MILLIY TAFAKKUR VA TIL BOYLIGI: ZAMONAVIY O’QUVCHILARNING LUG’AT KOMPETENSIYASI

Abstract

Ushbu maqolada milliy tafakkur va til boyligi, ayniqsa, zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at kompetensiyasini rivojlantirish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada lug‘at ko‘nikmalarini oshirishda ta'lim metodlari, pedagogik texnikalar va interaktiv yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatilib, o‘zbek tilining milliy tafakkurga ta'siri ta'kidlanadi. Shuningdek, zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar va digital vositalarning roli haqida so‘z boradi. Maqola o‘quvchilarning tilni o‘rganish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
70-76
8

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Utanova , V. ., & Umarova , Y. (2025). MILLIY TAFAKKUR VA TIL BOYLIGI: ZAMONAVIY O’QUVCHILARNING LUG’AT KOMPETENSIYASI. Academic Research in Modern Science, 4(32), 70–76. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/103860
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada milliy tafakkur va til boyligi, ayniqsa, zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at kompetensiyasini rivojlantirish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada lug‘at ko‘nikmalarini oshirishda ta'lim metodlari, pedagogik texnikalar va interaktiv yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatilib, o‘zbek tilining milliy tafakkurga ta'siri ta'kidlanadi. Shuningdek, zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar va digital vositalarning roli haqida so‘z boradi. Maqola o‘quvchilarning tilni o‘rganish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

MILLIY TAFAKKUR VA TIL BOYLIGI: ZAMONAVIY

O’QUVCHILARNING LUG’AT KOMPETENSIYASI

Utanova Vaziraxon Maxmudjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti 4-bosqich talabasi

Umarova Y.T.

Ilmiy rahbar: p.f.f.n. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15624046

Annotatsiya:

Ushbu maqolada milliy tafakkur va til boyligi, ayniqsa,

zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at kompetensiyasini rivojlantirish masalalari
chuqur tahlil qilinadi. Maqolada lug‘at ko‘nikmalarini oshirishda ta'lim
metodlari, pedagogik texnikalar va interaktiv yondashuvlarning ahamiyati
ko‘rsatilib, o‘zbek tilining milliy tafakkurga ta'siri ta'kidlanadi. Shuningdek,
zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar
va digital vositalarning roli haqida so‘z boradi. Maqola o‘quvchilarning tilni
o‘rganish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun
amaliy tavsiyalar beradi.

Kalit so‘zlar:

Milliy tafakkur, lug‘at kompetensiyasi, o‘quvchilar, o‘zbek tili,

ta'lim metodlari, interaktiv metodlar, pedagogik texnikalar, digital vositalar, til
boyligi, zamonaviy texnologiyalar.

Har bir millatning o‘zligiga eng yorqin guvohlik beruvchi vosita bu — uning

tili hisoblanadi. Til orqali inson dunyoni anglaydi, uni ifodalaydi, munosabat
bildiradi va o‘z ongini namoyon etadi. Ayniqsa, o‘zbek tilining boy va rang-
barang leksik boyligi xalq tafakkuri, tarixi, ma’naviy olami va estetik qarashlarini
o‘zida mujassam etgan. Milliy tafakkur esa o‘sha leksik boylik orqali shakllanadi
va takomillashadi. Shu bois tilni o‘rgatish jarayoni faqat grammatik bilimlarni
o‘zlashtirish emas, balki milliy tafakkurni shakllantirish vositasi sifatida
qaralishi zarur.

O‘zbek tilining lug‘aviy imkoniyatlari nihoyatda keng. Uning tarkibida

qadimiy turkiy so‘zlar, arabcha-forscha madaniy qatlamlar, zamonaviy atamalar
uyg‘unlashgan. Bu esa o‘quvchining leksik kompetensiyasini shakllantirishda
ayni ma’naviy boylikka asoslangan holda ishlashni talab etadi. Lug‘at boyligini
shakllantirish esa o‘z-o‘zidan yuzaga chiqmaydi — u doimiy metodik ta’sir,
kontekstual yondashuv, psixolingvistik asos va madaniy integratsiyani talab
etadi.

