TIBBIY O‘QUV MATERIALINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHDA TALABALARNING KLINIK AUDIT KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Annotasiya

Bu maqolada bolalar tibbiyotiga oid ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda zamonaviy innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida fantomlar, anatomik mulyajlardan foydalanish o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, talabalar kasbiy layoqatini kuchaytirishga hamda pediatriyaga oid klinik fanlarni o‘zlashtirishda tibbiy pedagog va talabaning majburiyatlari maqolada aks etgan.

78-83
24

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Anvarova , Z. . (2025). TIBBIY O‘QUV MATERIALINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHDA TALABALARNING KLINIK AUDIT KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(6), 78–83. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/77998
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bu maqolada bolalar tibbiyotiga oid ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda zamonaviy innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida fantomlar, anatomik mulyajlardan foydalanish o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, talabalar kasbiy layoqatini kuchaytirishga hamda pediatriyaga oid klinik fanlarni o‘zlashtirishda tibbiy pedagog va talabaning majburiyatlari maqolada aks etgan.


background image

78

TIBBIY O‘QUV MATERIALINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHDA TALABALARNING

KLINIK AUDIT KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Anvarova Zilola Qosimovna

Fargona jamoat salomatligi tibbiyot insituti

anvarovazilola522@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15128798

ANNOTATSIYA

Bu maqolada bolalar tibbiyotiga oid ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda zamonaviy innovatsion

o‘qitish usullarini qo‘llash hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida fantomlar,
anatomik mulyajlardan foydalanish o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, talabalar kasbiy
layoqatini kuchaytirishga hamda pediatriyaga oid klinik fanlarni o‘zlashtirishda tibbiy pedagog
va talabaning majburiyatlari maqolada aks etgan.

Kalit so‘zlar:

tibbiy o‘quv materiali, o‘zlashtirish jarayoni, uzluksiz tibbiy ta’lim, baholash,

tibbiy klinik ko‘nikma, dinamik stress, pediatriya fani.

АННОТАЦИЯ

В статье отражены вопросы применения современных инновационных методов

обучения при формировании навыков, связанных с детской медициной, использования
фантомов и анатомических муляжей в процессе формирования практических навыков,
эффективности обучения, укрепления профессиональной компетентности студентов, а
также ответственности преподавателей медицинских вузов и студентов при освоении
клинических дисциплин, связанных с педиатрией.

Ключевые слова:

медицинский учебный материал, процесс обучения, непрерывное

медицинское образование, оценка, клинические медицинские навыки, динамическая
нагрузка, педиатрия.

ANNOTATION

This article reflects the application of modern innovative teaching methods in the

development of skills related to pediatric medicine, the use of phantoms and anatomical
dummies in the process of developing practical skills, the effectiveness of learning, the
strengthening of students' professional competence, and the responsibilities of medical
educators and students in the development of clinical disciplines related to pediatrics.

Key words:

medical educational material, learning process, continuing medical education,

assessment, medical clinical skills, dynamic stress, pediatrics.

KIRISH.

Klinik audit.

Klinik audit tibbiy yordam, jumladan, profilaktika, diagnostika va

davolash uchun (profilaktik davolash uchunxam kullaniladigan muolajalar sifatini resurslardan
foydalanish samaraligi shuningdek o‘tkazilgan aralashuvlar natijalari hamda bemor xayotining
sifatini muntazam tanqidiy tahlil qilishdir, deb ta’riflanadi. Matnining bu kismidagi “klinik” degan
suz yerdam kuratadigan professional guruxlar jumladan shifokorlar, akusherkalar, tibbiy
xamshiralar fizioterapevtlar, logopedlar ijtimoiy xodimlar va boshqa mutaxassislarning ishiga
ta’lluqlidir. Ko‘zdan kechiriladigan amaliy ish shu standartlarga solishtirib ko‘rib chiqiladi. Agar
bunday ma’lumotlar bulmasa, eng yaxshi amaliyot standarti xususida bitimga kelish zarur. Klinik
audit bu dinamik jarayon bo‘lib, ma’lumotlar to‘planib borgan sayin standartlar o‘zgarishi
mumkinligini esda tutishkerak.

