Авторы

  • Shohzoda Yusupova
    Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.67465

Ключевые слова:

iqtisodiy savodxonlik iqtisodiy kompetensiya iqtisodiy ta’lim.

Аннотация

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari о‘qituvchidan alohida mas’uliyatni talab etadi. Ushbu maqolada iqtisodiy savodxonlik ta’limi bo’yicha dunyo olimlarining fikrlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan ta’lim dasturlari haqida fikr yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

61

IQTISODIY SAVODXONLIK TA’LIMI BO’YICHA XALQARO

TAJRIBALAR

Yusupova Shohzoda Yunus qizi

Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14880702

Annotatsiya:

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining yosh va psixologik

xususiyatlari о‘qituvchidan alohida mas’uliyatni talab etadi. Ushbu maqolada
iqtisodiy savodxonlik ta’limi bo’yicha dunyo olimlarining fikrlari va xalqaro
tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan ta’lim dasturlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar

: iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy kompetensiya, iqtisodiy

ta’lim.

Abstract:

The unique age and psychological characteristics of primary

school students necessitate a heightened sense of responsibility from educators.
This article delves into the views of international scholars on the importance of
economic literacy education and reviews the educational programs advocated
by global organizations. The study also highlights the critical role of teachers in
promoting economic awareness and advocates for innovative methodologies in
teaching economic concepts at the primary level.

Keywords:

economic literacy, economic competence, economic education,

primary education, international programs.

Аннотация:

Возрастные и психологические особенности учащихся

начальной школы требуют от учителя особой ответственности. В статье
рассматриваются взгляды мировых ученых на экономическое образование
и образовательные программы, продвигаемые международными
организациями.

Ключевые слова:

экономическая грамотность, экономическая

компетентность, экономическое образование.

Zamonaviy jamiyatda iqtisodiy savodxonlik har bir fuqaro uchun muhim

ko‘nikma

hisoblanadi.

Shuning

uchun

bo‘lajak

boshlang‘ich

sinf

o‘qituvchilarining o‘quvchilarni iqtisodiy savodxonlikka o‘rgatish metodikasi
bo‘yicha tayyorgarligi katta ahamiyatga ega. Ilmiy adabiyotlarda iqtisodiy
savodxonlikni shakllantirishning pedagogik asoslari ko‘rib chiqilgan. Masalan,
R.Xolboyev “Iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik shart-
sharoitlari” [1] asarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy tafakkurini
rivojlantirishning o‘ziha xos jihatlari yoritilgan. Muallifning fikricha,
o‘qituvchilar o‘quvchilarga moliyaviy resurslarni boshqarish, byudjet tuzish va
xarajatlarni rejalashtirish kabi ko‘nikmalarni o‘rgatishi lozim.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

62

VISA tomonidan 2012-yil o‘tkazilgan tadqiqotga asosan dunyo bo‘yicha

iqtisodiy ta’lim turli darajalarda bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra xitoylik
respondentlar o‘rtacha 3,9 oylik xarajatlarini tejab qola oladi va bu dunyo
bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich; kuchli beshlik davlatlari Tayvan, Gongkong,
Yaponiya va Kanada bo‘lib, o‘rtacha 3 oy davomida xarajatlar tejalgani
aniqlangan. Farzandlari bilan pul haqida gaplashadigan ota-onalar darajasi
bo‘yicha birinchi o‘rin Meksika va Braziliya, bunda meksikaliklar yiliga kamida
41,7 kun, braziliyaliklar esa 38,1 kun o‘z farzandlari bilan iqtisodiy mavzuda
suhbatlashadi. Braziliyalik respondentlar moliyaviy ta’lim eng erta boshlanishi
kerak deb hisoblashadi, aksariyat hukumat maktablarida bolalar 9 yoshga
to‘lganda moliyaviy ta’lim berishni boshlashni talab qilish lozim deb
hisoblashadi. Vetnamda bu 14 yoshda bo‘lishi lozim deya ta’kidlanadi [2].

