
39
B
ugun yurtimiz mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida integrallashib
borar ekan, yoshlarimizning o‘z ona tilini qadrlagan holda chet tillarini bilishi
muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz Prezidenti rahnamoligida navqiron
avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, yoshlarimizni zamonaviy bilim
salohiyati, intellektini oshirish, yuksaltirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
faol o‘zlashtirishi, zamonaviy kasb-hunarlarni hamda xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi
ularning yetarlicha bilim olishlari uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida
yurtimizning barcha sohalarida bir qancha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Bugungi kunda birgina chet tili bilan bog‘liq sohalarda yoshlarimiz ana shunday
ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanmoqdalar. Xususan, ta’lim tizimining barcha
bosqichlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yuz minglab
o‘g‘il-qizlarimiz muayyan mutaxassislik bo‘yicha yurtimizdagi barcha ta’lim muassa-
salari va boshqa mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarining filiallarida ta’lim olish bilan birga
xorijiy tillarni puxta o‘rganib kelmoqdalar.
Dastlab bu borada umumta’lim tizimiga to‘x-
talsak. Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’limning asosiy qadami bo‘libgina qolmay,
balki faol, ijodkor va ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi ilk pog‘ona hamdir.
Maqolada umumta’lim muassasalarida rus tili darslarini tashkil etishda interfaol usullar-
ning mazmun-mohiyati hamda dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish haqida fikr yuri
-
tilgan. Shuningdek, bolalar tomonidan mavzularni samarali o‘zlashtirilishiga ta’siri asoslangan.
Kalit so‘zlar.
Mantiqiy fikrlash, interfaol o‘yinlar, rivojlantirish, didaktik o‘yinlar, faollik.
В статье рассматриваются сущность интерактивных методов преподавания уроков
русского языка в общеобразовательных учреждениях и использование дидактических
игр на уроке. Это также основано на влиянии, которое дети оказывают на эффективное
изучение предметов.
Ключевые слова
. Логическое мышление, интерактивные игры, разработка, дидак
-
тические игры, активность.
The article discusses the essence of interactive methods of teaching Russian language
lessons in educational institutions and the use of didactic games in the classroom. It is also
based on the influence that children have on effective study of subjects.
Key words
. Logical thinking, interactive games, development, didactic games, activity.
Nilufar QAHOROVA,
Qo‘qon Davlat pedagogika
instituti o‘qtuvchisi
UMUMTA’LIM MUASSASALARINING RUS
TILI DARSLARIDA INTERFAOL VA DIDAKTIK
USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya

40
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2019. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Yuqorida aytilganidek, ta’lim tizimida til asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Shun-
day ekan, xorijiy tillarni bolalikdan o‘rganishning ahamiyati juda katta.
Bolalikda miya va xotira kuchi yuqori bo‘lishi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan.
Bu davrda qabul qilingan ma’lumotlar toshga o‘yilgan naqsh kabi xotirada bir umrga
muhrlanib qoladi. Bola o‘z ona tilini, taxminan, ikki yoshdan boshlab ongli ravishda bila
boshlaydi. Unda til va tafakkurning rivojlanishi birgalikda kechadi. To‘rt yoshdan o‘n
yoshgacha bo‘lgan oraliqdagi bolalarda xorijiy tilni o‘rganish ko‘nikmasini hosil qilish
mumkin. Asosiysi, xorijiy tilni erta o‘rganishning talablariga amal qilish kerak. Kichik
yoshlilarga xorijiy tilni o‘rgatishda asosiy ma’suliyat o‘qituvchi zimmasiga tushadi ham-
da alohida e’tibor va mas’uliyatni talab etadi. Yozish va o‘qishni bola boshlang‘ich sinf-
ning dastlabki yillarida, ona tilidagi savodxonlik darajasiga erishgandan so‘ng sekinlik
bilan o‘rganib boradi.
Umuman olganda, til o‘rganishning bosqichlari turlicha bo‘lib biz buni rus tili miso-
lida ko‘rib chiqish mumkin.