So‘nggi yillarda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan

Prezident tomonidan ilgari surilgan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
maqomini mustahkamlash” g‘oyasi, ona tilini chuqur o‘rgatish zaruratini yanada


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

kuchaytirdi. “Yangi O‘zbekiston – yangi til maktabi” g‘oyasi asosida ona tili fanini
innovatsion va zamonaviy usullarda o‘rgatishga katta urg‘u berilmoqda.

Shu jihatdan qaralganda, o‘quvchilarda lug‘aviy kompetensiyani

shakllantirish nafaqat nutqiy savodxonlik, balki shaxsiy ong, fikrlash doirasi,
milliylikni anglash, madaniyatga hurmat, ijodiy fikrlash singari ko‘nikmalarning
shakllanishiga xizmat qiladi. Bugungi o‘quvchi ko‘proq texnologik vositalar
orqali ma’lumot oladi, lekin mazmunan boy so‘zlardan foydalana olmayapti. Bu
esa uning fikr ifodalash doirasini toraytiradi, milliy obraz va qadriyatlarni
tushunishda sustlikka sabab bo‘ladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Tadqiqot ishlari Andijon viloyatidagi 8-umumta’lim maktabining 5-, 8- va 9-

sinflarida o‘tkazildi. Umumiy hisobda 90 nafar o‘quvchi tajribaga jalb qilindi.
Tanlovda qatnashgan sinflar bo‘yicha o‘quvchilarning bilim darajasi, lingvistik
tayyorgarligi, ijodiy salohiyati va so‘z boyligi bo‘yicha oldindan monitoring
o‘tkazildi. Tajriba ishlari “aksiologik va lingvodidaktik yondashuv” asosida
tashkil qilindi.

Tadqiqot bosqichlari:
1-bosqich. Diagnostik tahlil

Bu bosqichda quyidagi vositalardan foydalanildi:
So‘z boyligini aniqlash testi. O‘quvchilarga 50 ta keng tarqalgan so‘zlar

ro‘yxati berilib, ularning ma’nosini tushuntirish, kontekstda ishlatish, sinonim
yoki antonimini topish topshiriqlari berildi.

Mini-insho yozish. “Men sevgan joy”, “Yaxshi inson qanday bo‘ladi?” kabi

mavzularda 150–200 so‘zli yozma ishlar olingan.

So‘rovnoma. O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan so‘rovnoma o‘tkazildi:
Har kuni necha ta yangi so‘z o‘rganasiz?
So‘z daftarini yuritasizmi?
Qaysi manbalardan yangi so‘zlarni o‘rganasiz?
“Ko‘ngil”, “qadr”, “hamiyat” kabi so‘zlarning ma’nosini tushunasizmi?
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning aksariyatida faol lug‘at juda tor,

stilistik tafovutni anglash darajasi past va milliy madaniy birliklarga qiziqish
yetarli emas.

2-bosqich. Tajriba-darslar tashkil etish

Bu bosqichda 4 hafta davomida haftasiga 3 marotaba maxsus mashg‘ulotlar

tashkil etildi. Har bir darsda quyidagi metodlar uyg‘unlashtirildi:

a) Kontekstual yondashuv:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

O‘quvchilarga real hayotiy matnlar (hikoya, maqola, dialog) berilib,

matndagi yangi so‘zlar ajratildi. So‘ng u so‘zlar bilan gaplar tuzildi, sinonim,
antonimlari topildi, qo‘llanish usullari tahlil qilindi.

Misol: “G‘urur” so‘zi — kontekst: “Millat g‘ururi har bir yurtdoshda bo‘lishi

kerak.”

Topshiriq: “G‘urur” so‘zining antonimini toping. So‘z qatnashgan 3 ta gap

tuzing. Ushbu so‘z bilan bog‘liq maqol yoki ibora yozing.

b) Klaster usuli:
O‘quvchilarga asosiy so‘z berilib, uning atrofida mazmunan bog‘liq so‘zlar

(sabab, natija, emotsiya, harakat, sifat)dan iborat “so‘z guldastasi” tuzildi.

