Авторы

  • Israil Tojimamatov
    Fargʻona davlat universiteti Amaliy matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Shahnoza Ahmataliyeva
    Fargʻona davlat unversiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.84820

Ключевые слова:

Markazlashgan boshqaruv ma’lumotlar bazasi tizim xavfsizligi integratsiya ma’lumotlarni boshqarish NoSQL DBMS xavfsizlik biznes tizimlari davlat tizimlari tizim arxitekturasi.

Аннотация

Berilganlarni markazlashgan tarzda boshqarish tizimlari ma’lumotlarni boshqarishning samarali va xavfsiz usuli bo‘lib, ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi. Ushbu maqolada markazlashgan boshqarish tizimlarining asosiy prinsiplari, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, bunday tizimlarning amaliyotda qo‘llanishi, korxonalarda va davlat tashkilotlarida qanday ishlashini ko‘rib chiqiladi. Markazlashgan boshqarish tizimlarining rivojlanishi va kelajagi haqida ham fikr yuritiladi. Maqola orqali markazlashgan boshqarish tizimlarining samaradorligini va xavfsizligini oshirishda qanday yondoshuvlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

59

BERILGANLARNI MARKAZLASHGAN TARZDA BOSHQARISH

TAMOYILLARI

Tojimamatov Israil Nurmamatovich

Fargʻona davlat universiteti

Amaliy matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi

israiltojimamatov@gmail.com

Ahmataliyeva Shahnoza Maxammadyusup qizi

Fargʻona davlat unversiteti Axborot tizimlari

va texnologiyalari yo‘nalishi talabasi

shahnozaahmataliyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15339752

Annotatsiya:

Berilganlarni markazlashgan tarzda boshqarish tizimlari

ma’lumotlarni boshqarishning samarali va xavfsiz usuli bo‘lib, ko‘plab sohalarda
qo‘llaniladi. Ushbu maqolada markazlashgan boshqarish tizimlarining asosiy
prinsiplari, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek,
bunday tizimlarning amaliyotda qo‘llanishi, korxonalarda va davlat
tashkilotlarida qanday ishlashini ko‘rib chiqiladi. Markazlashgan boshqarish
tizimlarining rivojlanishi va kelajagi haqida ham fikr yuritiladi. Maqola orqali
markazlashgan boshqarish tizimlarining samaradorligini va xavfsizligini
oshirishda qanday yondoshuvlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar:

Markazlashgan boshqaruv, ma’lumotlar bazasi, tizim

xavfsizligi, integratsiya, ma’lumotlarni boshqarish, NoSQL, DBMS, xavfsizlik,
biznes tizimlari, davlat tizimlari, tizim arxitekturasi.

Annotation:

Centralized data management systems are an effective and

secure way to manage data, widely used across various fields. This paper
analyzes the main principles of centralized management systems, their
advantages, and drawbacks. Additionally, the practical application of such
systems in enterprises and government organizations is discussed. The article
also explores the development and future prospects of centralized management
systems. The paper demonstrates the approaches to improving the efficiency
and security of these systems.

Keywords:

Centralized management, database, system security,

integration, data management, NoSQL, DBMS, security, business systems,
government systems, system architecture.

Аннотация:

Централизованные системы управления данными

являются эффективным и безопасным способом управления данными,
широко применяемым в различных областях. В данной статье
анализируются

основные

принципы

централизованных

систем

управления, их преимущества и недостатки. Также рассматривается


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

60

практическое

применение

таких

систем

в

предприятиях

и

государственных организациях. В статье рассматривается развитие и
перспективы централизованных систем управления. Мы также обсуждаем
подходы к повышению эффективности и безопасности этих систем.

Ключевые слова:

Централизованное управление, база данных,

безопасность системы, интеграция, управление данными, NoSQL, DBMS,
безопасность, бизнес-системы, государственные системы, архитектура
системы.

Berilganlar bazasi — bu ma’lumotlarni saqlash, boshqarish, tartibga solish

va ularga ishlov berish uchun maxsus tashkil etilgan tizimdir. Berilganlar bazasi
boshqarish tizimlari (BBBT) — bu ma’lumotlar bazasini boshqarishga
mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlarni ifodalaydi. Berilganlarni markazlashgan
tarzda boshqarish tizimlari esa barcha ma’lumotlarni yagona markazda
saqlashni nazarda tutadi. Bu yondashuvda barcha foydalanuvchilar va tizimlar
markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga kirish huquqiga ega bo‘ladi, bu esa o‘z
navbatida ma’lumotlarni boshqarish va ularga ishlov berish jarayonlarini
osonlashtiradi. Markazlashgan tizimlar ko‘pincha korxonalar, davlat
tashkilotlari, va xalqaro kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladi, chunki ular
ma’lumotlarni tez va samarali boshqarish imkonini beradi.