Rus tilida gapirish uch qismdan iborat nutqiy faoliyatdir. Dastavval gapirishga mo-
yillik bo‘ladii. So‘ngra til vositasida fikrni bayon etish ehtiyoji tug‘iladi. Nutqiy harakatni
bajarishga mayl paydo bo‘lsa, biror axborot yetkazish, savolga javob qaytarish yoki
nutqqa bog‘liq bo‘lmagan harakat (masalan, iltimos, buyruq va hokazo)ni bajarishga
kirishiladi. Gapirishning ushbu qismida aytish niyati hosil bo‘ladi. Gapirishni o‘rganish-
da sintagmatik aloqalarning ahamiyati katta bo‘lib, bunda so‘zning turli birikmalarda
qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Gapiruvchi xotirada tayyor turgan so‘zni yoki grammatik
birlikni tanlaydi, odatda ona tili hodisalari xotirada tayyor turadi.
Gapirishning uchinchi qismi ijro etish, fikrni bayon etish, talaffuz etish: ya’ni, tashqi
nutqda uni ifodalashdan iborat. Uchala qismga amal qilish nutq faoliyati turlarida ga-
pirishni yuzaga keltiradi. Fikrni og‘zaki bayon etishga o‘rgatish, muayyan fikrni yozma
bayoni o‘zgalar nutqini idrok etib fahmlash (tinglab va o‘qib tushunish) kabi nutq faoli-
yati turlari bilan uzviy bog‘langan holda tashkil etiladi.
Fikrni og‘zaki ikki shaklda, ya’ni bog‘lanma (monolog) nutq va suhbat tarzidagi (di-
alog) nutqda ifodalash mumkin. Rus tilida monolog va dialogni o‘rganish o‘quv dasturi-
ning asosiy talablaridandir. Monolog uchun to‘liq jumlalar va ularning nisbatan uzluksiz
tizimlarini qo‘llash ahamiyatli bo‘lsa, dialogda tayyor jumlalar ellips (qisqargan) gaplar
ko‘proq ishlatiladi. Rus tilida nutq faoliyati turlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari me-
todika asosida aniqlab beriladi. Gapirishda sifat ko‘rsatkichlari talaba nutqining mav-
zuga muvofiqligi va uni bayon etish mukammalligi, gapirganda – ijodiy yondashish; til
materialini to‘g‘ri qo‘llay bilishi asosiy omil hisoblanadi.
Shuningdek, til o‘rganishda interfaol usullar ham mavjud. Avvalambor, til o‘r-
gatishni boshlashdan oldin o‘quvchilarni shu millat madaniyati, urf-odati, tarixi bilan
yaqindan tanishtirib o‘tish kerak. Negaki, bu tilni nima uchun o‘rganayotganini tushunib
yetmagan o‘quvchi uchun asosiy maqsad o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Agar siz
o‘quvchingizda qiziqish va ishtiyoq tuyg‘usini uyg‘ota olsangiz, demak, birin chi qadam
tashlandi. Mexanizm ishga tushdi. Keyingi bosqichda esa belgilangan dastur asosida,
bir me’yorda va tizimli ravishda mashg‘ulotlar olib boriladi. Bu jarayon zerikarli bo‘lib
qolmasligi va yanada qiziq bo‘lishi uchun interfaol usullardan keng foydalanish maq-
sadga muvofiqdir. Quyida o‘rganuvchilarga psixologik jihatdan ijobiy ta’sir etadigan bir
nechta interfaol usullar haqida fikr yuritamiz.
Eng avvalo, ishni dars xonasida kichkinagina o‘sha millat ruhini berib turuvchi
muhit yaratishdan boshlash kerak. Buning uchun xona jihozlarinining holatini g‘ayriod-

41
diy ko‘rinishlarda o‘zgartirish, turli shior va o‘rganuvchilar uchun qiziq bo‘lgan suratlar
yopishtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida erkin muloqotni yo‘lga qo‘yib olish kerak.
Dars jarayonida faqat o‘rganilayotgan tilda so‘zlashish samaradorlikni yanada
osh irishga xizmat qiladi. Agar kimki bu qoidani buzsa, o‘sha o‘quvchi “jazolanadi”.
