ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
71
BERILGANLAR BAZASIDA AXBOROT ALMASHINISH SXEMASI
HAMDA TURLARI
Tojimamatov Israil Nurmamatovich
FarDU- Amaliy matematika va Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi
israiltojimamatov@gmail.com
No‘monova O‘g‘iloy Saloxidin qizi
FarDU Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15339777
Annotatsiya:
Maqolada berilganlar bazasida axborot almashinuvi
sxemalarining tuzilishi, texnologik asoslari va ularning tizimlararo
integratsiyadagi ahamiyati yoritiladi. API, ETL va Message Queue kabi
zamonaviy vositalar yordamida ma’lumot uzatishning samaradorligi va
xavfsizligi tahlil qilinadi. Axborot almashinuvi orqali tizimlar o‘rtasida uzluksiz
va ishonchli muloqotni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zi:
, API, ETL, Message Queue, transformatsiya, integratsiya, real-
time, batch, micro-batch, ELT, asinxron, foydalanuvchi, muloqot, xavfsizlik, qayta
ishlash, normallashtirish, XML, JSON, CSV, HTTP, SOAP, REST, GraphQL,
WebService.
Annotation:
The article explores the structure and technological
foundations of data exchange schemes in databases, emphasizing their
importance in inter-system integration. The effectiveness and security of data
transmission are analyzed through modern tools such as API, ETL, and Message
Queue. The possibilities of ensuring continuous and reliable communication
between systems through information exchange are discussed.
Keywords:
API, ETL, Message Queue, transformation, integration, real-time,
batch, micro-batch, ELT, asynchronous, user, communication, security,
processing, normalization, XML, JSON, CSV, HTTP, SOAP, REST, GraphQL,
WebService.
Аннотация:
В статье рассматриваются структура и технологические
основы схем обмена информацией в базах данных, а также их значение для
интеграции между системами. Анализируется эффективность и
безопасность передачи данных с использованием современных
инструментов, таких как API, ETL и Message Queue. Обсуждаются
возможности обеспечения непрерывного и надежного взаимодействия
между системами посредством информационного обмена.
Ключевые слова:
API, ETL, Message Queue, трансформация,
интеграция, реальное время, пакетная обработка, микро-пакеты, ELT,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
72
асинхронность, пользователь, взаимодействие, безопасность, обработка,
нормализация, XML, JSON, CSV, HTTP, SOAP, REST, GraphQL, WebService.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida ma’lumotlarni
samarali boshqarish va ulardan foydalanish bugungi kunda har qanday sohada
hal qiluvchi omillardan biriga aylandi. Berilganlar bazalari (BB) bu jarayonning
asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, axborotni saqlash, izlash, tahlil qilish va
almashinish imkonini beradi. Ayniqsa, ko‘p foydalanuvchi ishtirok etadigan va
katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlovchi tizimlarda berilganlar bazasi orqali
axborot almashinish sxemalarining to‘g‘ri tashkil etilishi yuqori samaradorlikni
ta’minlaydi.
Asosiy qisim:
Berilganlar bazasi — bu tuzilgan, tartiblangan va
boshqariladigan ma’lumotlar to‘plamidir. Ular BDBT — Berilganlar Bazasini
Boshqarish Tizimi yordamida boshqariladi. Bunday tizimlar foydalanuvchilarga
ma’lumotlar bilan turli amallarni bajarish — yaratish, o‘chirish, yangilash va
so‘rov yuborish imkonini beradi.
Berilganlar bazasi turlari:
1.
Munosabatli BB – ma’lumotlar jadvallar shaklida saqlanadi.
(masalan, MySQL, PostgreSQL, Oracle).
2.
NoSQL BB – strukturasi qat’iy bo‘lmagan, yirik hajmli ma’lumotlar
bilan ishlashga mo‘ljallangan (MongoDB, Cassandra).
3.
Grafik BB – obyektlar va ular orasidagi munosabatlar graf
ko‘rinishida saqlanadi (Neo4j).
