
518
bu, bir tomondan, potentsial samarali fikrlarning "yomonlashishi"ga, boshqa tomondan esa
doimiy norozilik tuyg'usiga olib kelishi mumkin. Ijodiy ish bilan shug'ullanayotganda, siz
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bilan shug'ullanmasligingiz kerak (qabul qilingan hukmlarni
baholash va asosli xulosa chiqarish). O'ylash uchun o'zingizga ko'proq vaqt bering. Ba'zi
psixologlar hal qilinayotgan muammoni yuzlarda o'ynashni yoki uning yanada vizual tasvirini
yaratish uchun uning diagrammasini chizishni maslahat berishadi[2].
Misol uchun, agar biz uyga xuddi shunday piyoda borishga odatlangan bo'lsak, biz bir kun
boshqa yo'ldan borishga harakat qilishimiz mumkin va har kuni yangi variantlarni topishimiz
mumkin. Yangi joylarga tashrif buyurish, biz bilganimizdan tubdan farq qiladigan narsalarni
o'rganish foydalidir. Ratsiondagi o'zgarishlar ijodkorlikni rivojlantirish uchun juda yaxshi. Siz
yangi menyu o'ylab topishingiz yoki ro'za tutishga harakat qilishingiz mumkin. Ijodiy fikrlashni
rivojlantirishning yana bir yo'li - san'atga ishtiyoqdir. Masalan, cholg'u asboblarida o'ynash
barmoqlarning nozik motorikasini rivojlantiradi. Ular qo'llarga impulslar yuboradi.Shuning
uchun ham musiqachilar juda aqlli ekani maʼlum boʻldi. Bu kashta tikishni, toʻqishni va
kompyuter klaviaturasidan foydalanishni biladiganlarga ham taalluqlidir. Sport bilan
shugʻullanish, raqsga tushish, ochiq havoda sayr qilish ijodiy tasavvurni rivojlantirishga yordam
beradi. Aytgancha, vaqti-vaqti bilan fantaziyalarimizni o'rgatish foydalidir. Istalgan tasvirlarni
chizish, uyushmalar o'ynash, orzularingizni tasavvur qilish - bu nafaqat zavq keltiradi, balki
istaklarni amalga oshirish va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklida ham foyda keltiradi.
Ilmiy adabiyotlarda ijodkorlikning turli talqinlariga qaramay, ko'plab olimlar ijodiy
fikrlashni rivojlantirish uchun voqelikni tizimli va izchil ravishda o'zgartirishni, mos
kelmaydigan narsalarni bog'lashni, sub'ektiv tajribaga tayanishni o'z ichiga olgan ijodiy
muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish kerakligini ta'kidlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for
children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.
2. Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-
TERAPEVTIK MASHQLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 2(3).
MULOQOT INSONLARGA TA‘SIR O‗TKAZISH VOSITASI SIFATIDA
Balibekova Gulshoda Saydulla qizi
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Psixologiya‖ fakulteti talabasi
Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Muloqot inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Bu maqolada
muloqotning ko‗rinishlarini, turlarini, psixologik va fiziologik shaklllanish jarayonlari haqida
qisqacha ma‘lumotlar berilgan. Kommunikativ muloqot, verbal va noverbal muloqot turlari
haqida ham malumotlar berilgan.
Tayanch so‗zlar:
Muloqot, kommunikatsiya, verbal muloqot, noverbal muloqot,
paralingvistik.
Kishilar muloqotga kirishar ekan savol berish, buyruq, iltimos qilish biror narsani
tushuntirish bilan birga o‗z oldiga boshqalarga tasir etish, shu narsani ularga tushuntirish
maqsadini qo‗yadi. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan
xizmat joyida ishchi, kasal bo‗lsa bemor sifatida shifokor ko‗rsatmalariga amal qiluvchi,oilada

519
farzandlarining mehribon otasi. Turli rollarda inson aynan shu roliga mos tarzida muloqot
qilishga harakat qiladi. Har bir inson aynan o‗zining roli orqali boshqalarga kuchliroq ta‘sir
o‗tkazadi. Muloqot orqali insonlarga ta‘sir o‗tkazishimizda biz nafaqat so‗zlar orqali balki
noverbal yo‗llar orqali ham ta‘sir ko‗rsatar ekanmiz. Ma‘lum bir shaxsda biz haqimizdagi ilk
taassurot aynan ushbu noverbal ya‘ni mimika, pantamimika va jestlarimiz bilan ko‗rsatadigan
ta‘sirimiz orqali shakillanar ekan. Amerikalik olim Albert Megrabiyan formulasiga ko‗ra birinchi
martta ko‗rib turgan suhbatdoshdagi ta‘surotlarning ijobiy bo‗lishiga, noverbal
55%,Paralingvistik 38%,Verbal 7%ni tashkil etadi
Muloqot
– odamlar o‗rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot
almashinuvi.
Kommunikatsiya
– o‗zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi
jarayoni.
Kooperatsiya
- hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni
ta‘minlab beruvchi o‗zaro ta‘sir.
Verbal kommunikatsiya
- inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‗llaniladi
Kommunikatsiya
- tirik va o‗lik tabiatdagi tizimlar o‗rtasida axborot almashinuvini
anglatadi
Nizo
– muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‗lgan muammoni hal etish vaqtida
ular o‗rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.
Kinesika
- bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‗lgan muloqot
vositalari tizimi.
Ekstralingvistik tizim -
nutqqa tanaffus va boshqalarni masalan, tin olish, yo‗talish, yig‗i,
kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Vizual muloqot
- bu ko‗zlar orqali aloqa. Shuni ta‘kidlab o‗tish joizki, servis sohasi bilan
bog‗liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‗yicha o‗z malakalarini muntazam
oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta‘riflari mavjud. M.G Davlatshin: ―Muloqot ikki
yoki undan ortiq odamlarning o‗zaro bir biriga ta‘sir etishidir‖.