Ya’ni qo‘shimcha dars tayyorlaydi, qo‘shiq aytib beradi, qolganlarga sovg‘a ulashadi
va hokozo. Dars mobaynida yaxshi qatnashgan, o‘zlashtirishi yuqori o‘quvchilar esa
rag‘batlantirilishi kerak. Misol uchun, o‘qish uchun to‘lanadigan mablag‘larga chegirma
berish yoki ma’lum fursat butunlay ozod etish, biror narsa sovg‘a qilish, kino va teatr-
larga bilet berish. Bu usul ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni uyushtirishga xizmat qiladi.
Raqobat bor joyda esa o‘sish bo‘ladi.
Yana bir qiziqarli usullardan bir “o‘rgimchak to‘ri”dir. Buning uchun o‘quvchilar do-
ira shaklida tik turgan holatda bo‘lishlari shart. O‘qituvchi savol beradi. Javob bergan
o‘rganuvchi kalavaning uchidan ushlagan holatda uni boshqa bir sherigiga uloqtiradi
va savol beradi. U ham javobi yakunlangach ipdan ushlaydi. Kalavani esa boshqaga
uzatadi. Shu tariqa turli shakldagi o‘rgimchak to‘ri hosil bo‘ladi.
Interfaol usul o‘qituvchi bilan o‘quvchining darsda teng, ayrim o‘rinlarda o‘quvchi-
ning o‘qituvchidan ham faolroq ishtirok etishini taqozo etadi. Ammo rus tili darslarida
ko‘p holatlarda o‘qituvchi qanchalik urinmasin, qanchalik tajribali, bilimdon bo‘lmasin,
hozirda an’anaviy ta’lim usullaridan farqli o‘laroq, ayrim hollarda interfaol usul qo‘llan-
gan dars kutilgan samarani bermaydi. Buning sabablari quyidagicha deb o‘ylaymiz.
Birinchidan, o‘quvchi jonli suhbatga kirishish uchun yetarli lug‘aviy boylikka ega
bo‘lmaydi. O‘quvchi muloqotga kira olganda ham o‘zining xatolari ustida ishlashga im-
koniyati bo‘lmaydi, shuning uchun uning nutqida o‘sish bo‘lmaydi. Ba’zida, o‘quvchilar
so‘z boyligining nihoyatda kamligi uchun og‘zaki nutq mashqlarini bajarishda qiyin-
chiliklarga duch keladi. Odatda akademik guruhdagi o‘quvchilarning bilim darajasi har
xil bo‘ladi. Tilni yaxshi bilgan o‘quvchilar gapirganda tilni yaxshi bilmagan o‘quvchilar
ularni tushunmaydi va ular gapirganda yaxshiroq bilgan o‘quvchilar gap nima xususida
ketayotganini tushunmaydi. Til o‘qitishning interfaol usullari qo‘llanilganda turli qiyin-
chiliklar yuzaga kelishi mumkin. O‘qituvchi ularni bartaraf etishga tayyor turishi lozim.
Buning uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
O‘quvchi nutqini o‘stirish uchun uni ko‘p gapirtirish kerak. Buning uchun esa mav-
zuli va mavzusiz suhbatlardan keng foydalanish samaralidir. O‘qituvchi o‘quvchi nutqi-
ni rag‘batlantirib, yo‘l qo‘ygan xatolarini gaplar orasida talaffuz qilganda to‘g‘irlashi
mumkin. O‘qituvchi til o‘rgatishda o‘quvchining psixologiyasini bilishi va uni o‘rganishi
zarur. Chunki bir xil vaziyatda o‘quvchilar tomonidan turli reaksiya bo‘lishi mumkin:
kimdir xatosini to‘g‘rilanishini oddiy narsa deb qabul qiladi, uni to‘g‘irlaydi va muloqotga
tezda kirishib ketadi; boshqasi esa, aksincha to‘xtab qoladi. Ayrim o‘quvchilarda verbal
informatsiyani idrok qilish sustroq bo‘ladi. Ular bir marta eshitganini, ona tilida aytilgan
bo‘lsa ham, tushunishga qiynaladi, yoki o‘ziga ishonchining kamligi tufayli, eshitgan
informatsiyaning rostligiga shubha qiladi. Bunday o‘quvchilarni faol suhbatga jalb etish
qiyin kechadi. Ular bilan soddaroq turdagi mashqlarni yakka tartibda yoki guruhda ba-
jarish, bilim darajasi o‘zi bilan teng yoki pastroq guruxda shug‘ullanishi yuqoridagi kabi
“ruhiy noto‘liqlik” hissiyotini tark etib, muloqotlarda tortinmay, qo‘rqmay ishtirok etish-
lariga erishiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik o‘quv jarayoni-
ning samaradorligini oshirishi tabiiy holdir, shuning uchun akademik guruhlarda ijodiy
muhitni yaratish foydali.