Misol: “Mehr” – (ona, yurak, nur, shafqat, sog‘inch, bag‘rikenglik, duo,

saxiylik)

c) O‘yinli yondashuv:
“Kim ko‘p sinonim topadi?”, “So‘zdan ibora yasang”, “So‘z zanjiri” kabi

o‘yinlar orqali o‘quvchilar faol va qiziqarli tarzda yangi so‘zlarni o‘zlashtirdilar.

d) Ijodiy topshiriqlar:
Yangi o‘rganilgan 5–6 ta so‘z asosida 5 gap tuzish, qisqa hikoya yozish, “so‘z

bilan his qilish” mashqi (his-tuyg‘u bilan bog‘lash),milliy qadriyatlar aks etgan
holatga moslashtirish.

e) Vizual-assotsiatsion yondashuv:
Rasmlar, grafikalar, obrazlar asosida so‘z o‘rganish. Bu usul ayniqsa yosh

sinflarda samarali bo‘ldi.

Misol: “Saxovat” so‘ziga — yelkasi ochiq ota, bag‘rini ochgan ona, ro‘za

paytidagi dasturxon rasmlari ko‘rsatilib, tushunchaning ichki mohiyati ochib
berildi.

3-bosqich. Natijalarni qayta tahlil qilish

Tajriba yakunida dastlabki testlar takroran o‘tkazildi, yozma ishlardagi

leksik o‘zgarishlar solishtirildi, og‘zaki nutqdagi boyishlar audioyozuvlar orqali
qayta eshitildi.

Natijalar

Tajriba ishlari natijalariga ko‘ra, lug‘at bilan tizimli ishlash o‘quvchilarda

so‘z boyligini oshiribgina qolmay, balki ularning fikr ifodasi, stilistik
sezuvchanligi, ijodiy yondashuvi va milliylikni idrok etish qobiliyatini ham
rivojlantirganini ko‘rsatdi. Quyida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning asosiy natijalari
statistik va sifat ko‘rsatkichlari asosida taqdim etiladi.

1. Faol lug‘at boyligidagi o‘sish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

O‘quvchilarning dars boshidagi faol lug‘at hajmi o‘rtacha 320 ta so‘zni

tashkil qilgan bo‘lsa, mashg‘ulotlar yakunida bu ko‘rsatkich 460 taga yetdi.
Ayniqsa, 5-sinf o‘quvchilarida 41%, 8-sinfda 35% va 9-sinfda 28% miqdorida
o‘sish kuzatildi.

Izoh: Yosh kichik bo‘lishi bilan kontekst asosida o‘rganilgan so‘zlar ongda

kuchliroq joylashgan. Bu esa assotsiatsion yondashuvning samaradorligini
tasdiqlaydi.

2. Stilistik sezuvchanlik va ifoda aniqligi

Yozma nutq namunalari (mini-insholar) tahlil qilindi. Ilgari quyidagi

xatoliklar aniqlangan edi, har bir gapda bir xil so‘zlar takrorlangan,
sinonimlardan foydalanilmagan, gaplar sodda va iborasiz bo‘lgan, ma’nodoshlik
va emosional-yuklama sezilmagan.

Tajriba yakunida yozilgan yangi insholarda takrorlanuvchi so‘zlar 38%dan

18%ga kamaydi, har bir matnda o‘rtacha 3–4 ta yangi sinonim ishlatildi, badiiy
ifodali vositalar soni 2 barobarga oshdi, maqol, ibora, milliy terminlar bilan
boyitilgan matnlar paydo bo‘ldi.

Misol:
Oldin:

“Men maktabga boraman. Maktab men uchun muhim. Maktabda

do‘stlarim bor.”

Keyin:

“Maktab – bu mening bilim uyim, eng yaxshi do‘stlarim va kelajak

orzularim u yerda. Har tongda uni sog‘inish yuragimda g‘urur uyg‘otadi.”

