
278
qiymatlari Hypericum turlari orasida polimor lokuslarni aniqlash uchun ISSR primerlarining
yuqori imkoniyatlarini aniqladi. 17 ta to‗plamning genetik o‗xshashligi 0,617 dan 0,911 gacha
baholandi. Oddiy ketma-ketlikni takrorlash (ISSR) belgilari tahliliga ko‗ra, H. androsaemum va
H. hirtellumeng past o‗xshashlikka ega va H. perforaturm va H. triquetri folium turlari eng
yuqori o‗xshashlikka ega. Hypericum turlaridan genetik jihatdan ajratish uchun PCR asosidagi
DNKni kuchaytirish usuli qo‗llanildi. Ichki transkripsiyalangan speyker (ITS) mintaqasining
yadroviy ribosomali gen ketma-ketligi Eski va Yangi dunyoda tug'ilgan 50 ta Hypericum
taksoni uchun tahlil qilindi, ular hozirda qabul qilingan 36 taksonomik bo'limdan 11 tasini
ifodalaydi. Ushbu tadqiqot savdo H
.
perforatum preparatlarini autentifikatsiya qilishning genetik
usulini taqdim etadi. Bundan tashqari, ushbu ma‘lumotlar jinsdagi filogenetik munosabatlarni
dastlabki baholashga imkon beradi, uchta kuchli qo‗llab-quvvatlanadigan monofiletik
to‗plamlarni va bir nechta ikkilamchi monofiletik guruhlarni aniqlaydi. ITS gen ketma-ketligidan
foydalanib, ular H. perforatumni ushbu tadqiqotga kiritilgan Hypericumning barcha boshqa
turlaridan ajratib olingan [7,8].
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. В.П. Печеницын. Репродуктивная стратегия некоторых видов Allium подрода
Melanocrommyum (Amaryllidaceae) Растительные ресурсы. – Санкт-Петербург, 2017. –Т 53
№2. – С 210-219.
2. Уралов А.И. В.П. Печеницын. Структурные особенности и возрастные
изменения клонов Allium stipitatum Regel (Alliaceae) Ботанический журнал. – Санкт-
Петербург, 2018. – Т 103. №1 – С. 94-110.
3. М.Д. Тургунов, В.П. Печеницын, Н.Ю. Бешко, Д.А. Абдуллаев, Уралов А.И.
Биологические особенности редких видов семейства Iridaceae Juss. флоры Узбекистана в
условиях ex situ Acta Biologica Sibirica, 2019, 5(2), P.17-22.
4. Д.Т. Хамраева, О.К. Хожиматов, А.И.Уралов. Рост и развитие Ferula tadshikorum
Pimenov в условиях интродукции Acta Biologica Sibirica, 2019, 5(3), P.172-177.
5. Uralov A.I., Turakulova V.Kh., Esankulova D. S., Dusmuratova F.M. Intrapopulation
Variability and Options of Reproductive Strategy of Allium
Bulbous Species (Amaryllidaceae) Revista geintec-gestao inovacao e texnologias Vol. 11
No. 3 (2021)1646-1655pp.
6. Уралов А.И., Печеницын В.П. Зависимость семенной продуктивности
луковичных видов Allium L. от количества листьев на генеративном побеге. Доклады АН
РУз. 2015. 74-77 с.
7.http://100trav.su/
8.
https://www.jstor.org/stable/43498615
KOVRAK PLANTATSIYALARINI TASHKIL ETISHDA BIOTEXNOLOGIK
ISTIQBOLLAR
Ne‘matova Malohat Abdurasulovna
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Biotexnologiya‖ kafedrasi assistant o‗qituvchisi
Murodova Sayyora Sobirovna
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Biotexnologiya‖ kafedrasi b.f.d, professor o‗qituvchisi
Rajabboyeva Xilola Toirbek qizi
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi

279
Annotatsiya:
Respublikamiz shifobaxsh o‗simlikdan oqilona foydalanish va tabiiy
zahiralarning kamayib ketishining oldini olish maqsadida dorivor o‗simliklar yetishtiriladigan
maydonlari tobora kengayib bormoqda. Ushbu maqolada, Ferula L. turkumi vakillaridan
tayyorlanadigan dori preparatlari, kovrak plantatsiyalarining samaradorligini oshirishda in
vitro usuli hamda bioo‗g‗itlardan foydalanishning afzalliklari bayon etilgan.
