ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
SINTAKTIK TRANSFORMATSIYA NAZARIYASI VA SINTAKSISDAGI
ROLI
Ergashev Sardor Kosimovich
Qarshi davlat universiteti, Filologiya fakulteti,
O’zbek tilshunosligi kafedrasi,
O’zbek tili yo’nalishi,
Mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16626048
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sintaktik transformatsiya tushunchasi va
uning tilshunoslikdagi o‘rni tadqiq etiladi. Sintaktik transformatsiya gap va
jumlalar tarkibidagi elementlarning o‘zaro joylashuvini hamda tuzilishini
o‘zgartirish jarayonidan iborat. Maqolada sintaktik transformatsiyaning nazariy
asoslari, asosiy turlari va gap tuzilishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi.
Shuningdek, transformatsiyalar vositasida tilning sintaktik tizimidagi
murakkabliklarni soddalashtirish va yangi tuzilmalarni yaratish imkoniyati
ko‘rsatib o‘tiladi. Mazkur tadqiqot sintaktik transformatsiya yordamida tilning
sintaktik qoidalari va qonuniyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
sintaktik transformatsiya, sintaksis, sintaktik qoidalar, gap
tuzilishi, transformatsiya nazariyasi, gap elementlari, sintaktik o‘zgarishlar,
grammatik transformatsiyalar.
Bugungi kunda transpozitsiya hodisasi til birliklari va ularni chuqur
o‘rganishda katta ahamiyatga ega unsurlardan biri hisoblanmoqda. Milliy tilimiz
taraqqiy etib, tobora sayqallashib borar ekan, uni tadqiq etish, hozirda yechim
kutayotgan ayrim noaniq qarashlar haqida aniq nazariyalar ishlab chiqish
tilshunoslar oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Bugungi kunda tilimizni
o‘rganishda tilshunoslarimiz umumiy va maxsus usullarni qo‘llamoqdalar. Ilmiy-
texnik jihatdan rivojlanayotgan hozirgi davr tilshunos mutaxassislar uchun
alohida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Tezlashgan zamon tilimizga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazmasdan qolmayapti. Sintaktik transformatsiya til hodisalarining bir turi
bo‘lib, u faqat manba va tarjima tillarida parallel sintaktik tuzilmalar mavjud
bo‘lgan hollardagina sodir bo‘ladi. Transformatsion hodisalar tilimizda mavjud
boshqa hodisalar singari tarjima amaliyotida ham kam hollarda uchraydi.
Аннотация:
В данной статье исследуется понятие синтаксической
трансформации и её роль в лингвистике. Синтаксическая трансформация
представляет собой процесс изменения взаимного расположения и
структуры элементов в составе предложений и фраз. В статье
анализируются теоретические основы синтаксической трансформации, её
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
102
основные типы и влияние на структуру предложения. Также
демонстрируется возможность упрощения сложностей синтаксической
системы языка и создания новых структур посредством трансформаций.
Данное исследование способствует более глубокому пониманию
синтаксических правил и закономерностей языка с помощью
синтаксической трансформации.
Ключевые слова:
синтаксическая трансформация, синтаксис,
синтаксические правила, структура предложения, теория трансформации,
элементы предложения, синтаксические изменения, грамматические
трансформации.
Введение.
В настоящее время явление транспозиции считается одним
из важнейших элементов в глубоком изучении языковых единиц. По мере
развития и совершенствования нашего национального языка его
исследование, а также разработка конкретных теорий о некоторых
неопределенных взглядах, требующих разрешения, ставят перед
лингвистами важные задачи. Сегодня при изучении нашего языка
лингвисты применяют как общие, так и специальные методы.
Современный этап научно-технического развития создает особые
трудности для специалистов в области языкознания. Ускоренный темп
времени неизбежно оказывает влияние и на наш язык. Синтаксическая
трансформация представляет собой разновидность языковых явлений,
которая происходит только при наличии параллельных синтаксических
структур в исходном и переводящем языках. Трансформационные
явления, как и другие явления, существующие в нашем языке, редко
встречаются в переводческой практике.
Asosiy qism.
