ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
DUDUQLANUVCHI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING O‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Utbasarova Umida Mexmanovna
Alfraganus Universiteti oliy ta'lim tashkiloti
Pedagogika va Psixologiya kafedrasi PhD v.b dotsenti
Kayumova Feruza Murodullayevna
Alfraganus Universiteti Pedagogika va Psixologiya kafedrasi,
Defektologiya yoʻnalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16353396
Annotatsiya:
Ushbu maqolada duduqlanuvchi bolalarning bilish
jarayonlari – ya’ni idrok, e’tibor, xotira, tafakkur va nutq faoliyatining
rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar o‘rganiladi. Duduqlanuvchi bolaning holati,
psixik rivojlanishiga, ayniqsa bilish faoliyatining shakllanishiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Duduqlanuvchi bolalarda
e’tiborning tarqoqligi, xotira hajmining qisqarishi, tafakkurda sekinlik va nutqiy
muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan kognitiv cheklovlar kuzatilishi mumkin. Ishda
shuningdek, duduqlanish muammosi mavjud bo‘lgan bolalarni o‘qitish va
psixologik-pedagogik yondashuvlarda individual yondashuvning ahamiyati
ta’kidlanadi.Bu maqolada logopedik va defektologik amaliyotda qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit soʻzlar:
kommunikativ, kompetensiya, psixo-emotsional, obyekt,
differensia, vizual, kompleks , psixokorreksion, repetitiv, integratsiya, art-
terapiya, interaktiv, Kinestetik idrok, temperament, internet, smartfon,
multimedia, metakogniv, motivatsiya, neyrofiziologik.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются особенности развития
познавательных процессов - восприятия, внимания, памяти, мышления и
речевой деятельности - у детей с заиканием. Крайне важно определить,
как состояние заикающегося ребенка влияет на его психическое развитие,
особенно на формирование познавательной деятельности. У детей с
заиканием могут наблюдаться когнитивные ограничения, связанные с
рассеянностью внимания, уменьшением объема памяти, замедленностью
мышления и речевыми проблемами. В работе также подчеркивается
важность индивидуального подхода в обучении и психолого-
педагогическом сопровождении детей с проблемой заикания. Данная
статья содержит рекомендации, которые могут быть применены в
логопедической и дефектологической практике.
Ключевые
слова:
коммуникативный,
компетентностный,
психоэмоциональный, объектный, дифференциальный, визуальный,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
комплексный, психокоррекционный, репетитивный, интеграционный,
арт-терапия, интерактивный, кинестетическое восприятие, темперамент,
интернет, смартфон, мультимедиа, метакогнитивный, мотивация,
нейрофизиологический.
Abstract:
This article examines the cognitive processes of children who
stutter - specifically, the peculiarities in the development of perception,
attention, memory, thinking, and speech activity. It is crucial to determine how
the condition of a child who stutters affects their psychological development,
particularly the formation of cognitive activity. Children who stutter may
experience cognitive limitations associated with scattered attention, reduced
memory capacity, slower thinking, and speech-related problems. The work also
emphasizes the importance of an individualized approach in teaching and
psychological-pedagogical interventions for children with stuttering. This article
includes recommendations that can be applied in speech therapy and special
education practices.
Key words:
communicative, competence, psycho-emotional, object,
differentiation, visual, complex, psychocorrectional, repetitive, integration, art
therapy, interactive, kinesthetic perception, temperament, internet, smartphone,
multimedia, metacognitive, motivation, neurophysiological.
Har bir bolaning sog‘lom psixik rivojlanishi – uning atrof-muhit bilan faol
muloqoti, bilimlarni egallashi va ijtimoiy hayotga moslashuvida muhim
ahamiyatga ega. Bilish jarayonlari – idrok, e’tibor, xotira, tafakkur va nutq orqali
bola olamni anglaydi, tajriba to‘playdi va o‘z bilim doirasini kengaytiradi. Biroq,
nutq buzilishlari, xususan duduqlanish, bolalarning bilish faoliyatiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlanuvchi bolalar odatda nutqiy muloqotda
qiyinchiliklarga duch keladilar, bu esa ularning psixologik holati, o‘ziga bo‘lgan
ishonchi hamda bilish jarayonlarining shakllanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Ushbu maqolada duduqlanuvchi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanish
xususiyatlari o‘rganiladi, bu esa logopedik va defektologik yondashuvlarni
takomillashtirish, shuningdek, duduqlanuvchi bolalarning ruhiy holati va bilish
jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni
aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha pedagogik amaliyotda individual
yondashuvni ta’minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilingan.
