№4 | 2024
58
UDK. 618.1-007-056.7 (075.8)
Xalilova K. O.
O’zbekiston milliy universiteti
Toshkent, O'zbekiston
Abdurahmonova S. I.
Toshkent davlat stomatologiya instituti
Toshkent, O'zbekiston
Babayev S. G.
O’zbekiston milliy universiteti
Toshkent, O'zbekiston
HOMILADORLIKKA ERISHISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN EUPLOID EMBRIONLARNI KO'CHIRISHDA
GIALURON KISLOTALI MUHITDAN FOYDALANISHNING O`RNI (ADABIYOT TAHLILII)
For citation:
Xalilova K. O., Abdurahmonova S. I., Babayev S. G., The use of hyaluronic acid medium in euploid embryo transfer to improve the
efficiency of pregnancy achievement (literature review), Journal of Reproductive Health and Uro-Nephrology Research 2024, vol.5, issue 4, pp
https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.14729820
Халилова К. О.
Национальный университет Узбекистана
Ташкент, Узбекистан
Абдурахманова С. И.
Ташкентский государственный
стоматологический институт
Ташкент, Узбекистан
Бабаев С. Г.
Национальный университет Узбекистана
Ташкент, Узбекистан
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СРЕДЫ С ГИАЛУРОНОВОЙ КИСЛОТОЙ ПРИ ПЕРЕНОСЕ ЭУПЛОИДНЫХ ЭМБРИОНОВ С
ЦЕЛЬЮ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДОСТИЖЕНИЯ БЕРЕМЕННОСТИ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ)
Khalilova K. O.
National University of Uzbekistan
Tashkent, Uzbekistan
Abdurakhmanova S. I.
Tashkent State stomatological institute
Tashkent, Uzbekistan
Babaev S. G.
National University of Uzbekistan
Tashkent, Uzbekistan
THE USE OF HYALURONIC ACID MEDIUM IN EUPLOID EMBRYO TRANSFER TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF
PREGNANCY ACHIEVEMENT (LITERATURE REVIEW)
Mavzuning dolzarbligi. So'nggi o'n yilliklarda bepushtlikni
davolashda
yordamchi
reproduktiv
texnologiyalardan
(YRT)
foydalanish va bu usullarning rivojlanishi juda tez sur'atlarda kechyapti
va ginekologiyada reproduktiv sohaning ajralmas qismiga aylandi.
Agar YRT (EKU+ISU) protokollarining 30% hollarda ijobiy natija,
ya`ni
homiladorlik
bilan
tugasa,
reproduktiv
texnologiyalar
klinikasining ishi muvaffaqiyatli deb topilishi mumkin. Bunday
baholash butun jahon global statistikaga asoslangan bo`lib, unga asosan
YRT davolash chora tadbirlari zamonaviy uskunalardan foydalangan
holda, ishlab chiqilgan optimal standartlar va protokollarga muvofiq
amalga oshirilgan taqdirda ham 25-35 foizi hollardagina homiladorlikka
olib keladi. Homiladorlikni oldini oladigan patologiyalar qanchalik
murakkab bo'lsa, hamda protokol ishtirokchilarining yoshi qanchalik
yuqori bo'lsa, birinchi protokoldan homilador bo'lish ehtimoli
shunchalik past bo'ladi.
