ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
ALALIYA TASHXISLI BOLALAR BILAN ISHLASHDA ZAMONAVIY
LOGOPEDIK TEXNOLOGIYALAR
Kayumova Feruza Murodullayevna
Alfraganus Universiteti Pedagogika va Psixologiya kafedrasi,
Defektologiya yoʻnalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16900710
Annotatsiya:
Ushbu maqolada alaliya tashxisli bolalar bilan ishlashda
qo‘llaniladigan zamonaviy logopedik texnologiyalar yoritilgan. Tadqiqotda nutq
buzilishining klinik va pedagogik xususiyatlari, shuningdek, multimodal
yondashuv, interaktiv o‘yinlar, kompyuter dasturlari va mobil ilovalar orqali
terapiya samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Amaliy tavsiyalar
logopedlarga bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish, kommunikativ
kompetensiyasini mustahkamlash va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan.
Kalit soʻzlar:
Innovatsiya, kompetentsiya, texnologiya, prinsp, kompleks,
individual, fonetika, artikulatsiya, component, agrammatic, differensiya,
interaktiv, frontal, multimedia.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются современные
логопедические технологии, применяемые в работе с детьми, имеющими
диагноз алалия. Исследуются клинические и педагогические особенности
речевого нарушения, а также способы повышения эффективности терапии
с использованием мультимодального подхода, интерактивных игр,
компьютерных программ и мобильных приложений. Практические
рекомендации направлены на развитие речевой активности, укрепление
коммуникативной компетенции и поддержку социальной адаптации
детей.
Ключевые слова:
Инновационный, компетенсия, технология,
принцип, комплексный, индивидуальный, фонетика, артикуляция,
компонент,
аграмматичный,
дифференциация,
интерактивный,
фронтальный, мультимедиа.
Abstract:
This article examines modern speech therapy technologies used
in working with children diagnosed with alalia. It explores the clinical and
pedagogical features of speech disorders, as well as methods to enhance therapy
effectiveness through a multimodal approach, interactive games, computer
programs, and mobile applications. Practical recommendations are provided to
develop children’s speech activity, strengthen their communicative competence,
and support their social adaptation.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
Key words:
Innovative, technology, principle, complex, individual,
phonetics, articulation, component, agrammatic, differentiation, interactive,
frontal, multimedia.
Nutq insonning asosiy kommunikativ vositasi bo‘lib, uning to‘laqonli
rivojlanishi bolalarning intellektual, ijtimoiy va emotsional taraqqiyoti uchun
muhim ahamiyatga ega.
Alaliya — markaziy asab tizimining erta organik shikastlanishi
natijasida yuzaga keladigan nutqning og‘ir rivojlanish buzilishi bo‘lib, bolalarda
so‘z boyligi, grammatik tuzilma va fonetik tizimning shakllanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Hozirgi davrda logopedik amaliyotda zamonaviy texnologiyalar,
jumladan, multimodal yondashuv, interaktiv dasturlar, vizual va audial
materiallar, shuningdek, raqamli platformalar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu
texnologiyalar alaliya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan koreksion ishlarni
samarali tashkil etish, ularning nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Alaliya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar
murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu yo‘nalishda zamonaviy,
individual yondashuvga asoslangan logopedik texnologiyalarni qo‘llashni talab
qiladi. Ushbu texnologiyalar nafaqat bolaning nutqiy faoliyatini shakllantirishga,
balki uning ijtimoiy moslashuvi, emotsional holati va kognitiv rivojlanishiga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, individual yondashuv va muayyan
metodlarning kombinatsiyasi alaliya bilan ishlashda muvaffaqiyatli natijalarga
olib keladi, ayniqsa albom topshiriqlaridan foydalanib o‘tkazilgan tadqiqot
maktabgacha yoshdagi alalik bolalarda tizimli nutq rivojlanmaganligini,
turg‘unligi (so‘zlarni nutqda qo‘llay olish), egiluvchanligi (turli vaziyatlarda
situativ va spontan nutqdan foydalanish), assotsiativligi (bir qarashda o‘xshash
bo‘lmagan belgilardan o‘xshash belgilarni ajratib olish), differensialligi (o‘xshash
shakl va hodisalarni farqlay olish) hamda umumlashtirish holatining past
darajada rivojlanganligini aniqladi, bu esa bolalarning maktab ta’limiga
tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlab olish mumkin.
