20
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Mamlaktimiz agrag-industrial davlat ekanligi va YAIM ning katta qismi deyarli
30 mlrd dollar aynan agrag sohaga to ‘g‘ri kelishni o ‘ziyoq yuqoridagi mavzuni o
‘rganish va tahlil qilish naqadar muhim ekanligini ko ‘rsatib turibdi. Industrial davlatga
aylanish davrida asosi mablag‘imiz ham aynan agrar sohadan keladi. Har qanday
rivojlangan davlatda ham agrar soha jua muhim hisoblanadi. Buning asosiy sababi esa
shubhasiz oziq ovqat masalasidir.
Agrar sohaning katta qismini aynan oziq-ovqat sanoati tashkil etadi. Bu esa
mavzuni o‘rganishning muhimlilik darajasini yanada ortiradi. Oziq ovqat sanoatida
faqatgina mahsulot hajmigagina e’tibor qaratmasdan uning saifati va xavfsizligiga va
sifatiga ham e’tibor qaratish juda muhimdir. Yaqinda mamlakatimiz bolalar to ‘yib
ovqatlanmaydigan davlatlar qatoriga kiritildi. Gap oziq-ovqat miqdorida emas balki
uning sifat va tarkibi haqida bormoqda. Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlanish
O‘ZBEKISTON AGRAR SIYOSATI
SAMARADORLIGINI ILMIY NAZARIY VA
AMALIY JIHATLARI
Mamayev
Bahodirjon
Nosirovich
AIQI, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, dotsenti, i.f.n.
A
nn
o
ta
ts
iy
a
Ushbu maqolada mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlar, shuningdek, qishloq xo ‘jaligini rivojlantirish borasida
davlatimizning olib borayotgan agrar siyosati va uning asosiy yo ‘nalishlariga
qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, mamlaktimiz agrar-
industrial davlat ekanligi va YAIM ning katta qismi deyarli 30 mlrd dollar
aynan agrag sohaga to ‘g‘ri kelishni o ‘ziyoq mavzuni o ‘rganish va tahlil
qilish naqadar muhim ekanligini ko ‘rsatib turibdi. Industrial davlatga
aylanish davrida asosiy mablag‘imiz ham aynan agrar sohadan keladi. Har
qanday rivojlangan davlatda ham agrar soha juda muhim hisoblanadi, ya’ni bu
sohada doimo e’tibor va doimo muhim.
Kalit so‘zlar:
agrar siyosat, agrar bozor, investitsiya, kredit, moliya, ilmiy
texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy
muhit, agrar tarkib, agrar iqtisodiyot, oziq – ovqat xavfsizligi,
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, agrar islohotlar, yalpi
ichki mahsulot, oziq-ovqat, agrar-industriya, sanoat, xavfsizlik,
ratsion, qayta ishlash, talab, taklif, marketing, baholash.
21
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
ratsioni ko ‘rsatkichi bilan aniqlanadi.
1
U YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu vaziyat ham tanlagan mavzuning
ahamiyati va dolzarb ekanligini isotlab turbdi.
Jahon yer fondi bugungi kunda 13,4 mlrd.gektarni tashkil qiladi, uning atigi 1,5
mlrd.gektari, ya’ni 11 % qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun iqtisodiy jihatdan
qulay hisoblanadi
1
. Lekin shunga qaramay, ushbu yerlar meliorativ holatining buzilishi,
eroziya, qurg’oqchilik, sho ‘rlanishning kuchayishi va yer osti suvlarining ta’siri, sanoat
va transport qurilishlari, foydali qazilmalarning ochiq tarzda o‘zlashtirilishi natijasida
sug’oriladigan qishloq xo ‘jaligi yerlarining kamayishi keskinlashib bormoqda. Shuning
uchun dunyo yer fondining asosiy muammosi – sug’oriladigan yerlarni saqlab qolish va
ularning unumdorligini oshirib borish bo ‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan jahonda
sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish va undan foydalanish samaradorligini
oshirishning amaliy natijalariga qaratilgan keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda, мa’lumki, O‘zbekiston respublikasi aholisi soni yuqori sur’atlar bilan o ‘sib
borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o ‘tkazilishi va global iqlim
o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida “oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g’ri
keladigan sug’oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 %ga (0,23 gektardan 0,16
gektargacha), qisqardi”
2
, bonitet bali 60 dan yuqori yerlarning maydoni 10,4 %ga
qisqarib ketgan bo‘lsa, yer sifati bo ‘yicha o ‘rtacha va o ‘rtachadan past maydonlar 14,0
%ga ko‘paydi.
