ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA
BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI
Maxmudova Oygul Toxirjonovna
FarDU katta o‘qituvchisi
,
Tursunova Nigora Nurdinjon qizi
FarDU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15043306
Annotatsiya:
ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
o‘stirishda badiiy adabiyotning ahamiyati tahlil qilingan. Muallif hikoyalar,
ertaklar, she’rlar orqali bolalar nutq madaniyati, balki hissiy idrok, tasavvur va
ijodiy tafakkur hamda lug‘at boyligini kengaytirish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz
qilish, fikrlarni izchil va mantqiy ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishning
ahamiyatini tushuntiradi. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini
o‘stirishda badiiy adabiyotning tutgan o‘rni, ahamiyati har tomonla tahlil qilinib,
bolalarning shaxsiy rivojlanishiga va ijtimoiy moslashuvchanligini oshirish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, uy sharoitida va maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ota-onalar va tarbiyachilarning badiy adabiyotdan
samarali metodik yondashuvlardan foydalanish zarurligi hamda sahnalashtirish
orqali nutq faoliyatining faollashuvi muhimligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
badiiy adabiyot, nutq madaniyati, mustaqil fikrlash,
tasavvur, ijodiy tafakkur, metodik yondashuv, sahnalashtirish, mantiqiy
ifodalash.
Annotation:
This article analyzes the importance of fiction in the
development of speech of preschool children. The author explains the
importance of expanding children's speech culture, as well as emotional
perception, imagination and creative thinking, as well as vocabulary, correct
pronunciation of words, and the skills of coherent and logical expression of
thoughts through fairy tales, poems, and stories. The article analyzes the role
and importance of fiction in the development of speech of preschool children
from all sides, and gives practical recommendations for increasing the personal
development and social adaptability of children. It also emphasizes the need for
parents and educators to use effective methodological approaches to fiction at
home and in preschool educational organizations, and the importance of
activating speech activity through staging.
Keywords:
fiction, speech culture, independent thinking, imagination,
creative thinking, methodological approach, staging, logical expression.
Аннотация:
В
данной
статье
анализируется
значение
художественной литературы в развитии речи детей дошкольного
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
возраста. Через сказки, стихи, рассказы автор объясняет значение
культуры речи детей, а также эмоционального восприятия, воображения и
творческого мышления, а также расширения словарного запаса,
правильного произношения слов, формирования навыков связного и
логичного выражения мыслей. В статье со всех сторон анализируется роль
и значение художественной литературы в развитии речи дошкольников, а
также даются практические рекомендации по повышению личностного
развития и социальной гибкости детей. Также подчеркивается
необходимость
использования
родителями
и
воспитателями
эффективных методических приемов из художественной литературы дома
и в организациях дошкольного образования, а также важность
активизации речевой деятельности посредством инсценировок.
Ключевые слова:
художественная литература, культура речи,
самостоятельное мышление, воображение, творческое мышление,
методический подход, инсценировка, логическое выражение.
Bolalar adabiyoti – bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-
ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar
tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi bolalar adabiyoti tez
aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va
doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod
namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab
yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsa-da, keyinchalik bolalar
adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining oʻziga
xos xususiyati – u oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va
ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish bolalar
adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi
bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi
ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda
murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar
adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan bolalar
adabiyotida syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor,
qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.
Maktabgacha yosh davri bolalarning shaxsiy va intellektual rivojlanishida
muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda nutq shakllanadi va faol rivojlanadi.
Nutq bolaning atrof-muhitni tushunishi, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalashi,
boshqalar bilan muloqot qilishi uchun asosiy vosita sanaladi. Bu jarayonda
badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos bo‘lib, u bolalarga so‘z boyligini kengaytirish,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
ifodali nutq ko‘nikmalarini shakllantirish, hissiy idrok va tasavvurni
rivojlantirish imkoniyatini beradi. Ertaklar, she’rlar, hikoyalar orqali bola
nafaqat tilning rang-barangligini o‘rganadi, balki axloqiy qadriyatlar, yaxshi-
yomon tushunchalari bilan tanishadi. Adabiy asarlar bolalarning tasavvur
dunyosini kengaytirib, ularda mustaqil fikrlash va kreativ yondashuv
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu sababli maktabgacha ta’lim jarayonida badiiy
adabiyotdan maqsadli foydalanish bolalarning nutq rivojlanishida katta
ahamiyat kasb etadi.
