Лингвокультурная характеристика тонимов в английском и узбекском языках

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
216-219
4

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ахмедов O., & Мирсаидова N. (2024). Лингвокультурная характеристика тонимов в английском и узбекском языках. in Library, 1(1), 216–219. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/53881
О Ахмедов, Узбекский государственный университет мировых языков
Проф., доктор филологических наук (DSc)
Н Мирсаидова, Ташкентский государственный университет востоковедения
Магистр лингвистики (английский).
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются лиигвокультурные особенности английских и узбекских топонимов, их употребление и использование в качестве названий.


background image

Fundamental Aspects of Improving Teaching Foreign Languages in The Epoch of

Modern Globalization

216

VOLUME 2 (SPIC 2) FEBRUARY 8, 2024

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA JOY NOMLARINING

LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

O.S. Ahmedov

1

, N.M. Mirsaidova

2

1. prof., filologiya fanlari doktori (DSc)O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekistan

2. Lingvistika (ingliz tili) magistranti, Oriental Universiteti, Toshkent, O‘zbekistan

Аннотация.

В данной статье рассматриваются лингвокультурные особенности

английских и узбекских топонимов, их употребление и использование в качестве названий.

Ключевые слова: языкознание, топонимика, особенности, слова, словосочетания,

исторические события, топонимика, словарь, язык, имена.

Abstract.

This article discusses the linguistic and cultural characteristics of English and

Uzbek place names, their use, and their use as names.

Keywords: linguoculture, place names, peculiarities, words, phrases, historical events,

toponymy, dictionary, language, names.

Аnnotatsiya.

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi joy nomlarining

lingvokulturologik xususiyatlari, qo‘llanishi va nom sifatidaberilishi haqida fikr yuritiladi.

Кalit so‘zlar: lingvokulturologiya, joy nomlarining, xususiyat, so‘zlar, iboralar, tarixiy

voqealar, toponimika, lug‘at, til, nomlar.

Bizga ma’lumki, leksikologiyada joy nomlarini ifodalovchi so‘z va iboralar

til lug‘atini tashkil etuvchi boshqa leksik birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyat
ba’zi tarixiy voqealar, bir qancha tarixiy shaxslar va tabiiy qonuniyatlarning
toponimikaning paydo bo‘lishiga tasiri bilan bog‘liqdir. Fanda toponimik joy
nomlarining ana shu xususiyatlarini o‘rganish va aniqlash lingvistik jihatdan
tekshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, XIX asrga kelib dunyoda toponimikaga qiziqish

kuchaygan. Shu jarayonda toponimikaga oid asarlar paydo bo‘ldi, geografik joy
nomlarini o‘rganadigan maxsus komissiyalar tashkil etildi. Toponimika dastlan
Yevropada paydo bo‘lib keyinchalik boshqa xududlarda ham shakllandi. Natijada,
toponimik joy nomlarini o‘rganishga oid tadqiqotlar ko‘paydi. Bunday
harakatlarning barchasida qadimdan mavjud toponimik joy nomlarining atalish
ma’nosini o‘rganish va keng xalq ommasiga taqdim etishdan iborat. Bugungi kunda
ham toponimik joy nomlariga bo‘lgan qiziqishsusaygani yo‘q.

O‘zbekistonda mavjud joy nomlarini o‘rganishda H. Hasanov, T. Nafasov, Z.

Do‘simov, N. Oxunovlarning xizmatlari katta. Ular toponimika fanining va
geografik atamashunosligining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini
qo‘shishgan. Bulardan tashqari, pespublikada joy nomlarining kelib chiqish tarixini,
millat, qabila, elat nomlarining atalish tarixini, shuningdek, geografiyaga oid
atamalarni ilmiy tahlil etishda Ya. G‘ulomov, R. Nabiyev, A. Muhammadjonov, F.
Abdullayev, S. Ibrohimov kabi olimlarning ham munosib mehnatlari bor.
O‘zbekistonda birinchi toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan olimlardan H.


background image

Fundamental Aspects of Improving Teaching Foreign Languages in The

Epoch of Modern Globalization

VOLUME 2 (SPIC 2) FEBRUARY 8, 2024

217

Zarifov, etnograflardan H. Hasanov, S. Qorayevlarning ishlari ham amaliy
ahamiyatga egadir.

