ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA MODALLIK VA EKSPRESSIVLIK
KATEGORIYALARINING NAZARIY-KONSEPTUAL MUAMMOLARI
Latipjonova Malikaxon Odiljon qizi
Andijon Davlat Universiteti 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma
tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich tayanch
doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672612
Annotatsiya
Ushbu tezis zamonaviy tilshunoslikda modallik va ekspressivlik
kategoriyalarining nazariy-konseptual muammolarini yoritishga qaratilgan.
Tadqiqotda modallikning lingvistik va mantiqiy talqinlari o‘rtasidagi tafovut,
obyektiv va subyektiv modallik turlarining grammatik va semantik realizatsiyasi
tahlil qilinadi. Shuningdek, ekspressivlik kategoriyasining emotsionallik bilan
o‘zaro bog‘liqligi, uning fonetik, leksik, grammatik va stilistik darajalardagi ifoda
vositalari ko‘rib chiqiladi. Muallif modallik va ekspressivlik kategoriyalarining
kommunikativ-pragmatik imkoniyatlarini ochib beradi hamda ularni zamonaviy
tilshunoslikda konseptual asosda qayta talqin qilish zarurligini asoslaydi.
Kalit so‘zlar
modallik, ekspressivlik, emotsionallik, lingvistik tafovut, pragmatika,
semantika, zamonaviy tilshunoslik, kommunikativ funksiya
Zamonaviy tilshunoslikda modallik va ekspressivlik kategoriyalarining
nazariy asoslari va amaliy ifodalanishi bo‘yicha tadqiqotlar mavjud bo‘lsa-da,
ularning aniq chegaralari, tasnifi va funksional vazifalari hali hamon murakkab
va bahsli bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, modallikning barqaror konseptual modeli
shakllanmagani va mavjud tasniflarning empirik asosga ega emasligi bu sohaga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda ushbu mavzudagi izlanishlar
susaygani kuzatilib, mavjud yondashuvlarning nazariy zaifligi bu holatning
asosiy sabablaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Funksional yondashuvlar
kuchaygan davrda modallikni nazariy jihatdan qayta talqin qilish ehtiyoji
dolzarb masalaga aylandi. Modallikning ifoda shakllari, semantik va pragmatik
funksiyalaridagi xilma-xillik esa bu kategoriyani aniq belgilashni
qiyinlashtirmoqda. Shu sababli ilmiy adabiyotlarda modallikning yagona va
umumiy talqini hanuz mavjud emas.
Ushbu muammoning asosiy sababi sifatida lingvistik modallik bilan
mantiqiy modallikning to‘liq mos kelmasligi, ya’ni ular o‘rtasidagi epistemik va
sistematik tafovut keltiriladi. Bu tafovut nafaqat lingvistika, balki mantiq fanida
ham modallikni aniq chegaralash va tasniflashda sezilarli qiyinchilik tug‘dirib,
hozirgi kunda ham dolzarb nazariy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
Struktura jihatidan obyektiv modallik ko‘pincha fe’lning zamon va mayl
shakllarida ifodalanib, gapdagi voqeaning real yoki norealligini – ya’ni borliqqa
nisbatan mavjudlik darajasini belgilaydi. Subyektiv modallik esa so‘zlovchining
voqea-holatga munosabatini bildiradi va semantik-pragmatik mezonlarga ko‘ra
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Imkoniyat modalligi – harakatning yuz berish ehtimolini bildiradi.
“Bo‘lmoq”, “qilmoq”, “olmoq” kabi fe’llar orqali ifodalanadi. Masalan: U institutda
o‘qiy oladi.
2.
Istak modalligi – so‘zlovchining ehtiyoj, orzu va intilishlarini
anglatadi. “Xohlamoq”, “istamoq” kabi fe’llar ishlatiladi. Masalan: Men o‘qishni
istayman.
3.