Badiiy asarlar orqali bola o‘zida qahramonlarga hamdardlik qilish, yaxshilik
va yomonlikni ajratish, hayotiy saboqlarni anglash kabi muhim jihatlarni
rivojlantiradi. Shu bois badiiy adabiyotdan ta’lim jarayonida maqsadli
foydalanish bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim oʻrin
egallaydi.
Badiiy adabiyot — inson hayoti, ichki kechinmalari, jamiyat va tabiatga oid
voqea-hodisalarni estetik idrok asosida badiiy obrazlar orqali ifodalovchi san’at
turi. Bu adabiyot turining asosiy vazifasi nafaqat o‘quvchiga ma’lumot berish,
balki uning qalbiga ta’sir qilish, hayotga bo‘lgan estetik munosabatini
shakllantirishdir. Badiiy adabiyot so‘z san’ati vositasida inson ruhiyatiga kirib
borib, uning tafakkurini o‘stiradi, axloqiy qadriyatlarni singdiradi va hissiy
olamini boyitadi. Badiiy adabiyot janr jihatidan juda keng qamrovli bo‘lib,
ertaklar, she’rlar, hikoyalar, dostonlar, romanlar, dramatik asarlar kabi
shakllarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini
o‘stirishda xalq og‘zaki ijodi — ertak, topishmoq, maqol va matallar katta
ahamiyat kasb etadi. Bu asarlar bolalarga fikrlarni obrazli tushuntirishga, nutqni
ifodali qilishga va hayotiy tushunchalarni oson o‘zlashtirishga yordam beradi.
Badiiy adabiyotning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Obrazlilik: hayotiy voqelik va insoniy kechinmalar badiiy obrazlar orqali
namoyon bo‘ladi. Bu bolalarning tasavvurini kengaytiradi va ular atrofdagi
olamni yanada chuqurroq idrok qila boshlaydilar.
Estetik ta’sir: badiiy adabiyot inson qalbida ezgulik, mehr-oqibat, adolat
kabi fazilatlarni shakllantiradi, axloqiy tarbiyada muhim rol o‘ynaydi.
Til boyligi: adabiy asarlar tilning eng nozik va boy qatlamlarini namoyon
qiladi, bolalarni rang-barang so‘z va iboralar bilan tanishtiradi, ularda nutq
madaniyatini shakllantiradi.
Hissiy va ma’naviy tarbiya: badiiy adabiyot bolalarda hissiy tajribani
boyitib, ularning his-tuyg‘ularini anglash va ifodalash qobiliyatini rivojlantiradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy adabiyot faqatgina bilim
manbasi bo‘lib qolmay, balki ularning dunyoqarashini kengaytiradigan, nutqini
o‘stiradigan va ijodiy tafakkurini rag‘batlantiradigan kuchli vosita sanaladi. Shu
sababli badiiy adabiyotni maktabgacha ta’lim jarayoniga joriy etish, uni bolalar
qabul qiladigan darajada tushunarli va qiziqarli shakllarda yetkazish ularning
har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hikoya — badiiy nasr janri bo‘lib, unda muallif biror voqeani obrazlar
orqali sodda va izchil tarzda tasvirlaydi. Hikoyalarda odatda hayotiy vaziyatlar,
tabiat hodisalari yoki kundalik hayotda uchraydigan kichik voqealar yoritiladi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan hikoyalar ularga atrof-muhitni tushunishda, hayotiy
saboqlarni o‘zlashtirishda yordam beradi. Hikoya bolalarning nutq boyligini
kengaytiradi, hikoyalarda turli so‘zlar, ifodalar va gap tuzish shakllari uchraydi.
Bu esa bolalarning leksik zaxirasini oshiradi. Fikrlarni izchil bayon qilishga
o‘rgatadi, hikoya tuzilmasi (boshlanishi, rivoji, yakuni) bolalarga voqealarni
tartib bilan so‘zlash ko‘nikmasini beradi. Analitik va mantiqiy fikrlashni
shakllantiradi, bolalar hikoya mazmunini tushunish uchun sabab va oqibat
munosabatlarini tushunishga o‘rganadilar. Masalan, G‘afur G‘ulomning "Shum
bola" asari bolalarning hayotga qiziqishini uyg‘otib, ularni fikrlashga undaydi.