Ovulyatsiyani rag'batlantirishning yangi, samarador usullarini
ishlab chiqish [1, 2], urug'lantirish, embrionlarni yetishtirish [3] va
uning sifatini baholash [4-6], shuningdek, preimplantatsion genetik
№4 | 2024
59
texnologiyalarini [7-9] joriy etish nafaqat YRT dasturlarining
samaradorligini oshirishga, balki ularni bemorlar uchun yanada
qulayroq qilish imkonini berdi. Ko'pgina kultural muhitlar inson
embrionining rivojlanishini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan
bo`lsada, ammo bachadonga ko'chirishga yoki endometriy qavqti bilan
o'zaro ta'sir qilish (mos kelishi) uchun mo'ljallanmagan [8]. Yuqoridagi
muhokamalarga qaramasdan, YRT dasturlarining samaradorligi
bugungi kunda baribir nisbatan past bo'lib qolmoqda. Bugungi kunga
qadar bir nechta muvaffaqiyatsiz YRT urinishlarini boshidan o`tqazgan
bemorlarni keying dasturlarda olib boorish va boshqarish aniq taktikasi
ishlab chiqilmagan [2-4]. Afsuski, zamonaviy tadqiqotlar bu savolga
aniq javob bera olmaydi. YRT dasturidan keyin homiladorlikka
erishmaslik turli sabablarini aniqlagan ko'plab tadqiqotlar o'tkazilgan
bo`lsada, baribir YRT bemorlar uchun hali ham lotereya bo'lib qolib,
unda g'olib va yutqazganlar bor [5].
Yuqori sifatli genetic tekshirilgan sog`lom euploid embrion
implantatsiyasining muvaffaqiyatsiz bo'lishining bir qancha sabablari
bor. Ulardan biri embrion va endometriy qavati o'rtasida yopishqoq
asgeziv matritsa hosil bo'lishining yo'qligi [10].
Implantatsiya jarayoniga to`sqinlik qiluvchi boshqa bir qancha
sabablar ham bo'lishi mumkin:
* Endometriyning sifatining yomonligi. Embrionning endometriy
qavatiga muvaffaqiyatli implantatsiyasi uchun endometriyning
strukturaviy jihatdan normal tuzilishi va uning normal hajmi talab
qilinadi. Bachadon bo'shlig'idagi chandiqli jarayonlar, poliplar va
boshqa patologiyalar, endometriydagi sust kechuvchi yallig'lanish
jarayoni – ya`ni surunkali endometrit, adenomioz kabi kasalliklar
implantatsiya jarayoniga to'sqinlik qilishi mumkin.
* Bachadon fallopiy naylarida yallig'lanish jarayonlari. Naylardagi
yallig'lanish implantatsiya qilishi kerak bo`lgan embrionga toksik ta'sir
ko'rsatadi va homiladorlik sodir bo'lsa ham, odatda toksinlar ta'siri
ostida embrionning o'limi dastlabki bosqichlarda sodir bo'ladi.
* Genetik sabablar. Xromosoma anomaliyalari tuxum hujayraning
normal bo'linishiga to'sqinlik qiladi, bu esa bachadonda embrionning
rivojlanishini imkonsiz qiladi.
*
Gormonal
muvozanatning
buzilishi.
Bu
embrionning
implantatsiyaga va bachadon ichida rivojlanishiga to`sqinlik qiladi,
nihoyat embrion o'lishiga olib kelishi mumkin.
* Kech reproduktiv yoshdagi juftliklar. 40 yoshdan keyin ayolning
unumdorligi keskin pasayadi.
Yetishtiruvchi muhitlarga oqsil komponentlarini qo'shish YRT
dasturlarida inson embrionlarini yetishtirish uchun keng qo'llaniladi
[11]. Ko'pincha bu maqsadda inson qon zardobidagi (tozalangan yoki
rekombinant) albumin ishlatiladi, u ayollarning reproduktiv traktida
energiya manbai va vitaminlar, gormonlar va boshqa ba'zi omillar
ombori sifatida mavjud bo'lib, osmotik bosimni tartibga solishda
ishtirok etadi [1, 2]. Embrionni o'stirishda albumin qo'shilishi kultural
muhitlarning adgeziv xususiyatini oshiradi va embrionning muhit
joylashgan plastic idishga yopishishini oldini oladi, bu esa embrion
bilan ishlashni osonlashtiradi [1, 2]. Boshqa tomondan, embrionni
yetishtirishda albuminni oqsil manbai sifatida ishlatish bir qator
tashvishlarni keltirib chiqaradi, ularning asosiylari albuminning turli
partiyalari o'rtasidagi o'zgarish va virusli infektsiyalarni yuqtirish xavfi
bilan bog'liq [1-3]. Shu munosabat bilan bu muhitlarga nisbatan
alternativa sifatida boshqa makromolekulalarni izlash dolzarb
muamodir.