Dinamik audit jaryoni mana bunday sikl ko‘rinishida

ifodalanishi mumkin:

Muammoni identifikatsiyalash;

Ideal standartnitanlash;

Standartlarni

qayta ko‘rib chiqish;

olingan ma’lumotlarni taxlil qilish;

o‘zgarishlarni joriy etish;

muammo


background image

79

sabablarini aniqlash va ish sifatini yaxshilash choralarini identifikatsiyalash;

tibbiy klinik

amaliyotni yaxshilash uchuno‘zgartirishlar taktikasini tanlash.

Auditning bir necha turlari

tafovut qilinadi

:

Struktura auditi klinik yordam berish uchun zarur bo’lgan va ko’rsatiladigan

xizmatlarni xodimlar, asbob uskunalar, muassasalar shuningdek tibbiy texnik vositalarni tashkil
etish mexanizmlarni o‘z ichiga oladigan resurslarni ko‘rib chiqadi;

tibbiy ta’lim j

arayoni auditi

tibbiy yordam ko’rsatishda shu resurslardan foydalanishni ko’rib chiqadi; oxirgi natijalar auditi
yoki oqibatlar auditi tibbiy yordam ko’rsatish jarayonining natijalarini ko’rib chiqadi.

Audit

mezonlari va standartlari.

Audit mezoni bu

sizning o‘z ishingizni nechog‘lik yaxshi

bajarayotganingiz, bemorlarga qancha xizmat qilayotganingizni ifodalovchi ko‘rsatgichdir.
Standart bu siz o‘z ishingiz jarayonida erishmog‘ingiz kerak bulgan eng ma’kul darajadir. Ishni
baxolash uchun qulay mezonlardan 2- 3 tasini tanlab olish kifoya chunki ularni qayd qilish va
o‘lchash oson. Masalan, arterial bosim me’zon tariqasida olinishi mumkin.

40-60 yashar

erkaklarda arterial bosim lokql har besh yilda 1 marta o‘chanib bemorning shaxsiy kartasida
qayd qilinib qo‘yilishi kerak.

Shu me’zon uchun standart tanlab olish zarur. Biz 80% foizni

standart qilib tanlaymiz, ya’ni 40-60 yashar erkaklarning 80 % foizida arterial bosim har besh
yilda qayt etib borilishi kerak. Audit natijasida hisob 60 % foiz bo‘lib, chiqsa demak ushbu
amaliyot shifokorlari

bu muammo sabablari axvolini yaxshilash yo‘llarini topishlari,

ko‘ngildagidek standartga erishishga yana xarakat qilishlari kerak.

Audit, odatda retrospektiv

analiz, ya’ni kompyuter ma’lumotlari (agar kompyuter bulmasa bu shart emas)yeki
bemorlarning shaxsiy kartalari yeki maxsus surov varakalari bo‘yicha o‘tkaziladigan taxlildir.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot ta’lim tizimida pediatriya

fanlarini o‘qitish ularning tibbiy pedagogik mahoratini Davlat talablari va jahon ta’lim
standartlari darajasiga ko‘tarish, yangilash, islohotlar davrining dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-
sonli, 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz
malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli,2019 yil 8 oktabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari, 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim
sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli Qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” 25-
sonli, 2012 yil 26 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
278-sonli, qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tibbiyot
ta’lim muassasalari tibbiy pediatriya fanlariga oid bilimlarni, tibbiy pedagog mutaxassislarga
qo‘yiladigan davlat talablarini bilishi, zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularning
turlarini bilishi hamda amalda qo‘llay olishi, talaba shaxsi va uning xususiyatlarini hisobga olgan
holda ta’limda individuallik va differensial yondashuvga erishishi, ta’lim tizimida muammoli
ta’lim, hamkorlik texnologiyasi va ta’limning innovatsion hamda interfaol metodlarini qo‘llay
olishi, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmalarini
shakllantirishni maqsad qiladi. Tibbiyot mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini
ta’limning tegishli turi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti (Davlat talablari) mazmunida belgilangan
o‘quv-tarbiya jarayonining sifat samaradorligini ta’minlaydigan darajada tibbiy pedagogik