Logopedik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash nutqida buzilishlar mavjud
bo‘lgan bolalarni rivojlantirish, ulardagi nutqiy muammolarni bartaraf etish va
ijtimoiy moslashuvni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy logopedik
texnologiyalar
an’anaviy va innovatsion metodikalar
uyg‘unligiga asoslanadi.
1
Amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalar
Quyidagi logopedik texnologiyalar amaliyotda keng qo‘llaniladi:
1
Karimova, R. (2016).
Logopediya
. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
1.Artikulyatsion gimnastika
– tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni
shakllantiradi ;
1) Lablar: qalin, ingichka, yuqori labning оʻta ingichkaligi, pastki labning
оʻta qalinligi.
2) Tishlar: prikuslarni notоʻgʻri joylashuvi, tishlar tuzilishidagi kamchiliklar.
3) Qattiq tanglay: tor, оʻta chuqur rivojlangan.
4) Yumshoq tanglay: yumshoq tanglay kaltaligi, tilchaning ikkiga
bоʻlinganligi, kichik tilchaning yоʻqligi.
Dastlabki logopedik tekshirish jarayonida artikulyatsion apparat aʻzolari
tuzilishida kamchiliklar borligi aniqlanadi. Bunday hollarda fonematik idrokni
rivojlantirish ishlari bilan parallel ravishda artikulyatsiya gimnastikasi
(tayyorgarlik mashqlari) olib boriladi. Artikulyatsiya gimnastikasining maqsadi,
tovushlarni tоʻgʻri talaffuz etish uchun zarur bоʻlgan artikulyatsiya a’zolarini
tоʻliq, aniq keltirish va oddiy harakatlarni murakkab harakatlarga turli xil
fonemalarning artikulyatsiya tartibiga birlashtirishdan iboratdir. Hamma
artikulyatsion mashqlari tizimini ikki turga bоʻlish mumkin: statik va dinamik.
Statik mashqlarda artikulyatsiya aʻzolari turli holatlarga keltiriladi, lekin harakat
bоʻlmaydi. Dinamik mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga va shu
bilan birga harakatga keltiriladi.
Fonematik eshituvni rivojlantirish texnologiyasi
– tovushlarni
farqlash va eshituvli differensiallashni o‘rgatadi;
Bolalarda fonematik idrokni tekshirishdan avval uning fiziologik eshituv
holati aniqlanadi. Kо‘p hollarda fiziologik eshituv normada bо‘lgan bolalarda
fonemalarni kichik kо‘rinishlarini farqlay olmaydilar. Buning natijasida
bolalarda fonematik idrok kamchiliklari kuzatiladi. Fonematik idrokni tekshirish
maqsadida bir necha vazifalardan foydalaniladi:
1) Oddiy jumlalarni solishtirish, farqlash, tanish.
2) Bir qator sо‘zlar ichidan kerakli sо‘zni eslab qolish.
3) Bir qator tovushlar ichidan kerakli tovushni ajratish, sо‘ngra –
bо‘g‘inlarda, sо‘zlarda.
4) 2 va 4 elementdan iborat bо‘g‘inlar qatorini eslab qolish (unli tovushlar
о‘zgarishi bilan: RA-RE-RU, undosh tovushlar о‘zgarishi bilan: VA-SA-RA.
Eshituv diqqati, jumlalar, matnlar materiali asosida nutqni eshitish uquvim
rivojlantirish. Magnitofonli mashg‘ulotlar foydalidir. Bunda bola bir vaqtning
o‘zida matnni eshitadi va ko‘radi (o‘qiydi). Matn magnitofon tasmasidan
sekinlashgan tempda taraladi. O‘z nutqiga diqqatni jalb etish uchun,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
sekinlashgan va tezlashgan tempdagi nutq namunalari eshitish va keyin tahlil
qilish uchun beriladi. Ohang ustida ishlash foydalidir.