Ko'pgina kultural muhitlar inson embrionining rivojlanishini
optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan bo`lib, lekin bachadonda
ko'chirish va endometriy bilan o'zaro ta'sir qilish uchun
mo'ljallanmagan. Embryoglue innovatsion embrion ko'chirish muhiti
implantatsiyani stimulyatsiya qiluvchi omil – gialuron kislotasi va
rekombinant inson albuminini o'z ichiga oladi. EmbryoGlue muhitini
birinchi marta professor Devid Gardner va uning jamoasi tadqiqotlar
asosida ishlab chiqishgan Vitrolife muhitlarining G seriyasiga kiradi [5-
7].
G seriyasining madaniy-kultural muhitlari optimal ion tarkibiga
ega: seriyadagi barcha muhitlarning osmolyarligi va pH qiymati bir xil.
EmbryoGlue klinik amaliyotda 2003 yildan beri qo'llanilib kelinmoqda
va embrionlarni ko'chirish uchun eng optimal, isbotlangan va
hujjatlashtirilgan muhit hisoblanadi. Implantatsiya darajasi va tug'ilish
darajasining oshishi ham isbotlangan.
Rekombinant albuminning ahamiyati: inson rekombinant albumini
(RHA) HSA yoki boshqa oqsil qo'shimchalariga nisbatan bir nechta
afzalliklarga ega. Zardobdan ajratilgan inson albumini tabiatan
geterogen bo'lib, embrion rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan
moddalarni o'z ichiga olishi mumkin. Rekombinant albumin sintetik
ravishda ishlab chiqarilganligi sababli, u qon bilan bog'liq vositalarni
(masalan, gormonlar, prionlar) o'z ichiga olmaydi. Shuningdek,
rekombinant albumin yanada barqaror mahsulot bo'lib, partiyadan
partiyaga farqlar minimallashtiriladi [8-10]. Bundan tashqari, Lane va
hammualliflari sitrat va rekombinant inson albumin ishtirokida
o'stirilganda qoramollarda sezilarli darajada kengaygan blastotsistlar
hosil bo'lishini ko'rsatishgan. Ushbu blastotsistlar hujayra ichidagi
massa va trofektodermada ham sezilarli darajada ko'proq hujayralarga
ega edi. Ushbu madaniy muhitga gialuronan qo'shilishi blastotsist
rivojlanishining yanada yuqori ko'rsatkichlariga olib keldi. Bu RHA
bilan etishtirish va ko'chirish nafaqat xavfsizroq variant, balki samarali
ekanligini isbotlaydi.
Gialuron kislotasining o`rni.
Gialuron kislotasi tabiatan odatda tananing turli to'qimalarida
mavjud bo`lib, shu jumladan bachadon endometriy qavati
implantatsiyaga tayyor bo'lganda faol sintezlanadi. Gialuron kislotasi
endometriy bilan embrion o'rtasidagi bog'lovchi vositaga aylanib yelim
vazifasini bajaradi va embrionni bachadon devoriga ishonchli
mahkamlashni ta'minlaydi. Bu bachadon devori ishlab chiqaradigan
konsistentsiyaga yaqin bo'lgan yopishqoq suyuqlikdir. Mana shu tabiiy
sharoitda kechadigan jarayonga xos ravishda muhit tarkibidagi gialuron
kislotasi embrion va endometriy o'rtasidagi bog'lovchiga vositaga
aylanadi yelim vazifasini bajaradi, natijada embrion bachadon devoriga
ishonchli mahkamlashni ta'minlaydi. Gialuron moddasi miqdori yuqori
bo'lgan embrion ko'chirish muhitining muhim xususiyati uning yuqori
yopishqoqligidir.
