Широкая пропаганда здорового образа жизни и дальнейшее развитие массового спорта

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
3-5
5
3
Поделиться
Эгамов, Д., & Рахманов, Е. (2021). Широкая пропаганда здорового образа жизни и дальнейшее развитие массового спорта. in Library, 21(2), 3–5. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/16205
Дурёд Эгамов, Узбекский государственный университет физической культуры и спорта

Эгамов Дурёд- преподаватель кафедры теории и методики физической культуры и спорта, независимый соискатель Узбекского  государственного университета физической культуры и спорта (PhD 13.00.04 -  по специальности теория и методика физической культуры и спортивной тренировки)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данный тезис направлен на формирование здорового образа жизни в нашем обществе, создание современных условий для регулярного занятия массовыми видами спорта, особенно подрастающего поколения, укрепление уверенности в воле, силе и возможностях молодежи через спортивные преданность Родине. разработка, а также талантливых спортсменов среди молодежи и соревнования, отвагу и патриотизм, систематическая организация отбора актуалные проблемы увеличения срока действия методики, направленной на далнейшее развитие физической културы и массового спорта.

Похожие статьи


background image

3

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI KENG TARG‘IB QILISH VA OMMAVIY SPORTNI

YANADA RIVOJLANTIRISH

Dotsent: Raxmanov E.T.

Egamov D.Y., magistrant

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Chirchiq, O‘zbekiston.

Duryot

Egamov@gmail.com.

Аннотация:

Данный тезис направлен на формирование здорового образа жизни в

нашем обществе, создание современных условий для регулярного занятия массовыми видами
спорта, особенно подрастающего поколения, укрепление уверенности в воле, силе и

возможностях

молодежи

через

спортивные

преданность Родине. разработка, а также
талантливых спортсменов среди молодежи и

соревнования, отвагу и патриотизм,

систематическая организация отбора
актуалные проблемы увеличения срока

действия методики, направленной на далнейшее развитие физической културы и массового
спорта.

Ключевые слова:

здоровый образ жизни, массовый спорт, тренировка, гигиеническая,

спортивная минутка

.

Mavzuning dolzarbligi.

O‘zbekistonda yoshlarni jismonan baquvvat va barkamol bo‘lib

yetishishda, bugungi kundagi dunyoda yuz berayotgan kasalliklarga qarshi kurashish, ularni
vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularda tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat
tuyg

usini shakllantirish, vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi hamda harbiy xizmatni o‘tashga

tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xislatlarni shakllantirishda ota-onalarning o‘rni
katta bo‘lib, oilada zamin yaratiladi. Yuqorida keltirilib o‘tgan vazifalarni bajarishimizda albatta
namuna

shakli bizga katta ijobiy tomonga o‘sishimizga yordam beradi. Chunki biz ota-onalar

farzandlarini

doimo

jismoniy

mehnat

bilan

shug‘ullanishiga, sport mashg‘ulotlariga

qatnashishlariga rioya qilishlarini nazorat qilib turishimiz kerak bo‘ladi. Qush uyasida koʻrganini
qiladi deganidek, bizning loqaytligimiz sababli ularni zararli odatlar va keraksiz mashg‘ulotlar bilan
shug‘ulanishlanib yurishlariga sababchi bo‘lamiz. Demak sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib
qilish orqali yuqoridagi

masalalar o’zining yechimini topadi hamda ommaviy sportni yanada

rivojlantirishga xizmat qilgani holda mavzumizning dolzarbligini asoslab beradi.

Mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada

rivojlantirish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH.Mirziyoyevning 2020 yil 30 oktyabrdagi, PQ-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq

etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul

qilinishi ushbu masalaning davlat ahamiyatiga molik ekanligini ko‘rsatib beradi. Ushbu qarorning 3

bandida yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini

ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan
boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so‘mdan ajiratilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport

bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan
2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 milliard so‘mdan mablag‘lar
ajratiladi. O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va
undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3
ming so‘mdan tushurilib berilishi.

Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-iyunga qadar yurish, yugurish, mini-futbol, velosport,

badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish,
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishga jalb qilish, “Sog‘lom ayol - buyuk kelajak” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan, xotin-
qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan
ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash
to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tilgan.


background image

4

Tadqiqotning maqsadi.

Mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda

ommaviy sportni yanada rivojlantirish.

Tadqiqotning vazifalari.

Tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib quyidagi

vazifalarni

hal etildi;
-

maktablarimiz va oliy ta’lim muassasalarda ommaviy sportning rivojlanishida mavjud

muammolarni aniqlash;
-

maktab o`quvchilarining sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, maktab faoliyati, uning o`quv-

tarbiyaviy jarayonidan tashqari, ota-onalarga va mahalla faollariga tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning

uslublari.

Tadqiqot

jarayonida,

pedagogik

kuzativ nazariy tahlil

va

umumlashtirish hamda matematik - statistik uslublardan foydalanildi.

Tadqiqotning muhokamasi.

Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalari darslar

oralig‘ida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin
2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish,
mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘quvchilar hamda talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko‘rsatkichlari

(yugurish, otish, sakrash, tortilish va h.k)ni baholash mezonlarini ishlab chiqish, “Kundalik” reyting
daftariga alohida sahifa kiritish hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini ta’minlash
ham o‘z navbatida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada
rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega.