Ushbu maqola berilganlarni markazlashgan boshqarish tizimlarining asosiy

prinsiplari va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi, afzalliklari hamda
kamchiliklarini tahlil qilishni maqsad qilgan. Shuningdek, markazlashgan
tizimlar qanday ishlashini, qanday muammolarni hal qilishda yordam berishini
va ularning rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Markazlashgan boshqarish tizimi — bu barcha ma’lumotlar va tizim

resurslari bitta markaziy nuqtada to‘planib, unga barcha foydalanuvchilar va
tizimlar kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan tuzilma. Markazlashgan boshqarish
tizimlarining asosiy maqsadi ma’lumotlarni yagona nuqtada saqlash va ularga
tezkor va xavfsiz kirishni ta’minlashdir. Masalan, ma’lumotlar bazasidagi barcha
ma’lumotlar yagona serverda joylashgan bo‘lib, barcha foydalanuvchilar bu
serverga ulanish orqali ma’lumotlarga kirishadi.

Markazlashgan tizimda barcha ma’lumotlar markazlashgan bir nuqtada

saqlanadi va barcha foydalanuvchilar bu markazga ulanadi. Tarqatilgan tizimda
esa ma’lumotlar bir necha nuqtalarda saqlanadi va ma’lumotlar turli joylarda
bo‘lishi mumkin. Tarqatilgan tizimlar ko‘proq global miqyosda ishlatiladi, chunki
ular tarmoqlar va ma’lumotlar saqlashning ko‘p joylarda bo‘lishini ta’minlaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

61

Markazlashgan tizimlar esa ko‘proq xavfsizlik va boshqaruvni osonlashtirish
uchun qo‘llaniladi, chunki barcha ma’lumotlar bir markazda saqlanadi.

Markazlashgan ma’lumotlar bazasi — bu barcha ma’lumotlar yagona

markazda joylashgan tizim bo‘lib, barcha foydalanuvchilar bir xil interfeys orqali
ma’lumotlarga kirishadi. Bunday tizimlar ko‘plab korxonalarda qo‘llaniladi,
chunki ular ma’lumotlarni saqlash va boshqarishda yuqori samaradorlik va
xavfsizlikni ta’minlaydi.

Markazlashgan tizimlar integratsiyalashgan bo‘lib, turli tizimlar o‘rtasida

ma’lumotlar almashinuvi va moslashuvchan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Masalan, kompaniyadagi barcha tizimlar bir-biri bilan bogʻliq bo‘lib, ular
markazlashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanadi. Bu esa tizimlarni samarali
boshqarish va yangilashni osonlashtiradi.

Markazlashgan boshqarish tizimlarida xavfsizlik juda muhim ahamiyatga

ega, chunki barcha ma’lumotlar bir joyda saqlanadi. Ma’lumotlarni
markazlashgan tarzda boshqarishning xavfsizlik jihatlari o‘z ichiga kiruvchi
huquqlarni boshqarish, tizimni kirish huquqlarini va xavfsizlik choralari orqali
ta’minlaydi. Tizim foydalanuvchilarining faqat ma’lum bir ma’lumotga kirishi
mumkinligi kafolatlanadi.

Markazlashgan tizimlarda ma’lumotlar uzluksiz saqlanadi va zarurat

tugʻilganda zaxira nusxalari yaratish mumkin. Bu tizimlar odatda ma’lumotlarni
avtomatik ravishda zaxiralashni ta’minlaydi, bu esa ma’lumotlarning yo‘qolishini
oldini olish uchun muhim.

Kompaniyalar va tashkilotlar markazlashgan boshqarish tizimlarini turli

maqsadlarda ishlatishadi. Masalan, barcha muhim ma’lumotlar yagona serverda
saqlanadi va barcha xodimlar ushbu serverga ulanib, o‘z ishlarini davom
ettirishadi. Bu tizimlar, ayniqsa, kompaniyaning barcha filiallarida
markazlashtirilgan ma’lumotlarga kirishni osonlashtiradi.

