49
OʻQUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISHDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDAN
FOYDALANISH
Gʻulomova Sarvinoz
Nizomiy nomidagi TDPU
Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15379614
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda frazeologik birliklardan
foydalanishning ahamiyati hamda frazema va ularning ishlatilish oʻrinlari hamda nutqni chiroyli
va ravon bayon qilishda soʻz qoʻllash sanʼatidan toʻgʻri foydalanish haqida so‘z boradi.
Kalit soʻzlar:
Frazema, nutqiy kompetensiya, ibora, pedagogik mahorat, metod.
Annotation.
This article provides information about the importance of using phraseological
units and phraseology in developing students' speech, their places of use, and the correct use of
the art of using words to make speech beautiful and fluent.
Keywords:
Phraseology, speech competence, expression, pedagogical skill, method.
Frazeologiya (yunoncha “phrasis” - ifoda, ibora va logiya) tilshunoslikning shunday bir
bo‘limiki, boshqa bo‘limlardan nutqqa tayyor holda kirib kelishi, leksik va semantik jihatdan
o‘zaro mos kelmasligi, ma’no jihatdan turg‘unligi bilan farq qiladi. Uning, asosiy muhim muammosi
frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan so‘z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shunga
qarab frazeologizmlarni aniqlashdir. Tilshunoslik fanining iboralarni o‘rganadigan bo‘limi
frazeologiya deb ataladi. Iboralarni lingvistik terminologiya tili bilan aytadigan bo‘lsak, ular
frazeologizmlar deb nomlanadi. Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan
farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy tilning boshqa
normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning uchun ham izohli lug‘atlarda
frazeologizmlarni qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan olingan amaliyotdir. Ma’lum bir
tilning xazinasi sifatida frazeologiyani keltirish mumkin. Negaki, frazeologiya xalqning tarixini,
madaniyati va o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi obrazli til birliklaridir. Frazeologizmlar asosan
millatning urf-odatlarini, an’analarini o‘zida aks ettiradi. Ammo ingliz tili frazeologiyasida milliy
an’analarni ifodalab keluvchi frazeologik birliklar bilan bir qatorda xalqaro frazeologizmlar ham
uchraydi.
“Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi frazemalar
haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyadir. Masalan, zo‘raymoq (leksema) — avj
olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) — azob chekmoq(frazema) kabi. Demak, frazema ham
leksema kabi lug‘aviy birlik sanaladi, ammo o‘zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari
bilan leksemadan farqlanadi”[1].
Frazeologik birliklarning nutqiy rivojlanishga ta’siri:
1.
Leksik boylikni oshiradi;
O‘quvchilar yangi so‘zlar va birikmalarni o‘rganib,
nutqini boy qiladi.
2.
Ijodkorlikni oshiradi;
Frazeologik birliklardan foydalanish
o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytiradi.
3.
Nutqning ifodaliligini
oshiradi;
Ular orqali so‘zlashuv jonli, obrazli va ta’sirchan
bo‘ladi.
50
4.
Madaniy bilimni oshiradi;
Frazeologik birliklar milliy urf-odat va
qadriyatlarni aks ettirgani uchun o‘quvchilarning
madaniy dunyoqarashi boyiydi.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, ingliz va o‘zbek tillarida son komponentli frazeologik
birliklarda ifodalangan miqdor tushunchasi sonning leksik-semantik xususiyatini ifodalaydi.
Xususan, son fikr obyektlarining miqdoriy xususiyatlarini ifodalovchi grammatik kategoriya
bo‘lib, aynan miqdor fikrini ifodalash vositalari til tuzilishining barcha darajalariga, frazeologiyaga
ham kirib boradi. Masalan, har ikkala til doirasida one/bir miqdor soni leksik semantik
xususiyatini quyidagicha izohlash mumkin: Ingliz tilida “one”, the one and only paremiyasida
“one” miqdor soni yakkayu-yagona degan ma’noni anglatib kelgan. “Bir” miqdor soni turli xil so‘z
turkumlari vazifasida qo‘llanilishi mumkin: sifat (bir qator, bir xil obyektlar, hodisalarni
hisoblashda ikkinchisidan oldin, ya’ni ketma-ket keluvchi raqamlarning birinchisi), ravish
(birinchidan, avvalo), ot (ma’lum bir turkumning yoki oy, haftaning boshi).