Zaruriyat va majburiyat modalligi – harakatning muqarrarligini
bildiradi. “Kerak”, “lozim”, “zarur” kabi birliklar bilan ifodalanadi. Masalan: Men
o‘qishim kerak. Bu modallik xalq og‘zaki ijodida ham poetik vosita sifatida
uchraydi:
Ignadan ip o‘tmasa, ko‘z ne chun darkor ekan?
Nolasi tosh teshmasa, so‘z ne chun darkor ekan?
Bu modallik shakllari faqatgina grammatik vositalar emas, balki tilning
semantik va pragmatik qatlamlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ham
aks ettiradi. Ular subyektning harakatga bo‘lgan bahosi, ehtiyoji va irodasini til
vositasida kodlashga xizmat qiladi .
Garchi bu kategoriya bo‘yicha G‘arb va Sharq tilshunoslik maktablarida
salmoqli miqdorda ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsa-da, uning semantik
maydoni hanuz to‘laqonli tarzda yoritilmagan va ko‘plab jihatlari ochiq
qolmoqda. Ayniqsa, aspektivlik va zamon kategoriyalarining o‘zaro nisbatini
aniqlash, bu tushunchaning funksional-lisoniy tabiati va sistemaviy holatini
belgilash hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
qolmoqda.
The police made the bomb explode.
The sun ripened the fruit.
Her voice calmed the audience.
I.V. Arnold ekspessivlikka shunday ta’rif beradi, u so’zlovchining ichki
holatini intensiv holda ifodalaydi va u ushbu ma’noni yetkazib berish yordamida
paydo bo’ladi. Bunday intensivlik emotsional yoki mantiqiy kuchaytirishni
yuzaga keltiradi.
Demak, ekspressivlik va emosionallik kategoriyalari bir-biridan ajralmas
hisoblanasada, muloqot jarayonida quyidagi farqli vazifalarni bajaradilar:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
• Emotsionallik voqelikni hissiy baholash vazifasini bajarsa, ekspressivlik –
resipientga ifoda kuchi orqali maqsadli ta’sir o’tkazish hisoblanadi;
• Emosionallik til birliklari uslubiy ma’nosining tarkibiy qismi bo’lsa,
ekspressivlik o’sha til belgisida mujassam xabar mazmunining retsipient
tomonidan qabul qilinish tabiatini aniqlaydi; Emosional konnotatsiyaning
mavjudligi, odatda, ekspressivlikni jalb qiladi, biroq ekspressivlik emosionallikni
jalb qila olmaydi. Ekspressivlikning ko’lami emosionalliknikidan ancha keng, shu
sababli u tilga pragmatik tabiat bilan voqealanadi;
• Ekspressiv hisoblangan har qanday qurilma emotsional hamdir, biroq har
qanday emotsionallik ekspressiv bo’la olmaydi .
Ekspessivlik kategoriyasi belgining intensivligi, bahosi, emotivligi, stilistik
belgilari, obrazli-motivatsiyalangan nominatsiyasi asosi kabi muhim
komponentlarni o’z ichiga oladi. Har bir komponent ma’noni kuchaytirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Tilning ekspressiv resurslari nihoyatda boy va rang-barang bo‘lib, ular til
tizimining barcha darajalarida - fonetik, leksik, grammatik, sintaktik va stilistik
qatlamlarda faoliyat yuritadi. Bu jihatdan ekspressivlik tilning lokal hodisasi
emas, balki uning umumiy kommunikativ potensialining ajralmas qismi sifatida
qaraladi. Rus olimlaridan birining ta’kidlashicha, “Ekspressivlilik tilning barcha
sohalari va arsenallariga taalluqlidir .” Ya’ni u til birliklarining shakl va mazmun
darajalarida emotsional-estetik ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, tilshunoslikda ekspressivlik kategoriyasi bo’yicha turli
qarashlar mavjud. Lisoniy adabiyotlarda hissiy-ekspressiv bo’yoqdorlikni
shakllantiruvchi vositalarni tavsiflash uchun quyidagi ta’riflar keltirilganliga
guvoh bo’lamiz:
1.