Ertak — tasavvur va axloqiy tarbiyaning qudratli vositasidir. Ertak — xalq
og‘zaki ijodining eng qadimiy va bolalarga eng yaqin janrlaridan biri bo‘lib, unda
turli sehrli hodisalar, fantastik qahramonlar, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi
kurash badiiy tasvirlanadi. Ertaklar bolalarning tasavvur olamini boyitib, ularni
hayotiy qadriyatlar bilan tanishtiradi. Ertak bolalar tasavvurni kengaytiradi,
sehrli voqealar va obrazlar bolalarni ijodiy fikrlashga rag‘batlantiradi. Nutq
ifodaviyligini oshiradi, ertaklarda sodda, ammo ifodali so‘z va iboralar
bolalarning nutq madaniyatini rivojlantiradi. Axloqiy qadriyatlarni singdiradi,
ertaklar orqali bolalar yaxshilik va yomonlikni ajratadi, mehnatsevarlik, halollik
kabi fazilatlarni o‘zlashtiradi. Masalan, "Zumrad va Qimmat" ertagi bolalarda
adolat, mehr-oqibat kabi hissiyotlarni shakllantiradi va nutqni obrazli boyitadi.
She’r — nutq ritmi va ifodaviyligini kuchaytiruvchi janr. She’r — badiiy
adabiyotning eng sodda tuzilgan, ohangdor va ifodali janri bo‘lib, unda fikrlar
hissiyot bilan uyg‘unlashgan holda qofiya va ritm asosida ifodalanadi. She’rlar,
ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishda juda
samarali sanaladi, chunki ular bolalarning eslab qolish qobiliyatini rivojlantirib,
so‘zlarni ohang bilan talaffuz qilishga o‘rgatadi. Lug‘at boyligini oshiradi, she’rlar
ko‘pincha sodda, ammo mazmunli so‘z va iboralar bilan boyitilgan bo‘ladi, bu esa
bolalarning til zaxirasini kengaytiradi. Hissiy ifodani rivojlantiradi, she’r o‘qish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
jarayonida bolalar his-tuyg‘ularini ochiq ifodalashga o‘rganadi. Masalan, Abdulla
Oripovning bolalar uchun yozilgan she’rlari nafaqat ularning nutqini, balki milliy
tuyg‘ularini ham tarbiyalaydi.
Badiiy adabiyot bolalarning lug‘at boyligini kengaytirishda samarali vosita
hisoblanadi. Ertaklar va hikoyalarda uchraydigan obrazli ifodalar, xalq maqol va
matallari bolalarni yangi so‘zlar bilan tanishtiradi. Masalan, “Zumrad va
Qimmat” ertagi orqali bolalar do‘stlik, halollik, mehr-oqibat kabi tushunchalarni
anglab yetadi. Bunday asarlarni o‘qish jarayonida tarbiyachi va ota-onalar
bolaga tushunarsiz so‘zlarni izohlab, ularni kundalik nutqda ishlatishga
rag‘batlantirishi lozim.
Nutq madaniyatini shakllantirish va talaffuzni to‘g‘rilash. She’r bolalarning
to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Masalan, G‘afur G‘ulomning bolalar uchun yozilgan she’rlari tovushlarni aniq
talaffuz qilishga o‘rgatadi. Ritmik va qofiyali asarlar bolalarning fonematik
idrokini rivojlantirib, nutqdagi aniqlik va ifodalilikni oshiradi. Tarbiyachi
bolalarga she’rlarni yod oldirish, ularni marom bilan aytish orqali nutq
madaniyatini shakllantirishi mumkin.
Badiiy adabiyot bolalarning tasavvuri va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga
ham ijobiy ta’sir qiladi. Ertak qahramonlarining sarguzashtlari bolalarda
voqealarni tasavvur qilish, o‘z fikrini mustaqil ifodalash qobiliyatini oshiradi.
Masalan, “Bo‘g‘irsoq” ertagini o‘qigan bolalar ertakning davomini o‘zlari
tasavvur qilib, yangi ssenariylar tuzishi mumkin. Bunday ijodiy faoliyat
bolalarning so‘z boyligini oshirish bilan birga mustaqil fikrlash qobiliyatini ham
kuchaytiradi.
Bolalarning nutqini rivojlantirishda sahnalashtirish usuli juda samarali
hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertak va hikoyalarning
sahnalashtirilishi bolalarning nutqiy faolligini oshiradi, ular dialogik nutq
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, “Qizil shapkacha” ertagini sahnalashtirish
jarayonida bolalar qahramonlar o‘rtasidagi suhbatlarni qayta tiklab, jonli
muloqot qilishga o‘rganadilar.
