ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING OLDINI
OLISH CHORALARI
Tursunova Nigora Anvarovna
Oʻzbekiston davlat jaxon tillari universiteti
katta o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123164
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev biz – yoshlar –
uchun madaniyatni yuksaltirish va O’zbekistonda turli xil atrof-muhit
ifloslanishining oldini olish choralari borasida keng targ’ibot ishlarini yo’lga
qo’yish maqsadida shijoatli faoliyat olib bormoqdalar. Ular o’z nutqlarida so’z olib
borganlaridek, kelajak biz – yoshlar – qo’lidadir. Hozirgi vaqtda biz – yoshlarga –
har qanday soha yo’lida o’z hissamizni qo’shishga keng imkoniyat yo’llari ochib
berilmoqda.
Sobiq Prezidentimiz Islom Abdug’animovich Karimov ta’kidlab
aytganlaridek: – Biz hech qachon hech kimdan kam bo’lmaganmiz va bundan
keyin ham kam bo’lmaymiz. Shunday ekan, O’zbekistonda biron bir soha rivoj
topa olishi uchun, biz – yoshlar – har qanday soha rivoji uchun o’z fikrlarimizdan
kelib chiqqan takliflarni bildirganimizda, balki, uning yuz foizidan bir foizi to’g’ri
chiqsa ham, o’sha bir foizi uchun ham yoshlarni rag’batlantirib, ularda o’sha
sohaning rivoj topishi uchun yana- da keng imkoniyat yo’llarini ochib bera olsak,
hozirgi yoshlarda o’z yurtining rivojiga bo’lgan intilish va g’ayrat yana-da ortar
edi. Negaki insonda shunday tug’ma instinkt mavjuddir – uni ko’rsatgan arzimas
xizmati uchun ham munosib taqdirlay olinsa, undagi g’ayrat va qobiliyat yana-da
o’zini namoyon qilib boraveradi. Shuning uchun ulug’ sohibqiron bobomiz Amir
Temur aytganlaridek: “Kuch – adolatdadir” Amerika Qo’shma Shtati shu
sistemani o’ziga qurol qilib olib rivojlanishda davom etib bormoqda...
Atrof-muhitning ifloslanishinig oldini olishga bo’lgan nazariyani ilgari
sursak, hozirgi kunga kelib O’zbekistonning asosan qishloqlarida emas, balki
shaharlarida fuqarolar tomonidan turli xil chiqindilarning axlat qutilariga emas,
balki ko’cha-ko’y va mahallalarga tashlab ketilaverilishi o’ta achinarli holdir.
Vaholanki, ular o’z nomi bilan “
shaharlik”
, ma’lumki, bu so’zning ma’nodoshi esa
“madaniyat”
, ushbu so’z o’zbek tiliga arab tilidan kirgan bo’lib, etimologik
jihatdan
“madina”
, ya’ni
“shahar”
degan tushunchani anlatadi. Shu so’zdan
“madaniyat
–
shaharlik”
morfemik leksemasi kelib chiqqan. Bundan ular
lingvistik va falsafiy jihatdan ilmiy-uslubiy mantiqqa ko’ra
haqiqiy madaniyatli
emas
, ya’ni
shaharlik emas
degan xulosa kelib chiqadi.
Endi atrof-muhitning ifloslanishinig oldini olishga bo’lgan bir nazariy
taklifni ilgari suramiz: Ma’lumki, hozirgi kunda imkon qadar barcha mahalla va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
ko’chalarga kuzatuv nazorat kameralari o’rnatilib kelinmoqda, bu fuqarolarni
nazorat ostiga olishda ularning xavfsizligi uchun ham juda ijobiy g’oyadir.
Shuning bilan birga chiqindilar uchun mo’ljallangan maxsus joylardan tashqari
bo’lgan ayni chiqindilar tashlanayotgan chet va burchak joylarga ham kuzatuv
nazorat kameralarini ornatilishi zarur. Bunda har bir o’sha maydonga tegishli
mahalla fuqarolaridan kuzatuv nazorat kameralarini o’rnatilishi uchun ulardan
fond uchun teng pul yig’iladi.
Barcha ayni chiqindilar tashlanayotgan chet va burchak joylarga kuzatuv
nazorat kameralari ornatilgach, har bir O’zbekiston mahalliy xonadon fuqarolari
tegishli mahalla qo’mitasi tomonidan rasmiy ogohlantish xati va televideniye
orqali e’lon qilinadi. Ushbu e’lonning qaror qabul qilinish vaqtining kuchga
kirish sanasi obodonlashtirish kuniga belgilanadi. Yuqoridagi qarorga binoan,
ikki taklif mavjud: birinchisi, birinchi bor man etilgan joyga chiqindi tashlash
natijasida, kuzatuv kamerasi ostiga tushgan fuqaro shaxs xonadoniga ma’muriy
javobgarlikka tortilishi to’g’risida ogohlantirish xati jo’natiladi. Ikkinchi bor man
etilgan joyga chiqindi tashlash natijasida, kuzatuv kamerasi ostiga tushgan
fuqaro shaxs xonadoniga ma’muriy javobgarlikka tortilganligi to’g’risida xat
jo’natilib, undan ma’lum miqdorda tashlangan joyning obodonligi uchun kerakli
miqdorning ikki barobarida majburiy jarima puli undiriladi. Va bu jarayon o’sha
xonadon tomonidan yana sodir etilaversa, takror ravishda qayta-qayta ikki
barobar miqdorda jarima puli undirilaveriladi. Agar o’sha xonadon egalari
majburiy jarima to’lashdan bosh tortsa, uning xonadonidagi mulki musodara
ostiga olinadi. Mabodo xonadon egasi bunga qarshilik ko’rsatsa, u holda qabul
qilingan Davlat Konstitutsiyaviy tartibiga qarshi chiqqanligi borasida tegishli
chora ko’riladi. Ushbu sistemani e’tiborsizlik qilmasdan, qat’iy ravishda bir
maromda sustkashlik qilmay olib borilsa, uzog’i bilan ommani ikki-uch yil
mobaynida shu tartibga o’rgatib, chinakam obodonlikka erishish mumkin.