Ekspressiv qurilma deganda xabar mazmuniga affektiv nyuans
yuklab, mantiqiy tartibning buzilishiga olib keluvchi birliklar jamlanmasi
tushuniladi.
2.
Ba’zi tadqiqotlarda ekspressivlik ostida til birliklarining adresatga
nisbatan ta’sir o’tkazish funksiyasini tushuniladi.
3.
Ekspressiya lisoniy elementning baho va ifodalilik tabiatini tashkil
qiladi. Xabarning neytral ko’rinishi ekspressivlikka qarama-qarshi qo’yilsa,
ijobiy baho kategoriyasi salbiy haqoratomuz ekspressiya bilan oppozitivdir.
Shuningdek, nutqning patetik, erkalov, ironik, haqoratomuz ottenkalari bilan
bo’yoqdorlikka ega bo’lishi ham baho ekspressiyasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Алсынбаева Р. Г. Логическая и лингвистическая сущность категории
модальности
//
Вестник
Башкирск.
ун-та.
2013.
№1.
URL:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
https://cyberleninka.ru/article/n/logicheskaya-i-lingvisticheskaya-suschnost-
kategorii-modalnosti (дата обращения: 30.06.2024).
2.
Якубов Жамолидин Абдувалиевич Модаллик категориясининг
мантиқ ва тилда
3.
ифодаланиш хусусиятлари Мутахассислик 10. 02. 19 – умумий
тилшунослик, социолингвистика, психолингвистика
4.
Аспектуальность как прагматическая категория Соколова Е. Е.,
Гридина Н. В. Российский государственный социальный университет
5.
An Introduction to Functional Grammar 3rd edition, 259 page, First
published in Great Britain in 2004 byArnold, a member of the Hodder Headline
Group, 338 Euston Road, London NW1 3BH
6.
Арнольд И.В. Интерпретация художественного текста: типы
выдвижения и проблемы экспрессивности/И.В. Арнольд//Экспрессивные
средства английского языка: Сб. научных трудов ЛГПИ им. А.И. Герцена. –
Л.: ЛГПИ, 1975.– С. 11–20.
7.
Эгамназарова Дурдона Шуҳратиллаевна (Андижон Давлат чет
тиллари институти ўқитувчиси, филология фанлари бўйича фалсафа
доктори (PhD); Экспрессивлик категориясининг ёндаш ҳодисалар билан
алоқаси масалалари
8.
Арнольд И.В. Интерпретация художественного текста: Типы
выдвижения и проблема экспрессивности. Экспрессивные средства
английского языка. Л., ЛГПИ имени А.И. Герцена, 1975, с. 11 – 20.
9.
Тошович Б. Экспрессивный синтаксис глагола русского и
сербского/хорватского языков. М., Языки славянской культуры, 2006, с. 17
10.
. Чайковский Р.Р. Общая лингвостлистическая категория
экспрессивности и экспрессивность синтаксиса. – Учен. зап. 1-го МГПИИЯ
им. Тореза, 1971, т. 64.
11.
Bally, Ch. Précis de stylistique. Genève: A. Eggimann & Cie librairies –
éditeurs, 1905, р. 148; Доза А. История французского языка. Пер. с фр. Под
ред. и с предисл. М.С.Гурычевой. М., Едиториал УРСС, 2003, с. 370
12.
Долинин К.А. Стилистика французского языка. М., “Просвещение”,
1987, с. 116; Кругликова Л.Е. Структура лексического и фразеологического
значения. Учеб. пособие, М., “Наука”, 1988, с. 53; Кругликова Л.Е. Структура
лексического и фразеологического значения. Учеб. пособие, М., “Наука”,
1988, с. 21
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
13.
3Пиотровский Р.Г. Очерки по стилистике французского языка.
Морфология и синтаксис. Л., Типография №1 «Печатный двор» им.
А.М.Горького, 1960, с. 23.