Ma’lumki, tilimizning sintaktik sathi boshqa til sathlarining
imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi, tilimizning ko‘zgusi hisoblanadi. Shu bois,
aynan shu sath imkoniyatlarini o‘rganish va ushbu sathda transformatsiyaning
o‘rni haqida to‘xtalib o‘tish asosiy vazifalardan biridir. O‘zbek tilida so‘z tartibida
ko‘proq moslashuvchanlikni namoyon etishda nutqiy almashishlar tez-tez
yuzma-yuz kelganligi kuzatiladi. Shunday ekan, bunday almashtirishlar
mantiqqa ta’sir qilmay, balki so‘z birikmasi va gapning tuzilishini o‘zgartirishi
kuzatiladi. Bunday transformatsiyalar garchi passiv bo‘lsa-da, til sathlarida o‘z
o‘rniga ega. Tilshunos olim R.Rasulov ta’kidlaganidek
“Transformatsion tahlil
usuliga ko‘ra sintaktik konstruksiyalar (qurilmalar) muayyan qoidalar asosida
o‘zgaradi,
ya’ni
boshqacha
shaklga,
ko‘rinishga
ega
bo‘ladi,
transformatsiyalashadi. Bunday transformatsiyalar orqali muayyan sintaktik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
konstruksiyaning - qurilmaning bir necha shakllari aniqlanadi, o‘zaro farqlanadi,
ularning mohiyatiga, tarkibiga chuqurroq kiriladi”. [1; 278]
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining sintaktik sathida transformatsiyaning bir
necha ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular quyidagicha tasniflanadi:
1. So‘z birikmasi va gap transformatsiyasi
2. Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gapga transformatsiyasi
3. Qo‘shma gap turlarining o‘zaro transformatsiyasi
4. Ko‘chirma gaplarning o‘zlashtirma gapga transformatsiyasi
Grammatik tobe-hokim bog‘lanishning bir turi sifatida so‘z birikmalari
orqali gaplarni hosil qilish, ya’ni so‘z birikmalaridan gaplarning o‘zgarishini
yuzaga keltirish an’anaviy tilshunoslikda uchraydigan hodisalardan biridir. Bu
taqqoslashdagi har ikkala birlikning tobe-hokim aloqa asosida shakllanishi hech
kimga sir emasdir. Biroq, so‘z birikmalari gaplarga o‘zgartirilganda ularning
farqlari kesimlik shaklining mavjud yoki mavjud emasligida namoyon bo‘ladi.
Shu sababli, so‘z birikmalarini gaplarga o‘zgartirishda ot yoki fe’l kesimini
yuzaga keltiruvchi vositaga tayanish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun:
obod
mahalla, mehribon ustoz, qadimiy shahar
kabi birikmalarning o‘zgarishlari
quyidagi jadvalda yaqqol ko‘rinadi
1-jadval
So‘z birikmasi
Transformatsiyasi
Hosilaning
bog‘lanish
turi
Obod mahalla
Mahalla oboddir
Tobe-hokim
Mehribon ustoz
Ustoz mehribondir
Tobe-hokim
Qadimiy shahar
Shahar qadimiydir
Tobe-hokim
Tilimiz g‘oyat boy imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu imkoniyatlarning yana bir
ko‘rinishi sifatida ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplarga aylantirish
masalasini ta’kidlash mumkin.
“Tarkibida ko‘rsatish olmoshi mavjud bo‘lgan
ergashgan qo‘shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo‘la oladi.
Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan
gap bo‘lagi o‘rniga qo‘yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin” [2;
53
]. S.
Yeseninning ona haqidagi quyidagi misralariga e’tibor qarataylik:
Oh, sen bo‘lsang eding
Mening yonimda.
Kelinlik bo‘lardim,
So‘nggi armonim
- Nabira suyardim
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
Asrab jonimda. (S. Yesinin)
[4]
Ushbu misolning grammatik tahlilida uning hol ergash gapli qo‘shma gap
ekanligi aniqlanadi. Shuningdek, birinchi gapning kesimi nomustaqil, shart mayli
shaklida bo‘lib, ikkinchi gapning kesimi mustaqil sodda tuzilishli kesimdir. Bu
misolni transformatsiya hodisasiga tortilsa, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi: //
Sen yonimda bo‘lganingda so‘nggi armonim bo‘lmish kelinlik, nabiralarni
jonimdek suyish orzusiga yetardim. Ma’lumki, tilshunosligimizda tahlil
metodlari bir nechta bo‘lib, ular orasida transformatsion metod ham o‘z o‘rniga
ega. Zero, qayd etilganidek “Transformatsion metod zamonaviy usullar orasida
eng mukammali hisoblanadi. Ushbu metod tildagi sintaktik jarayonni
tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lgani bilan tavsiflanadi.