Didaktik o‘yinlar
– qiziqarli, motivatsion yondashuv orqali og‘zaki nutqni
rivojlantiradi;
Didaktik o‘yinlar texnologiyasi, bolalarga mashg`ulotni yanada interaktiv va
samarali qilish uchun imkonini beradi. Didaktik o‘yinlar texnologiyasi,
bolalarning o‘z-o‘zini ifoda etishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishini va
o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu
texnologiya logopedga mashg`ulotni yanada qiziqarli va samarali qilish uchun
yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llash imkonini beradi. Didaktik o‘yinlar
orqali bolalar o‘zlarining bilimlarini amaliyotda qo‘llash va mustaqil tadqiqotlar
olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning o‘rganish samarasini
oshiradi. Didaktik o‘yindan foydalanilganda bolalarning darsga qiziqishi ortadi,
diqqatini jamlashi rivojlanadi,dars materiallarini o‘zlashtirish yengillashadi
hamda matematik kompetentsiyalar shakillanadi. Didaktik o‘yinlar orqali
mashg`ulotlarda bolalar har vaqt aktiv qatnashadilar
Bolalarda tоʻgʻri muloqat jarayonini qisman yoki tоʻliq tekshirish:
Tekshirishdan avval logoped bola bilan tоʻgʻri muloqatni оʻrnatib, bolaning
kayfiyatini kоʻtargan holda tekshiriuv ishlari оʻyin tarzida olib borilishi lozim, va
quyidagi ishlar olib boriladi:
1) Bola оʻyinchoqlarni nomlash, ular bilan qanday harakatlarni bajarishni
aytib berish.
2) Bola rasmlarni nomlash.
Tоʻgʻri muloqatga kirishuvchi bolalarni tekshirish:
1)Maxsus tanlangan rasmlarda predmetlarni harakatini, sifatini nomlash;
2) Mavxum tushunchalarga ega bоʻlgan, antonim, sinonim, sоʻzlarning
umumiy maʻnosi, sоʻzlardan kerakli sоʻzni mоʻljal olishni tekshirish;
Multimediali texnologiyalar
– interaktiv dasturni qo‘llash orqali
logopedik ishlarni jonlantiradi va mustahkamlashga yordam beradi;
Multimedia — bu turli kompyuter texnologiyalarining to’plami bo’lib, unda
turli shakldagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar, masalan, grafika, tekst, video,
fotografiya, xarakatlanuvchi obrazlar (animatsiya), ovozli effektlar qo’llaniladi.
2
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi va o’ziga xos xususiyati
ma’lumotlarni tasvirlashda faol qo’llaniladigan multimedianing quyidagi
imkoniyatlari xisoblanadi:
2
.
Juraev, Muzaffarjon Mansurjonovich. "Prospects for the development of professional training of students
of professional educational institutions using electronic educational resources in the environment of digital
transformation." Academicia Globe: Inderscience Research 3.10 (2022): 158-162.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
Katta xajmli xar xil turdagi ma’lumotlarni bitta tashuvchida saqlash
imkoniyati (20 tagacha avtorlik tomlari, 2000 va undan ko’proq sifatli
tasvirlarni, 30 – 45 minutli vidoyozuv, 7 soatlik ovoz);
Ekranda tasvirni yoki uning zarur qismini kattalashtirish (detallashtirish)
imkoniyatini mavjudligi. Ba’zi xollarda tasvir sifatini saqlagan xolda 20
martagacha kattalashtirish (“lupa” rejimi) mumkin. Ayniqsa bu san’at asarlarini
va noyob tarixiy xujjatlarni namoyish qilishda juda muxim.;
Ilmiy tadqiqot va tanishish maqsadlarida tasvirlarni turli dasturiy vositalar
yordamida tasvirlarni solishtirish va qayta ishlash;
Neyro-logopedik texnologiyalar
– bola miyasi va markaziy nerv tizimi
faoliyatini inobatga olgan holda mashqlar tanlanadi.
Neyrologopediya - nutq terapiyasi, pedagogika va nevrologiya
kesishmasidagi usul. Nutq terapevtlari zamonaviy kashfiyotlar tufayli miyaga
bevosita murojaat qilish va uning ishini tuzatish orqali o'z imkoniyatlarini
sezilarli darajada kengaytirishi mumkin.