4.
Obyektga yo‘naltirilgan BB – dasturlashdagi obyektlar asosida
qurilgan BB (db4o, ObjectDB).
Axborot almashinuvi mohiyati va zarurati. Axborot almashinuvi — bu bir
tizimdan ikkinchisiga yoki bir foydalanuvchidan boshqasiga ma’lumot uzatish
jarayonidir. Ma’lumotlar bazasida bu almashuv ichki va tashqi darajada amalga
oshiriladi:
1.
Ichki axborot almashuvi – bir tizim doirasidagi komponentlar
o‘rtasidagi almashuv.
2.
Tashqi axborot almashuvi – turli tizimlar (masalan, moliyaviy tizim
bilan logistika tizimi) o‘rtasidagi almashuv.
Axborot almashinuvi sxemalari. Axborot almashinuvi sxemasi – bu
ma’lumotlar qanday usulda, qanday formatda, qaysi qatlamlarda va qanday
protokollar orqali uzatilishini ifodalovchi strukturadir. U quyidagi bosqichlarni
o‘z ichiga oladi:
1.
Ma’lumotni aniqlash (qaysi ma’lumotlar uzatiladi).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
2.
Ma’lumotni tayyorlash (formatlash, normallashtirish).
3.
Ma’lumotni uzatish (API, servislar, fayllar).
4.
Qabul qilish va qayta ishlash.
Almashuv sxemasi samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Formatlar (XML, JSON, CSV)
Protokollar (HTTP, SOAP, REST, GraphQL)
Interfeyslar (API, WebService)
Axborot almashinuvi texnologiyalari. Zamonaviy texnologiyalar orqali
ma’lumotlar almashinuvi ancha avtomatlashtirilgan va xavfsizlashtirilgan.
Quyida ularning ba’zilari keltirilgan:
API (Application Programming Interface)
ETL (Extract, Transform, Load)
Message Queue tizimlari
Application Programming Interface —
bu dasturlar va tizimlar o‘rtasida
o‘zaro aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan interfeys yoki protokoldir. API,
dasturlarga bir-biri bilan muloqot qilish imkonini beradi, turli xizmatlar va
funksiyalarni bir tizimga kiritishga imkon yaratadi. API’lar, odatda, ma’lum bir
dastur yoki xizmatning ichki ishlashini yashiradi, shuningdek, dasturchilarga
ular bilan muloqot qilish uchun maxsus qo‘llanmalarga, metodlarga va
protokollarga kirish imkoniyatini beradi.
Application Programming ning Asosiy Xususiyatlari
1.
Modullik
: API’lar tizimni modullar bilan ajratib, har bir modul
o‘zining alohida vazifasini bajaradi. Dasturchi faqat kerakli modul bilan ishlaydi
va boshqa qismlar bilan bog‘lanmasdan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2.
Interfeys
: API’lar interfeys orqali tizimning ichki ishini ko‘rmasdan
unga ulanish imkoniyatini beradi. API’lar odatda metodlar va funksiyalarni
taqdim etadi, bu metodlar orqali foydalanuvchilar tizimga so‘rovlar yuborishi va
javoblar olishi mumkin.
3.
Kengaytirilgan imkoniyatlar
: API yordamida dasturlar o‘z
imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Masalan, bir dastur boshqa bir dastur
bilan bog‘lanib, qo‘shimcha funktsiyalarni ishlatishi mumkin (masalan, Google
Maps API, Twitter API).
4.
Ma’lumotlarni almashish
: API’lar, asosan, ma’lumotlarni almashish
uchun ishlatiladi. Ular tizimlar o‘rtasida ma’lumotlarni olish, yuborish va
boshqarish uchun yordam beradi.
Extract, Transform, Load
— bu ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni
olish, ularni o‘zgartirish va keyinchalik boshqa tizimga yuklash jarayonini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
ifodalovchi tushuncha. ETL — ma’lumotlar integratsiyasi va boshqaruvi
sohasida keng qo‘llaniladi, ayniqsa, ma’lumotlar omborlarida yoki ma’lumotlarni
bir tizimdan boshqasiga ko‘chirishda muhim o‘rin tutadi.
