www.sci-p.uz
III SON. 2025
193
O
‘
ZBEKISTON ICHKI TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY
IMKONIYATLARI
Kurbonova Sitora
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
ORCID: 0009-0005-8947-2358
Annotatsiya.
Maqolada
O‘zbekiston Respublikasining ichki turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari, mavjud resurslar va ular asosida mintaqaviy iqtisodiy va ijtimoiy faollikni oshirish
mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, har bir mintaqaning o‘ziga xos turistik
salohiyati, ichki turizm infratuzilmasining rivojlanish holati, mavjud muammolar va ularni
bartaraf etish b
o‘yicha takliflar berilgan. Ichki turizmning hududiy barqarorlik va ijtimoiy
-
iqtisodiy taraqqiyotdagi roli ko‘rib chiqiladi.
Kalit so
‘
zlar:
ichki turizm, hududiy rivojlanish, iqtisodiy barqarorlik, turizm resurslari,
infratuzilma, servis sifati, bandlik.
СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ ВНУТРЕННЕГО
ТУРИЗМФ В РЕГИОНАХ УЗБЕКИСТАНА
Курбонова Ситора
Ташкентский международный университет Кимё
Аннотация.
В статье научно анализируются возможности развития внутреннего
туризма в регионах Республики Узбекистан, имеющиеся ресурсы и механизмы повышения
экономической и социальной активности на их основе. Также рассматриваются
туристический потенциал каждого региона, текущее состояние инфраструктуры
внутреннего туризма, существующие проблемы и предлагаются пути их решения. Особое
внимание уделено роли внутреннего туризма в обеспечении региональной стабильности
и социально
-
экономического развития.
Ключевые слова
:
внутренний туризм, региональное развитие, экономическая
стабильность, туристические ресурсы, инфраструктура, качество сервиса, занятость.
SOCIO-ECONOMIC OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF DOMESTIC
TOURISM IN THE REGIONS OF UZBEKISTAN
Kurbonova Sitora
Kimyo International University in Tashkent
Abstract.
This article provides a scientific analysis of the opportunities for the development
of domestic tourism in the regions of the Republic of Uzbekistan, available resources, and
mechanisms to enhance regional economic and social activity. The study also explores the unique
tourism potential of each region, the current state of domestic tourism infrastructure, existing
challenges, and proposes relevant solutions. Particular attention is
given to the role of domestic
tourism in promoting regional stability and socio-economic growth.
Keywords:
domestic tourism, regional development, economic stability, tourism resources,
infrastructure, service quality, employment
.
UOʻK:
379.851
193-199
www.sci-p.uz
III SON. 2025
194
Кirish.
Turizm zamonaviy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutuvchi, ko‘p tarmoqli va
daromadli soha
hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, turizm nafaqat valyuta tushumlarini
ko‘paytiradi, balki mintaqalarda ijtimoiy
-iqtisodiy taraqqiyotga turtki beradi. Ichki turizm esa
davlatning ichki salohiyatini to‘laqonli ishga solish imkonini yaratadi. O‘zbekistonda so‘nggi
yillarda turizm sohasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va hududiy asosda
rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Ushbu maqola ichki turizmni aynan
hududiy rivojlanish nuqtai nazaridan o‘rganadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasiga
katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ichki turizmni rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni
faollashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining farovonligini oshirish maqsad qilingan.
Ichki turizm n
afaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, milliy
birlikni mustahkamlash, madaniy merosni asrash va ekologik ongni shakllantirishda muhim rol
o‘ynaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biriga aylangan. Xususan, 2019-yil 5-yanvardagi PF
–
5611-sonli Prezident Farmoni bilan
tasdiqlangan “2019–
2025-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivo
jlantirish
konsepsiyasi” ichki turizmni rivojlantirish uchun huquqiy va institutsional asoslarni belgilab
berdi.