Bolaning nutqini o‘stirishda tarbiyachi va ota-onaning roli katta. Tarbiyachi
badiiy asarlarni ifodali o‘qish, asari taklif qilish orqali nutqiy faoliyatni
rag‘batlantiradi. Uy sharoitida esa ota-onalar bolalarga ertak o‘qib berish, bolani
ertak qahramonlari haqida suhbatga tortish orqali nutqni rivojlantirishga
ko‘maklashishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim jarayonida badiiy adabiyot, ayniqsa xalq ertaklari,
bolalarning nutqini rivojlantirish, axloqiy tarbiyasini shakllantirish va ijodiy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
qobiliyatlarini oshirishda muhim vosita sanaladi. "Zumrad va Qimmat" ertagi
bolalarga yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va dangasalik, adolat va
insofsizlik kabi tushunchalarni sodda va tushunarli yuzasidan savol-javoblar
tashkil etish, bolalarga mustaqil hikoya tuzish tarzida yetkazadi. Ayniqsa, bu
ertakni sahnalashtirish bolalarning nutqiy faolligini oshirish bilan birga, ular
o‘rtasida hamkorlik, jamoaviylik va o‘ziga ishonch tuyg‘ularini rivojlantiradi.
Katta guruh tarbiyalanuvchilari "Zumrad va Qimmat" ertagini
sahnalashtiradilar. Bolalarni ertak bilan tanishtirib, ifodali tarzda o‘qib beriladi.
Muhokama jarayonida asosiy qahramonlar va ularning fazilatlari tushuntiriladi.
Bolalarga "Kim yaxshilik qilsa, yaxshilik topadi" degan g‘oya singdiriladi.
Bolalarga ertak qahramonlari rollari taqsimlanadi:
Zumrad — mehribon, odobli, mehnatsevar qiz.
Qimmat — ishyoqmas, dangasa qiz.
Ona — adolatsiz, Qimmatni erkalatadigan ona.
Ota—mehribon.
Kampir — donishmand, sinovlardan o‘tkazuvchi obraz.
Bolalar kichik guruhlarga bo‘linib, qismlarga ajratilgan sahnalarni
o‘zlashtiradilar. Tarbiyachi dialoglarni tushuntiradi, harakatlar, intonatsiya va
mimikalarni o‘rgatadi. Bolalarning yanada qiziqishini oshirish uchun ertakga
mos sahna bezaklari va kostyumlar tayyorlanadi (masalan, o‘rmonga o‘xshash
burchak, uy maketi, qahramonlar uchun oddiy kiyim va aksessuarlar). Ertak
to‘liq sahnalashtirilgach, bolalar spektaklni boshqa guruh bolalari, ota-onalar
yoki tarbiyachilarga namoyish qilishadi. Bu esa bolalarda sahna oldida o‘zini
erkin tutish, auditoriya oldida ishonch bilan chiqish kabi ko‘nikmalarni
rivojlantiradi.
Bolalar sahnalashtirish jarayonida yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtiradi,
gaplarni izchil va ifodali talaffuz qilishga o‘rganadi. Ertakdagi Zumrad va
Qimmat obrazlari orqali bolalar mehnatsevarlik, halollik va yaxshilik kabi
fazilatlarni tushunib yetadilar. Sahnalashtirish jarayonida bolalar mustaqil
fikrlash, voqealarni o‘zlaricha talqin qilish va ijodiy yechimlar topishga
o‘rganadi.Jamoaviy faoliyat orqali bolalarda hamkorlik, murosa, bir-birini
tinglash va hurmat qilish qobiliyatlari shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, badiy adabiyotdan maqsadli va samarali foydalanish
maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish, shaxsiyati va
tafakkurini shakllantirishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Safarov O., Barakayev R., Jamilova B. – Bolalar adabiyoti. Darslik / T.:
“Sharofat-fayz”, 2022. – 320 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
2.
Jamilova B. O‘zbek bolalar adabiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: Innovatsiya-Ziyo.
2021. – 222 b.
3.
Jamilova B., Safarov F. Ona tili va bolalar adabiyotidan ilmiy atamalar
lug‘ati. Buxoro, “Durdona”, 2021. – 220 b.
4.
Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. Darslik. - Toshkent: O‘qituvchi, 2011. – 224
b.
5.
Ibroximova Z. Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar. - Toshkent: O‘zbekiston
milliy kutubxonasi, 2005. – 36 b.
6.
Gritsenko Z.A. Detskaya literatura: Uchebnoe posobie. - Moskva:
Akademiya, 2004. – S.4.