Neyrologopediya nafaqat nutq buzilishining alomatlarini yo'q qiladi, balki
uning sababi bilan ishlashga intiladi.
Nutq rivojlanishini to'g'rilash uchun miya
resurslarini faollashtirish. Neyrologopediya miyani massaj, ritm, hissiy
integratsiya va miyaga ta'sir qilishning boshqa individual tanlangan usullari
yordamida rivojlantiradi. Mashg'ulotlar davomida bolalar motorli vazifalarni
bajaradilar, o'quv o'yinlarini o'ynaydilar, hissiy stimullarni idrok etish, eshitish,
ko'rish va psixoloji rivojlanishni yaxshilaydi. Ushbu ko'p qirrali kompleks
miyaning barcha funktsiyalarini muvofiqlashtiradi va ikki yarim sharni
bog'laydi. Aynan shu aloqa nutqning to'g'ri rivojlanishining "kalitiga" aylanadi.
Yoqimli "yon ta'sir"
ushbu darslarning maqsadi bolaning umumiy intellektual
rivojlanishini yaxshilash, uning xotirasi va e'tiborini rivojlantirishdir.
3
Samaradorlikni baholash mezonlari
Logopedik ishlar samaradorligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
-Tovush talaffuzi yaxshilanishi (artikulatsiya to‘g‘riligi);
-So‘z boyligi oshishi va grammatik tuzilmaning shakllanishi;
-Nutqning izchilligi va mantiqiyligi;
-O‘z fikrini og‘zaki bayon qilish qobiliyatining rivojlanishi;
-Mustaqil muloqotga tayyorlik darajasi.
Logopedik texnologiyalarning muvaffaqiyatli qo‘llanishi uchun quyidagilar
zarur:
3
Khasanova, M. (2021). “Neyro-logopedik yondashuv samaradorligi”,
Defektologiya amaliyoti
, №2, 18–24-
betlar
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
1)Mutaxassisning puxta tayyorgarligi;
2)Bola bilan individual va tizimli ishlash;
3)Ota-onalarning faol ishtiroki.
Tajriba natijalari asosida baholash
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, texnologik yondashuv asosida olib
borilgan logopedik mashg‘ulotlar natijasida bolalarda nutq faolligi, talaffuz
aniqligi, leksik-grammatik ko‘nikmalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
4
Korreksion mashg‘ulotlar mazmuni va metodikasi
1.
Korreksion mashg‘ulotlarning mazmuni
Korreksion mashg‘ulotlar — bu rivojlanishida buzilishlar bo‘lgan bolalarda
mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, ularning nutqiy, psixik, jismoniy va ijtimoiy
rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan maxsus pedagogik faoliyatdir.
Mazmun jihatidan bu mashg‘ulotlar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-
Nutqiy faoliyatni rivojlantirish (tovush talaffuzi, so‘z boyligi, grammatik
tuzilma);
-
Eshitish, e’tibor, xotira va fikrlashni rivojlantirish;
-
Ijtimoiy-muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish;
-
Psixomotor harakatlarni muvofiqlashtirish (mayda va yirik motorika)
Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni
rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon
beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e'tiborni qaratadi.
Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to‘ldirishga va
maxsus dastur bo‘yicha maktab ta'limiga tayyorlashga yo‘naltiriladi. Nutqiy
rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida
mashg`ulot vazifalarini o‘zlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali
logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan
o‘tkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har
tomonlama o‘tkazilsagina amalga oshadi. Ish jarayonida turli metod, usullardan
mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi.
Mayda qo‘l motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq
tortishga,bo'yashga, shtrixlashga o'rgatiladi, tugunchalar bog'lashga, mozaikalar
va geometrik materiallardan naqshlar chizish o ‘rgatiladi va h.k. Agar bolalar qo‘l
barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan
ham orqada qolishligi isbotlangan. Qo‘l harakatlarini mashq qildirish jarayonida
4
Nazarova, Z. (2020). “Logopedik texnologiyalarni baholash mezonlari”,
Logopediya jurnali
, №3, 25–30-
betlar.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
nutq holati mukammallashadi.Ishning boshlang'ich bosqichlarida nutqning
psixofiziologik asoslari shakllantiriladi, bolada m uloqotga ehtiyoj hissi
uyg'otiladi.