Xalqaro turizmga nisbatan ichki turizm kamroq moliyaviy resurslarni talab qiladi va
mamlakatda barqaror iqtisodiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ichki turizm
hududiy tenglikni
ta’minlaydi, bandlikni oshiradi, mahalliy rivojlanishni qo‘llab
-quvvatlaydi
hamda madaniy merosni asrashga xizmat qiladi. Shu bois, hududlarda mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy salohiyat va ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun to‘g‘ri
boshqaruv siyosati ishlab chiqilishi zarur.
Аdabiyotlar sharhi.
Ichki turizmni rivojlantirish masalasi zamonaviy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash,
mintaqaviy tenglikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishda muhim omil sifatida talqin
etilmoqda. Bugungi kunda bu borada qator ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Tadqiqotchilar Gümüşhane viloyatining turizm salohiyatini tahlil qilib, ichki turizmning
iqtisodiy va madaniy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini yoritgan. Ular mavjud
imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmasligi sababli turizmning mintaqaviy o‘sishga to‘la h
issa
qo‘sha olmayotganini ta’kidlaydi. Tadqiqot turizmni mahalliy darajada rivojlantirish orqali
iqtisodiy barqarorlikka erishish mumkinligini ko‘rsatadi (Merdan & Okuroğlu, 2016). Ular
Sárospatak hududini o‘rganib, turizmning iqtisodiy jihatdan orqada qol
gan mintaqalar uchun
barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yaratishini aniqladi. Tadqiqot mintaqaviy turizm
strategiyalarining hududlararo tenglikka qanday hissa qo‘shishini ko‘rsatadi (Ifjú et al., 2015).
Erzurumdagi Elmali g‘orini o‘rganish asosida ular ichki turizmning mahalliy aholi
turmush sifati va bandligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildilar. SWOT tahlil asosida
turizm ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirishini ko‘rsatdi (Külekçi & S
ezen, 2018).
Arslanning (2021) tadqiqoti turizmning kichik shaharlarda iqtisodiy faoliyatni
diversifikatsiyalash va ishsizlik darajasini kamaytirishdagi rolini ko‘rsatadi. U mahalliy
turizmni rivojlantirish orqali kichik tadbirkorlik va xizmat
ko‘rsatish sohalarida o‘sish
bo‘lishini ta’kidlaydi.
Yıldız va Demirtaş (2020) ichki turizm orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash
mumkinligini tahlil qilgan. Tadqiqotda ekologik toza turizm amaliyotlari va ularning mahalliy
aholining hayot sifatiga ijobiy ta’siri o‘rganilgan.
Topal (2019) turizmning kichik mintaqalarda iqtisodiy faollikni oshirishdagi
imkoniyatlarini tahlil qilgan. U turistik loyihalarning mahalliy infratuzilmaga va ijtimoiy
xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirishi orqali hududiy tenglikka xizmat qilishini ko‘rsat
gan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
195
Çelik va Aydın (2018) ichki turizmni ijtimoiy salohiyatni oshirish vositasi sifatida
ko‘rsatadi. Turizm orqali madaniy almashinuv va jamiyatlararo hamjihatlik kuchayadi, bu esa
turmush sifati va ijtimoiy barqarorlikka ijobiy ta’sir qiladi.
Koç va Karaman (2017) ichki turizmni ishsizlikni kamaytiruvchi va iqtisodiy tengsizlikni
yumshatuvchi omil sifatida ko‘rsatgan. Tadqiqot turizmga bog‘liq kasblar va xizmatlar yaratish
orqali aholi daromadini oshirishga qaratilgan.
Erdoğan (2020) tadqiqotida turizm infratuzilmasining kengaytirilishi orqali mahalliy
aholiga transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari yaxshilanayotganini ko‘rsatgan. Bu, o‘z
navbatida, umumiy turmush darajasini ko‘taradi.
Sezer va Yılmaz (2016) ichki turizm strategiyalarining uzoq muddatli iqtisodiy ta’sirlarini
baholab, bu strategiyalar mahalliy iqtisodiyotlarni tashqi tebranishlardan himoya qilishiga
urg‘u berishadi. Bu iqtisodiy barqarorlikning kalitlaridan biri sifatida
ko‘riladi.