”.
[3;170]
2-jadval
Ergashgan
qo’shma
gap
Sodda
gapga
transformatsiyasi
Hosilaning turi
Oilang bo‘lsaydi,
Do‘sting bo‘lsaydi,
Senga mayxonalar
Bo‘lmasdi makon. [4]
Oilang,
do‘stlaring
bo‘lganda
senga
mayxonalar
begona
bo‘lardi
Sodda gap
Qo‘shma gaplarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular bog‘langan,
bog‘lovchisiz va ergash qo‘shma gaplardir. Bu turlar orasida transformatsiya
hodisasi azaldan mavjud bo‘lib, bir xil fikrni turli shakllarda ifodalash imkonini
beradi. Keltirilgan gaplar orasida aynan shu hodisa ro‘y berishi kuzatilmoqda.
Qo‘shma gaplarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular bog‘langan,
bog‘lovchisiz va ergashgan qo‘shma gaplardir. Bu turlar orasida transformatsiya
hodisasi azaldan mavjud bo‘lib, bir xil fikrni turli shakllarda ifodalash imkonini
beradi. Quyida keltirilgan gaplar orasida aynan shu hodisa ro‘y berishi
kuzatilmoqda. Masalan: “Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham
rohatlanib tiriklik qilasan.
”
[5]. Keltirilgan misol ergashgan qo‘shma gap bo‘lib,
uning bog‘lovchisi z va bog‘langan qo‘shma gap shaklidagi transformalarini
shakllantirish mumkin.
Qamchingdan qon tomadi, yuzta xotin orasida ham
rohatlanib yashaysan. Qamchingdan qon tomadi, shuning uchun yuzta xotin
orasida ham rohatlanib yashaysan.
Ko‘rinadiki, birinchi gap ergashgan qo‘shma
gap bo‘lib, uning barcha transformalarida aynan bir fikr ifodalangan. Gapning
turli a’zolari tomonidan tuzilgan semantik guruhlarning kommunikativ yuki turli
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
105
darajalarda turli xil lingvistik vositalar bilan ta’kidlanadi. Shunday qilib, o‘zbek
tilida boshlang‘ich o‘rinda kelgan mavzu ko‘pincha kichik kommunikativ yukka
ega bo‘lgan qismlarga aylanadi va jumla oxiriga kelib asta-sekin o‘sib boradi. Bu
grammatik ega va kesimning sintaktik bo‘linishi bilan mos keladi. Bo‘laklarning
sintaktik vazifasini o‘zgartirish orqali so‘zlarning semantik tartibi sintaktik
tartibga moslashtiriladi. Gaplarning transformalari har xil bo‘lib, grammatik
shakllarida farqlar kuzatilsa-da, gapning ko‘zlangan asosiy mazmunida farq
sezilmaydi. Bu o‘rinda transformatsiya hodisasining qoidalariga zid bo‘lgan
holat yo‘q. Quyidagi jadvalda bu haqda batafsil ma’lumot beriladi.
Kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qo‘shma gap turlari o‘zaro bir-biri
bilan transformatsion almashinish xususiyatiga ega. Bog‘langan qo‘shma
gaplarni bog‘lovchisiz yoki ergashgan qo‘shma gaplarga, shuningdek, ayni
sanalgan holatlarni aksincha almashtirish ham mumkin. Quyidagi jadvalda bu
haqida to‘liqroq ma’lumot beriladi.
3-jadval.