Mashg'ulotlarning samaradorligi ko'rgazmali qurollarning mavjudligi va
ulardan to'g'ri foydalanishga bog'liq.
Bolalarning diqqati va ish qobiliyatini rivojlantirish uchun turli
qo‘llanmalardan
foydalaniladi:
kesma
rasmlar,
tayoqchalar
(hisob
tayoqchalaridan geometrik shakllarni yasash), predm etlarni rangi, shakli
hajmiga ko‘ra tasniflash. Bolaning yetarlicha uyushganligida, diqqatini to‘play
olishida, faoliyatning elementar ko‘rinishlari shakllanganida tovushlarni idrok
qilish bo'yicha olib boriladigan ish mumkin hisoblanadi. Ishda chapak
chalishdan, oyoqni polga urib tapillatishdan, stolni taqillatishdan foydalanmaslik
kerak, chunki bunday hollarda jaranglash idrok qilinmay, tebranish, suyak
o'tkazuvchanligidan vibratsiya idrok qilinadi.
2. Korreksion mashg‘ulotlarning metodikasi
Korreksion mashg‘ulotlarning metodikasi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-
Individuallashtirish va differensial yondashuv – har bir bolaning
rivojlanish darajasiga mos topshiriqlar tanlanadi;
-
Bosqichlilik – osondan murakkabga qarab ketma-ket ishlash;
-
Integratsiyalashgan yondashuv – logopedik, psixologik va pedagogik
metodlarning uyg‘unligi.
5
Amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlar:
-
Og‘zaki muloqot va suhbat metodi – bolani faol nutqqa jalb qilish;
-
Ko‘rsatish va takrorlash usuli – harakatlar, tovushlar va so‘zlarni vizual
tarzda o‘rgatish;
-
O‘yin metodi – qiziqarli, emotsional mashg‘ulotlar orqali o‘qitish;
-
Sensorli rivojlantiruvchi metodlar – sezgi organlari orqali o‘rganishni
kuchaytirish.
Shuningdek, logopedik mashqlar, artikulyatsion gimnastika, fonematik
eshituvni rivojlantirish kabi usullar keng qo‘llaniladi.
Korreksion metodlar usullari nafaqat bolalarning qiziqishlariga, ularning
o`yinga bo`lgan ehtiyojlariga mos kelishi, balki bolaning intellekyual
rivojlanishini, unung fikrlash va ongini o`rgatishini ta`minlashi kerak.
Ko`rgazmali qurollar – o`yinchoqlar, rasmlar, kitoblardagi illyustratsiyalar,
harakatlar – asosiy tushunchalarni rivojlantirishga, atrofimizdagi dunyo
5
Vygotskiy, L.S. (1997).
Psixologiya va pedagogikaga oid tanlangan asarlar
. Moskva: Pedagogika
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
haqidagi bilimlarni kengaytirishga, umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga
yordam beradi.
3.Korreksion ishlarning shakllari
Mashg`ulotlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
-
Individual mashg‘ulotlar – og‘ir buzilishlar bo‘lgan bolalar bilan;
-
Kichik guruhli mashg‘ulotlar – bir xil muammo bilan kurashayotgan
bolalar uchun;
-
Frontal (umumiy) darslar – maktabgacha ta’lim yoki ixtisoslashtirilgan
guruhlar doirasida.
Korreksion ishlarning samaradorligini baholash mezonlari — bu ijtimoiy,
psixologik yoki pedagogik yo‘nalishlarda olib borilgan tuzatish (korreksion)
ishlari qanday natija berganini aniqlash uchun qo‘llaniladigan mezonlar
(ko‘rsatkichlar) to‘plamidir.
6
Alalik bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida korreksion ish tizimini to`g`ri
olib borilsa ma`lum bir ijobiy dinamikaga erishish mumkin. Ulardagi nutqiy
faoliyatning darajasiga ko`ra bir holatdan ikkinchi holatga o`tishi orqali nutq
shakillanadi. Bolalar logopedik korreksion ish tizimida ma`lum nutq
malakalarini va ko`nikmalarini o`zlashtiradilar. Bu juda sekin sur`atlar bilan yuz
beradi hamda rivojlanish jarayonida bolalarda kamchiliklar mavjud bo`lib, ular
deyarli o`z-o`zidan kompensatsiya qilinmaydi va buni tuzatish bilan bartaraf
murakkablashadi.