background image

80

faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga
muvofiqlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish va o‘quv
amaliy faoliyatlarini faollashtirishga yo‘naltirilgan faol ta’lim usullarini o‘rganish, ularning
pedagogik texnologiyalar tizimida o‘rni va rolini aniqlash va o‘quv jarayonida qo‘llash
uslubiyotini ishlab chiqish ham bugungi kunning dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Respublika
tibbiyot olimlari tomonidan ilmiy asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va faol
metodlarni ta’lim- tarbiya jarayoniga joriy etish, fanlarni o‘qitishda ta’lim oluvchilar o‘quv bilish
faoliyatini faolligini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. L.A.Abduraxmonova,
M.A.Shodmonov, B.Turdixodjayeva, U.A.Toshkenbayeva, Sh. A. Boymuratov va hokozo. Shunga
qaramasdan, tibbiyotda ta’lim-tarbiya jarayoni talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini
faollashtirishga yеtarlicha ahamiyat berilmaganligi, o‘qitish texnologiyalari va baholash tizimi
ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mos kelmasligi, faol ta’lim
metodlaridan keng foydalanishga e’tibor еtarli berilmasligi, shuningdek tibbiyotda o‘quv
materialini faollashtirish muammo bo‘lib turibdi.

METODOLOGIYA.

Tibbiy ta’lim tizimida metod tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning

ma’nosi-ko‘zlangan o‘quv maqsadiga erishish uchun avvaldan belgilangan eng aniq va qisqa
yo‘ldir. Bunday katta ishni bajarish uchun amaliyotdagi barcha xodimlar auditga jalb etilishi
zarur.

Audit tibbiy amaliyotining turli soxalarda qo‘llanilishi mumkin:

Klinika amaliyoti,

diabet, bronxial astma, gipertoniya kasalligi bo‘qoq, anemiya va boshqalarda;

Amaliyot

moliyalari pullik servis, masalan pullik tekshirishlar, emalshlar va boshkalarni bajarishdir.

Retseptlar yozib berish buyuriladigan dorilarning dozalari va boshqalarda

.

Bemorni kasalxonaga

mutaxassisga tekshirish uchun yuborishda

amaliy menejment shifokor bemorlarni qabul qilish

vaqtini qanday belgilaydi nimalarni va qay tariqa buyuradi va hokazo. Klinik audit jazo
sistemasini ko‘zda tutmasligini aytib o‘tish kerak.

Auditning olti qadami belgilanadi: 1-

qadam. Muammoni tanlash

: Auditni mumkin qadar aniq belgilangan mavzu yeki faoliyatning

standart belgilash va baholash mumkin bo‘lgan chekli soxasi bo‘yicha o‘tkazish juda muxim:
Mavzuni tanlash bemorlar va amliyot uchun ijobiy natijalar beradigan bo‘lishi lozim. Tanlangan
mavzu sizni qiziqtiradigan bo‘lishi kerak (men gipoterioz muammosiga juda qiziqib qarayman)
Ko‘p uchrab turadigan mavzu yoki muammoni tanlang, shunda materialni ma’lum vakt oralig‘ida
(masalan 3 oyda) yig‘ib olish imkoniga ega bo‘lasiz; Standart belgilash va o‘zigiz joriy etgan
narslarni o‘lchab ko‘rish mumkin bo‘lgan amliyot sohasini tanlang; Bayonnomalar va
komandaning har bir a’zosi to‘ldirishi kerak bo‘lgan formalar Sizni ko‘mib tashlamaydigan
amaliyot sohasini tanlang.

2-qadam. Maqsad va vazifalaringizni kelishib oling:

Audit bu

guruh bo‘lib bajariladigan ish, shunga ko‘ra maqsad va vazifalarni guruxning xamma a’zolari
bilan kelishib olish kerak. Gipoterioz bo‘yicha o‘tkaziladigan audit maqsadi bemorlarni davolash
standartlarini yaxshilash, tiroksin qabul qilib turadigan bemorlarning oldin albatta tekshirib
ko‘rilishini, barcha bemorlarni shifokor muntazam ravishda ko‘rib borishini, gipoteriozli
bemorlarning hammasida tireotrop gormon (TTG) ko‘rsatkichlari normal bo‘lishini
kafolatlashdan iborat bo‘lishi mumkin.

3-qadam. Ideal standartni tanlash:

(“Ideal” so‘zini

amaliyotda Siz “ma’qul keladigan” yoki aniq erishsa bo‘ladigan degan so‘zlar bilan
almashtirishingiz mumkin).

Masalan, gipoteriozli bemorlar uchun ideal standart quyidagicha

bo‘lishi mumkin: Davolanishni boshlashdan oldin har bir bemor TTG aniq ko‘tarilgani qayd
qilingan bo‘lishi kerak; Tiroksin olib turadigan har bir bemorda TTG miqdori so‘ngi yil davomida
o‘lchangan bo‘lishi kerak; har bir bemor gipoteriozli kasal sifatida hisobga olinishi kerak.