Bog‘langan qo‘shma gaplarning bog‘lovchisiz qo‘shma gapga
transformatsiyalanishi
Bog‘langan
qo’shma
gap
Bog‘lovchisiz qo’shma
gapga transformasi
Ergashgan
qo’shna
gapga transformasi
Soqolining
oqlig‘iga
qaramasdan
uning
qaddida
keksalik
alomatlari sezilmas va
tusida
ham
uncha
o‘zgarish yo‘q edi. [5]
Soqolining
oqlig‘iga
qaramasdan
uning
qaddida
keksalik
alomatlari sezilmas edi,
tusida
ham
uncha
o‘zgarish yo‘q edi.
Soqolining
oqlig‘iga
qaramasdan
uning
qaddida
keksalik
alomatlari sezilmas edi
shuning uchun tusida
ham uncha o‘zgarish
yo‘q edi.
Transformatsiyalanishning yana bir turi sifatida ko‘chirma gaplarni
o‘zlashtirma gapga aylantirish jarayonini ham ko‘rib chiqishimiz mumkin.
“Boshqa shaxsning gapi ham ko‘chirma gap, ham o‘zlashtirilgan gap orqali
ifodalanishi mumkin. Bunday holatlarda ko‘chirma gap va o‘zlashtirilgan gap
ma’nodosh bo‘ladi. Ko‘chirma gap quyidagi shakliy o‘zgarishlar orqali
o‘zlashtirilgan gapga aylantiriladi” [2; 84] Shunday ekan ko’chirma gapli
qo’shma gaplarni o’zlashtima gapga aylantirishda ular orasida grammatik va
shakliy o’zgarishlar kuzatilsa-da asos yadro saqlanib qola beradi. Masalan:
“Sening orzungni shu xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb meni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
106
ma’yus qildilar. [5] Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-birin aytib bergusi va
“manim uylanishimga sen sabab bo‘lg‘an eding, endi uni mendan ajratdilar”, deb
undan o‘z dardiga davo istagusi kelar edi. [5] Berilgan misollarning
transformatsiyaga tortilgan hosilalari quyidagi jadvalda aks etadi.
4-jadval
Ko
‘
chirma gap
O
‘
zlashtirma
gap
shaklida
transformatsiyalanishi
“Sening orzungni shu xonlar
eshitadimi,
shu
beklar
ijro
qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar.
[5]
Mening orzuyimni shu xonlar, shu
beklar ishitib ijro qilmasligni aytib
ma’yus qildilar.
Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-
birin aytib bergusi va “manim
uylanishimga sen sabab bo‘lg‘an
eding, endi uni mendan ajratdilar”,
deb undan o‘z dardiga davo istagusi
kelar edi. [5]
O’z dardiga Hasanaliga o‘tkan gaplarni
birin-birin aytib “manim uylanishimga
sen sabab bo‘lg‘an eding”, endi esa uni
ajratganini aytib dardiga davo istagusi
kelar edi.
Xulosa.
So‘z birikmasini gapga, qo‘shma gaplarni sodda gapga, qo‘shma gap
turlarini o‘zaro va ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish jarayonida
til birliklarini almashtirish, o‘zgarayotgan birlikning sintaktik tuzilishini qayta
qurishga olib keladi. Bunday qayta qurish nutqning bir qismini o‘zgartirishda
ham bir qator hollarda sodir bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan o‘zgartirishlarda
qismlarni almashtirish moddiy shaklga tegishli bo‘lib, mantiqiy asosga ta’sir
etmagan. Sintaktik tuzilmaning qayta o‘zgartirilishi berilgan birliklarning asosiy
a’zolarini, ayniqsa ega (sub’ekt)ni almashtirish bilan bog‘liq holda yuzaga
kelgan. Bunday o‘zgartirishlardan foydalanish asosan o‘zbek tilida boshqa
sathlarga qaraganda aynan sintaksisda faol qo‘llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. R Rasulov. Umumiy tilshunoslik. Toshkent: 2010, - 323 b.
2. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik /N.M. Mahmudov,
A. Nurmonov, A.Sh. Sobirov.— Toshkent: ÌCHJ “Tasbir”, 2014.—128 b.
3. Z Xolmonova. Tilshunoslikka kirish. Тoshkent: 2007, - 177 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
107
4. https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/sergey-yesenin-poetry.html
5.https://arm.navoiy-uni.uz/wp-
content/uploads/2019/04/utgan_kunlar_ziyouz_com.pdf