Diqqat va xotira jarayonlarining rivojlanish holati
Bola ruhiy rivojlanishining asosi bilish jarayonlarining bosqichma-bosqich
shakllanishi bilan belgilanadi. Bu jarayonlar ichida diqqat va xotira markaziy
o‘rin tutadi. Ayniqsa, nutq buzilishiga ega bo‘lgan, jumladan, duduqlanuvchi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
bolalarda bu jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari alohida tahlil etilishi zarur.
Diqqat va xotiraning to‘laqonli rivojlanishi bolada kommunikativ
kompetensiyani shakllantirish, o‘z fikrini ifoda etish, o‘qish va yozish
ko‘nikmalarini egallashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.Diqqat tushunchasi va
rivojlanish bosqichlari. Diqqat bu inson ongining biror faoliyatga yoki obyektga
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tarzda yo‘naltirilganligi va shu holatda ushlab
turiladigan psixik jarayondir. Bola hayotining dastlabki bosqichlarida diqqat
ixtiyorsiz shaklda namoyon bo‘ladi. Bu davrda bolaning diqqati rang-barang,
jozibali va harakatdagi predmetlarga qaratiladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning
faoliyati murakkablashadi va ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. Bu, ayniqsa,
maktabgacha yoshdan boshlab namoyon bo‘ladigan ijtimoiy ta’sir, ta’lim-tarbiya
jarayonlari ta’sirida rivojlanadi.
Duduqlanuvchi bolalarda diqqatning xususiyatlari. Nutq buzilishiga ega
bo‘lgan bolalarda diqqatning rivojlanishi sekinroq kechadi. Bu bolalar ta’sirchan,
chalg‘uvchan bo‘lib, diqqat barqarorligini saqlab turishda qiynaladilar. Ular
og‘zaki topshiriqlarga yoki og‘zaki ifodalarga nisbatan haddan tashqari sezgirlik
ko‘rsatadilar, bu esa ularning diqqatini buzadi. Bunday bolalarda kuchli psixo-
emotsional fon mavjud bo‘lib, bu fon ularning nutq so‘zlash jarayonida ortiqcha
zo‘riqishlarga sabab bo‘ladi. Diqqatning asosiy ko‘rsatkichlari — hajm,
barqarorlik, taqsimlana olish, ko‘chuvchanlik, kuchlilik kabi jihatlarda ham
sustlashuvlar kuzatiladi.
Bola psixikasining shakllanishida diqqat va xotira asosiy bilish jarayonlari
sifatida markaziy o‘rinni egallaydi. Diqqat — bu insonning ongini muayyan
obyekt yoki hodisaga qaratish qobiliyati bo‘lib, bola faoliyatining ijtimoiy,
psixologik va fiziologik jihatlarini bevosita belgilab beradi. Diqqat jarayonlari
bolalik davrida sezilarli darajada rivojlanadi va bola o‘z faoliyatini ongli ravishda
boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalik davrida diqqatning asosiy shakllari —
ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat ko‘zga tashlanadi. Ixtiyorsiz diqqat dastlabki yosh
davriga xos bo‘lsa, ixtiyoriy diqqat maktabgacha va maktab yoshiga kelib
rivojlanadi. Bu jarayon bola o‘z faoliyatiga ongli yondashishni o‘rganishi bilan
bog‘liqdir[¹].
Psixologlar diqqatni bir qancha xususiyatlar asosida o‘rganadilar:
barqarorlik, taqsimlana olish xususiyati, ko‘chuvchanlik, hajm, kuchlilik va
boshqalar. Diqqatning rivojlanishi ko‘pincha bolaning kundalik faoliyati va atrof-
muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, duduqlanuvchi bolalarda diqqat
barqarorligining susayganligi, ijtimoiy vaziyatlarga ortiqcha reaktivlik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
kuzatiladi. Bu holat ularning nutqiy noqulaylikni boshdan kechirishiga
bog‘liqdir.
