES IN EUROPE (HOPE)) tuzildi.
HOPE bolalar huquqlari va o‘qituvchilarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu tashkilotning
sharofati bilan, gospital pedagogikasi xalqaro tushunchaga aylandi. Uyushma a’zolari xorijlik
hamkasblari bilan o‘z tajribalari va fikr mulohazalar almashadilar. Shu tariqa gospital
pedagogika sohasida qilingan samarali texnika va metodlar boshqa mamlakatlarda ham
o‘zlashtiriladi. 20-asrning oxiriga kelib mafkuraviy siyosat, mafkuraviy qarashlar, mafkuraviy
dunyoqarash kengaydi va bu mamlakatlar o‘rtasida asosiy siyosiy jarayonga aylandi.
O‘qituvchilar maktabda smenalar tashkil qilib ishlashni boshlashdi. Uzoq muddat davolanishga
muhtoj o‘quvchilar esa kasalxonalarga yoki uy ta’limiga jalb qilindilar. Maqsad esa hali ham o‘sha
– o‘sha, bemor bolalarni ta’limdan, maktabdan uzoqlashtirmagan holda bilim berishdan iborat.
So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdi-ki, gospital maktablarda o‘qigan o‘quvchilarning 85 foizi o‘z
qiziqishlari va orzulari haqida so‘zlab bergan bo‘lsa, maktabga qatnamagan bemor bolalarning
10 tadan faqat 2 tasigina kelajak rejalari haqida so‘zlab bergan. Mazkur tadqiqotlar gospital
ta’lim va gospital maktabning bemor bolalar hayotida naqadar muhimligini ko‘rsatib beradi. [17]
Rossiya Federatsiyasi hamda xorijiy olimlardan L.S.Vygotskiy, V.P.Kashchenko, I.V.Malyarevskiy,
G.Ya. Troshin, I.Gyorgens, G.Dyenxard, N.N.Malofiyev, F.L.Ratner, O.V.Troshin, L.I.Fursinko va
boshqalar gospital pedagogikasini insonparvarlik nuqtai nazaridan yoritib berishgan.

Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, o‘quvchi vaqtincha ta’lim jarayonida ishtirok etish

mumkin emas. Bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etishda har doim albatta davolovchi shifokor
xulosasi inobatga olinadi. Bunday xulosa bolaning umumiy ahvolini hisobga olib, uni karantin
holatida ushlab turish uchun beriladi. Maktab pedagoglari tomonidan esa bunday holatda ta’lim
jarayonini vaqtincha dars mashg‘ulotlarini to‘xtatib turishga to‘g‘i keladi. Keyingi holatda bola
salomatligining og‘irlashganligi sababli reanimatsiyaga tushgan davrida yuzaga keladi. Bunday
holatda albatta u ta’lim jarayoniga jalb qilinmaydi, faqat maktab psixologi agar ehtiyoj sezilsa
chiqib bolaning ruhiy-emotsional holatini yaxshilashga harakat qilib ko‘rishi mumkin.

Demak, gospital ta’limda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim – bu ta’lim oluvchilarning

shaxsiy individual layoqati, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoniga
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etish asosida unda ma’lum bilim, ko’nikma
va malakalarni hosil qilibgina emas, balki, eng asosiysi, uning shaxsini shakllantirishga
yo‘naltirilgan ta’lim hisoblanadi. Gospital ta’limda shaxsga yo‘naltiirlgan ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish bilan bir qatorda har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni
hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish kerak.

Gospital ta’limda shunday muhitni yaratish kerak-ki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb

hisoblasin, o‘ziga bo‘lgan e‘tiborni his qilsin. Ta’limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga
o‘qitishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini
orttirish, o‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga
aloqadorlik hissini rivojlantish muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022-yildagi 234-son qarori


background image

29

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2023-yildagi 134-son qarori

3.

Бондаревская Е.В. Гуманитарная парадигма личносто ориентированного

образования // Педагогика 1997. - №
4.

– C. 11-14 4. Fuengfoo A., Leelathanaporn S., Mekrungcharas T., Sakulnoom K., Owjinda S.,

Noipong P., Srinuan S., Kumjaroen S., Phonok N. Effectiveness of the Hospital Learning Center
(Queen Sirikit National Institute of Child Health): Satisfaction with Service and Parents’ Attitudes
towards Children’s Illness. F1000Res. 2019:8:1616.
5.

Guleryuz O. D., Hasirci D. Children’s Hospital Schools as Social Environments: A Turkish

Example. Proceeding of the INTED 2018, Valencia, Spain, 5—7 March 2018. Р. 4845—54.
6.

Голованов В.П. Инклюзивный потенциал современного дополнительного

образования детей / Голованов В.П. Дополнительное образование и воспитание. – 2015. –
№1. – С.3- 7

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022-yildagi 234-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2023-yildagi 134-son qarori

Бондаревская Е.В. Гуманитарная парадигма личносто ориентированного образования // Педагогика 1997. - №

– C. 11-14 4. Fuengfoo A., Leelathanaporn S., Mekrungcharas T., Sakulnoom K., Owjinda S., Noipong P., Srinuan S., Kumjaroen S., Phonok N. Effectiveness of the Hospital Learning Center (Queen Sirikit National Institute of Child Health): Satisfaction with Service and Parents’ Attitudes towards Children’s Illness. F1000Res. 2019:8:1616.

Guleryuz O. D., Hasirci D. Children’s Hospital Schools as Social Environments: A Turkish Example. Proceeding of the INTED 2018, Valencia, Spain, 5—7 March 2018. Р. 4845—54.

Голованов В.П. Инклюзивный потенциал современного дополнительного образования детей / Голованов В.П. Дополнительное образование и воспитание. – 2015. – №1. – С.3- 7