Kalit so‗zlar:
Ferula kuhistanica, Ferula tadshikorum, Ferula foetida, rhizosfera,
rhizobakteriya, in vitro, ―Kavrak‖, ―Ferulen‖, ―Galbanium‖.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning aprel oyida 80 ta tumanni dorivor
o‗simliklarni yetishtirishga moslashtirib, 7,5 ming gektarda plantatsiyalar tashkil etish (hozirda
600 gektar) vazifasini belgilab berdi.
Shifobaxsh kovrak shunday o‗simliklar sirasiga kirib, turkum vakillaridan ―Panaferol‖,
―Kufestrol‖, ―Tefestrol‖, ―Ferulen‖ dori preparatlari yaratilgan.
Ferula gummoza
dan
―Galbanium‖ efir moylari,
Ferula assa foetida
esa ―Ferula‖ tabletkalari, ―Kavrak‖ va boshqa
preparatlari ishlab chiqarilgan bo‗lib, turli maqsadlarda foydalaniladi.[5,6] Bugungi kunda uning
urug‗i va 3 yillik ko‗chatlaridan plantatsiyalar tashkil etilmoqda.
2021-yil noyabr, dekabr oylarida 1kg Kuhiston kovragining urug‗i o‗rtacha 700 - 800
ming so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, 1 dona 3 yillik ko‗chatining narxi 3000 so‗m. O‗zbekistonda
asosan, kovrakning bu turlari smolasi uchun yetishtirilmoqda. 1 kg smolasi o‗rtacha 250$ AQSH
valyutasida horijga eksport qilinmoqda.
Bir tup kovrakning smola berishi uchun o‗rtacha 5 yil
muddat talab etiladi. Kovrak urug‗larining tabiiy sharoitda o‗rtacha unuvchanligi
Ferula
kuhistanica
da 40% ,
Ferula tadshikorum
da 65%,
Ferula foetida
da 55% bo‗lib, yillar davomida
saqlanib qolish foizining kamayib borishi olimlarimiz tomonidan o‗rganilgan.[1,2] Shunday
bo‗lsada, ilmiy adabiyotlarda bu o‗simliklarning unuvchanligini oshirish va erta hosilga kirishi
uchun zarur agrotexnik tadbirlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar yetarli emas.
Dunyo amaliyotida
dorivor, ko‗payishi qiyin bo‗lgan o‗simliklarni
in vitro
usulida yetishtirish va rhizobakteriyalar
asosida tayyorlangan biopreparatlardan foydalanish keng qo‗llanilib, bu metodlar kovrak
plantatsiyalarining samaradorligini oshirish, o‗simliklarning unuvchanligi va yashovchanligini
oshirish, kam muddatda smola olish kabi muammolarning yechimi bo‗lishi mumkin.[7]
Quyida bu metodlarning afzallik jihatlarini keltirib o‗tamiz.
In vitro sharoitida yetishtirilganda quyidagi afzalliklarga erishish mumkin:
- genetik bir xil ekish materiallar olish;
- meristema kulturasidan foydalanishi orqali o‗smliklarni virusdan holi qilish;
- ko‗paytirishning yuqori koeffitsenti (10
5
-10
6
–o‗tli, gulli o‗simliklar uchun, 10
4
–10
5
–
butasimon daraxtlar uchun, ninabarglilar uchun 10
4
);
- selektsion jarayonni davomiyligini qisqarishi;
- o‗simliklarni yuvenil fazadan reproduktiv fazaga o‗tishni tezlashishi;
- an‘anaviy usullar bilan ko‗payishi qiyin bo‗lgan o‗simliklarni ko‗paytirish mumkinligi;
- butun yil mobaynida ish olib borishi mumkinligi, ekish materiallari o‗stirish uchun
maydonlarning tejamliligi.
- o‗stirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati[3].