Bu esa
embrionlarni
ko'chirish jarayonida
manipulyatsiya qilish va ularning keyingi siljishini kamaytirishga
imkon beradi.
Birinchilardan bo'lib 1999 yilda Gardner va hammualliflari
embrionlarning rivojlanishi va hayotiyligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan
makromolekulalarni o'rganishdi. Ular o`z tadqiqotlarida gialuron
kislotasi nafaqat embrion rivojlanishni qo'llab-quvvatlashini, balki
albumin bilan birgalikda embrion implantatsiyasini yaxshilashini
isbotlashdi. Embrionlarni ko`chirib o'tkazish uchun ishlatiladigan
muhitda gialuronanning mavjudligi davolanish muvaffaqiyatini sezilarli
darajada oshirishi aniqlandi. Gialuron kislotasi glikozaminoglikan va
embrion rivojlanishi va implantatsiyasining asosiy molekulasidir [7, 8,
9]. Bachadondagi gialuron kislotasi darajasi dinamik ravishda o'zgaradi
va implantatsiya kunida sezilarli darajada oshadi. Ushbu birikma g-
seriyali embrion madaniy muhitida mavjud bo'lsa-da, gialuron
kislotasini o'z ichiga olgan muhitda implantatsiya paytida bachadondagi
darajaga mos keladigan gialuron kislotasi kontsentratsiyasi yuqori
bo'ladi.
Tarkibida gialuron kislotasi tutgan vositalardan, ayniqsa, 35
yoshdan oshgan juftliklarda, embrionlar o'rtacha embriologik
baholangan, bir nechta muvaffaqiyatsiz YRT urinishlari bo'lgan,
takroriy spontan abortlar, embrion krio-ko`chirishlarda, shuningdek
bepushtlikning idiopatik holatlari bo`lgan bemorlarda ishlatish samarali
bo'ladi.
Implantatsiya darajasini yaxshilaydigan gialuron kislotasining bir
nechta ta'sir mexanizmlari mavjud. Gialuron kislotasi transfer muhiti va
bachadonning yopishqoq sekretsiyasi o'rtasida diffuziya jarayoniga
yordam berishi ko'rsatilgan. Shuningdek, gialuron kislotasi -
hujayralararo adgeziyaning muhim omilidir, bu uning yanada faol
ta'sirini ko'rsatadi. Aslida, gialuron kislotasi embrionda ham,
endometriy qavatida ham mavjud bo'lgan CD44 retseptorini bog'laydi.
Ushbu retseptor vositachiligidagi bog'lanish implantatsiya jarayonida
asosiy funktsiya sifatida hujjatlashtirilgan [4-7].
2010 va 2014 yillarda Cochrane hamjamiyati embrion ko'chirish
muhitida, ayniqsa gialuron kislotasida birikmalarning samaradorligini
ko'rsatadigan ikkita hisobotni e'lon qildi. 2010 yilgi hisobotda 16 ta
alohida nashr (3600 dan ortiq ko'chirish) ma'lumotlari to'plangan bo`lib,
ulardan 15 tasida gialuron kislotasi o'rganilgan. Mualliflar, embrion
№4 | 2024
60
ko`chirib
o`tkazish
muhitida
gialuron
kislotasining
yuqori
konsentratsiyasi mavjudligi aniq ijobiy ta'sir ko`rsatadi degan xulosaga
kelishdi. 2014 yilgi hisobotda 17 ta nashr (3800 dan ortiq ko'chirish)
ma'lumotlari to'plangan bo`lib, ulardan 16 tasida gialuron kislotasi
o'rganilgan. Barcha 16 ta tadqiqotda gialuron kislotasi bilan boyitilgan
muhitdan foydalanish farzand tug'ilishi darajasiga ijobiy ta'sir
ko`rsatgani aniqlandi. Bu juda muhim ma`lumot bo`lib, oldingi (2010
yildagi) Cochrane hisobotida sog`lom farzand tug'ilishdagi ta'siri haqida
xabar berilmagan edi. Bundan tashqari, 2014 yilgi hisobot ma'lumotlari
2010 yilgi hisobot xulosasini, ya`ni klinik homiladorlikka erishish
darajasi oshishini qo'llab-quvvatladi.