Xotira esa bola bilish faoliyatining ikkinchi muhim tarkibiy qismi sifatida
qaraladi. Xotira — bu avvalgi tajribalarni saqlab qolish, eslab qolish, tiklash va
tan olish jarayonlaridan iborat murakkab faoliyat. Bolaning xotirasi yosh o‘tishi
bilan differensiallashadi, ya’ni dastlab hissiy va harakatli xotira ustun bo‘lsa,
maktabgacha va maktab davrida ko‘proq obrazli hamda mantiqiy xotira
rivojlanadi.
Pedagog va psixologlarning ta’kidlashicha, duduqlanuvchi bolalarda xotira
jarayonlarining ham muayyan darajada zaiflashuvi kuzatiladi. Ular eslab
qolishda, axborotni tezda qayta tiklashda, mantiqiy bog‘liqliklarni eslab qolishda
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu holat, o‘z navbatida, ularning nutqiy
nuqsoniga, psixo-emotsional holatiga va o‘ziga ishonchsizlik hissiga bog‘liqdir.
Xotiraning rivojlanish darajasi bolaning individual psixologik xususiyatlari,
didaktik ta’sirlar, ota-onalar va pedagoglar bilan bo‘lgan munosabatlar asosida
shakllanadi. Xususan, duduqlanuvchi bolalarda vizual (ko‘ruv) va auditiv
(eshituv) xotira yo‘nalishlarini rivojlantirishga alohida diqqat berish lozim.
Sababi, ular orqali nutqiy bilimlar mustahkamlanadi va o‘zini ifodalash qobiliyati
yaxshilanadi.
Bola psixikasida diqqat va xotira o‘zaro bog‘liq holda shakllanadi. Ularning
rivojlanishi nutq, fikrlash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuvga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, nutqida muammosi bor bolalar, jumladan,
duduqlanuvchilar bilan ishlaganda diqqat va xotira bilan bog‘liq mashg‘ulotlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Duduqlanuvchi bolalarda diqqatni jamlashda qiyinchilik, ta’sirchanlik, tez
chalg‘ish, nutqqa ortiqcha diqqat qaratish oqibatida asosiy maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyatga to‘liq sho‘ng‘iy olmaslik holatlari kuzatiladi. Bu esa
ularning xotirasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik yondashuvlarda bu
ikki jarayonning uzviy aloqadorligi ko‘rsatib o‘tilgan va ular rivojlanishida
kompleks psixokorreksion usullar tavsiya etiladi.
Umuman olganda, diqqat va xotiraning bolalik davridagi rivojlanish holatini
chuqur tahlil qilish, ayniqsa, duduqlanish kabi psixik holatlarga chalingan
bolalar bilan ishlashda muhim ilmiy-amaliy asos yaratadi.
Diqqat rivojiga ta’sir qiluvchi omillar. Ota-onalar va pedagoglar tomonidan
diqqatni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar, psixologik yondashuvlar,
bolalarning sevimli mashg‘ulotlarini diqqatga olish va faoliyatga yo‘naltirish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
orqali natijadorlikka erishish mumkin. Shuningdek, o‘yin orqali o‘rgatish, vizual
diqqatni oshirishga yo‘naltirilgan usullar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotira tushunchasi va rivojlanish bosqichlari. Xotira — bu shaxsning avvalgi
tajribasini saqlab qolish, eslab qolish, qayta tiklash va tan olish qobiliyatidir.
Bola hayotining dastlabki yillarida xotiraning hissiyot ustun bo‘ladi.
Maktabgacha va boshlang‘ich maktab davrida obrazli, ya’ni ko‘rgazmali xotira
rivojlanadi. Maktab yoshiga kelib mantiqiy, tushunchali xotira ustunlik qila
boshlaydi. Bu esa o‘quv faoliyati, bilish jarayonlari va kommunikatsiya uchun
muhim zamin yaratadi.