Bioo‗g‗itlarning foydali jihatlari quyidagilardan iborat:
- Ekinlar hosildorligining o‗rtacha 20-37 foizga oshiradi;
- Tuproq tuzilishini yaxshilaydi;
- Mikrobial o‗g‗itlardan foydalanish tuproq zarrachalarining to‗planishiga ta‘sir qilish
orqali tuproq tuzilishini yaxshilaydi;
- Barglarning suv va turgor salohiyatini yaxshilaydi;
- Ildiz uzunligi va rivojlanishini oshiradi;
- ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga erishiladi;
- qurg‗oqchilik va ba‘zi tuproq kasalliklaridan himoya qilishni ta‗minlaydi
- tuproqni tabiiy o‗sish gormonlari, oqsillar, vitaminlar va minerallar bilan ta‘minlaydi;
- tuproq orqali yuqadigan patogenlarning tarqalishini oldini oladi[8].

280
Xulosa qilib aytganda, kovrak urug‗larning unuvchanligini yuqori emasligi,
ko‗chatlarning yillar davomida saqlanib qolish ko‗rsatkichlari kamayib borishi, smola ajralishi
uchun 5 yil muddat talab etilishi plantatsiyalar tashkil etishdagi muammolardan hisoblanadi.
In
vitro
sharoitida o‗stirish va bioo‗g‗itlardan foydalanish ekin maydonlaridan samarali
foydalanishga, o‗simlik unumdorligini oshirishga, smola ajralishi unumdorligini yuqori
bo‗lishiga hamda mahsulotni olish uchun talab qilinadigan vaqt va mablag‗larning tejab
qolinishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Avalboyev O.N. ―G‗arbiy Pomir – Oloy tizmasi
Ferula
L. turlarining bioekologiyasi
va ulardan oqilona foydalanish usullarini takomillashtirish‖ 03.00.05. Biologiya fanlari bo‗yicha
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Samarqand – 2022;
2.
Xalquziyeva M.A. ―Smola saqlovchi
Ferula tadshikorum
Pimenov va
Ferula foetida
(Bunge) Regel larning biomorfologik xususiyatlari va ulardan O‗zbekistonda plantatsiyalar
tashkil etish istiqbollari‖ 03.00.05. Biologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Guliston- 2022;
3.
Qurbonov I.Sh. Ergashev A. M.
O‗
simliklarni klonli mikroko‗paytirish usullari va uni qishloq
xo‗jaligiga tadbiq qilish
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 4-
сон;
4.
Raxmonkulov U., O.N. Avalboev.O‗zbekiston kovraklari (Biologiyasi, resurslari va
ulardan oqilona foydalanish). - T., 2016.128 – bet;
5.
https://russian.alibaba.com/product-detail/Galbanum-Essential-Oil-
anufacturer-INDIA-50038938879.html;
6. https://www.kavrak.live/;
7. LIU Yonghong, GUO Jianwei, LI Li, Mipeshwaree D ASEM, ZHANG Yongguang,
Osama A MOHAMAD, Nimaichand SALAM, LI Wenjun.
Endophytic bacteria associated with
endangered plant
Ferula sinkiangensis
K. M. Shen in an arid land: diversity and plant growth-
promoting traits;
8. BIOFERTILIZERS towards sustainable agricultural development 2015-1-BG01-
KA202-014258.
JIZZAX VILOYATIDA TARQALGAN DORIVOR OʻSIMLIKLAR
Nurullayeva Nozila Gayratovna,
Oʻralov Abdumannon Iskandarovich
OʻzMU Jizzax filiali KFU Farmatsiya yo ‗nalishi talabasi
OʻzMU Jizzax filiali Fakultetlararo kafedrasi katta o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Jizzax viloyati hududida tarqalgan dorivor
o`simliklar.Ularning tarkibi va dorivorlik xususiyati, inson uchun foydaliligi va xalq tabobatida
qo`llanilishi haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.
Kalit soʻzlar:
Zomin, Baxmal, Forish tumanlaridagi dorivor o`simliklar, zirk o`simligi,
dorivor limonoʻt, katta zubturum.
Hozirgi kunda Respublikamizda ro‗yxatda o‗tgan va biokimyoviy tarkibi o‗rganilgan 600
turga yaqin yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mavjuddir. Ularning aksariyati tog‗
o‗rmonlarida tarqalgan. Ushbu dorivor o‗simliklarning 230 turining xom-ashyosi farmatsevtika
sanoati ehtiyojlari uchun tayyorlanadi, ko‗pchiligi madaniylashtirilgan holda yetishtiriladi va
ularning xom-ashyosi asosida 254 xilga yaqin dorivor preparatlar tayyorlanadi [1,2,3].