Alaliya nutq nuqsonini bartaraf etishning asosiy usullari:
Logopediya (nutq terapiyasi):
Logopedik mashqlar: Nutq muammolarini bartaraf etish uchun maxsus
mashqlar va usullar mavjud.
Bu mashqlar bolaning til va og'zaki mushaklarini kuchaytirishga yordam
beradi. Masalan, ovoz chiqarish mashqlari, tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish,
so'zlarni aniqlik bilan aytish.
Psixologik yondashuvlar:
Ijtimoiy va psixologik qo'llab-quvvatlash: Alaliya bilan kurashayotgan
bolalar ko'pincha o'zlarini boshqa bolalar bilan taqqoslab, ijtimoiy holatda
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Psixologik yordam va motivatsiya ularga o'ziga
bo'lgan ishonchni tiklashga yordam beradi.
6
Ivanova, N.V. (2019).
Tekhnologii korrektsionno-razvivayushchego obucheniya
. Moskva: Akademiya
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
O'z-o'zini anglash va boshqarish: Psixoterapiya va maxsus mashqlar
yordamida bolaga o'z nutqidagi xatoliklarni tushunishga yordam berish
mumkin. Bu jarayon bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi.
Pedagogik yondashuvlar:
Individual yondashuv: Har bir bolaning nutq rivojlanishiga alohida
yondashish kerak. Ba'zilar ko'proq vaqt va e'tibor talab qilishi mumkin,
boshqalari esa tezroq rivojlanishi mumkin. O'qituvchi va logoped bola uchun
moslashtirilgan darslar o'tkazishadi.
Medikomentoz terapiyasi (keng tarqalgan emas):
Agar alaliya fiziologik muammolar yoki tibbiy holatlar bilan bog'liq bo'lsa,
maxsus davolash yoki dori-darmonlar tavsiya etilishi mumkin. Biroq, bu har
doim ham kerak emas va faqat malakali mutaxassis tomonidan tavsiya etilishi
lozim. Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda
foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning
vazifa va mazmuni aniqlanadi. Olib boriladigan ishlar nutqiy faoliyat
mexanizmlarini shakllantirishga qaratiladi: motiv, aloqa bog'lash maqsadi,
bayonning ichki dasturi, uning leksik- grammatik vositalarini tanlash grammatik
tuzilishi shakllantiriladi. Nutqiy tajribani boyitish uchun bilimlardan ongli
foydalanish uquvi rivojlantiriladi, nutqiy operatsiyalarni modellashtirishni
egallash uquvi orttiriladi.
Quyida korreksion ishlarning samaradorligini baholashda keng
qo‘llaniladigan asosiy mezonlar:
1. Dinamika mezoni
Bu mezon orqali bolaning holatidagi o‘zgarishlar vaqt davomida qanday
ro‘y bergani baholanadi. Masalan:
-Davolashgacha va davolashdan keyingi holatni solishtirish.
-Muammo simptomlarining kamayishi yoki yo‘qolishi.
2. Moslashuv darajasi
Alaliya tashxisli bola qanday darajada moslashgani aniqlanadi:
-Ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishi.
-Jamoada o‘zini tutishdagi ijobiy o‘zgarishlar.
3. Emotsional-hissiy holat
Korreksion ishlar natijasida bolaning ruhiy-emotsional holatida qanday
o‘zgarishlar bo‘lganiga e’tibor qaratiladi:
-Stress, xavotir yoki agressiyaning kamayishi.
-O‘zini qadrlash darajasining oshishi.
4. Faollik va motivatsiya
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
bolaning o‘quv, ijtimoiy yoki mehnat faoliyatidagi motivatsiyasi va ishtirok
darajasi o‘lchanadi:
-Faollikning ortishi.
-Qiziqishning kuchayishi.