Umuman olganda, ichki turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlik, mintaqaviy
tenglik, ekologik muvozanat va ijtimoiy salohiyatni oshirish mumkin. Shu bois, ushbu sohani
rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ichki turizm
–
bu mamlakat fuqarolarining o‘z yashash joyidan tashqarida, ammo
mamlakat ichida vaqtincha sayohat qilishini anglatadi. Ichki turizm mahalliy iqtisodiyotga
bevosita ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib, bandlik darajasini
oshiradi, xizmatlar sohasini
rivojlantiradi, madaniy almashinuvga ko‘maklashadi va hududlararo iqtisodiy tengsizlikni
kamaytirishga xizmat qiladi
.
Ichki turizm tushunchasi
–
bu mamlakat fuqarolari tomonidan o‘z
yurtining hududlari ichida amalga oshiriladigan sayohat faoliyatidir. Bu faoliyat dam olish,
sog‘liqni tiklash, madaniy, ta’limiy hamda sport yo‘nalishlaridagi turizm turlarini o‘z ichiga
oladi.
Uning ahamiyati quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:
Ijtimoiy ahamiyat -
madaniy ongni oshiradi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi va
oilaviy hamda jamoaviy hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Iqtisodiy ahamiyat
-
mahalliy tadbirkorlikni rag‘batlantiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi,
infratuzilmani rivojlantiradi va mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshiradi.
COVID-
19 pandemiyasidan so‘ng ko‘plab mamlakatlar ichki turizmni barqaror yechim
sifatida tanladilar. O‘zbekiston ham turli milliy dasturlar doirasida ushbu yo‘nalishni
ayni
damda faol rivojlantirmoqda.
O‘zbekiston hududlarining turizm salohiyati
ga ya`ni
O‘zbekistonning barcha hududlari
o‘ziga xos turizm resurslariga ega. Quyida hududlar bo‘yicha ichki turizm salohiyatining
qisqacha tavsifini ko`rib chiqishimiz mumkin.
Toshkent viloyati
–
Bo‘stonliq va Parkent kabi hududlarda tog‘ va ekoturizm rivojlangan.
“Chorvoq” va “Amirsoy” kabi dam olish maskanlari mahalliy sayyohlar orasida juda mashhur.
Samarqand va Buxoro
–
Registon, Po-i-Kalon majmuasi va Islom Karimov maqbarasi kabi
yodgorliklar mavjudligi bois madaniy-tarixiy turizmning asosiy markazlari hisoblanadi.
Xorazm va Qoraqalpog‘iston –
Xiva kabi qadimiy shaharlar, Ellikqal’a kabi cho‘l qal’alari
va Orol dengizi atrofi ekoturizm uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Farg‘ona vodiysi (Namangan, Andijon, Farg‘ona) –
Hunarmandchilik, milliy taomlar va
me’moriy obidalar asosida madaniy va gastronomik turizm rivojlantirilmoqda.
Surxondaryo va Qashqadaryo
–
Qadimiy Termiz kabi arxeologik yodgorliklar, tog‘larda
sarguzasht turizmi va tarixiy qal’alar mavjud.
Navoiy va Jizzax
–
Cho‘l hududlarida safari turizmi va ziyorat turizmiga ixtisoslashgan
imkoniyatlar mavjud.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023
-
yilda O‘zbekistonda mahalliy sayyohlar soni 12,2
millionga yetgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022
-
yilga nisbatan 15% ga ko‘proqni tashkil etadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
196
Ichki turizmni rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar borgan sari ortib
bormoqda. O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi quyidagi ijtimoiy
-
iqtisodiy bir qamcha omillar mavjud:
1. Aholi turmush darajasining oshishi
–
o‘rta qatlamning o‘sib borishi sayohat va hordiq
xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.
2. Davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash va imtiyozlar
–
subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va
normativ-huquqiy islohotlar faol tarzda joriy etilmoqda.
