IS’HOQXON IBRAT SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI

Abstract

Maqolada badiiy san’atlar, ularning turlari va nazariy ma’lumotlari keltirilgan. Shoir, pedagog, tarixchi Is’hoqxon Ibrat asarlarida badiiy san’atlarning qo‘llanilishi haqida mulohaza bildirilgan. Ijodkorning ayrim misralari tahlilga tortilgan hamda xulosalar chiqarilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
4-5
34

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Murtazayeva, F. ., & Rajabova , H. (2025). IS’HOQXON IBRAT SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(6), 4–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/73693
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada badiiy san’atlar, ularning turlari va nazariy ma’lumotlari keltirilgan. Shoir, pedagog, tarixchi Is’hoqxon Ibrat asarlarida badiiy san’atlarning qo‘llanilishi haqida mulohaza bildirilgan. Ijodkorning ayrim misralari tahlilga tortilgan hamda xulosalar chiqarilgan.


background image

4

IS’HOQXON IBRAT SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI

Murtazayeva Feruza Oybek qizi

TDPU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, 4-kurs

feruzamurtazayeva786@gmail.com +998949934912

Rajabova Hulkar

Ilmiy rahbar: o’qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15076584

Annotatsiya

Maqolada badiiy san’atlar, ularning turlari va nazariy ma’lumotlari keltirilgan. Shoir,

pedagog, tarixchi Is’hoqxon Ibrat asarlarida badiiy san’atlarning qo‘llanilishi haqida mulohaza
bildirilgan. Ijodkorning ayrim misralari tahlilga tortilgan hamda xulosalar chiqarilgan.

Kalit so‘zlar:

badiiy san’atlar,

tanosub, tashbeh, istiora, tahlil.

Abstract

The article presents artistic arts, their types and theoretical information. Poet, pedagogue,

historian Ishaqkhan Ibrat commented on the use of artistic arts. Some verses of the artist were
analyzed and conclusions were drawn.

Key words:

artistic arts, proportion, allegory, metaphor, analysis.

Jadid adabiyotining serqirra ijodkorlaridan sanalgan Is’hoqxon Ibrat asarlari uslubning

o‘zgachaligi, badiiy tasvir vositalarining orginalligi bilan ajralib turishi ma’lum.

Badiiy san’atlar mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llangan badiiy tasvir vositalari hisoblanadi.

Atoulloh Husayniyning “Badoyi us-sanoyi”, Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarlarida
badiiy san’atlarning yuzdan ortiq turlari haqida nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Olimlar ularni
quyidagi uch guruhga ajratib tahlil qiladilar.

1.

Lafziy san’atlar.

2.

Ma’naviy san’atlar.

3.

Qorishiq san’atlar.

She’riyatimizda eng ko‘p qo‘llanilgan san’atlardan biri Tashbeh san’atidir. U nafaqat Alisher

Navoiyning, balki butun Sharq adabiyoti vakillarining ajralmas poetik usullaridan biri sanaladi.
Tashbeh-biron predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyat bor boshqa narsa va hodisalar
orqali tasvirlashga qaratiladi. Tashbeh san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani
o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniq, izchil, go‘zal, jozibali gavdalantirishga xizmat qilib, asarda
qo‘llanayotgan timsollarning ma’naviy qiyofasini yanada yorqinroq tasvirlash, shoir ifodalayotgan
g‘oyani o‘quvchi ongiga mukammalroq, aniqroq va jozibaliroq yetkazishga imkon beradi.
Jumladan, shoir shunday yozadi.

Zor jismimg‘a xadanging zaxmidin ortar navo,
Sozdek kim, teshsalar oni fuzun aylar sado [2, 35 b].
Ushbu matla’da shoir –dek vositasi orqali tashbeh she’riy san’atini yuzaga chiqarib, o‘zini

soz(nay)ga qiyos etmoqda.

Tamsil “misol keltirish”, “dalillash”, “isbotlash”, “tasdiqlash” ma’nolarini bildirib, she’r

baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani
misol qilib keltirishga asoslangan san’atdir. Birinchi misradagi fikr bilan keltirilgan misol
o‘rtasidagi munosabat - mantiqiy aloqa ko‘pincha qiyosiy yo‘nalishda bo‘lib, ijodkor diqqati ham


background image

5

badiiy tafakkur bilan hayotiy voqelik orasidagi o‘xshashlikka qaratilgan bo‘ladi. Jumladan, ushbu
baytda nayning teshigi ortgani sari ko’proq navo chiqarishiga oshiqning holati qiyoslangan.

Qaddi hajrida g‘amim sham’ini har devorg‘a,
Kim tayabmen sarv andomi bila bo‘lmish qaro [2. 42 b]
Mazmuni: Ma’shuqa qaddining hajrida mening g‘amim shami devorga tayantirib qo‘yilsa, tik

devor qaro bo‘ladi.

Yana bir keng tarqalgan badiiy san’atlardan biti Tanosubdir. Sheʻr baytlarida bir-biriga

bogʻliq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi soʻzlarni qoʻllash sanʻati tanosubdir. Biror
narsani oʻylaganimizda koʻz oldimizga uning belgilari, xususiyatlari keladi. Shoir biror hodisani
tasvirlar ekan, ma’no jihatidan unga yaqin soʻzlarni ishlatadi va bu uning yorqinroq, ishonchliroq
tasvirlanishiga yordam beradi. Baytda keltirilgan hajr, g‘am so‘zlari o‘zaro tanosublikni hosil qilish
birgalikda shoirning yuragini azoblayotgan, ko‘nglini o‘rtayotgan anduhni ifodalashga xizmat
qilmoqda.

G‘unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig‘a
Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano
Misralarda keltirilishicha, yorning labidan chiqayotgan nafaslar nasimi shoir joniga qads

qilib, yo‘qlik daryosiga foniy mavjlarni yetkazmoqda.

Istiora (arabchadan „qarzga olish“)— asarlarda soʻzni oʻz maʼnosidan boshqa bir maʼnoda,

yaʼni majoziy maʼnoda qoʻllash sanʼati. Bu sanʼat soʻz maʼnolari koʻchishining bir turi boʻlib, u narsa
va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbeh sanʼatiga yaqin
turadi. U koʻpincha tashbehi kinoyaga, yaʼni mushabbihi tushirilgan tashbehga teng keladi.
Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi. Baytda qo‘llangan “g‘uncha” so‘zi orqali
lab ma’nosi ifodalanib, istiora she’riy san’ati hosil qilingan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shoir Ibrat asarlari ham zamona muammolari, ham

mumtoz an’analarni o‘zida aks ettirishi jihatidan ajralib turadi. Shoir asarlarini bundanda keng va
chuqur tahlil qilishimiz oldimizda turgan asosiy vazifalardandir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Atoulloh Husayniy. Badoyi us-sanoyi.-kitobxon.uz

2.

Dolimov U. Jadidlar Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2022

3.

Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar. Toshkent: Ma’naviyat. 2020.

References

Atoulloh Husayniy. Badoyi us-sanoyi.-kitobxon.uz

Dolimov U. Jadidlar Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2022

Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar. Toshkent: Ma’naviyat. 2020.