2014 yilda o'tkazilgan tadqiqotda Hashimoto va boshqalar yiqqan
Meta ma'lumotlarida EmbryoGlue yordamida 10000dan ortiq embrion
transferlari haqida hisobot berishdi. 23 ta tadqiqot taqqoslandi va
EmbryoGlue-dan foydalanish homiladorlikka erishish chastotasining
sezilarli darajada oshishi mumkinligi haqida xulosaga kelishdi. 11 ta
tadqiqotning keyingi tahlili embrionni ko'chirish uchun EmbryoGlue-
dan foydalanganda implantatsiya ko'rsatkichlarining sezilarli darajada
oshishini
ko'rsatdi.
Katta ma'lumotlar
to'plami, shuningdek,
embryoglue-dan transport vositasi sifatida foydalanishning klinik
foydasini tasdiqlaydi va yuqorida aytib o'tilgan Cochrane Community
hisobotlarida natijalarni tasdiqlaydi [5].
Xulosa.
Shunday qilib, zamonaviy ilm-fan va ko'plab tadqiqotlar
"homiladorlikning erisha olmaslik sabablari" savoliga aniq javob bera
olmaydi. Zamonaviy davolash usullari bemorlar va shifokorlarni to'liq
qoniqtirmaydi. YRTning eng muhim muammosi shundaki, euploid
embrionning muvaffaqiyatsiz implantatsiyasining etiopatogenetik
mexanizmlari to'liq o`rganilmagan, ular ham stimulyatsiya usullarini,
ham bemorni ko'chirishga tayyorlash usullarini optimallashtirishni talab
qiladi. Embrionlarni ko'chirishda gialuron kislotasini o'z ichiga olgan
madaniy muhitning rolini sinchkovlik bilan o'rganish implantatsiya va
homiladorlikka erishishga yordam berishi kerak, bu esa o'z navbatida
ushbu mavzuning dolzarbligini yana bir bor isbotlaydi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Urman et al. (2008) Effect of hyaluronan-enriched transfer medium on implantation and pregnancy rates after day 3 and day 5 embryo
transfer: a prospective randomized study. Fert Steril 90(3):604-12.
2.
Bontekoe S et al. (2010) Cochrane Database Syst Rev. Jul 7;(7):CD007421.
3.
Bontekoe S et al., (2014) Cochrane Database Syst Rev. Feb 25;2:CD007421.
4.
Balaban B et al. (2011) Effect of hyaluronan-enriched transfer medium on take home baby rate after day 3 and day 5 embryo transfers: a
prospective randomized study. Hum Reprod. July 15(15):i24.
5.
Hashimoto S et al. (2014) EmbryoGlue improvespregnancy and implantation rates: Results from a Metaanalysis on almost 10,000 embryo
transfers. Reprod BioMed Online. 28(Suppl 1):S7-S8.
6.
Meintjes M (2012) Media composition; macromolecules and embryo growth. Methods Mol Biol. 912:107-27.
7.
Morbeck et al. (2014) Composition of protein supplements used for human embryo culture. J Assist Reprod Genet. 12:1703-11.
8.
Blake et al. (2002) Protein Supplementation of human IVF culture media. J Assist Reprod Genet. 19:137-43.
9.
Leonard et al. (2013) Variability in protein quality used for embryo culture: embryotoxicicity of the stabilizer octanoic acid. Fertil Steril.
100:544- 549.
10.
Lane et al. (2003) Cryo-survival and development of bovine blastocysts are enhanced by culture with recombnant albumin and hyaluronan.
Mol Reprod Dev 64:70-78.