Duduqlanuvchi bolalarda xotira xususiyatlari. Duduqlanuvchi bolalarda
xotira jarayonlarining sustligi ko‘proq eslab qolish, axborotni izchil ravishda
tiklash va mantiqiy tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Bu holat, asosan, psixik
zo‘riqishlar, xavotir, nutqiy o‘zgarishlarga bo‘lgan o‘z-o‘ziga tanqidiy munosabat
bilan bog‘liq. Ba’zi hollarda ular eshitilgan yoki ko‘rilgan axborotni eslab
qolishda vaqtinchalik sustlik ko‘rsatadilar. Bunday bolalarda xotira
barqarorligini saqlash uchun repetitiv (takrorlovchi) usullar tavsiya etiladi.
Xotira rivojiga ta’sir qiluvchi omillar. Xotirani shakllantirishda bolaning
muhit bilan o‘zaro munosabati, ijtimoiy aloqa sifati, emotsional holati, ijtimoiy
faolligi va ta’limiy tajribasi muhim ahamiyatga ega. Duduqlanuvchi bolalarda
xotirani rivojlantirish uchun maxsus metodik vositalar, masalan, rasm asosida
eslab qolish, hikoya tuzish, mantiqiy zanjirlar tuzish kabi usullar qo‘llanilishi
tavsiya etiladi.
Diqqat va xotiraning o‘zaro bog‘liqligi. Psixologik tadqiqotlar diqqat va
xotira o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Diqqat barqarorligi
xotiraning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Shu bois, bu ikki jarayon
birgalikda o‘rganilishi lozim. Duduqlanuvchi bolalarda esa ushbu jarayonlar
integratsiyasida zaifliklar mavjudligi sababli kompleks yondashuvlar talab
etiladi. Masalan, bolaning diqqatini tortuvchi elementlar yordamida axborotni
eslab qolish osonlashadi.
Pedagogik va psixokorreksion yondashuvlar. Duduqlanuvchi bolalar bilan
ishlashda psixokorreksion mashg‘ulotlar, art-terapiya, muhitni ijobiylashtirish,
muloqotga undovchi o‘yinlar muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, diqqat va xotirani
birgalikda rivojlantiruvchi o‘yinlar — “Kim ko‘proq eslaydi?”, “Nimani
ko‘rding?”, “Xotira marshruti” kabi interaktiv mashg‘ulotlar natijadorlikni
oshiradi. Shu bilan birga, ota-onalar ishtirokidagi oilaviy mashg‘ulotlar ham
tavsiya etiladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
Diqqat va xotira rivojlanishining yoshga oid qonuniyatlari ham bu
jarayonlarga metodik yondashuvda muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda diqqat qisqa muddatli va tez chalg‘uvchan bo‘ladi. Bu davrda ular
ko‘proq ixtiyorsiz diqqat shaklida faoliyat yuritadilar. Shu sababli bu yoshdagi
bolalar bilan mashg‘ulotlar qisqa, jozibali va ko‘rgazmali vositalarga boy bo‘lishi
kerak.
Boshlang‘ich sinf yoshida esa diqqat asta-sekin ixtiyoriy shaklga o‘tadi.
O‘quv jarayoni orqali bolalar o‘z diqqatlarini uzoq vaqt davomida bir faoliyatda
ushlab tura olishni o‘rganadilar. Ayniqsa, duduqlanuvchi bolalarda bu
ko‘nikmalar sekinroq shakllanadi, bu esa ularning mustaqil ishlash malakalariga
ham ta’sir ko‘rsatadi.
Xotira ham yoshga qarab turlicha shakllanadi. Maktabgacha yoshda eslab
qolish va tiklash asosan obrazli va hissiy bo‘ladi. Bola eshitgan emas, ko‘rgan, his
qilgan narsasini eslab qolishga moyil bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim davrida esa
mantiqiy xotira va mustaqil eslab qolish usullari rivojlanadi. Duduqlanuvchi
bolalarda bu bosqichda qo‘shimcha mashqlar va metodik ko‘mak zarur bo‘ladi.