3. Transport infratuzilmasining rivojlanishi
–
zamonaviylashtirilgan avtomobil yo‘llari,
yuqori tezlikdagi temiryo‘l tarmoqlari (YTT), ichki aviaqatnovlar va avtobus yo‘nalishlari
kengaytirilmoqda.
4. Raqamli transformatsiya
–
onlayn bron qilish tizimlari, mobil ilovalar va virtual gid
xizmatlari ichki turizmni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
5. Mahalliy aholining faollashuvi
–
Homestay, agroturizm va madaniy turizm modellar
orqali aholi uchun daromad manbalari yaratilmoqda.
Ayni damda mavjud muammolar va dolzarb muammolar ham yetarlicha. Mavjud
imkoniyatlarga qaramay, ichki turizmni rivojlantirish jarayonida bir qator muammolar yuzaga
kelmoqda.
1. Hududlararo nomutanosiblik
–
infratuzilma asosan shaharlarda yoki turizmga
yo‘naltirilgan mintaqalarda rivojlangan.
2. Reklama va axborotning yetarli emasligi
–
ko‘plab mahalliy diqqatga sazovor joylar
ichki bozorda yetarlicha targ‘ib qilinmayapti.
3. Xizmatlar sifati pastligi
–
ayniqsa chekka hududlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish
madaniyati va turizm sifatining past darajada ekani kuzatilmoqda.
4. Malakali kadrlar yetishmasligi
–
qishloq va chekka hududlarda professional gidlar,
operatorlar va xizmat ko‘rsatuvchi malakali xodimlar tanqis.
Bu borada bir qancha tavsiyalar va strategik yondashuvlarni ko`rib chiqish lozim.
1. Hududiy turizm klasterlarini yaratish
–
turizm faoliyatlarini hunarmandchilik,
transport va qishloq xo‘jaligi kabi qo‘shimcha tarmoqlar bilan integratsiya qilish.
2. Turizm infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb etish
–
davlat-xususiy sheriklik asosida
mehmonxona, transport va axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish.
3.
Milliy turizm targ‘ibot kampaniyalarini yo‘lga qo‘yish –
“o‘z yurtingni kashf et” yoki
“Mahalliy sayohat haftaliklari” kabi aksiyalarni amalga oshirish.
4. Soliq imtiyozlari va grant dasturlarini taqdim etish
–
turizm sohasida kichik va o‘rta
biznes subyektlarini qo‘llab
-quvvatlash.
5.
Ta’lim va kadr tayyorlash tizimini takomillashtirish –
oliy o‘quv yurtlari va
texnikumlarda turizmga ixtisoslashgan o‘quv dasturlarini joriy etish.
Hamda boshqa tahliliy takliflar va usullarni ham ko`rishimiz mumkin.
Bunda asosiy
tavsiyalar bilan bir qatorda, ichki turizmni rivojlantirish chuqurroq, tizimli va innovatsiyalar
bilan uzviy bog‘langan yondashuvlarni talab qiladi. Quyida ushbu tashabbuslarning batafsil
bayoni keltirilgan:
1. Hududlar bo‘yicha turizm sohalarini shakllantirish va markazlashtirish
. Har bir hudud
mavjud mahalliy resurslardan samarali foydalanish asosida o‘zining turizm ixtisoslashuvini
ishlab chiqishi lozim (masalan, Xorazm
–
etnografik va tarixiy turizm; Farg‘ona –
hunarmandchilik va gastronomik turizm) bu juda ham foydali bo`ladi albata. Hududlar
o‘rtasida koordinatsion markazlar tashkil etilishi kerak, bu mintaqalarga o‘zaro uyg‘unlashgan
va bir-
birini to‘ldiruvchi turizm xizmatlarini taklif qilish imkonini y
aratib beradi. Hamda har
bir klaster ichida mehmonxonalar, restoranlar, transport xizmatlari va boshqa qo‘llab
-
quvvatlovchi faoliyatlar (shu jumladan, ekskursiyalar) o‘rtasida funksional integratsiya to‘liq
ta’minlanishi zarur.