Ikkinchisi, avtotransport harakati qoidalariga qo’llanilgan choralar tizimini atrof-
muhitning ifloslanishinig oldini olishga bo’lgan choralar tizimi bilan teng
ravishda qo’llash mumkin. Negaki yo’l harakati qoidalariga xilof ish tutish
insonlar hayoti uchun naqadar xavfli bo’lsa, atrof-muhitni beparvolik bilan
ifloslantirish ham ekologik jihatidan insonlar hayoti uchun shu qadar salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
Buyuk sohibqiron bobomiz aytganlaridek: “Agar xalq ma’lum muddat
yaxshi so’z va nasihat bilan to’g’ri yo’lga yurmasa, itoat etmasa, u holda ularni
qattiqqo’llik bilan boshqarib bo’lsa ham, to’g’ri yo’lga solish darkor” Qaysi bir
davlatda qat’iyat bo’lsagina, ana o’sha makonda rivojlanish bo’ladi. Ekologik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
166
muhit har qanday davlatni rivojlanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Afrika
qit’asida ekologik ifloslanish ko’p bo’lgani bois, sog’lom fikrli insonlar soni ham
o’ta kam, natijada unday davlatdan daho shaxslar yetishib chiqa olmaydi.
Shunday ekan, biz imkon qadar o’z davlatimizning ekologik muhitini
ifloslanishdan saqlab qolishimiz uchun va sog’lom fikrli daho shaxslar yetishib
chiqishi uchun har qanday choralarni qo’llab bo’lsa ham, o’z maqsadimizda
qat’iy ish olib borishimiz zarur.
Atrof-muhit ifloslanishini oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar ko'rish
kerak:
Qayta
tiklanadigan
energiya
manbalaridan
foydalanish:
yoqilg'ilarning yonishi havo ifloslanishiga va issiqxona gazlari chiqindisiga olib
keladi. Quyosh, shamol va gidroelektr kabi qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanish atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishda muhim
qadam xisoblanadi.
Qayta ishlash va chiqindi boshqaruvi: Chiqindilarni qayta ishlash va
organik chiqindilarni kompost qilish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishning
samarali usullaridan biri. Plastik, shisha, qog’oz va metall kabi materiallarni
qayta ishlash tabiiy resurslarni saqlashga hissa qo'shadi.
Yashil hududlarni himoya qilish va ko'paytirish: Daraxtlar va
o'simliklar karbonat angidridni yutib, toza kislorod ajratadi va havo sifatini
yaxshilaydi. Park va o'rmonlarni himoya qilish va yangi yashil hududlarni
yaratish atrof-muhit salomatligi uchun zarurdir.
Atrof-muhitga do'st mahsulotlardan foydalanish: Kundalik hayotda
kimyoviy tarkibli tozalash vositalari, zararkunanda dori vositalari va yuvish
vositalari o'rniga atrof-muhitga do'st muqobillaridan foydalanish suv va tuproq
ifloslanishini kamaytiradi.
Jamoat transporti va transport muqobillari: Shaxsiy avtomobillardan
foydalanishni kamaytirish, imkon darajada jamoat transporti vositalaridan
foydalanish va velosiped kabi atrof-muhitga do'st transport usullarini tanlash,
havo ifloslanishini kamaytirishda samaralidir.
Ta'lim va xabardorlik yaratish: Odamlarni atrof-muhitga bo’lgan
ongi, madaniyati, tarbiyasini oshirish va atrof-muhitni himoya qilishga
o'rgatish, uzoq muddatda ifloslanishni kamaytirishda muhim rol o'ynaydi.
Xulosa.
Atrof-muhit ifloslanishi global miqyosda tezkor choralar ko'rishni
talab qiladigan muammo hisoblanadi. Havo, suv, tuproq va shovqin ifloslanishi
nafaqat tabiatga, balki inson salomatligiga ham bevosita ta'sir qiladi. Shu sababli,
shaxsiy va ijtimoiy darajada ko'riladigan chora-tadbirlar bilan atrof-muhitni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
167
himoya qilish va kelajak avlodlarga toza dunyo qoldirish barchamizning
mas'uliyatimizdir. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish,
chiqindi boshqaruvi, yashil hududlarni himoya qilish va atrof-muhitga do'st
mahsulotlarni tanlash, atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashda muhim
qadamlardir.
References:
1.
Tolipov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi.: Nasaf, 2003.
2.
www.ziyonet.uz
3.
www.wikipedia.uz