4-


background image

81

qadam. Faoliyatingiz tahlili

. Axborot to‘plash. Gipoterioidizm misolida: Tiroksin olib turadigan

bemorlarning sonini aniqlash (ambulator kartalardan). Diagnoz belgilangan vaqtda TTG miqdori
qancha bo‘lgani va TTG so‘ngi marta qachon o‘lchab ko‘rilganini ambulator kartadan aniqlash;
Bemorlar hisobga olinganmi – yo‘qmi. O‘z natijalaringizni standart bilan solishtirib ko‘rishingiz
kerak. Masalan, bizning misolda tiroksin oladigan bemorlarning faqat 50 % dagina so‘ngi yil
davomida TTG o‘lchab ko‘rilgan bo‘lishi mumkin. Kamchiliklarning hammasi jamoa majlisida
muhokama qilib chiqilishi kerak.

5-qadam. O‘zgarishlarni belgilash va joriy etish

. Bizning

misolda TTGni muntazam ravishda o‘lchab turish uchun tiroksin oladigan bemorlarni takroran
chaqirish sistemasini yarata olarmiz, balki.

6-qadam. Realizatsiya ma’lumotlarini baholash:

Oradan ma’lum vaqt (6-12 oy) o‘tganidan keyin bemorlarga beriladigan yordam sifatini
yaxshilash yuzasidan rejalashtirilgan o‘zgarishlarga amal qilinayaptimi, gipoteriozli bemorlarni
takroran chaqirish sistemasi yaratilganmi, TTG ni har yili o‘lchab ko‘rish yo‘lga qo‘yilganmi,
tekshirib ko‘rishingiz kerak.

NATIJALAR.

Audit o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mavzu(masalalar)ni tanlash mezonlari.

Audit

o‘tkazilishi kerak bo‘lgan masallarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilish zarur: -
tanlangan masala shuning uchun muhim bo'lishi kerakki, mazkur muammo ko‘ngilsiz jiddiy
oqibatlarga olib keladi, ko‘p uchraydi yoki ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlaridan farq qiladi;
ko‘rib chiqiladigan masala aniq belgilangan bo‘lishi, uni belgilashda esa auditda ishtrok etadigan
kishilarning hammasi auditorlar bilan kelishib olingan bo‘lishi kerak; auditni o‘tkazish uchun
real imkoniyat bo‘lmog‘i lozim; -audit natijalari asosida zarur o‘zgartirishlarni o‘tkazish imkoni
bo‘lishi kerak. Audit uchun mavzu tanlashning eng ma’qul yuli nazariy jihatdan olganda maxsus
surov varakalarini yeki bemorlarning shikoyatlarini tahlil kilib chiqish, shuningdek kompyuter
ma’lumotlarini tahlil qilishdir. O‘qitishga, qiziqish, ishtiyoq uyg‘otish, ayniqsa undan huzur topib,
mamnun bo‘lish, ta’lim jarayonida eng yaxshi natijalarni beradi. Bilimlar, ko‘nikmalar va
malakalarni o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarning faolligini, qiziqishini, ijodiy mustaqilligini
oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va faol ta’lim usullarini qo‘llash ana
shunga ko‘p jihatdan yo‘lochadi.

Amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda mahoratni oshirish

.

Talabaning tibbiy ko‘nikma hosil qilish jarayoni bir nechta bosqichlardan: anglanmagan
bilimsizlik, anglangan bilimsizlik, anglanmagan bilimdonlik anglangan bilimdonlik,
bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Tibbiy mahoratni oshirib borish jarayonida topshiriq va
muolajalarni aniq va puxta bajarishga erishiladi, boshqalarning qanday ishlayotgani kuzatib
boriladi, pedagog yordam berib turadi va nazorat qilib boradi, ishning bajarilishiga baho beriladi.
Ko‘nikmani mustahkamlab borish uchun videofilmlarni namoyish etish, mulyajlarda mashq
qilish, o‘yin- mashg‘ulotlar o‘tkazish, ishni bosqichma-bosqich bajarish, real vaziyatni yuzaga
keltirish, ishni bajarishdagi qadamlarni bir necha martalab ko‘rsatib berish va tushuntirib o‘tish
zarur bo‘ladi. Ko‘rsatish tibbiy ta’limning shunday bir shakliki, bunda talaba ishni bajarish
texnologiyasini, bu ish arterial bosimni o‘lchash bo‘ladimi yoki bemorni ko‘zdan kechirish
bo‘ladimi, o‘zlashtirib oladi.