Tafakkur, idrok va tasavvur xususiyatlari
Insonning bilish faoliyati tafakkur, idrok va tasavvur kabi psixik jarayonlar
orqali amalga oshadi. Bu uchlik har bir shaxsning kognitiv rivojlanishida muhim
o‘rin tutadi. Ayniqsa, duduqlanuvchi bolalarda bu jarayonlar o‘ziga xos kechadi,
chunki nutqdagi buzilishlar nafaqat muloqot, balki aqliy faoliyatga ham ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ushbu jarayonlarning xususiyatlarini chuqur
o‘rganish duduqlanuvchi bolalar bilan ishlash metodikasini to‘g‘ri tanlashda
muhim hisoblanadi.
Tafakkur tushunchasi va uning bolalardagi rivojlanish bosqichlari.
Tafakkur – bu muammolarni hal qilish, tahlil qilish, umumlashtirish,
taqqoslash, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash orqali voqelikni bilishga
qaratilgan aqliy faoliyatdir. Bolalarda tafakkur tug‘ma holda bo‘lmaydi; u asta-
sekinlik bilan shakllanadi va nutq bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi.
Tafakkur quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
Amaliy tafakkur – harakat orqali muammoni hal qilish (maktabgacha
yoshda ustun).
Obrazli tafakkur – voqealarni obrazlar orqali tasavvur qilish (6-10 yoshda
kuchli rivojlanadi).
Mantiqiy tafakkur – tushunchalar asosida fikr yuritish (10 yoshdan boshlab
shakllanadi).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
Duduqlanuvchi bolalarda mantiqiy tafakkurda noaniqliklar kuzatilishi
mumkin, chunki nutqiy kechikishlar fikrlarni aniq va izchil bayon qilishda
qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli bu guruhdagi bolalar uchun tafakkurni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega.
Idrok va uning rivojlanish mexanizmlari.
Idrok – bu tashqi dunyo predmetlari va hodisalarini sezgi organlari orqali
yaxlit tarzda aks ettirish jarayonidir. Idrok sezgi bilan boshlanadi va tafakkur
bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Inson ongiga kirayotgan ma’lumotlar aynan
idrok orqali shakllanadi.
Bolalarda idrok quyidagicha shakllanadi:
3–6 yoshda ko‘proq vizual-idrok (ko‘rish orqali anglash) ustunlik qiladi;
6–10 yosh oralig‘ida eshitish va harakat bilan bog‘liq idrok shakllanadi;
10 yoshdan so‘ng murakkab predmet va hodisalarni tanib olish, tahlil qilish
rivojlanadi.
Duduqlanuvchi bolalar ko‘pincha eshitish idroki bo‘yicha muammolarga
duch keladilar. Bu esa o‘quv materialini to‘g‘ri qabul qilmaslikka,
yo‘riqnomalarni noto‘g‘ri tushunishga olib kelishi mumkin. Ularning idrokini
rivojlantirishda ko‘rgazmali vositalardan, rangli va harakatli obyektlardan, taktil
mashqlardan keng foydalanish zarur.Tafakkur inson ruhiy hayotining markaziy
va eng muhim jarayonlaridan biridir. U tashqi dunyoni bilish, hodisalarni o‘zaro
bog‘lash, tahlil qilish, muammoni hal qilish, oldindan taxmin qilish imkonini
beradi. Psixologiyada tafakkur quyidagicha izohlanadi: bu – bilish jarayoni
bo‘lib, odam sezgi orqali qabul qila olmaydigan voqelikni tahlil va sintez,
taqqoslash, umumlashtirish, kategoriyalarga ajratish kabi aqliy amallar
vositasida anglaydi.
Tafakkur nutq bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ham nutqida muammo
mavjud bo‘lgan – xususan, duduqlanuvchi bolalarda – tafakkur jarayoni ham
muayyan tarzda o‘zgaradi. Bunday bolalarda fikrlashda sustlik, mulohazalarda
noaniqlik, izchillikning buzilishi kuzatiladi.