3. Ma’naviy-leksik birliklarga munosabat

O‘quvchilarga “ko‘ngil”, “hamiyat”, “or-nomus”, “burch”, “sabr” kabi

so‘zlarning ma’nosini yozish va u bilan gap tuzish topshirig‘i berildi. Dastlab bu
tushunchalarni to‘liq anglay olmaganlar soni 70%ni tashkil qilgan bo‘lsa, tajriba
yakunida bu ko‘rsatkich 31%ga tushdi.

Shundan:
Frazeologik iboralardan foydalanish 22%dan 63%ga oshdi;
Milliy madaniyatga oid so‘zlar ishlatish 40%dan 69%ga yetdi;
Matnda stilistik usullardan (metafora, epitet, tashbeh) foydalanish 3

barobarga oshdi.

4. Interaktiv metodlar natijadorligi

Har bir sinfda ishlatilgan metodlarning ta’sirini baholash uchun ball tizimi

joriy qilindi. Quyidagi jadvalda o‘quvchilar fikri va o‘qituvchi kuzatuvi asosida
har bir metod samaradorligi ifodalangan:



background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

5. Qo‘shimcha natijalar

O‘quvchilar o‘zaro muloqotda yangi so‘zlardan foydalanishga harakat

qilishgan, ba’zi o‘quvchilar “So‘z kundaligi” yurita boshlagan, ijodiy
topshiriqlarda o‘ziga xos nutq uslublari sezila boshlagan, tahlilga asoslangan
fikrlar ko‘proq ifodalangan (“Chunki...”, “Sababi...”, “Aks holda...” iboralari orqali),
multimediali materiallardan foydalanganda so‘z yodlash sur’ati 1,5 barobar
oshgan.

Muhokama

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, lug‘at bilan tizimli va maqsadli ishlash,

ayniqsa, kontekstual, assotsiatsion va interfaol yondashuvlar asosida olib
borilsa, o‘quvchilarning leksik kompetensiyasi sezilarli darajada rivojlanadi.
Biroq bu o‘zgarishlar shunchaki so‘z yodlash orqali emas, balki o‘quvchi
tafakkurining chuqur qatlamlariga ta’sir etuvchi yondashuvlar vositasida amalga
oshdi.

Olimlar fikricha, til tafakkurning tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, lug‘at – tafakkur

bo‘ylarining sarchashmasidir (Sapir, Vygotsky, Leontiev). Shuning uchun
o‘quvchilarning lug‘aviy boyligini oshirish degani – ularning fikrlash doirasini
kengaytirish, dunyoqarashini chuqurlashtirish, tushunish va ifodalash
imkoniyatini boyitishdir. Mazkur tajribada aynan ushbu narsa – fikrni erkin,
badiiy, ta’sirchan ifodalash qobiliyati aniq sezildi.

Tilning o‘zi milliy tafakkurning vositasi sifatida emas, balki uning asosiy

mazmuniy tashuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilarga “or”,
“nomus”, “vijdon”, “sabr”, “ozodlik” kabi tushunchalar bilan ishlash topshiriqlari
berilganda, ular bu so‘zlarni grammatik ma’noda tushungan bo‘lsada, mazmuniy
jihatdan tushunishda dastlab qiyinchilikka uchragan. Ammo kontekst asosidagi
tahlillar, maqollarni sharhlash, obrazlar yaratish orqali bu tushunchalar ularning
shuurida mustahkamlandi.

Zamonaviy o‘quvchilar e’tiborini ushlash, ularni chuqur ongli ishtirokga jalb

qilish uchun klassik metodlar bilan bir qatorda raqamli vositalardan ham
foydalanish talab etiladi. Tajriba davomida videomatnlar (YouTube, TikTok),
chatbot muloqotlari (AI-assistentlar), animatsion darslar asosida lug‘at boyligini
oshirish sinovdan o‘tkazildi. Bu vositalar orqali o‘quvchi so‘zni:

Eshitdi (audio yodlash), ko‘rdi (vizual bog‘liqlik), qo‘lladi (dialog,

matn, rolli o‘yin), tahlil qildi (emotsional-assotsiativ tahlil).