Iqtisodiy ta’lim bo‘yicha xalqaro tajribalarni tatqiq etar ekanmiz, Yevropa

ittifoqi maktablarida iqtisodiy ta’limga katta e’tibor berilishi aniqlandi. Xususan,
Niderlandiyada bolalarda moliyaviy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan
“Aflatoun” xalqaro dasturi muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. “Aflatoun” so‘zi
arabcha tadqiqotchi degan ma’noni anglatadi [3]. Ushbu dastur orqali bolalarga
asosiy moliyaviy tushunchalar, masalan, tejash, investitsiya, byudjet, moliyaviy
xavflarni boshqarish va aqlli iste’molchi bo‘lish kabi ko‘nikmalar o‘rgatiladi. Bu
mavzular OECD, Yevropa Komissiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar
tavsiyalariga asosan ispaniya kabi davlatlarning boshlang‘ich va o‘rta ta’lim
maktablarining o‘quv dasturlariga kiritilgan.

Ispaniyada iqtisodiy savodxonlikni o‘rgatishni yanada samarali qilish

maqsadida “Aula virtual” [4] kabi maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Ushbu kurslar
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga iqtisodiy savodxonlikni o‘rgatish bo‘yicha
zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni berishga qaratilgan. Kurslar
o‘qituvchilarning oldingi tajribasidan qat’iy nazar ularga o‘z sinfida iqtisodiy
savodxonlikni samarali o‘rgatish uchun ishonch va qobiliyatni shakllantirishga
yordam beradi.

Moliyaviy ta’limning samaradorligi masalasiga polshalik olim Swiecka o‘z

tadqiqotida alohida e’tibor qaratgan. Tadqiqotda moliyaviy ta’limning
samaradorligi uchun uning uzluksizligi va tizimliligi shart ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, ushbu sohada samarali natijalarga erishish uchun o‘qituvchilar
malakasini oshirish va darsliklarning yuqori sifatini ta’minlash zarurati alohida
ta’kidlangan [5].

Tezel o‘z ishida iqtisodiy ta’limni tashkil etish va tizimlashtirish zaruriyatini

ta’kidlab, bu jarayonning faqat maktab dasturlari bilan chegaralanmasligi, balki


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

63

umrbod ta’lim tizimini qamrab olishi kerakligini ta’kidlaydi [6].

Bu fikr

zamonaviy sharoitlarda yanada dolzarb hisoblanadi, chunki yosh avlod o‘z ota-
onalariga nisbatan katta moliyaviy risklar (masalan, kredit qarzlari,
kriptovalyuta) va murakkabroq moliyaviy mahsulotlar (mobil bank xizmatlari,
elektron pul o‘tkazmalari) bilan yuzma-yuz kelmoqda. Bundan tashqari,
zamonaviy yoshlar mobil telefonlar orqali allaqachon erta yoshda moliyaviy
xizmatlar (bank hisoblari, onlayn to‘lovlar) bilan tanishib ulgurishadi.

Mundyning moliyaviy savodxonlik haqidagi ta’rifiga ko‘ra, moliyaviy

savodxonlik nafaqat bilim va tushunishni, balki ko‘nikma va ishonchni ham o‘z
ichiga oladi. Uning fikricha, moliyaviy savodxonlik odamlarga oqilona moliyaviy
qarorlar qabul qilish va turli vaziyatlarda mos harakat qilish qobiliyatini
belgilaydi. Mundy ta’kidlashicha, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning
asosiy maqsadi nafaqat odamlarning xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazish, balki
ularga bilim va malakalarni egallash imkoniyatini yaratishdir [7].