Ismlarni lingvistik jihatdan o‘rganish, ularning o‘ziga xos tomonlarini

tavsiflash, nom sifatida belgilash, xususiyatlarini tahlil etish har bir til uchun katta
ahamiyatga ega. Tahlil jarayoni shuni ko‘rsatadiki, joy nomlarini ifodalovchi so‘z
va iboralar til lug‘atini tashkil etuvchi boshqatil hodisalaridan tubdan farq qiladi. Bu
xususiyat ba’zi tarixiy voqealar, bir qancha tarixiy shaxslar va tabiiy
qonuniyatlarning toponimikaning paydo bo‘lishiga ta’siri bilan bog‘liqekanligi
yaqqol ko‘rinadi.

Leksik birliklarni o‘rganishga nisbatan toponimik joy nomlarining berilish

jihatini tahlil etish ham so‘z mohiyatini, ham joy nomining etimologiyasini bilish
imkonini beradi. Chunki har bir toponimik joy nomlarining kelib chiqish tarixi
mavjud. Bularni o‘rganish va tahlil etish tilshunoslikning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Biroq lug‘atdagi oddiy so‘zlardan ko‘ra joy nomlarini ifodalovchi
so‘zlarni aniqlash, izohlash ancha qiyin va ko‘p mehnat talab etadigan jarayondir.
Chunki bu tilda lug‘at so‘zi kundalik foydalanish uchun ishlatiladi. Biroq, joy
nomlaridan foydalanish oddiy so‘zlarga qaraganda ancha cheklangan va ular
ma’lum bir xududda yashovchi odamlar nutqida qo‘llaniladi. Joy nomlari tilning
tarixiy leksikasiga mansub bo‘lganligi sababli bunday so‘zlarni tahlil etish ba’zi bir
tushunmovchiliklargaham olib kelishi mumkin. Bunday leksemalarni faqat
etimologik tahlil orqaligina aniqlash mumkin bo‘ladi.

Joy nomlarini lingvistik tahlil etishdagi qiyinchiliklarning asl sababi ba’zi

toponimik so‘zlarning jargon va shevalarga mansubligidir. Ularning tuzilishi, ifoda
mazmuni etnografik xususiyatga mosligi, xalq tomonidan nomlanishi va kelib
chiqish manbaini o‘rganmasdan turib tilning fonetik, morfologik, leksik sathlarida
tahlil etib bo‘lmaydi.

Shuning uchun ham fanda joy nomlarining xarakterli xususiyatlaridan kelib

chiqqan holda ularni ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi:

1. Tarixiy joy nomlar;
2. Hozirgi joy nomlari.
Tarixiy joy nomlari. Bunday joy nomlar qadimdan (ma’lum bir davrda)

qo‘llanilgan va bugungi kungacha ham hech qanday o‘zgarishlarsiz yetib kelgan joy
nomlaridir. Bunday joy nomlari bugungi kunda ham ishlatilib kelinmoqda. Masalan:
Samarqand tarixi bilan hamohang joy nomlari — Zarafshon, Dahbediy, Siyobcha,
Ko‘ksaroy, Bog‘i Temur, Bog‘ishamol, Bog‘ichinor kabi nomlar yoki tarixiy
shaxslar bilan bog‘liq Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abu Rayhon Beruniy, Al-
Buxoriy, Al-Farobiy, Ali Qushchi, Abu Abdullo Rudakiy, degan nomlar avvalambor
o‘zining aniq tarixiy maʼnosi bilan ajralib turadi.


background image

Fundamental Aspects of Improving Teaching Foreign Languages in The Epoch of

Modern Globalization

218

VOLUME 2 (SPIC 2) FEBRUARY 8, 2024

Hozirgi joy nomlari. Bunday joy nomlari bugungi kunda keng xalq ommasi

(ya’ni shu joy nomi qo‘llaniladigan xudud) uchun ma’lum bo‘lgan nomlardir.
Bunday joy nomlarini fanda xarakterli belgilariga asosan quyidagi turlarga bo‘lib
tahlil etilgan:

1. Bunday joy nomlari yangi va ijtimoiy progressiv ma’nolarni ifodalaydi.
2. Joy nomlarini ifodalovchi so‘z va iboralarning yasalishi hozirgi zamonda

so‘zlarning shakllanishiga to‘g‘ri keladi.

3. Toponimlarning tarkibiy qismini etimologik jihatdan ham morfologik

jihatdan ham aniqlash va tahlil qilish mumkin.

4. Yangi toponimning so‘zi va elementi hozirgi til leksikasida faol

qo‘llanishga ega.