5. Subyektiv baholash
Bolalarning o‘zlari yoki ularning ota-onalari/ustozlari tomonidan berilgan
fikrlar ham e’tiborga olinadi:
-O‘zgarishlardan qoniqish darajasi.
-Subyektiv tarzda his qilinayotgan yengillik yoki o‘zgarishlar.
Jarayonni baholash:
Mashg`ulotlarning chorak, yil davomida kuzatilgan natijalar va guruhlardan
olingan ma’lumotlar, tahlillar asosida amalga oshiriladi. Baholash uchun
dastlabki va oxirgi ma’lumotlarni taqqoslash yoki nazorat guruhlari to‘plami
asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning imkoniyatlari, o‘qituvchilaning
kompetensiyalarini aniqlashga asoslanadi. Alaliya tashxisli bolalarni korreksion
mashg`ulotlarning tashkil etilishi baholash uchun quyidagi mezonlar bo‘yicha
amalga oshiriladi:
1) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari;
2) ijtimoiy moslashish darajasi (mashg`ulotda qabul qilingan xulq-atvor,
tartib qoidalarining qabul qilinishi va rioya qilish darajasi);
3) psixosomatik salomatligining dinamikasi.
Inklyuziv ta’lim samaradorligini baholash:
- ishlash jarayonidagi baholash usullari va mezonlari;
- metodika;
- bolaning kognitiv sohasini diagnostikasi, ijtimoiy ko‘nikmalar, bolalar va
guruh ichidagi munosabatlar.
Qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish:
Qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishda bir xil darajadagi muhit
diagnostikaning uslubiy muvaffaqiyatsiz chiqishiga sababchi bo‘ladi. Biz
yetarlicha to‘liqlik bilan bolaning muammosini “kam rivojlanganlik”, “salbiy
omillar”, “yo‘qlik” va hokazolarni o‘rgandik, ammo bir nuqsonning yo‘qligi
boshqa analizatorarning faoliyatiga ta’sir qilishini esdan chiqarmasligimiz lozim.
Qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholash:
Qo‘llab-quvvatlash tizimining sematik maqsadi bolani mustaqil izlashi va
o‘z rivojlanish muammolarini o‘zi hal qilish usullarini o‘rgatish bilan bog‘liq.
Baholash tizimi shunday bo‘lishishi lozim-ki, unda bolalar nazorat va baholash
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
jarayonida ishtirok etib borishlari orqali o‘z-o‘zini hamda baholash
ko‘nikmalarini egallay oladigan bo`lishi zarur.
Nutq terapevti mashg`ulot jarayonida quyidagilarga rioya qilishi zarur:
- o‘tilgan mavzular bo‘yicha va aniq topshiriqlardan foydalanish;
- topshiriqlarni bosqichma-bosqich tushuntirib borish;
- topshiriqlarni izchillik bilan bajarishga o‘rgatish;
- topshiriqlarni bajarishga oid ko‘rsatmalarni takrorlab turish;
- bajarilgan vazifalarni namoyish qilib borish va rag‘batlantirish.
Mashg`ulot jarayonida har xil faoliyat turlaridan foydalanish:
- darsda mashg‘ulotlar orasida jismoniy mashqlardan foydalanib turish;
- ovoz va nafas mashqlari ustida ishlash;
-artikulyatsion mashqlar ustida ishlash;
- topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha vaqt berish;
- gaplar, so‘zlarda nuqtalar o‘rnini to‘ldirishga oid mashqlar berish;
O‘quvchilarning erishgan natijalari va bilimini baholash usullari:
- bajarilgan ishning hajmi, sarflagan vaqtidan, erishilgan natijalardan kelib
chiqib xususiy baholash darajasini belgilash;
- mashg`ulotda berilgan mavzu materiallari bilan ishlay olmaydigan
o‘quvchi bilimini alohida shartlar orqali baholash:
- diqqatni yaxshi baholarga va rag`batga qarata baholash;
-topshiriqni bajara olmagan bolaga topshiriqni boshqatdan bajarishga
imkon berish;
- qayta ishlangan ishlarni baholash.