Be at one (with somediv)be in agreement (Fikri bir joydan chiqmoq).All bread is not baked
in one oven – people are not alike (Hamma ham bir xil emas, o‘zbek tilidagi ekvivalenti “Besh qo‘l
barobar emas”)[2].
Oʻquvchilarning nutqini oʻstirishdagi eng samarali usullardan biri tilshunoslikning
frazeologiya boʻlimiga oid bilimlarni yanada mustahkamlash hisoblanadi. Qachonki, oʻquvchilar
frazeologik birliklardan, yaʼni iboralardan oʻgʻzaki nutqida koʻp va oʻrinli foydalana olsa, ularning
nutqi tez rivojlanadi va soʻz takroriga yoʻl qoʻyishmaydi. Iboralar nafaqat nutqni oʻstirishga balki
ogʻzaki nutqning chiroyli va ravon boʻlishiga yordam beradi. Soʻzlovchi tinglovchiga toʻgʻridan
toʻgri fikrini toʻliq bayon etishiga katta hissa qoʻshadi.
Oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini va soʻz boyligini oshirishda quyidagi topshiriqlar
muhim ahamiyatga ega.
1-topshiriq. Quyidagi rasmlardan foydalanib ularga mos boʻlgan iboralarni topishga
harakat qiling.
1-rasm
51
2-rasm
3-rasm
4-rasm
52
2-topshiriq.
Berilgan matndan frazeologik birliklarni toping va ulardan foydalanib kichik
hikoya yarating.
“Qadri baland do‘stlik”
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ikki yaqin do‘st bo‘lgan ekan. Ulardan biri Jasur, ikkinchisi Farhod
edi. Ularning do‘stligi shunday mustahkam ediki, go‘yo qalin devorga o‘xshardi.Bir kuni ular uzoq
safarga yo‘l olishdi. Yo‘lda shunday vaziyat yuz berdi: Jasurning aytgan gaplari Farhodning dilini
og'ritdi. Farhod indamaygina qumga: “Do‘stim meni ranjitti”, deb yozdi. Jasur buni ko‘rib, ichida
xijolat bo‘ldi.Keyin ular yo‘l davomida katta daryo bo‘yiga kelishdi. Farhod sirpanchib suvga tushib
ketdi. Jasur hech ikkilanmasdan suvga sakradi va do‘stini qutqardi. Farhod daryo bo‘yidagi katta
toshga: “Do‘stim meni qutqardi”, deb yozdi.
Jasur hayron bo‘lib so‘radi:
— Qumga yozgan gaplaring shamolda uchib ketdi, lekin toshga yozganingni ko‘p yillar
davomida hamma ko‘radi. Nega bunday qilding?
Farhod jilmayib javob berdi:
— Do‘stning xatolarini qumga yozish kerak, toki ular shamolda yo‘qolsin. Ammo
yaxshiliklarini toshga bitish lozim, shunda ular abadiy yodda qoladi.Shundan so‘ng, ularning
do‘stligi yanada mustahkam bo‘ldi. Chunki ularbir-birining qadri baland ekanini yana bir bor
tushunishdi.
Iboralar shakl va maʼno munosabatiga koʻra, zamonaviylik belgisiga koʻra , ishlatilish
doirasiga koʻra farqlanadi .
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni nutqini ravon qilish va soʻz boyligini oshirishda iboralar katta
ahamiyatga ega. Dars jarayonlari va individual, soʻzlashuv jarayonida oʻquvchilar frazemalardan
foydalanishi maqsadga muvofiq.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jamolxonov H. HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI. Oliy о‘quv yurtlari uchun darslik Toshkent –
“Talqin” – 2005.
2.
Babkin A. M., Russkaya frazeologiya, razvitiye i istochniki. L., 1970; Vinogradov V. V.,
Osnovnie ponyatiya russkoy frazeologii kak lingvisticheskoy dissiplini, v yego knige: Izbrannie
trudi, t. 3.
3.
Leksikologiya i leksikografiya, M., 1977; Bibliograficheskiy ukazatel literaturi po voprosam
frazeologii, vip. 3—4, Samarkand, 1974—76;
4.
Rahmatullayev Sh ., Oʻzbek frazeologiyasining baʼzi masalalari, T., 1966; Rahmatullayev Sh.,
Oʻzbek tilining izohli frazeologik lug‘ati, T., 1978.
5.
Dilnura Avezova. O‘quvchilarda esse yozish malakasini shakllantirish zarurati. Nizomiy
Ganjaviy va xamsachilik an’anasi mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. – Toshkent,
2024.