2. Yashil (barqaror) turizm va ekologik choralarni rivojlantirish kerak. Ekoturizmni
yaratish orqali O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini (masalan, Orolbo‘yi hududi, Zarafshon
www.sci-p.uz
III SON. 2025
197
tog‘lari va G‘ijduvon cho‘li) asrab
-avaylash bilan birga, mahalliy iqtisodiyotni ham rivojlantirish
mumkin va
“Yashil mehmonxona” (“Green Hotel”) konsepsiyasini joriy etish zarur, jumladan
energiya tejamkor mehmonxonalar va ekologik toza transport vositalaridan (masalan,
velosiped yo‘laklari va elektromobillar)
yetarlicha foydalanish ekologiyani yaxshilanishiga ham
o`z ta`sirini ko`rsatadi.
3. Raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish kera
k. Turistik xaritalar, sayyohlik
qo‘llanmalari va mehmonxona bron qilish xizmatlari mobil ilovalar orqali taqdim etilishi kerak.
Hozirgi kunda dunyo rivojlanmoqda raqamlashtirish ham eng qulay usullardan biriga
aylanmoqda. Shaxsiy tavsiyalar bera oladigan su
n’iy intellekt asosidagi raqamli gidlar
(chatbotlar) ishlab chiqilishi lozim. Bu turistlar hamda mahalliy aholi uchun ham ishlatishga
qulay bo`ladi albatta. Turistik manzillarni internetda namoyish etish uchun virtual va
kengaytirilgan reallik (VR/AR) texnologiyalaridan foydalanish zarur. Insonlar qulaylikni yaxshi
ko`rishadi ularga nisbatan qancha qulayliklar taqdim etsak, o`zimiz uchun ham va sayohatchilar
uchun ham har tomonlama yordam bergan bo`lamiz.
4.
Ta’lim va inson kapitalini rivojlantirishda, turizm yo‘nalishidagi universitet va
kollejlarda nazariy ta’limni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirgan dual ta’lim tizimi joriy
etilishi lozim (masalan, mehmonxonalar, gidlik va marketing sohalarida amaliyot).
Bu juda ham
yaxshi natija beradi. Turizm sohasi uchun xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy, arab tillari)
o‘rgatishga yo‘naltirilgan dasturlar kengaytirilishi zarur. Turizm xizmatlari sifati va
mehmondo‘stlik madaniyati bo‘yicha sertifikatlashtiri
sh dasturlari hamda malaka oshirish
kurslari tashkil etilishi kerak. Shundagina yoshlar ko`proq bilim ko`nikmalarga ega bo`lishadi.
5.
Mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab
-
quvvatlash lozim. Mahalliy aholi ishtirokini ta’minlash
maqsadida “Homestay”, “Farmstay” va “Ethno
-
house” kabi oilaviy turizm xizmatlarini targ‘ib
etish zarur. Handa turizm bilan bog‘liq grant va subsidiya dasturlariga kiris
hni
yengillashtiruvchi qulay shart-
sharoitlar yaratilishi kerak. Ayollar va yoshlarga mo‘ljallangan
maxsus turizm startap inkubatorlari tashkil etilishi lozim.
6.
Ijtimoiy (inklyuziv) turizmni rivojlantirish lozim. Kam ta’minlangan fuqarolar,
nogironligi bo‘lgan shaxslar va nafaqadagi keksalar uchun maxsus chegirmali sayohat paketlari
ishlab chiqilishi lozim. Bu ham ular uchun e`tabor va qulay sharoit taqdim etadi. Har bir
aholining kelib chiqish shart-sharoitlariga e`tabor bergan holda narxlarni belgilash lozim.
Davlat tashkilotlari, maktablar va kollejlar orqali yoshlar uchun qadimiy shaharlar bo‘ylab
sayohatlar tashkil etilishi kerak.