- muvaffaqiyatga ko‘ra individual baholash shklasidan foydalanish;
- bolani bajara olmagan topshiriqni qayta bajarishga ruxsat berish;
Alalik tashhisi bo‘lgan bolalarni o‘qitish va faoliyatini baholash jarayonida
logoped bolaning imkoniyatlariga mos keladigan, uning aqliy va jismoniy
salomatligini, hissiy muvozanatini saqlash imkoniyatini beruvchi shunday shakl
va uslublardan foydalanishi kerak-ki, bu bolalar olgan bahosidan rag‘bat olsin va
yanada yaxshiroq o‘qishga intilsin. Interfaol texnologiyalardan foydalangan
holda baholash mavzusi nafaqat erishilgan ta’lim natijalari, balki ularga erishish
jarayonidir. Alalik tashhisi bo‘lgan bolalarni baholash keyingi mashg`ulotlarda
ularning ishlarini rag‘batlantirishi kerak. Inklyuziv ta’lim doirasida adabiyot
darslarida interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish muhimligini yana bir bor
ta’kidlash lozim-ki, ushbu o‘quv faoliyati natijasida kognitiv jarayon faollashadi,
intellektual motivatsiyasi ortadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
Xulosa
Logopedik texnologiyalar zamonaviy fan va tajriba asosida ishlab chiqilgan,
nutqni o‘rgatish, rivojlantirish va korreksiya qilishga yo‘naltirilgan metodlar,
vositalar va strategiyalar majmuasidir. Alaliya tashxisli bolalar bilan ishlashda
bu texnologiyalar orqali nafaqat bolaning passiv va aktiv lug‘at boyligi oshiriladi,
balki fonematik eshituv, grammatik tuzilma, og‘zaki va yozma nutq, hamda
dialogik va monologik nutq ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Ushbu texnologiyalar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: interaktiv
o‘yinlar, vizual-audio materiallardan foydalanish, kompyuter dasturlari,
artikulyatsion gimnastika, nafas mashqlari, ritmoplastika, sensor-integrativ
yondashuv, logoritmika, psixologik-pedagogik diagnostika va individual
koreksion dasturlar. Har bir bolaning rivojlanish darajasi, nutqiy kamchiligi va
psixologik holatidan kelib chiqib, logoped tomonidan tanlangan mos
texnologiyalar individual yondashuv asosida qo‘llaniladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, logopedik texnologiyalar asosida olib borilgan
tizimli va maqsadli korreksion ishlar alaliya tashxisli bolalarda quyidagi
natijalarni beradi:
-Nutqiy faollik oshadi;
-Lug‘aviy boylik kengayadi;
-Grammatik tuzilmalar shakllanadi;
-Ijtimoiy moslashuv va o‘zini ifoda etish ko‘nikmalari rivojlanadi;
-O‘qish, yozish va tafakkur jarayonlari yaxshilanadi;
-Bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi.
Shu bois, Alaliya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar
murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu yo‘nalishda zamonaviy,
individual yondashuvga asoslangan logopedik texnologiyalarni qo‘llashni talab
qiladi. Ushbu texnologiyalar nafaqat bolaning nutqiy faoliyatini shakllantirishga,
balki uning ijtimoiy moslashuvi, emotsional holati va kognitiv rivojlanishiga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.. Bu esa logopediya fanining amaliy ahamiyatini chuqur
anglash va zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishni taqozo etadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Maktabgacha yoshdagi alaliyali bolalarda korreksion logopedik ishni
tashkil etish 1.Aminjonova Umida Kosimaliyevna,
2.
.Oripova Ominaxon Ilhomjon qizi.
3.
Кудрякова Д.А.,Моругина В.В.,Исторический аспект изучения
моторной алалии как речевого нарушения.:студенческий научный
вестник.-2018
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
4.
Karimova, R. (2016). Logopediya. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika
nashriyoti
5.
Nazarova, Z. (2020). “Logopedik texnologiyalarni baholash mezonlari”,
Logopediya jurnali, №3.
6.
Ivanova, N.V. (2019). Tekhnologii korrektsionno-razvivayushchego
obucheniya. Moskva: Akademiya.
7.
Khasanova, M. (2021). “Neyro-logopedik yondashuv samaradorligi”,
Defektologiya amaliyoti,