Moliyaviy kompetensiyalarning tuzilishi haqida Swiecka o‘z asarlarida

batafsil yozgan. Unga ko‘ra, moliyaviy kompetensiyalar ikki asosiy qismdan
iborat: bilimlar va ko‘nikmalar. Bilimlar shaxsiy moliya sohasini, masalan, pul
sarflash tamoyillari, tejash va byudjetlashtirish kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
Ko‘nikmalar esa hisob yaratish, mobil telefon orqali to‘lov qilish, bankomat
orqali pul yechish kabi amaliy qobiliyatlarni qamrab oladi. Olim moliyaviy
kompetensiyalarni amaliy (soft) va shaxsiy-hissiy (hard) ko‘nikmalarga ajratadi.
Amaliy ko‘nikmalar qarzlar, jamg‘armalar, raqamli hisobot yaratish, karta orqali
to‘lov qilish kabi sohalardagi bilim va qobiliyatlarni o‘z ichiga oladi. Hissiy
ko‘nikmalar esa psixofizik xususiyatlar va ijtimoiy ko‘nikmalar bilan bog‘liq
bo‘lib, masalan, moliyaviy qarorlar qabul qilishda ijtimoiy muhitni hisobga olish,
o‘zini boshqarish qobiliyati kabi jihatlarni qamrab oladi [8].

Moliyaviy savodxonlik tushunchasining mazmunini tushunish va uning

tuzilishini aniqlash uchun turli yondashuvlar mavjud. Oldingi tadqiqotlar va
joriy ilmiy ishlar asosida moliyaviy savodxonlikning quyidagi asosiy
komponentlari ajratilgan: maqsad-motivatsion (moliyaviy ta’limga bo‘lgan
motivatsiya, moliyaviy qadriyatlar), kognitiv (moliyaviy bilimlar, xabardorlik va
ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish),
prakseologik (shaxsiy mablag‘larni oqilona boshqarish, iste’molga iqtisodiy
yondashuv)

va

samarali-analitik

(moliyaviy

maqsadlarni

belgilash)

komponentlar [9]. Iqtisodiy savodxonlikning tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, ularning har biri shaxsning moliyaviy qobiliyatini shakllantirishda muhim
rol o‘ynaydi. (1-rasm)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

1-rasm. Iqtisodiy savodxonlikning tuzilishi

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari о‘qituvchidan
alohida mas’uliyatni talab etadi. An’anaviy tarzdagi о‘qituvchining faolligi va
barcha о‘quv materialini tushuntirishga harakat qilishi bilan bog‘liq bо‘lgan
darslarning о‘rniga о‘quvchining faolligini oshirish bilan bog‘liq bо‘lgan
inntegrativ darslarni amalga oshirish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan
biridir. Endilikda о‘qitish jarayonida о‘quvchilarni zeriktirib qо‘ymaydigan,
fikrlashga, mustaqil ishlashga yо‘naltiradigan har xil metodlar va о‘qitish
vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero
о‘quvchi an’anaviy о‘qitish jarayonida obyekt hisoblansa, bugun u subyektga
aylanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xolboyev, R. Iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik shart-

sharoitlari. Toshkent: Pedagogika nashriyoti. (2021)
2.

L.G. Stambler. Literacies for the digital age to teach in the k-12 classroom.

Yale university, july 8-12, 2013
3.

Lusardi, A. (2015) ‘Financial Literacy Skills for the 21st Century: Evidence

from PISA’, The Journal of Consumer Affairs, Vol. 49, No. 3, pp. 639–659.
https://dx.doi.org/10.1111/joca.12099
4.

Ikawa, M. (2016) ‘Teaching financial literacy in primary school. Aula

Virtual’, European Foundation Society and Education, [Online], Available:
http://formacion.sociedadyeducacion.org/pluginfile.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

php/572/course/summary/GUIA%20DOCENTE%202016%20 FINAL.pdf [21
Sep 2020].
5.

Swiecka, B. (2018) ‘Kompetencje finansowe i edukacja finansowa. Ujęcie

teoretyczne i praktyczne’ [Financial competence and financial education. Theory
and practice], Journal of Insurance, Financial Markets and Consumer Protection,
Vol. 27, No. 1, pp. 3–17.
6.