Extract, Transform, Load turlari:
1.
Batch ETL jarayoni — bu ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtda yoki
belgilangan intervalda yig‘ish, transformatsiya qilish va yuklash jarayonidir.
Real-time ETL jarayoni — bu ma’lumotlar doimiy ravishda, real vaqt rejimida
yig‘iladi, transformatsiya qilinadi va yuklanadi.
2.
Real-time ETL jarayoni — bu ma’lumotlar doimiy ravishda, real vaqt
rejimida yig‘iladi, transformatsiya qilinadi va yuklanadi. Bu usul, ma’lumotlar
oqimi (streaming) asosida ishlaydi, ya’ni ma’lumotlar paydo bo‘lar-
yo‘qolmasdan tizimga kiritiladi.
3.
Micro-batch ETL jarayonida ma’lumotlar kichik to‘plamlar (batch)
holida qayta ishlanadi. Bu jarayon real vaqt va batch ETL usullari o‘rtasidagi
o‘rta yo‘ldir, ma’lumotlar ma’lum bir kichik intervalda yig‘iladi va tizimga
kiritiladi.
4.
ELT — bu ETL jarayonining bir turi bo‘lib, unda ma’lumotlar avval
ma’lumotlar bazasiga yoki omborga yuklanadi, keyin esa transformatsiya
qilinadi. ELT usuli, ayniqsa, kuchli ma’lumotlar bazalari yoki omborlarda
samarali ishlaydi, chunki ular ma’lumotlarni yuklash va transformatsiya qilishni
tezda amalga oshiradi.
5.
Hybrid ETL jarayoni — bu batch va real-time ETL metodlarining
kombinatsiyasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkala jarayonni amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Bu usul, ma’lumotlarni har ikki tarzda (to‘plamlar va
oqimlar) boshqarishni ta’minlaydi.
Message Queue tizimlari
— bu tizimlar o‘rtasida asinxron ma’lumot
almashinuvi va muloqotni ta’minlash uchun ishlatiladigan texnologiyalardir.
Message Queue (MQ) tizimlari, bir tizimdan boshqa tizimga ma’lumotlarni
yuborish va qabul qilishni tartibga solib, xatoliklar, uzilishlar va yukni
balanslashni boshqarishga yordam beradi. Asosan, bu tizimlar ma’lumotlarni
xabarlarga ajratib, ularni saqlash va kerakli vaqt va tartibda olishni ta’minlaydi.
Message Queue tizimlarining Asosiy Vazifalari
1.
Asinxron muloqot
: Message Queue tizimlari tizimlar o‘rtasida
asinxron (simultansiz) muloqotni ta’minlaydi, bu esa har bir tizimning o‘z
vaqtida ishlashiga imkon beradi. Ma’lumotlar yuborilganidan so‘ng, qabul
qiluvchi tizim ular bilan ishlash uchun tayyor bo‘lganda ularga kirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
75
2.
Yukni balanslash
: Message Queue tizimlari bir nechta
iste’molchilar o‘rtasida xabarlarni tarqatishda yordam beradi. Bu jarayon
tizimdagi ishlov berish quvvatini optimallashtirishga yordam beradi, chunki
xabarlar iste’molchilar tomonidan qayta ishlanishi uchun navbatda turadi.
3.
Qattiq tizimlarni ajratish
: Tizimlar o‘rtasida muloqot qilishni
saqlab qolish uchun, ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi o‘rniga, Message
Queue orqali saqlanadi. Bu, bir tizim ishlamay qolganda, boshqa tizimlar faol
bo‘lishi mumkinligini ta’minlaydi.