Fanda toponomik so‘zlar genetik jihatdan bir necha til elementlaridan

iboratligi izohlab o‘tilgan. Bunday xususiyatni shimoliy o‘zbek shevalari toponimik
jiy nomlari tahlilida ham ko‘rishimiz mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, joy nomlarini lingvistik jihatdan o‘rganish eng

qiyin usullardan biri hisoblanadi. Bu tahlil jarayonida tilning morfologik, sintaktik,
orfografik, orfoepik va leksik-semantik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi va
alohida tahlil etiladi.

Joy nomlarini morfologik jihatdan tahlil qilishda ularning tuzilishiga ko‘proq

e’tibor beriladi. Morfologik tuzilish so‘zlarning yasalishidir. Har bir so‘zning o‘ziga
xos shakli va tuzilishi mavjud. Toponimik joy nomlarining morfologik tomonini
tahlil etish boshqa tahlillarning aniqligini ta’minlaydi. Har bir so ‘z tuzilishining o
‘ziga xos tomonlarini bilish imkoniyati yuzaga chiqadi. Joy nomlariga xos
soʻzlarning maʼno belgilarini belgilashda strukturaviy elementlar muhim oʻrin
tutadi, chunki leksik va grammatik maʼnolar soʻzning mazmunini ifodalaydi.

Ba’zi o‘zgargan so‘zlarning haqiqiy semantikasi ularning tarkibiy

elementlarining ma’nosini aniqlash orqali aniqlanadi. Strukturaviy elementlarni
tahlil qilish so‘zlarning haqiqiy etimologiyasini yaratishga, ularning har qanday til
yoki dialektga munosabatini aniqlashga yordam beradi. Masalan: Navobod,
Qizilobod, Nizomobod, Richmond, Nav, qizil, sharq, boy va obod, yogʻoch, mond
tarkibida tuzilish elementlari mavjud. Bu unsurlar fors-tajik tilining lug‘aviy
elementi sifatida qaraladi: nav (forscha) – yangi, nizom (arabcha) – o‘lchov, obod
(fors) – aholi yashaydigan joy ma’nosini bildiradi.

Xulosa

sifatida shuni aytish mumkinki, joy nomlarini lingvistik jihatdan

o‘rganish eng qiyin usullardan biridir. Bunda tilning morfologik, sintaktik,
orfografik, orfoepik va leksik-semantik xususiyatlariga alohida e’tibor berilishi
shart.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


background image

Fundamental Aspects of Improving Teaching Foreign Languages in The

Epoch of Modern Globalization

VOLUME 2 (SPIC 2) FEBRUARY 8, 2024

219

1. Madrahimov Z. Tarixiy toponimika. – T., 2017.
2. Lug‘at. O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati. – T., 2022.
3.G‘ulomov P., Mirakmalov M T. Toponimika va geografik terminologiya.
4.Xasanov X. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. – T: Fan, 1965.
5.Xasanov X. Geografik nomlar siri. – T.: O‘zbekiston, 1985.
6. Helen K. Birlashgan Millatlar Tashkilotining geografik nomlarni

standartlashtirishdagi

roli.

Ma’ruza

matnlari,

jild.

1,

Enschede,

Niderlandiya/Frankfurt am Mayn. – G., 2002 yil 10-24 avgust. – 91-102 b.

7. Djurayev D.U. Geografik atamalarning ko‘p tilli elektron lug‘atini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi toponimik nomlarini standartlashtirish uchun, South
Asian Journal of Marketing & Management Research (SAJMMR), jild. 12, 1-2-son,
2022.

Библиографические ссылки

Madrahimov Z. Tarixiy toponimika. -T., 2017.

Lug‘at. O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati. - T., 2022.

G‘ulomov P., Mirakmalov M T. Toponimika va geografik terminologiya.

Xasanov X. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T: Fan, 1965.

Xasanov X. Geografik nomlar siri. - T.: O‘zbekiston, 1985.

Helen K. Birlashgan Millatlar Tashkilotining geografik nomlami standartlashtirishdagi roli. Ma’ruza matnlari, jild. 1, Enschede, Nidcrlandiya/Frankfurt am Mayn. - G., 2002 yil 10-24 avgust. - 91-102 b.

Djurayev D.U. Geografik atamalarning ko‘p tilli elektron lug‘atini yaratish. O‘zbekiston Respublikasi toponimik nomlarini standartlashtirish uchun, South Asian Journal of Marketing & Management Research (SAJMMR), jild. 12, 1-2-son, 2022.