Markazlashgan boshqarish tizimlarining keng qo‘llanilish sohasi onlayn

xizmatlar va ilovalardir. Masalan, bulutli xizmatlar, CRM tizimlari va ERP
tizimlari, bu tizimlar barcha foydalanuvchilarga yagona platformadan xizmat
ko‘rsatadi va foydalanuvchilar barcha ma’lumotlarga markazlashgan tarzda
kirishadi.

Davlat tashkilotlarida markazlashgan tizimlar keng qo‘llaniladi. Masalan,

soliq ma’lumotlar bazalari yoki fuqarolik holati ma’lumotlar bazasi davlat
tashkilotlari uchun ma’lumotlarni markazlashgan tarzda boshqarishning muhim
vositasidir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

62

Markazlashgan boshqarish tizimlari ma’lumotlarni yaxshiroq boshqarishga

yordam beradi, tezkor kirishni ta’minlaydi, xavfsizlikni oshiradi va yuqori
samaradorlikni ta’minlaydi. Bunda barcha ma’lumotlar bir joyda saqlanadi va
ularga kirish uchun yagona interfeys mavjud bo‘ladi. Markazlashgan tizimning
asosiy kamchiligi tizimdagi markaziy nuqtaga yuqori bogʻliqlikni keltirib
chiqarishidir. Agar markaziy tizim ishdan chiqsa, butun tizim ishlamay qolishi
mumkin.














Berilganlar bazasi (BB) tizimlarida

administratsiya

— bu ma’lumotlar

bazasining ishlashini boshqarish, tashkil qilish va samarali ishlashini ta’minlash
jarayonidir. Bu jarayonning asosiy maqsadi tizimning ishonchliligini,
xavfsizligini, samaradorligini va ularga foydalanuvchi kirishini boshqarishni
ta’minlashdan iborat. Administratsiya uchun eng muhim faoliyatlar
quyidagilardan iborat:

1.

Ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish

:

Administratsiya jarayonida tizimning dastlabki o‘rnatilishi, ma’lumotlar

bazasining tuzilishi va yaxshilanishi amalga oshiriladi. Administratori bazaning
strukturaviy qismlarini, masalan, jadval, ustun, indekslar, cheklovlar va
boshqalarni yaratadi.

2.

Foydalanuvchilarni boshqarish

:

Foydalanuvchi huquqlari va kirish imkoniyatlarini belgilash kerak. Har bir

foydalanuvchiga o‘z vazifasiga qarab kirish huquqi beriladi (masalan, o‘qish,
yozish, tahrirlash va o‘chirish). Foydalanuvchi ro‘yxatiga kirish uchun himoya
qilishi (parol, autentifikatsiya va avtorizatsiya) maqsadga muvofiqdir.

3.

Zaxira qilish va tiklash

:

Tashkilotning

rivojlanish

dasturlari

Rejaning

maqsadlari

Dasturlar

Resurslar

bazasining

rivojlanish

prognozlari

va

istiqbollari

Perspektiv

rejaning

asosiy

yo'nalishlari

Tashkilotning

rivojlanish

istiqboli rejasi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

63

Ma’lumotlar bazasining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zaxira

nusxalari yaratish va kerak bo‘lganda ularni tiklab olish mumkin. Zaxira
nusxalarini avtomatik ravishda yaratish tizimini o‘rnatish kerak.

4.

Performansni optimallashtirish

:

Ma’lumotlar bazasining ishlash tezligini oshirish uchun indekslash,

so‘rovlarni optimallashtirish va ma’lumotlar bo‘linishini boshqarish zarur.
Diskda joyni samarali taqsimlash va ma’lumotlar uzluksizligini ta’minlash ham
optimal yechim bo‘la oladi.

5.

Ma’lumotlar xavfsizligi

:

Ma’lumotlar bazasidagi barcha ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun

zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim(masalan, ma’lumotlar shifrlash,
foydalanuvchi autentifikatsiyasi va avtorizatsiyasi). Jurnalizatsiya va monitoring
tizimlarini yaratish orqali har bir foydalanuvchining harakatlarini kuzatib borish
imkoni yaratiladi.

6.

Ma’lumotlar bazasining yangilanishi va versiyalarini

boshqarish

:

Ma’lumotlar bazasini muntazam yangilab borish va uning eng so‘nggi

versiyasini saqlash, ma’lumotlar bazasidagi yangi xususiyatlarni va tuzatishlarni
amalga oshirish ish samaradorligini oshiradi.

