Konferensiya materiallari, 2024-yil 5-dekabr.
____________________________________________________________________________________
© O’zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi, 2024-yil.
2
“Konstitutsiya - inson farovonligi va jamiyat barqaror rivojlanishining huquqiy
kafolati”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaloiy konferensiyasi to‘plami // Toshkent, 2024-yil
5-dekabr. – 238 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish
to'g'risida"gi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash
maqsadida Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti
"Huquqiy fanlar" kafedrasi tomonidan
“Konstitutsiya - inson farovonligi va jamiyat
barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur konferensiya to‘plamida yuzga yaqin maqolalar jamlangan.
Tahririyat hayʼati aʼzolari:
Shoxrux Saidov
-
“Huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Berdikul To‘ychiyev
-
falsafa fanlari doktori, professor
Akbar Utamuradov
- falsafa fanlari nomzodi, professor
Voxidjon Topildiyev
-
yuridik fanlar doktori, professor
Saida Agzamxodjayeva
- falsafa fanlari doktori, professor
Valijon Umaraliyev
- yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Samad Xudoynazarov
- falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Mirkomil Atavullayev
- falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Jamshid Yusubov
- siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Jaloliddin Yusubov
- falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Surayyo Berdikulova
- falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Abduvali Daminov
- yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Bekjon Ismoilov
- yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta
o‘qituvchi
Akmaljon Rahimjonov
- yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta
o‘qituvchi
Elbek Raimov
- katta o‘qituvchi
Xurshida Choriyeva
- katta o‘qituvchi
Nargiza Jamalova
- katta o‘qituvchi
Aslbek Fayzullayev
- o‘qituvchi
Doniyor Jumaboyev
- o‘qituvchi
Agzam Amirov
- o‘qituvchi
Gulnoza Aminova
- o‘qituvchi
Gavhar Muxiddinova
- o‘qituvchi
Dilafruz Madaminova
- o‘qituvchi
Diyora Avazbekova
- o‘qituvchi
Farxod Abdixakimov
- o‘qituvchi
Texnik muxarrir:
Dilnoza Ashurova
- O‘zbekiston Milliy universiteti xodimi
Maqolalarning to‘g‘ri va aniqligiga mualliflar mas’uldir.
© Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent. 2024.
Konferensiya materiallari, 2024-yil 5-dekabr.
____________________________________________________________________________________
© O’zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi, 2024-yil.
3
KIRISH SO‘ZI
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, aziz talabalar, konferensiya
ishtirokchilari!
Bugun o‘tkazilayotgan
“Konstitutsiya - inson farovonligi va jamiyat
barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati” mavzusidagi
ilmiy-amaliy
konferensiyaga xush kelibsizlar.
Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin
qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Hammalaringizga ma’lumki, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz,
suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz,
demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning
mustahkam poydevori hisoblanadi.
Bugungi
konferensiyadan
ko‘zlangan
maqsad
yangi
tahrirdagi
Konstitutsiyaning asosiy mazmun-mohiyati, belgilangan moddalarning
amaliyotda ta’minlanganlik darajasini tahlil qilishdan iborat.
Konferensiyada sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar va ilmiy
tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar, professor-o‘qituvchilarning quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalari muhokama qilinadi:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi:
mamlakatimizdagi
islohotlarning yangi bosqichidagi o‘rni;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - ta’lim va madaniyatni
oshirishning asosi;
3.
Konstitutsiyaviy burch huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishning muhim omili sifatida;
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: inson manfaatlari va oilaviy
munosabatlar;
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar masalasi.
Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar to‘plami chop etilishi ko‘zda tutilgan
.
Inom Madjidov
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori,
texnika fanlari doktori, professor