ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
PEYORATIV BAHONING PARAGRAFEMIKAGA BOG’LIQLIGI VA
UNING IFODALANISHI
Latipjonova Malikaxon Odiljon qizi
Andijon Davlat Universiteti 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma
tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch
doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14556970
Annotatsiya
: Peyorativ bahoning noverbal semiotik vositalar orqali global
miqyosda tarqalishi, hozirgi davr axborotning yuqori tezlikda uzatilish
jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Inson miyasi tomonidan vizual modalitativ
signallarni qabul qilish va kognitiv qayta ishlash qobiliyati yuqori bo‘lganini
inobatga olsak, grafik noverbal kodlar, ya’ni tasvirlar, ikonografik belgilar yoki
piktogrammalar, semantik jihatdan katta miqdordagi ma’lumotni qisqa vaqt
oralig‘ida dekodlashga imkon beradi.
Kalit so’zlar:
Peyorativ baho, ikonografik belgilar, piktogrammalar,
noverbal kodlar, dekodlash, paragrafemika
Peyorativ bahoni grafik semiotik vositalar orqali ifodalashni muhokama
qilarkanmiz, paragrafemika (matnning grafik elementlari, masalan, shriftlar,
qatorlararo masofa, bo‘limlar va grafik belgilarning muloqotdagi roli) haqida
to‘xtalish zarur. Paragrafemik strukturalar (grafik jihatlarning muloqot
jarayonidagi ahamiyatini o‘rganuvchi lingvistik bo‘lim) tekstual segmentatsiya
(matnning bo‘laklarga ajratilishi) va vizual retseptsiya (ko‘z orqali axborot qabul
qilish va uni talqin qilish jarayoni) jarayonida muhim rol o‘ynaydi, chunki ular
noverbal kommunikativ signallarni dekodlashda kognitiv jarayonlarga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, grafik noverbal semiotik vositalarni mazkur
aspektdan izchil o‘rganmasdan turib, ularni to‘laqonli pragmatik va semantik
tahlil qilishning imkoniyati yo‘q deb xulosa qildik. Peyorativ bahoni ifodalashda
vizual semiotik vositalar, jumladan, punktuatsiya belgilari, shriftning turli
uslublari va matnning makondagi joylashuvi, ya'ni paragrafemikaning
komponentlari, alohida ahamiyatga ega. Salbiy ma’lumotni yetkazishda rasmlar,
diagrammalar, grafikalar kabi vizual elementlar, shuningdek, “smile” va “sticker”
kabi vositalar, kamsituvchi yoki istehzoli xabarlarni samarali tarzda etkazishga
xizmat qiladi. Paragrafemika grafik elementlar tizimi sifatida peyorativ ma’noni
chuqur va yanada ta’sirchan tarzda ifodalash imkonini beradi, bu esa uning
kommunikatsiya jarayonidagi o‘rnini yanada muhim qiladi.
Paragrafemika tarkibiy jihatdan singrafemika, supragrafemika va
topografemika kabi bo‘limlarga ajratiladi. Ushbu bo‘limlar orqali paragrafemika
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
peyorativ semantikaning ekspressiv taqdimotiga xizmat qiladi, chunki salbiy
konnotatsiyali ma’lumotlarni vizual tarzda yetkazishda grafik elementlar va
tekstning vizual tashkiliy tuzilishi muhim kommunikativ rol o‘ynaydi. Peyorativ
bahoning noverbal signalizatsiya bilan bog‘liqligi, ayniqsa, matnning grafik
jihatlarining semantik va pragmatik jihatdan yanada chuqurroq ta’sir
ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi.:
1.
Singrafemika
harflar va boshqa grafik belgilarni shakl va joylashuv
nuqtai nazaridan o‘rganadi. Peyorativ ma’noning kommunikatsiyada
yetkazilishida singrafemik omillar, masalan, harflarning qalinligi, o‘lchami yoki
uslubi orqali salbiy yoki istehzoli konnotatsiyani kuchaytirish mumkin. Xususan,
peyorativ konnotatsiyaga ega so‘zlar katta harflar yoki qalin shrift bilan
yozilganda, bu ularni yanada yaqqol va ekspressiv qiladi, muloqotdagi salbiy
mazmunni kuchaytirib, qabul qiluvchiga ta’sirini oshiradi.
2.
Supragrafemika
peyorativ semantikaning intensivligini oshirishi
yoki uni mitigatsiya qilishi mumkin. Masalan, punktuatsion markyorlar
(masalan, nuqta, undov belgisi, vergul va boshqalar) diskursdagi perlokutiv
effektni qoralashga yoki haqoratomuz pragmatik ma’noga yo‘naltirishda
qo‘llaniladi. Masalan, undov belgisi diskursda nafrat, kuchli norozilik yoki
kamsitishni signalizatsiya qilishi mumkin. Bir nechta tinish belgisining
iteratsiyasi esa stigmatizatsion tonallikni kuchaytirib, peyorativ baholashni
yanada ta’sirchan qiladi.
3.
Topografemika
matnning joylashuvi, harflarning o‘lchami, bo‘sh
joylar va sahifa tuzilishi ham peyorativ ifoda yaratishda muhimdir. Masalan,
sahifaning katta qismida kichik va siqib yozilgan matn o‘quvchiga jiddiy yoki
salbiy ko‘rinishi mumkin, shuningdek, agressiv ko‘rinishi mumkin bo‘lgan
shriftlar yoki o‘zgacha uslubdagi matnlar qoralovchi baho berishga zamin
yaratadi. Shu orqali topografemik elementlar orqali matnning umumiy kayfiyati
va ohangi peyorativ mazmun kasb etishi mumkin.
Topografemika esa matnning fazoviy tuzilishi va vizual tashkiliy ko‘rinishi
orqali peyorativ bahoni yanada mustahkamlaydi. Ushbu elementlarning
barchasi birgalikda funksional integratsiya qilinib, peyorativ semantikani
yaratishda samarali kommunikativ vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
D. Kahneman - Thinking, Fast and Slow (2011);
2.
Systemic Functional Linguistics - Springer Open(SpringerOpen),
Introduction to Theoretical Linguistics by John Lyons(Cambridge University
Press & Assessment
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
3.
Kato, S., Kato, Y., & Ozawa, Y. (2018). Perceived Usefulness of Emoticons,
Emojis, and Stickers in Text Messaging. International Journal of Cyber Behavior,
Psychology and Learning, 8(3), 9– 23. https://doi.org/10.4018/ijcbpl.20180701
02