ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
KICHIK SANOAT ZONALARINI TASHKIL ETISHDA BANK
KREDITIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI
Yusupov Nematillo Saidturayevich
Andijon davlat texnika instituti o’qituvchisi,
Kaxramonjonova Odinaxon Nodirbek qizi
Andijon davlat texnika instituti
“Iqtisodiyot” yo’nalishi 4-kurs talabasi
+998884733833, kaxramonjonovao@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572225
Anotatsiya.
Mazkur maqolada kichik sanoat zonalarini tashkil etishda bank
kreditlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganilgan. Kichik sanoat zonalari
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududiy bandlikni oshirish va xususiy
tadbirkorlikni rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtai
nazardan, ularning moliyaviy jihatdan ta’minlanishi, xususan, bank
kreditlarining roli dolzarb masala sanaladi. Maqolada bank kreditlarining
afzalliklari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinib,
Andijon viloyatidagi amaliy holatlar misolida tahliliy natijalar keltirilgan hamda
amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar.
kichik sanoat zonalari, bank krediti, moliyalashtirish,
tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, investitsiya.
Annotation
This article explores the effective use of bank loans in the
establishment of small industrial zones. Small industrial zones play a crucial role
in diversifying the economy, increasing regional employment, and encouraging
private entrepreneurship. From this perspective, their financial support,
particularly through bank lending, is considered a pressing issue. The article
analyzes the advantages of bank loans, identifies existing challenges, and
proposes solutions. Analytical results based on the case of Andijan region are
presented, along with practical recommendations.
Key words.
small industrial zones, bank loan, financing, entrepreneurship,
economic development, investment.
Aннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы эффективного
использования банковских кредитов при создании малых промышленных
зон. Малые промышленные зоны играют важную роль в диверсификации
экономики, повышении занятости населения на местах и стимулировании
частного предпринимательства. С этой точки зрения их финансовое
обеспечение, в частности роль банковского кредитования, является
актуальной задачей. В статье проанализированы преимущества
банковских кредитов, существующие проблемы и пути их устранения.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
65
Приведены аналитические результаты на примере Андижанской области
и разработаны практические предложения.
Kлючевые слова.
малые промышленные зоны, банковский кредит,
финансирование,
предпринимательство,
экономическое
развитие,
инвестиции.
Kichik sanoat zonalari (KSZ) — bu davlat tomonidan infratuzilmasi
tayyorlab berilgan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur sharoitlar
yaratilgan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari joylashtiriladigan
maxsus hududlardir. Ular iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida kichik
va o‘rta biznesni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash va sanoatlashtirish
jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.
1
Mening fikrimcha, kichik sanoat zonalari nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki
hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Zero,
bunday zonalar tadbirkorlarga qulay sharoit yaratib, ularning rivojlanishini
rag‘batlantiradi, natijada yangi ish o‘rinlari ochiladi va mahalliy aholi daromadi
oshadi. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilgan infratuzilma va moliyaviy
yordam korxonalar faoliyatini soddalashtirib, innovatsiyalarni joriy qilishga ham
xizmat qiladi. Shunday qilib, kichik sanoat zonalarining rivojlanishi nafaqat
iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham mintaqalar barqarorligini ta’minlashga
yordam beradi deb hisoblayman. Kichik sanoat zonalari nafaqat iqtisodiy va
ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilmoqda, balki hududlararo iqtisodiy tafovutlarni
kamaytirishda ham muhim omil hisoblanadi. Menimcha, ularning yanada
samarali rivojlanishi uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasida yaqin hamkorlikni
kuchaytirish zarur.
Ushbu zonalar orqali hududiy ishlab chiqarish salohiyatidan samarali
foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va eksportbop mahsulotlar
ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayadi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan kam
rivojlangan hududlarda KSZ’lar muhim ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi
— yangi ish o‘rinlari yaratiladi, soliqqa tortiladigan baza kengayadi va aholi
daromadlari ortadi
2
.
KSZ’larni tashkil etish va rivojlantirishda moliyalashtirish eng muhim
omillardan biri sanaladi. Ayni vaqtda ushbu jarayonda tijorat banklarining
kredit resurslaridan foydalanish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bank
kreditlari korxonalarga zarur uskunalarni xarid qilish, binolar qurish, xomashyo
zaxiralarini shakllantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkonini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
66
beradi
3
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-
yilda kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat banklari
tomonidan 3,2 trillion so‘mdan ortiq kreditlar ajratilgan. Bu 2022-yilga nisbatan
18% ko‘pdir
4
.
bu ko‘rsatkich kichik sanoat zonalarining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning
oshayotganidan dalolat beradi va bu sohadagi islohotlar samaradorligini
tasdiqlaydi. Shu bilan birga, kredit ajratish jarayonini yanada soddalashtirish,
foiz stavkalarini pasaytirish va tadbirkorlarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish
orqali kreditlardan foydalanish yanada kengaytirilishi mumkin. Bu esa o‘z
navbatida, kichik sanoat zonalarining barqaror rivojlanishi va innovatsion
loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga xizmat qiladi.
Ayrim banklar maxsus kredit liniyalarini ham joriy qilgan. Masalan,
"Ipoteka-bank" tomonidan ishlab chiqarish uskunalarini import qilish uchun 7
yilgacha muddatli, 3 yil imtiyozli davrga ega kreditlar taqdim etilmoqda. Bu esa
kichik biznes vakillariga katta imkoniyatlar yaratmoqda
5
.