XULOSA.

Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, tibbiy ta’lim jarayoni amaliy ish-harakatlar

bilan birga qo‘shib olib boriladigan bo‘lsa, ancha yaxshi natijalar beradi. Qatnashchilarning
ba’zilari amaliy topshiriqlarni bajarishayotgan mahallarida boshqalari ularni kuzatib, izohlar
berib borishi mumkin. Pedagog kam sondagi qatnashchilar bilan bevosita muloqatda bo‘la oladi.
Amaliy faoliyat qatnashchilarga energetik ta’sir o‘tkazadi. Konstruktiv teskari aloqa bog‘lash va
materialning pedagog tomonidan mustahkamlanib borishi uchun imkon paydo buladi.


background image

82

Ko‘nikmalarni muvaffaqiyat bilan tatbiq etishqatnashchilarda o‘z-o‘ziga ishonish hissini
kuchaytiradi; yanada mukammallashtirib borish zarur bulgan narsalarni qatnashchilar uchun
ko‘rsatib beradi; abstrakt ta’limni aniq, real voqelikka yaqinlashtiradi. O‘quv dasturining asosiy
nuqtalarini yakkash qilib bog‘lashga yordam beradi, umumiy diqqat- e’tibor markazini
pedagogdan qatnashchilarga ko‘chiradi. O‘tilgan materialni mustahkamlaydi. Pedagogga
takroran ko‘rib chiqishni talab etadigan narsalarni bilib olish uchun imkon beradi. Tibbiy
mahoratni oshirish metodining kamchiligi shuki, biror narsa ko‘ngildagidek chiqmagan mahalda
ba’zilar xijolat torta boshlaydi. O‘qituvchilar bilan talabalarning diqqat bilan qarab turishganini
ko‘rib, ba’zilar dili siqiladi-da, teskari aloqaga salbiy munosabatda bo‘la boshlaydi. Amaliy
mashg‘ulotda qatnashmay turgan talabalarning vaqtini tashkil etmaydigan bo‘lsangiz, ular o‘z
navbatlarini kutib, zerika boshlaydi. Tibbiy pedagog amaliy mashgulot vaqtida har bir
qatnashchining ishini ko‘rib turishi shart. Hamma asosiy va yordamchi materiallarni, konkret
masalalarni va sheriklari ishlab turgan paytda amaliy mashg‘ulotda ishtirok etmay turgan
qatnashchilar uchun savolli anketalarni oldindan tayyorlab qo‘ying. Auditoriyada bo‘layotgan
gap-so‘zlarni diqqat bilan eshitib, voqealarni sinchiklab kuzatib boring. Amaliy faoliyatni
bajarayotgan qatnashchining yonida turing. Har bir tinglovchi amaliy faoliyatda bevosita ishtirok
eta oladigan bo‘lishiga harakat qiling, har bir qatnashchi o‘z o‘tmishdoshining ish-harakatlaridan
andoza olib borishini unutmang; shu munosabat bilan amaliy mashg‘ulotning boshlanishida
kuchli qatnashchini (buni guruhga bildirmay turib, albatta) ijobiy misol qilib tanlab olish tavsiya
etiladi. Halol, bevosita va hayollamaydigan teskari aloqani qo‘llab-quvvatlab boring. Qolgan
boshqa talabalar tomonidan bog‘lanadigan teskari aloqaning o‘rinli, hayri-hox va konstruktiv
bo‘lishini kuzatib turing. O‘qish kishi oldin o‘zi bilgan yoki tajribada ko‘rgan narsalarga
asoslangan bo‘lsa, samarador bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар и педагогик маҳорат -Т.: ТДПУ, 2003 й

2.

Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Т.:- 2022.

223 bet.
3.

Teshaev O.R., Mamatqulov B.va boshq. O‘qituvchilar uchun prezentatsiya va interaktiv

o‘qitish usullaridan ko‘nikmalarni hosil qilish bo‘yicha qo‘llanma. T.: 2011. 91 bet.
4.