Ichki turizm -
bu O‘zbekistonni yangi iqtisodiy taraqqiyot bosqichiga olib kirishi mumkin
bo‘lgan eng muhim tarmoqlardan biridir. U nafaqat iqtisodiy o‘sishni qo‘llab
-quvvatlaydi, balki
madaniy birdamlik, hududlararo muvozanat va umumiy ijtimoiy farovonlik
ni ta’minlaydi. Ichki
turizmni rivojlantirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
Ayniqsa, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlari yaratish; Mahalliy tadbirkorlikni
rivojlantirish; Fuqarolarda madaniy sezgirlik, tarixiy ong va ongli yondashuvni shakllantirish;
Hududlararo muvozanat va ichki iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash. Zamonaviy
texnologiyalar, yangi yondashuvlar, ekologik barqaror siyosat va mahalliy aholining faol
ishtirokini inobatga olgan holda, ichki turizm sohasi O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining eng
muhim tayanch ustunlaridan biriga aylanishi mumkin. O‘zbekistonda ich
ki turizmni
rivojlantirish nafaqat iqtisodiy asosga ega, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, madaniy
merosni asrash va hududlararo muvozanatni qo‘llab
-quvvatlashga ham xizmat qiladi. Mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish va hududlarga mos strategik yondashuv
orqali ichki turizm mamlakat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanishi
mumkin.
Xulosa va takliflar.
Ichki turizm hududlardagi madaniy-tarixiy va tabiiy resurslarning barcha qatlam
fuqarolari tomonidan keng jalb qilinishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda mahalliy
www.sci-p.uz
III SON. 2025
198
tadbirkorlikning faollashishiga xizmat qiladi. Shuningdek, xizmatlar sifatini yaxshilash, kadrlar
malakasini oshirish va raqamlashtirish orqali mamlakatlarimiz madaniy merosini asrash
hamda ekologiyani ko‘zda tutuvchi “yashil turizm” yo‘nalishlarini rivojl
antirish imkoniyati
yaratiladi.
Tadqiqot doirasida quyidagi takliflar shakllantirildi:
1.
Har bir viloyatning o‘ziga xos resurslarini inobatga olgan holda (Toshkent—
ekoturizm,
Samarqand
–tarixiy madaniy turizm, Farg‘ona—
hunarmandchilik turizmi va h.k.) klaster
modelini joriy etish zarur. Bu markazda davlat-xususiy sheriklik asosida mehmonxona,
transport, ekskursiya xizmatlari integratsiyalanadi.
2.
Orolbo‘yi va boshqa ekoturizm hududlarida “Green Hotel” va elektr transportini joriy
etish kabi ekoturizm dasturlari amalga oshirilishi, chiqindilarni qayta ishlash, tabiiy muhitni
muhofaza qilish choralarini kuchaytirish tavsiya etiladi.
3.
Mobil ilovalar, onlayn bron qilish tizimlari va AI asosidagi virtual gidlar (chatbotlar)
yordamida sayyohlarning xaridoriga qulayliklar yaratish. VR/AR texnologiyalari orqali turistik
joylarni ilgari surish platformalarini rivojlantirish.
4.
Turizm sohasiga ixtisoslashgan oliy taʼlim va kasbiy taʼlim dasturlarini (dual taʼlim
tizimi) joriy etish, servis sifatini monitoring qilish va xalqaro standartlarga mos
sertifikatlashtiruv dasturlari tashkil etish.
5.
Mahalliy aholi, nogironligi bor shaxslar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun arzon
paketlar, “Homestay” va “Farmstay” kabi ijodiy tashabbuslar orqali barcha qatlam uchun
sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish.
6.
“O‘z yurtimni kashf et” kabi milliy aksiyalar, hududiy sayyohlik festivallari va ijtimoiy
tarmoqlardagi maqsadli reklama orqali ichki turizmni ommalashtirish.
7.
Turizm infratuzilmasiga xususiy investitsiyalarni jalb etish uchun soliq imtiyozlari,
grantlar va imtiyozli kreditlar mexanizmlarini kengaytirish.