Bu kabi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kichik biznes
subyektlari uchun ayni muddao bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlarini
modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, 3 yillik imtiyozli davr mavjudligi kichik
tadbirkorlar uchun ilk bosqichdagi moliyaviy bosimni yumshatadi va faoliyatni
barqaror yo‘lga qo‘yishga zamin yaratadi. Bunday sharoitlarda tadbirkorlar
yangi texnologiyalarni jalb etishga, ishlab chiqarish hajmini oshirishga hamda
ichki va tashqi bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilishadi. Shu bois,
banklar tomonidan taklif etilayotgan maxsus kredit liniyalari iqtisodiy faollikni
rag‘batlantirishda va milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim vosita
sanaladi.
Amaliy holat: Andijon viloyatidagi tajriba . Andijon viloyati kichik sanoat
zonalarini rivojlantirish borasida yetakchi hududlardan biri hisoblanadi. 2024-
yil 1-mart holatiga ko‘ra, ushbu viloyatda 18 ta kichik sanoat zonasi faoliyat
yuritmoqda va ularda 358 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Natijada 4 100 dan
ortiq ish o‘rinlari yaratilgan
6
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
67
Hududda faoliyat olib borayotgan banklar — “Mikrokreditbank”, “Asaka
bank”, “Agrobank” va boshqalar — KSZ doirasidagi loyihalarni
moliyalashtirishda faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, qayta ishlash sanoati, meva-
sabzavotni konservalash, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish
sohalari bo‘yicha kreditlash hajmi ortib bormoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kredit mablag‘laridan oqilona foydalangan
korxonalar eksport hajmini oshirgan, mahsulot tannarxini kamaytirgan va
barqaror rivojlanishni ta’minlagan. Biroq, ayrim holatlarda korxonalar kredit
olishda garov ta'minoti, yuqori foiz stavkalari yoki kredit olish uchun murakkab
hujjatlarni to‘plash kabi muammolarga duch kelmoqda
7
.
Muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari: Bank kreditlarining kichik
sanoat zonalaridagi samaradorligini oshirish uchun bir qator muammolarni
bartaraf etish lozim. Garov ta’minoti bilan bog‘liq muammolar – ko‘plab yangi
tashkil etilgan korxonalar bank talab qiladigan garov ta’minotiga ega emas. Bu
esa kredit olish imkoniyatlarini cheklaydi. Yuqori foiz stavkalari– ayniqsa, milliy
valyutadagi kreditlar ko‘pincha yuqori foizlarda taqdim etiladi, bu esa kichik
biznes uchun qimmatga tushadi.
Axborot yetishmasligi– tadbirkorlarning bank mahsulotlari va davlat
tomonidan berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega emasligi
kredit olish faolligini pasaytiradi.
Ushbu muammolarni hal etish uchun quyidagi takliflar maqsadga muvofiq:
Kredit olish uchun garovsiz yoki kafillik asosida beriladigan maxsus
mahsulotlar yaratish;
Foiz stavkalarini subsidiya qilish mexanizmlarini kengaytirish;
Tadbirkorlar uchun bank-moliya savodxonligini oshirish bo‘yicha
treninglar o‘tkazish;
Kichik sanoat zonalarida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun kredit olish
tartibini soddalashtirish.
Kichik sanoat zonalarini tashkil etishda bank kreditlaridan samarali
foydalanish iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bank kreditlari yordamida kichik sanoat
zonalaridagi korxonalar o‘z ishlab chiqarishini kengaytirish, zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Andijon viloyati misolida ko‘rsatildiki, kredit mablag‘larining mavjudligi
sanoat zonalarining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi va hududdagi ijtimoiy-
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
68
iqtisodiy holatni yaxshilaydi. Shu bilan birga, kredit olish jarayonida garov
ta’minoti, yuqori foiz stavkalari va axborot yetishmasligi kabi muammolar
mavjudligi aniqlangan. Ushbu to‘siqlarni bartaraf etish uchun bank kreditlari
shartlarini yengillashtirish, imtiyozli kredit liniyalarini kengaytirish va
tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
ko‘rilishi lozim.
Umuman olganda, bank kreditlaridan oqilona foydalanish kichik sanoat
zonalarining
samarali
faoliyat
yuritishi
va
hududiy
iqtisodiyotni
diversifikatsiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
hisobotlari”, 2024-yil.
2. Karimov I. “Hududiy rivojlanishda kichik sanoat zonalarining o‘rni”, Iqtisodiy
tahlil jurnali, 2023.
3. Raximov B. “Moliyaviy manbalarni diversifikatsiyalash va kichik biznes”, Bank
ishi, 2022.
4.O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
rasmiy
sayti:
[www.cbu.uz](http://www.cbu.uz)
5.“Ipoteka-bank”
kredit
mahsulotlari
haqida
rasmiy
ma’lumot:
[www.ipotekabank.uz](http://www.ipotekabank.uz)
6. Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati, 2024.
7. Saidova M. “Kichik biznes kreditlashda muammolar va ularni hal qilish
yo‘llari”, 2023.
8. “Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash agentligi axboroti”, 2023.