Tafakkur o‘z mohiyatiga ko‘ra bir nechta shakllarda kechadi:
1. Amaliy (harakatli) tafakkur – bolaning atrof-muhitdagi muammolarni
bevosita harakat orqali hal qilishiga asoslanadi. Bu shakl, ayniqsa, 3–6 yosh
oralig‘ida faol bo‘ladi. Duduqlanuvchi bolalarda bu shakl orqali muloqot o‘rnini
to‘ldirishga harakat qilinadi.
2. Obrazli tafakkur – tasvirlar, obrazlar asosida fikr yuritish. U bolalar ertak
aytishda, rasm chizishda, sahnalashtirishda faol namoyon bo‘ladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
Duduqlanuvchi bolalar bu shakl orqali o‘z fikrini nutqsiz bayon etishga harakat
qiladilar.
3. Mantiqiy tafakkur – tushuncha, mulohaza va xulosalarga asoslangan
fikrlash shaklidir. Bu shakl 9–10 yoshdan boshlab to‘liq shakllanadi.
Duduqlanuvchi bolalarda bu shaklning rivojlanishi sekinlashishi yoki ifoda
qilishdagi murakkabliklar bilan birga kechishi mumkin.
Tafakkurning bu shakllari har bir bolaning rivojlanishida navbatma-navbat
ustunlik qiladi. Duduqlanuvchi bolalarda esa tafakkur shakllari nutqiy
qiyinchiliklar sababli asosiy ifoda vositasi sifatida emas, balki muqobil aloqa
vositasi sifatida ham shakllanadi. Bu holat ularning fikrni ichki ravishda
boyitishiga, lekin og‘zaki ifodalashda muammoga duch kelishiga sabab bo‘ladi.
Idrok va uning duduqlanuvchi bolalar psixologiyasidagi o‘rni.
Idrok – bu sezgi a’zolari orqali tashqi dunyoni butun holda, ongli ravishda
aks ettirish jarayonidir. Inson ma’lumotning 90% dan ortig‘ini idrok orqali oladi.
Idrok sezgi va tafakkur orasidagi ko‘prik bo‘lib, bolalarning bilish faoliyati
asosini tashkil qiladi. U nafaqat ko‘rish, eshitish, hidlash, ta’m bilish, balki
ularning psixologik tahlil qilish darajasini belgilaydi.
Duduqlanuvchi bolalarda idrok faoliyati odatda disbalansli tarzda
rivojlanadi. Ya’ni, ayrim sezgi turlari (masalan, eshitish yoki ko‘rish idroki)
kuchli rivojlangan bo‘lishi mumkin, ammo idrok natijalarini nutq orqali izohlash
qiyin kechadi.
Idrokning turlari va duduqlanuvchi bolalar
Idrok quyidagi turlarga bo‘linadi:
-Ko‘rish idroki – rasm, rang, shakl va makonni aniqlash qobiliyati.
Duduqlanuvchi bolalarda bu shakl obrazli fikrlash bilan birga tez rivojlanadi.
-Eshitish idroki – tovushlar va nutqni qabul qilish. Bu duduqlanuvchi
bolalar uchun eng muhim idrok turidir, ammo nutqiy defekt sababli tovushlarni
farqlashda muammolar yuzaga chiqadi.
-Kinestetik idrok – tana harakatlari orqali ma’lumotni qabul qilish. Ushbu
shakl o‘yin, rasm chizish, teatrli sahnalashtirish orqali mustahkamlanadi.
Masalan, duduqlanuvchi bola rasmni ko‘ra oladi, anglaydi, lekin uni izohlash
uchun zarur bo‘lgan nutqiy ifoda yetishmaydi. Bu holat ularning bilimini to‘liq
ifoda eta olmasligiga olib keladi. Shuning uchun ham ular ko‘pincha “kam
bilimli” emas, balki “kam ifodali” deb noto‘g‘ri talqin qilinadi.
Idrok buzilishlari va ularni to‘g‘rilash yo‘llari
Duduqlanuvchi bolalarda quyidagi idrok muammolari ko‘proq uchraydi:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
-
Diqqatning tez chalg‘ishi – tasvirlarni idrok qilishda izchillik
bo‘lmasligi.
-
Tovushlarni farqlashda qiyinchilik – fonematik eshitish zaifligi
tufayli nutqni tushunish sekinlashadi.