Shuningdek, maktab muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada

42
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2019. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
tash kil etish o‘quvchilarga ta’limning keyingi bosqichlarida qiynalmasdan davom etti-
rishga imkoniyatlar yaratadi.
Ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy shartlardan yana biri – bolalarning rus
tiliga ijobiy munosabatini rag‘batlantirish va turli ta’lim vositalaridan foydalanish hisob-
lanadi. Bu vositalar ichida pedagogik texnologiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblan-
gan didaktik o‘yinlar asosiy o‘rin tutadi. Xususan, dars samaradorligini ta’minlashda
ta’lim vositalaridan foydalanish, darslarda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga
xizmat qiluvchi va texnologik xarakterdagi didaktik o‘yinlarning imkoniyatlari beqiyos-
dir. Rus tili darslarida o‘rganilayotgan mavzu mazmuniga moslab tashkil etiladigan di-
daktik o‘yinlar bolalarni mustaqil fikrlashga undaydi, til o‘rganishga qiziqishini uyg‘ota
-
di. O‘qishga qiziqish esa bilimlarni puxta o‘zlashtirish garovidir. Rus tilini o‘rgatish maz-
muni umumta’lim muassasalarida juda qisqa va oson so‘zlardan, jumlalardan boshla-
nadi. Mazmunni tushunishni o‘rgatish sodda, qulay va zarur ko‘rgazmalilik asosida olib
boriladi. Mana shu yo‘l bilan bolalarning so‘z boyligi kengayib, chuqurlashib va o‘sib
borishi ta’minlanadi. Ayrim mutaxassislar rus tilini ham xuddi ona tilidek, ya’ni og‘zaki
nutq o‘qish va yozishdan oldin o‘rgatilishi kerak degan fikriga qo‘shilib, bu masalani bir
-
muncha boshqacharok talqin qiladi. U bola gapira boshlashdan avval kattalar nutqini
eshita borib passiv ravishda material to‘plashini nazarda tutib rus tilni o‘qitishda repro-
duktiv ish formasidan oldin retseptiv ish formalari amalga oshirilishi, ya’ni gapirishdan
oldin tinglash, yozishdan oldin esa o‘qish kerak, degan xulosa chiqaradi. U o‘z nuqtayi
nazarini qiyinchiliklarni hisobga olish va og‘zaki nutq yozma nutqdan farq qilganidek,
bir ko‘nikmani boshqasidan sinchiklab ajratish prinsiplari bilan mustahkamlaydi.
Bolalarda rus tiliga kuchli qiziqish uyg‘otish maqsadida, turli ko‘ngilochar o‘yinlar,
qiziqarli topishmoqlar, she’rlar, qo‘shiqlar, dialogli suhbatlar ishlatilishi zarur. Bunda
bolalar soni 5-8 tadan 10-12 tagacha bo‘lishi talab etiladi. Muallifning dasturi doirasida
4-5 daqiqa davomida tanaffus e’lon qilinib, qo‘shiq kuylash, raqsga tushish majburiy
hisoblanadi. Natijada, zavq bilan kuylagan qo‘shiqlar va aytilgan she’rlar bolalar xoti-
rasiga singib, rus tilida so‘zlashish ko‘nikmasi shakllantirilib, leksik va fonetik jihatdan
mustahkamlanadi.
Bundan tashqari, rus tilida ishlangan video taqdimotlar orqali bolalar ruslar mada-
niyati bilan yaqindan tanishishga va ertak qahramonlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot-
ga kirishishga muvaffaq bo‘ladilar. Ikki yilga mo‘ljallangan ushbu dastur umumta’lim
muassasasi o‘qituvchilari uchun rus tilini o‘rgatishda zamonaviy va ilg‘or pedagogik
texnologiyalarga asoslangan namunaviy o‘quv qo‘llanmadir.