Agrar siyosat- umumiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi
tarmog’i oldiga qo ‘yilgan vazifalarga erishishni ta’minlashga qaratilgan yer bilan
bog’liq munosabatlarni isloh qilish asosida agrar munosabatlarni shakllantirish hamda
shu munosabatlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan agrotexnologik, tashkiliy va iqtisodiy
tamoyil hamda vositalar majmui hisoblanadi. Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning
tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u qishloq xo ‘jaligi va unga bog’liq xo ‘jalik sohalarini
qamraboladi. Agrar siyosatni davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga
keltiriladigan jarayonlar shakli va metodlari ko‘rinishidagi faoliyati deb ham tushunish
mumkin. Agrar siyosat o‘zida qishloq aholisini moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy
shart-sharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar siyosatning
asosiy sohalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: agrar bozor; investitsiya; kredit; moliya;
ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat; soliqlar va soliqqa tortish; ijtimoiy muhit;
maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish. Agrar siyosatning asosiy vazifalaridan biri
sifatida agrar qonunchilikka ta’sir o ‘tkazish, u orqali yer va yer bilan ishlovchilarning
manfaatini ko‘zlab ish olib borish hisoblanadi. Agrar tarkib - mamlakat rivojlanishi
bilan bog’liq holda qishloq xo ‘jaligini tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishining natijasidir. Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq
xo‘jaligi rivojlanishi, aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga
olingan, ishlab chiqarish omillariga bog’liq yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Agrar siyosatning asosida agrar bozor yotadi. Agrar bozor
1
Kun.uz – O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar qatorida;
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-sonli farmoniga ilova. “Qishloq xo’jaligida yer va
suv resurslaridan samarali foydalanish kontseptsiyasi”.
22
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
agrar siyosatni ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga
oshirilishiga yordam qiladi
3
.
Agrar siyosatning asosiy vazifasi – agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks
ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va
qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir. Agrar siyosatning aniq vazifalariga
quyidagilar kiradi:
- mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini
ta’minlash;
- atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish.
O‘zbekiston agrar sohasini rivojlantirish quyidagi muhim strategik maqsadlarni
amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
- rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligida
“dekapling” samarasiga erishish va organik qishloq xo ‘jaligini rivojlantirish;
- paxta va g’alla maydonlarini maqbul bo ‘lgan nisbatlargacha qisqartirish va
ulardan bo‘shagan yer maydonlariga aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan qishloq
xo‘jaligi ekinlari ekish va shu orqali oziq –ovqat xavfsizligini ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko ‘paytirish orqali mamlaakatimizga
valyuta tushumini oshirish;
- ko ‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda shu asosda aholi bandligi
va turmush darajasini oshirish.
Xulosa
Agrar siyosatni amalga oshirishning strategik vazifalari samarali raqobatbardosh
agrosanoat ishlab chiqarishini shakllantirish, ijtimoiy soha bo'yicha qishloq aholisi
turmush darajasini oshirish va qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish,
ekologiya borasida esa ekologik toza iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish va
agrosanoatning
texnologik
darajasini
oshirish
hamda
resurslarni
tejovchi
texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy resurslarni saqlab qolish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030
yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish,
agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, inson
resurslarini rivojlantirish va uning salohiyatidan samarali foydalanish, kafolatli mehnat
bozorini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2023
y. PQ-216-son "Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish
orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
Qarori
qabul
qilindi
4
.
Ushbu
qarorda
2023
yil
1 sentyabrdan boshlab sohadagi ilmiy tadqiqotlar mavzularini shakllantirish, ilm-fan
natijalarini amaliyotga joriy qilish, kadrlar tayyorlashda agroklasterlar, kooperativlar va
boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining real ehtiyojlarini inobatga olishning yangi
3
J.Z.Farmanov, MAMLAKATIMIZDA AGRAR SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI, Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2023 y. PQ-216-son "Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni
integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
23
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
mexanizmi joriy etilishi belgilangan. Xususan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni
joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan
agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil
etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari belgilandi.
Agrar sohadagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari bilan shug‘ullanayotgan
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlarni jadallashtirish va
samaradorligini oshirish uchun idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar
markazini (Centre Of Excellence) hamda unda biotadqiqotlar va texnologiyalar
bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga
ega bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlashgan Genbankini tashkil etish, oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega ekinlar seleksiyasi va
urug‘chiligini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent davlat agrar
universitetining Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi va urug‘shunoslik markazi,
O‘zbekiston-Vengriya
kartoshkachilik
ilmiy
markazi,
O‘zbekiston-
Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazi va O‘zbekiston-Turkiya
pistachilik ilmiy markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Qishloq xo‘jaligida bilim va
innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot
majmuasi direksiyasini tashkil etildi
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati
1.
J.Z.Farmanov, MAMLAKATIMIZDA AGRAR SIYOSATNI AMALGA
OSHIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI, Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 2022
2.
Yusupov, N. S., Qosimjon o‘g‘li, S. A., & Akramjon o‘g’li, A. A. (2024).
INVESTITSION LOYIHALARNI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISHDA
ZAMONAVIY
BOSHQARUVDAN
SAMARALI
FOYDALANISH
YO
‘LLARI. Journal of new century innovations, 54(2), 106-109.
3.
Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ МЕЗОНЛАРИ //MODELS
AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE
RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.
4.
Mamayev B.N. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN
HOLDA
RAQAMLI
MARKETING
ELEMENTIDAN
BIRI
INTERNET-
REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1 No. 8 (2022):
O'ZBEKISTONDA
5.
Mamayev
B.N.
O‘ZBEKISTONDA
INVЕSTITSION
MUHIT
JОZIBАDОRLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLATI International
scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 |
UIF-2023: 8.2
6.
Мамаев , Б. Н. (2023). ЎЗБЕКИСТОН БАЛИҚ САНОАТИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДА КЛАСТЕРЛАШ. Educational Research in Universal
Sciences, 2(14), 693–700. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/4511