Халматова Б.Т., Ибрагимов Ф.Н., Яковенко В.И. Методическое пособие по модулю “в

ведение в клинику”. Т.: 2010. 145 стр
5.

Teshaev O.R va boshq. Pedagogik texnologiyalarni tibbiyotda loyihalashtirish va

rejalashtirish. O‘quv - uslubiy qo‘llanma. T.: 2010. 133bet.
6.

Tolipov U., Usmonboeva. M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amali-yot. – T.: Fan,

2005.
7.

Фарберман Б. Илғор педагогик теxнологиялар. – Т.: “Фан”, 2000 й.

8.

Фарберман Б., Мусина Р.Г., Джумабаева Ф.А.. Современные методы преподавания

в вузах. – Т.: 2001.
9.

Шодмонов Ш., Баубекова Г.Д., Ҳаликова Г.Т.. Инновационные методы обучения в

экономическом образовании. – Т.: 2003.
10.

Имамов Е., Фаттахов М.. Информацион технологиялар. – Т.: 2002.

11.

Рахимов О.Д. Инновацион педагогик технологиялар: Лойиҳалар услуби таълим


background image

83

сифатини оширувчи асосий технология сифатида. Услубий қўлланма. T.: 2013 йил. 84 бет
12.

Ганиева М.А., Файзуллаева Д.М. Кейс стади ўқитишнинг педагогик технологиялари

тўплами. Методик қўлланма. Т.: 2013 й., 95 бет
13.

Замонавий таълим технологиялари: мазмуни, лойиҳалаштириш ва амалга ошириш.

Экспрес қўлланма. Т.: 2001. ТАСИС лойиҳаси.
14.

Мустафакулов С.И., Голиш Л.В., ва бошқалар “Инновацион таълим технологияларни

ишлаб чиқиш ва амалга ошириш” ўқув материаллари. Т.: ТДИУ, 2011й.
15.

Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М.. Педагогик технология: назария ва амалиёт. - Т.: Фан,

2005 й.
16.

B.Mamatqulov., G.S.Avezova. Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti. T.: Darslik-2019 y., 301 b.

Bibliografik manbalar

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар и педагогик маҳорат -Т.: ТДПУ, 2003 й

Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Т.:- 2022. 223 bet.

Teshaev O.R., Mamatqulov B.va boshq. O‘qituvchilar uchun prezentatsiya va interaktiv o‘qitish usullaridan ko‘nikmalarni hosil qilish bo‘yicha qo‘llanma. T.: 2011. 91 bet.

Халматова Б.Т., Ибрагимов Ф.Н., Яковенко В.И. Методическое пособие по модулю “в ведение в клинику”. Т.: 2010. 145 стр

Teshaev O.R va boshq. Pedagogik texnologiyalarni tibbiyotda loyihalashtirish va rejalashtirish. O‘quv - uslubiy qo‘llanma. T.: 2010. 133bet.

Tolipov U., Usmonboeva. M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amali-yot. – T.: Fan, 2005.

Фарберман Б. Илғор педагогик теxнологиялар. – Т.: “Фан”, 2000 й.

Фарберман Б., Мусина Р.Г., Джумабаева Ф.А.. Современные методы преподавания в вузах. – Т.: 2001.

Шодмонов Ш., Баубекова Г.Д., Ҳаликова Г.Т.. Инновационные методы обучения в экономическом образовании. – Т.: 2003.

Имамов Е., Фаттахов М.. Информацион технологиялар. – Т.: 2002.

Рахимов О.Д. Инновацион педагогик технологиялар: Лойиҳалар услуби таълим сифатини оширувчи асосий технология сифатида. Услубий қўлланма. T.: 2013 йил. 84 бет

Ганиева М.А., Файзуллаева Д.М. Кейс стади ўқитишнинг педагогик технологиялари тўплами. Методик қўлланма. Т.: 2013 й., 95 бет

Замонавий таълим технологиялари: мазмуни, лойиҳалаштириш ва амалга ошириш. Экспрес қўлланма. Т.: 2001. ТАСИС лойиҳаси.

Мустафакулов С.И., Голиш Л.В., ва бошқалар “Инновацион таълим технологияларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш” ўқув материаллари. Т.: ТДИУ, 2011й.

Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М.. Педагогик технология: назария ва амалиёт. - Т.: Фан, 2005 й.

B.Mamatqulov., G.S.Avezova. Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti. T.: Darslik-2019 y., 301 b.