Shunday ekan, mamlakatimiz maktab o‘quvchilariga ham shu kabi o‘quv dasturini
kompyuter texnologiyalari asosida yaratish o‘quv mashg‘ulotini yanada samarali nati-
jalarga erishishga ko‘mak bo‘ladi. Bunda biz milliy ertaklarimiz qahramonlaridan foy-
dalanib, rus tilida zamonaviy didaktik o‘yin dasturlarini tashkillashtirish bolalarning so‘z
boyligini oshirishda yordam beradi. Chunonchi, boshqa ko‘pgina o‘quv fanlari qatori,
rus tili fanini o‘qitishda ham bevosita kompyuter texnikasidan foydalanishga ehtiyoj
seziladi. Respublikamizda rus tili fanini o‘qitishda kompyuter texnologiyasi vositasidan
foydalanish bolalarning rus tilida bilim samaradorligini yanada oshirishda yordam be-
radi, ayni paytda, ularga kompyuterni yaxshi o‘zlashtirishda ham ko‘maklashadi. Rus
tili darsini didaktik o‘yinlar orqali tashkil etish va o‘tkazish metodikasiga oid tadqiqotlar-
da uning bir necha bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi. Ayrim tadqiqotchilar o‘yinlarni tashkil
etishda quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatiladi:
● tayyorgarlik;

43
● tashkiliy;
● o‘yin harakatlari;
● yakuniy.
Bu bosqichlar o‘z xususiyatlari, o‘yinga sarflangan vaqt, bolalarning mustaqilligi
va tarbiyachi faoliyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Umuman olganda, kichik yoshdagi bolalarning chet tilidagi muloqot kompetensi-
yalari darajasiga qo‘yilgan talablar va didaktik yondashuvlarda umumiylik mavjud. Bu
umumiylik chet tillarni o‘rganishga yordam beradigan zamonaviy sharoitlarning yara-
tilganligi, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ko‘plab darsliklar nashr etilganligi,
shuningdek, chet tilini axborot-kommunikativ texnologiyalar yordamida o‘rgatadigan
zamonaviy dasturlardan keng foydalanilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkuki, chet tillarni o‘qitishdan maqsad turli ma-
daniyat va ko‘ptillilikni o‘zida aks ettirgan zamonaviy jamiyat hayotida bolalarning har
tomonlama va faol ishtiroklarini taminlash uchun ulardagi til kompetensiyalarini rivoj-
lantirishdir. Chet tilini o‘rgatishdan umumiy maqsad – o‘quvchilarda madaniyatlara
-
ro muloqot qilish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, chet tilini boshlang‘ich
maktabdan o‘rgatish ularda shu qobiliyatni kelgusida shakllantirish uchun mustahkam
asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, chet tili o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’lim peda-
gogikasi va chet tilini o‘qitish metodikasiga oid chuqur bilimga ega bo‘lishlari va o‘z
malakalarini litsey yoki universitetlarda oshirib borishlari lozim. Faqat shundagina kuti-
layotgan natijaga, ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Z.Sh. Jurayeva., M.M. Abdulxayeva. Til bilmoq – dunyoni anglamoq, degani //
Молодой ученый. – 2016.
2. Sh. Oqqo‘ziyev. Xorijiy tilni o‘rganishda interfaol usullarning o‘rni // Uch ildiz. –
2017.
3. D. Tojiboyeva. Kichik maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o‘qitishning o‘ziga
xos xususiyatlari//journal.fledu.uz.
4. N.M. Karimov.
Rus tili fanidan nutqiy faoliyatini o‘stirishda og‘zaki mashqlarning
ahamiyati // http://fikr.uz
.
5. M. Voxidov. Bolalar psixologiyasi –T.: O‘qituvchi, 1981 – 366 b.
__________________
Tahririyat:
Bugungi globallashuv davrida chet tillarini o‘rganish muhim ahami-
yat kasb etmoqda. Shu naqtayi nazardan ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlarning rus
tilini o‘zlashtrilishida interfaol usullardan foydalanish atroflicha yoritilgan va tavsiyalar
berilgan. Shuningdek, muallif bergan tavsiyalar o‘qituvchilar tomonidan amaliyotda
foydalanilsa, albatta, o‘z samarasni beradi.