Bu usullar o‘quvchilarda ko‘pkanalli eslab qolish mexanizmini faollashtirdi.
Amaldagi o‘quv dasturlarida ko‘plab leksik birliklar yoritilmagan, lug‘at

ustida ishlashga yetarlicha metodik asoslar berilmagan. Ayniqsa, maqol va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

iboralar, milliy birliklar izohsiz keltiriladi yoki matnga bevosita bog‘lanmaydi.
Bu esa o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatiga to‘siq bo‘ladi.

Shu sababdan, yangi metodik yondashuvlar – faol kontekstual, analitik,

ijodiy-tahliliy mashqlar bilan boyitilgan lug‘aviy ta’lim zarurligini ko‘rsatmoqda.
Har bir yangi so‘z – tushuncha, tajriba, madaniyat, his-tuyg‘u, obraz bilan uyg‘un
holda berilishi kerak.

Xulosa

Ushbu maqolada milliy tafakkur va til boyligi, ayniqsa zamonaviy

o‘quvchilarning lug‘at kompetensiyasi muammosi chuqur tahlil qilindi.
O‘quvchilarning lug‘at ko‘nikmalarini rivojlantirish, til o‘rganish jarayonida
nafaqat kommunikatsion ko‘nikmalarni shakllantirish, balki o‘z milliy
tafakkurimizni saqlab qolish, uni rivojlantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Maqolada zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, ularning til va
madaniyatga nisbatan qiziqishini oshirishda o‘qituvchilarning o‘rni, metodik
yondashuvlar va pedagogik texnikalar haqida keng ko‘lamda ma'lumotlar
taqdim etildi.

Yana bir muhim jihat, lug‘atni o‘rganish va ishlatish jarayonida

o‘quvchilarning tilga nisbatan qiziqishini oshirishdir. O‘qituvchilar, o‘z
navbatida, darslarni qiziqarli va ijodiy tashkil etish orqali o‘quvchilarning
lug‘atga bo‘lgan qiziqishini oshirishlari mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning
shaxsiy qiziqishlariga mos keladigan, interaktiv va amaliy metodlar yordamida
lug‘at ko‘nikmalarini rivojlantirishda samaradorlikni sezilarli darajada oshirish
mumkin.

Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarning lug‘at ko‘nikmalarini rivojlantirishda

metodik yondashuvlar, pedagogik vositalar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zbek
tilining boyligini saqlab qolishning o‘rni muhimdir. Bu jarayonda o‘qituvchilar,
o‘z navbatida, har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini inobatga olib,
ularning lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan innovatsion metodlarni
qo‘llashlari zarur. Maqola yakunida, zamonaviy o‘quvchilarning lug‘at
kompetensiyasini oshirish uchun yanada samarali va keng qamrovli metodik
tizimlarni yaratish va amaliyotga joriy etish zarurligi ta'kidlanadi. Bu nafaqat
o‘quvchilarning til boyligini rivojlantirish, balki ularning milliy tafakkurini
shakllantirish va kelajakda o‘z ona tilida to‘g‘ri va aniq fikr bildirish
imkoniyatlarini yaratish uchun muhimdir

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jabborov, S. O‘zbek tili va uning rivojlanishi. Toshkent: “O‘qituvchi”, 2010.
2. Raxmatov, N. Milliy tafakkur va tilning o‘zaro aloqasi. Toshkent: “Fan”, 2015.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

76

3. Davronov, A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va metodlar. Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2018.
4. Mirzaeva, M.Zamonaviy ta'limda interaktiv metodlarning roli. Toshkent: “Ilm-
fan”, 2020
5. Abdullayev, B.O‘zbek tilidagi lug‘at boyligini oshirish usullari. Toshkent:
“O‘zbekiston”, 2017.

References

Jabborov, S. O‘zbek tili va uning rivojlanishi. Toshkent: “O‘qituvchi”, 2010.

Raxmatov, N. Milliy tafakkur va tilning o‘zaro aloqasi. Toshkent: “Fan”, 2015.

Davronov, A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va metodlar. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2018.

Mirzaeva, M.Zamonaviy ta'limda interaktiv metodlarning roli. Toshkent: “Ilm-fan”, 2020

Abdullayev, B.O‘zbek tilidagi lug‘at boyligini oshirish usullari. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.