Xulosa

Markazlashgan boshqarish tizimlarining kelajagi juda yorqin, chunki ular

ma’lumotlarni samarali boshqarish va xavfsizligini ta’minlashda katta rol
o‘ynaydi. Yangi texnologiyalar, masalan, sun’iy intellekt va avtomatizatsiya
yordamida markazlashgan tizimlar yanada yaxshilanadi. Ushbu tizimlar nafaqat
korxonalar, balki davlat tashkilotlarida ham samarali qo‘llanilishi mumkin.
Ularning foydalari shundaki, ular tizimlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlaydi
va ma’lumotlarni boshqarishda yuqori samaradorlikni beradi. Shuningdek, ular
xavfsizlikni oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi, chunki barcha ma’lumotlar
markazlashgan tarzda saqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Asqarov, S. "Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari." Toshkent,

"Ma’naviyat", 2017.
2.

Berkov, A. I. "Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari." Toshkent, "Fan

va texnologiya", 2012.
3.

Mukhammadiev, B. "Axborot texnologiyalari va dasturlash asoslari."

Toshkent, "Iqtisodiyot", 2014.
4.

Jalilov, K., Turaev, M. "Ma’lumotlar bazasi dizayni va boshqarish."

Toshkent, "O‘zbekiston," 2015.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

5.

Harrington, J. L. "Relational Database Design and Implementation."

Morgan Kaufmann, 2016.
6.

Rob, P., Coronel, C. "Database Systems: Design, Implementation, and

Management." Cengage Learning, 2017.
7.

Mullins, C. S. "Database Design for Mere Mortals." Addison-Wesley, 2012.

8.

Kroenke, D. M., Auer, D. J. "Database Processing: Fundamentals, Design,

and Implementation." Pearson Education, 2014.
9.

Tojimamatov, I., & Sahobiddinov, A. (2025). Berilganlar bazisi ustida

hisobotlarni shakillantirish. Bridging the gap: education and science for a
sustainable future, 1(1), 83-90.
10.

Isroil, T. (2025). Berilganlar bazasida konseptual model yaratish: nazariy

asoslar va amaliy yondoshuvlar. Modern education and development, 18(6), 51-
63.
11.

Isroil, T. (2025). Qbe tilida protseduralar va funksiyalarni yaratish:

nazariy va amaliy jihatlar. Modern education and development, 18(6), 9-22.
12.

Nurmamatovich T. I., Nushonboy o‘g‘li T. A. Katta ma’lumotlar data

science //izlanuvchi. – 2025. – т. 1. – №. 2. – с. 21-26.

Библиографические ссылки

Asqarov, S. "Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari." Toshkent, "Ma’naviyat", 2017.

Berkov, A. I. "Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari." Toshkent, "Fan va texnologiya", 2012.

Mukhammadiev, B. "Axborot texnologiyalari va dasturlash asoslari." Toshkent, "Iqtisodiyot", 2014.

Jalilov, K., Turaev, M. "Ma’lumotlar bazasi dizayni va boshqarish." Toshkent, "O‘zbekiston," 2015.

Harrington, J. L. "Relational Database Design and Implementation." Morgan Kaufmann, 2016.

Rob, P., Coronel, C. "Database Systems: Design, Implementation, and Management." Cengage Learning, 2017.

Mullins, C. S. "Database Design for Mere Mortals." Addison-Wesley, 2012.

Kroenke, D. M., Auer, D. J. "Database Processing: Fundamentals, Design, and Implementation." Pearson Education, 2014.

Tojimamatov, I., & Sahobiddinov, A. (2025). Berilganlar bazisi ustida hisobotlarni shakillantirish. Bridging the gap: education and science for a sustainable future, 1(1), 83-90.

Isroil, T. (2025). Berilganlar bazasida konseptual model yaratish: nazariy asoslar va amaliy yondoshuvlar. Modern education and development, 18(6), 51-63.

Isroil, T. (2025). Qbe tilida protseduralar va funksiyalarni yaratish: nazariy va amaliy jihatlar. Modern education and development, 18(6), 9-22.

Nurmamatovich T. I., Nushonboy o‘g‘li T. A. Katta ma’lumotlar data science //izlanuvchi. – 2025. – т. 1. – №. 2. – с. 21-26.