Xulosa:
Berilganlar bazasi va axborot almashinish texnologiyalari
sohasidagi yangiliklar va rivojlanishlar zamonamizda biznes va texnologiyalarni
bir-biriga bog‘laydigan muhim omillarga aylangan. Berilganlar bazalari (BB)
axborotni samarali saqlash, ishlov berish va uzatish imkoniyatlarini yaratadi.
Har bir tizim o‘zining ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil
etilishi va samarali boshqarilishi yuqori samaradorlikka erishish imkonini
beradi.
Axborot almashinuvi sxemalarining to‘g‘ri tashkil etilishi, ma’lumotlarni
uzatish formatlari va protokollarini to‘g‘ri tanlash tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqani samarali tarzda amalga oshiradi. API, ETL va Message Queue tizimlari
kabi texnologiyalar, tizimlar orasidagi ma’lumot almashuvini avtomatlashtirish,
xavfsizlashtirish va ish jarayonlarini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
API tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlash, ETL esa ma’lumotlarni
integratsiya qilish va boshqarishni osonlashtiradi. Message Queue tizimlari esa
asinxron muloqotni va yukni balanslashni ta’minlaydi, bu esa tizimlarning
ishonchliligi va samaradorligini oshiradi.
Shunday qilib, axborot almashinuvi texnologiyalari, berilganlar bazasining
turli turlari va tizimlar o‘rtasidagi muloqotni samarali tashkil etish zamonaviy
texnologik infratuzilmaning asosini tashkil etadi. Bu jarayonlarning to‘g‘ri
amalga oshirilishi, ma’lumotlar bilan ishlashni ancha samarali va tezkor qilishga
imkon beradi, bu esa oxir-oqibatda biznes jarayonlarini optimallashtirishga olib
keladi.
Foydanilgan adabiyotlar:
1.
Tojimamatov, I. N. (2023). NOSQL MA’LUMOTLAR BAZASI: TANQIDIY
TAHLIL VA TAQQOSLASH. IJODKOR O‘QITUVCHI, 3(28), 134–146.
2.
Tojimamatov, I. N., & Doniyorbek, A. (2023). KATTA HAJMLI
MA’LUMOTLAR AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI. OBRAZOVANIE NAUKA I
INNOVATSIONNYE IDEI V MIRE, 18(6), 66–70.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
76
3.
Tojimamatov, I. N., Topvoldiyeva, H., Karimova, N., & Inomova, G. (2023).
GRAFIK MA’LUMOTLAR BAZASI. Евразийский журнал технологий и
инноваций, 1(4), 75–84.
4.
Tojimamatov, I. N., Olimov, A. F., Khaydarova, O. T., & Tojiboyev, M. M.
(2023). CREATING A DATA SCIENCE ROADMAP AND ANALYSIS. PEDAGOGICAL
SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(23), 242–250.
5.
Tojimamatov, I. N., & Azizjon o‘g‘li, N. A. Z. (2024). The SQL server
language and its structure. American Journal of Open University Education, 1(1),
11–15.
6.
Tojimamatov, I. N., & Usmonova, S. (2023). DATA MINING MASALALARI
VA ULARNING YECHIMLARI. “TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”,
1(2), 60–63.
7.
Tojimamatov, I. N., & Saidjamolova, B. M. (2023). BIZNESDA «BIG DATA»
TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI. Лучшие интеллектуальные
исследования, 11(4), 56–63.
8.
Tojimamatov, I. N., & Ne’matillayev, A. H. (2023). BIG DATA
TEXNOLOGIYALARI VA UNING MUAMMOLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(1), 61–64.
9.
Tojimamatov, I. N., & Mamasidiqova, I. (2023). Data Mining
Texnalogiyalari Metodlari Va Bosqichlari Hamda Data Science Jarayonlar.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(3 Part 2), 18–21.
10.
Tojimamatov, I. N., & Gulhayo, M. (2023). MA’LUMOTLARNI QAYTA
ISHLASHDA ERP TIZIMLARI. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA SAP
TIZIMLARI. Journal of Integrated Education and Research, 2(4), 87–89.