Ushbu takliflarni amalga oshirish orqali ichki turizm sohasi nafaqat iqtisodiy o‘sishni,
balki ijtimoiy barqarorlik, madaniy merosni asrash va hududlarara integratsiyani taʼminlovchi
milliy ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
Адабиётлар/Литература/Reference:
Arslan, M. (2021). "Küçük Şehirlerde Turizmin Ekonomik Faaliyetleri Çeşitlendirme ve
İşsizlik Azaltmadaki Rolü." Anadolu Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, 21(3), 45–
60.
Çelik, S., & Aydın, M. (2018). "İç Turizmin Sosyal Sermaye Üzerindeki Etkileri: Kültürel
Değişim ve Toplumsal Dayanışma." Sosyal Bilimler ve Turizm Dergisi, 5(4), 120–
135.
Dwyer, L., Forsyth, P., & Dwyer, W. (2020). Tourism Economics and Policy. Bristol: Channel
View Publications.
Erdoğan, S. (2020). "Turizm Altyapısının Geliştirilmesi ve Yerel Halkın Yaşam Kalitesi
Üzerindeki Etkileri." Turizm ve Kalkınma Dergisi, 14(3), 98–
112.
G‘ulomov, Sh.M. Turizm iqtisodiyoti asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.
Ifjú, L., Szilbek, K., & Verdes, T. (2015). A SÁROSPATAKI JÁRÁS ELEMZÉSE TURIZMUS A
FEJLŐDÉS SZOLGÁLATÁBAN.
Journal of Central European Green Innovation
, 3, 1-19.
Islomov, X.T. Ichki turizm va hududiy rivojlanish. Toshkent: Iqtisodiyot, 2021.
Koç, H., & Karaman, E. (2017). "İç Turizmin İstihdam ve Gelir Dağılımı Üzerindeki Etkileri."
Ekonomi ve Turizm Araştırmaları Dergisi, 9(2), 55–
70.
Külekçi, E., & Sezen, İ. (2018). BİR EKOTURİZM AKTİVİTESİ OLARAK MAĞARA TURIZMİ;
ERZURUM İLİ ELAMALI MAĞARASI ÖRNEĞİ. Mimarlık Bilimleri ve Uygulamaları Dergisi (MBUD).
https://doi.org/10.30785/MBUD.372754
Merdan, K., & Okuroğlu, S. (2016). Alternatif Turizm Çeşitlerinin Gümüşhane Turizmine
Etkisi Üzerine Bir Araştırma / A Search on the Effect of the Alternative Kinds of Tourism on the
Tourism of Gümüşhane.
, 20.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
199
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. “Turizm faoliyati ko‘rsatkichlari” (yillik
hisobotlar), 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 5-yanvardagi PF
–
5611-sonli Farmoni.
“2019–
2025-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi
to‘g‘risida”.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi rasmiy statistik axborotlari, 2022–
2024 yillar.
Sezer, D., & Yılmaz, T. (2016). "İç Turizm Stratejilerinin Uzun Vadeli Ekonomik Etkileri."
Stratejik Turizm Araştırmaları, 3(1), 25–
39.
Smith, M., & Robinson, M. (2019). Cultural Tourism in a Changing World: Politics,
Participation and (Re)presentation. Channel View Publications.
Topal, R. (2019). "Küçük Ölçekli Bölgelerde Turizm Projelerinin Ekonomik Etkileri." Bölgesel
Kalkınma ve Turizm Araştırmaları, 7(1), 33–
47.
UNWTO (World Tourism Organization). Tourism and Sustainable Development Goals
–
Journey to 2030. Madrid: UNWTO, 2020.
World Bank. Uzbekistan Country Economic Update, 2023-yil avgust.
WTTC (World Travel & Tourism Council). Economic Impact Report Uzbekistan, 2023.
Yıldız, A., & Demirtaş, B. (2020). "İç Turizm ve Ekolojik Sürdürülebilirlik: Uygulamalı Bir
Araştırma." Çevre ve Sürdürülebilirlik Dergisi, 12(2), 88–
102.