Tezel, Z. (2015) ‘Financial education for children and youth’, in Copur, Z.

(ed.) Handbook of research on behavioral finance and investment strategies:
Decision making in the financial industry, Hershey, PA: IGI Global, pp. 69–92.
http://dx.doi. org/10.4018/978-1-4666-7484-4.ch005
7.

Mundy, S. (2012) Рекомендації щодо розробки національних стратегій

з фінансової грамотності. Міжнародний досвід: стратегії і програми
фінансової грамотності [Recommendations on development of national
strategy of financial literacy. International experience: strategies and programs
of

financial

literacy],

[Online],

Available:

http://

vaks.org.ua/images/news_inform/UA_CPFL_Shaun_Mundy_FinLiteracy_Mar201
2_ukr.pdf [22 Sep 2019].
8.

Swiecka, B. (2018) ‘Kompetencje finansowe i edukacja finansowa. Ujęcie

teoretyczne i praktyczne’ [Financial competence and financial education. Theory
and practice], Journal of Insurance, Financial Markets and Consumer Protection,
Vol. 27, No. 1, pp. 3–17.
9.

Kuzma I., Chaikovska H., Levchyk I., Yankovych O. (2022) ‘Formation of

Financial Literacy in Primary School Students’, Journal on Efficiency and
Responsibility in Education and Science, vol. 15, no. 3, pp. 142-155.
http://dx.doi.org/10.7160/eriesj.2022.150302

Библиографические ссылки

Xolboyev, R. Iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Toshkent: Pedagogika nashriyoti. (2021)

L.G. Stambler. Literacies for the digital age to teach in the k-12 classroom. Yale university, july 8-12, 2013

Lusardi, A. (2015) ‘Financial Literacy Skills for the 21st Century: Evidence from PISA’, The Journal of Consumer Affairs, Vol. 49, No. 3, pp. 639–659. https://dx.doi.org/10.1111/joca.12099

Ikawa, M. (2016) ‘Teaching financial literacy in primary school. Aula Virtual’, European Foundation Society and Education, [Online], Available: http://formacion.sociedadyeducacion.org/pluginfile. php/572/course/summary/GUIA%20DOCENTE%202016%20 FINAL.pdf [21 Sep 2020].

Swiecka, B. (2018) ‘Kompetencje finansowe i edukacja finansowa. Ujęcie teoretyczne i praktyczne’ [Financial competence and financial education. Theory and practice], Journal of Insurance, Financial Markets and Consumer Protection, Vol. 27, No. 1, pp. 3–17.

Tezel, Z. (2015) ‘Financial education for children and youth’, in Copur, Z. (ed.) Handbook of research on behavioral finance and investment strategies: Decision making in the financial industry, Hershey, PA: IGI Global, pp. 69–92. http://dx.doi. org/10.4018/978-1-4666-7484-4.ch005

Mundy, S. (2012) Рекомендації щодо розробки національних стратегій з фінансової грамотності. Міжнародний досвід: стратегії і програми фінансової грамотності [Recommendations on development of national strategy of financial literacy. International experience: strategies and programs of financial literacy], [Online], Available: http:// vaks.org.ua/images/news_inform/UA_CPFL_Shaun_Mundy_FinLiteracy_Mar2012_ukr.pdf [22 Sep 2019].

Swiecka, B. (2018) ‘Kompetencje finansowe i edukacja finansowa. Ujęcie teoretyczne i praktyczne’ [Financial competence and financial education. Theory and practice], Journal of Insurance, Financial Markets and Consumer Protection, Vol. 27, No. 1, pp. 3–17.

Kuzma I., Chaikovska H., Levchyk I., Yankovych O. (2022) ‘Formation of Financial Literacy in Primary School Students’, Journal on Efficiency and Responsibility in Education and Science, vol. 15, no. 3, pp. 142-155. http://dx.doi.org/10.7160/eriesj.2022.150302