Ushbu ta‘rifdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki biror bir shaxs boshqa shaxsga
ta‘sir etishi u bilan aloqa o‗rnatishi uchun qay shaklda bo‗lmasin albatta muloqotga kirishadi.
Muloqot - bu odamlar o‗rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir biriga bo‗lgan
ta‘siri paydo bo‗ladi.
Kundalik muloqotda odamlar ko‗proq muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar:
Yoqimli va shirin so‗z bilan murojaat qilishda, samimiy tabassumda hamshiraning o‗z
bemorlariga
g‗amxo‗rligi
va diqqat-e‘tibori ifodalanadi. Bemorlar bilan muloqot
(kommunikatsiya)ning ikki xil usuli bo‗lib, ularni albatta hisobga olgan holda o‗z faoliyatini
tashkil etishi lozim.
1. Verbal muloqot — faol eshitish, savollar berish, javob qaytarish va reaksiya ko‗rsatish
san'ati.
2. Noverbal muloqot — gavda holati, yuz, (mimika), ko‗z ifodasi, so‗zlash ohangi va
boshqalar.
Verbal muloqot noverbal muloqot asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun «insonning
nimani gapirayotganligi emas, balki qanday gapirayotganligi muhim»dir deb bejiz aytilmagan.
Yuqoridagilarni shakllantirishda albatta bemorlarning ham o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, bemorlar bilan ish olib borishda ular yoshining ahamiyatini unutmaslik kerak. Shu
maqsadda bemorlarning ayrim, shartli ravishda ajratib olingan guruhlarida uchraydigan
xususiyatlariga to‗xtab o‗tamiz.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi.
Tibbiy hamshira bu guruh bemorlar bilan iliq munosabatda bo‗lishi, avvalambor bolalar
bilan yaqindan aloqa o‗rnatishi, ularni kasalligidan chalg‗itishi, bolaning ota-onasi yoki
qarindosh-urug‗lari bilan mutaxassis sifatida muloqotda bo‗lishi lozim.
2. O‗smir yoshidagi bemorlar

520
Bu guruh bemorlar bilan ish olib borishda hamshira juda ehtiyot bo‗lishi, so‗zlariga, yuz
imo-ishorasiga katta e‘tibor berib, o‗smirlik yoshining nozik pallasi-balog‗atga yetish va uning
o‗smirga xos ta‘siri borligini ham yodda saqlashi lozim.
3. Mehnat qobiliyatiga ega bemorlar.
Bu guruh hamshiraga o‗ta yuksak mas‘uliyat yuklaydi. Bunday bemorlar bilan ish olib
borishda har bir so‗zga, yurish-turishga, yuz imo-ishorasiga ehtiyot bo‗lish, bajarilayotgan
muolajaga qunt bilan yondashish lozim.
4. Katta yoshdagi va keksa bemorlar guruhi.
Bu guruhdagi bemorlarga samimiy, sabr-toqat bilan iliq muomala qilishi lozim, chunki
qariyalarga xos injiqlik, ko‗p savollar berish, tushunmovchilikdan kelib chiqadigan turli
holatlarga bosiqlik bilan chidash muhim hisoblanadi.
Tibbiyot hamshirasining mahoratini, uning ish uslubi va usullari bemorlarga rahiy ta‘sir
ko‗rsatish mahoratini egallash va ular bilan muomala qilishni bilishi bilan bog‗liq.
Albatta hayotimiz davomida qaysi vaziyatda bo‗lmasin biz muloqotga kirishamiz va
odamlarga ta‘sir o‗tkazamiz. Shunday ekan har bir inson boshqa insonlarga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatishga harakat qilishi kerak
.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. F.I.Xaydarov N.I.Xalilova Umumiy psixalogiya. Darslik. Toshkent-2009. (85-86 betlar)
2. M. Maxsudova Muloqat psixologiyasi. O‗quv qo‗llanma Toshkent Turon-Iqbol 2005
3. Yuldashev Sh. Professionаl tа‘lim tizimini tаkomillаshtirishdа kаsb tа‘limi
o‗qituvchisining kаsbiy tаyyorgаrligi ―XXI asr ta‘lim tizimida innovatsion va intigratsion
yondoshuvlar‖
4. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li, Murotmusaev Komiljon Buriboyevich,
Yuldashev Sheryigit Ergashovich. ―PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN
IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT‖
Intenational Journal of
Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581
2022 yil
5. Shovxiyev L.(2021). Ursachen der Entstehung von psychischen Krisen.
"International
Simposium of Young Scholars"
Xalqaro Amerika konferensiyasi.
(
514-516 betlar)
6.
Sharofitdinov, A. (2022). OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании
,
2
(3).
7. Abdurazzoqov. N.K. ―O‗smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning
ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari‖- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.
8. Норбекова Барно Шавкатовна. Мактабгача ѐшдаги болаларда қўрқув ҳисларини
юзага келиши ва уни олдини олиш. Ривожлантирувчи технологиялар асосида мактабгача
таълим муассасаси тарбияланувчилари ва бошланғич синф ўқувчиларида креативлик
сифатларини шакллантириш. 2020,153-155 бетлар
9. Google.uz.
YOSH OILALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARINI HAL QILISH
YECHIMLARI
Qoʻshnazarova Gavhar Norbuta qizi
OʻzMU Jizzax filiali ―Psixologiya ―kafedrasi
1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila munosabatlarida
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va
masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi muammolarni yechimini topish, ularni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda yosh oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini
kengaytirish zarurligiga e`tibor qaratildi.