-
Idrok va tafakkur uyg‘unligining pastligi – sezilgan ma’lumotni tahlil
qila olmaslik.
Bu holatlarni kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
-
Vizual materiallardan foydalanish – rasmlar, sxemalar, video ko‘rsatmalar
orqali anglashni mustahkamlash.
-
Tovushni farqlash mashqlari – harflarni aytish va eshitish asosida
muvofiqlikni rivojlantirish.
-
Aqliy hujum metodlari – duduqlanuvchi bolalarni rasm asosida “nima
bo‘lishi mumkin?” degan savollar bilan mustaqil fikrlashga undash.
Tasavvur va uning duduqlanuvchi bolalar rivojlanishidagi roli
Tasavvur – bu ongda real hayotdagi narsa, hodisa va voqealarning
obrazlarini qayta tiklash yoki yangilarini yaratish qobiliyatidir. Bu jarayon
tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bolalarning ijodkorligi, fantaziyasi va
muammoli vaziyatlarda yo‘l topish qobiliyatini shakllantiradi. Ayniqsa,
duduqlanuvchi bolalar uchun tasavvur – bu o‘zini ifoda etishning muqobil yo‘li
bo‘lib xizmat qiladi.
Duduqlanuvchi bolalarda tasavvur xususiyatlari
Duduqlanuvchi bolalarda tasavvur jarayoni, odatda, quyidagi xususiyatlar
bilan ajralib turadi:
Tasviriy tasavvurning kuchliligi – ular gapira olmasalar-da, obrazlar orqali
fikrni juda aniq ifodalashga moyildirlar.
Nutq orqali ifoda zaifligi – fikrlarini so‘zga aylantirishda qiynaladilar, bu
esa tasavvurini baholashda noto‘g‘ri talqinlarga sabab bo‘ladi.
Ijodiy yondashuvga ehtiyoj – bu bolalar musiqa, rasm, sahnalashtirish
orqali o‘z ichki dunyosini bayon etishga harakat qiladilar.
Masalan, nutqida muammosi bo‘lgan bola rasmda butun voqeani aniq
ifodalab bera oladi, lekin so‘z orqali izohlashga uringanda duduqlanib qoladi.
Shunday holatlarda tasavvur bolani ijtimoiy muhit bilan bog‘lovchi vosita bo‘lib
xizmat qiladi.
Xulosa
Duduqlanish faqatgina nutqdagi muammo bo‘lib qolmay, balki bolaning
umumiy psixik va bilish rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, duduqlanuvchi bolalarda e’tiborning tez chalg‘ishi, xotiraning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
sustligi, tafakkurning sekinligi va nutqiy faoliyatdagi cheklovlar ko‘proq
uchraydi. Bu esa o‘z navbatida ularning o‘quv faoliyatida, muloqotida va ijtimoiy
moslashuvida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Duduqlanuvchi
bolalarning ruhiy va bilish jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, til va
nutq rivoji, xotira, idrok va tafakkurda ba’zi kechikishlar yuzaga keladi.
Duduqlanish bolaning o‘zini ifoda etishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, bu esa
uning ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu muammo bilan
samarali kurashish uchun erta tashxis qo‘yish, psixologik va pedagogik yordam
zarurdir.
Shu sababli, bunday bolalarga nisbatan psixologik, pedagogik va logopedik
yondashuvda individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Duduqlanuvchi
bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish, ularning nutqiy faoliyatini
faollashtirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish orqali ijtimoiy moslashuv
jarayonini yengillashtirish mumkin. Mazkur yo‘nalishda olib boriladigan tizimli
ishlar ularning to‘laqonli shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
1. Жмурова Т.В. Логопедия: Теория и практика. – Москва: Владос, 2019.
2. Asqarova M., Sobitova N. Maxsus pedagogika. – Toshkent: TDPU, 2017.
3. Shirinova M.Q. Bilish jarayonlari psixologiyasi. – Qarshi: Nasaf, 2020.
4. Hamdamova D.S. Logopediya asoslari. – Toshkent: TDPU, 2022.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Duduqlanishni davolash
bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2019.