Respublikamizda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʻrtasida

sogʻlom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy
reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatimizning xalqaro sport
maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi
tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional
mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalariga sport
zaxirasini tayyorlash, oʻquvchi va talabalarni sport mashgʻulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan
sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish maqsalalarini hal etadi.

Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila

hayotidagi muhim ahamiyatiini, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib
qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z
qobilyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan
iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida
muhim va dolzarb vazifalarni hal etish muhim masalalardan sanaladi.

Mamlakatimizda qabul-qilinayotgan maqsadli qaror va dasturlar doirasida belgilangan chora-

tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini
yanada kuchaytirish, aholining barcha qatlami orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
yoshlarga o‘z qobilyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni
yaratish orqali ularni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish, qolaversa,
nufuzli

xalqaro

maydonlarda

vatanimiz

bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur

sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.

Ammo hozirgi davrda maktablarimiz va oliy ta’lim muassasalarda ommaviy sportning

shakllanishida bir qancha muammolar mavjud ular quyidagilar;

- kompyuter o‘yinlari;
- telefonlar;
- internetdagi keraksiz malumotlar;
- telegram,instagram,tik-tok kabilar;
- gipodinamiya;
- ommaviy sport haqida bilimlarga ega bo‘lmaslik;
- mustaqil shug‘ulanuvchilarni kamligi;
- oiladagi muhit;


background image

5

- zararli odatlar;
Bugungi kunda ulkan axborot oqimlari mavjud bo‘lgan hozirgi jamiyatimizda yosh

avlodlarimizning qanday inson bo‘lib yetishishlari albatta oiladagi tarbiya va maktabdagi o‘qitish
jarayonlari hamda maxalladagi jarayonlar ham bog‘liq.

Maktab o`quvchilarining sog‘lig‘ini saqlash maqsadida maktab faoliyati, uning o`quv-

tarbiyaviy jarayonidantashqari, ota-onalarga va mahalla faollariga quyidagi tavsiyalarni joriy qilish
maqsadga muvofiqdir:

-jismoniy tarbiya darslaridan tashqari mashg’ulotlarni mustaqil ravishda bajarish;
- ota-onalar bo’sh vaqtlarida haftalik mustaqil jismoniy daqiqalar tashkil etish;
- o‘z vaqtida aqliy yuklamani jismoniy yuklamaga almashtirish;
- gigienik talablarga javob beradigan holda faoliyatlarni almashtarib turishi;
- mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanish;
- oilada pasiv dam olishni ko‘proq aktiv dam olishga almashtirish;

-

mahallada va guzarlar oldida joylashgan sport maydonchalarida sport doskasini yaratish kabi

ishlar amalga oshirilsa hamda doimiy nazorat qilinsa kutilgan samaradorlikka erishish mumkin.

Xulosa.

Mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni

yanada rivojlantirishda, maktablarimiz va oliy ta’lim muassasalarida ommaviy sportning
rivojlanishida mavjud muammolarni hal etishda, maktab o`quvchilarining sog‘lig‘ini saqlash
maqsadida, maktab faoliyati, uning o`quv-tarbiyaviy jarayonidan tashqari, ota-onalarga va mahalla
faollariga tavsiyalar berish hamda ushbu jarayonni doimiy nazorat qilish maqsadga muvofiq.
Umuman olganda ushbu jarayon ko‘p omilli xususiyatga ega bo‘lib, soha mutaxassislari va aholidan
xususan yoshlardan esa doimiy ma’suliyatli bo’lishlari yaxshi natijalariga erishishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyun, PQ-3031-sonli

“Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirliri to‘g‘risida” qarori.
2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 24 yanvardagi PF - 5924 sonli

“Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish
chora - tadbirlari to'gʻrisida”gi farmoni.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 30 oktabrdagi, PQ-6099-

sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ОСНОВЫ ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ

Саидов Иззатилло Истамович, к.п.н.

Махмуд Мухамедович Тураев,

Бухарский государственный университет,

Annovatsiya:

Ushbu maqola sog'liqni saqlash bilan bog'liq jismoniy madaniyat asoslarini

ochib beradi. Sog'liqni saqlash bilan bog'liq jismoniy madaniyatning pedagogik jarayonidagi asosiy
usul. Dam olish mashqlari va mashg'ulotlari, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini takomillashtirish
yoshlar uchun sog'lom turmush tarzini yaxshilash va ta'minlash bo'yicha individual mashg'ulotlar
uchun zarur shart hisoblanadi, bu insonning ehtiyojlari va dam olishini qondirishning asosiy omili
hisoblanadi.

Kalit so 'zlar:

Jismoniy madaniyat, sog'lomlashtirish jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlar,

tarbiyaviy funksiya, tarbiyaviy funksiya, rekreatsiya funktsiyasi.

«Оздоровительная физическая культура» — производная от обобщенного понятия

«физическая культура». Оздоровительная физкультура использует все формы, средства и
методы физкультуры, которые обеспечивают укрепление и сохранение здоровья, формируют
оптимальный фон для жизнедеятельности человека. Задачей оздоровительной физической

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyun, PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirliri to‘g‘risida” qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 24 yanvardagi PF - 5924 sonli “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora - tadbirlari to'gʻrisida”gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 30 oktabrdagi, PQ-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов