O‘ZBEK ADABIY TILINING IJTIMOIY VAZIFASI

Abstract

The article analyzes the social function (polyvalence) of the Uzbek literary language in the period of independence

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
122-126
6

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shukurova , N. . (2025). O‘ZBEK ADABIY TILINING IJTIMOIY VAZIFASI. Academic Research in Modern Science, 4(29), 122–126. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/99404
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes the social function (polyvalence) of the Uzbek literary language in the period of independence


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

O‘ZBEK ADABIY TILINING IJTIMOIY VAZIFASI

Shukurova Nodira Nazimovna

Perfect-University o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15554456

Annotation

The article analyzes the social function (polyvalence) of the Uzbek literary

language in the period of independence.

Key words:

literary language, independence, social function of the literary

language, polyvalence, national spirit.

Nazariyotchi tilshunos M.M.Guxman milliy adabiy tilning xususiyati haqida

shunday deb yozgan edi: Rivojlangan milliy tillar vujudga kelgan davrda adabiy
tilning bu turi asta-sekin tilning boshqa mavjudlik shakllarini siqib chiqaradi,
ularning ijtimoiy ahamiyatini pasaytiradi va umummilliy normaning ifodachisi,
milliy til mavjudligining oliy shakliga, lisoniy aloqaning universal vositasiga
aylanadi. Shu munosabat bilan savol tug‘iladi. Xo‘sh, davlat tili haqidagi qonun
qabul qilinib istiqlolga erishganimizdan keyin o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy
vazifasi (polivalentligi) to‘liq shakllandimi?

O‘zbek milliy adabiy tili lisoniy aloqaning universal vositasiga aylandimi?

Afsuski bu savolga ha deb javob bera olmaymiz. Chunki o‘zbek adabiy tilining
istiqloldan keyingi ahvolini kuzatsak “Davlat tili haqida”gi qonun talablarining
ko‘p holda bajarilmayotgani, davlat tilining amaliyotga keng joriy qilinmayotgani
jonajon poytaxtimiz ko‘chalari ajnabiy yozuvlarga to‘lib ketayotgani, shahar
maktablari imijimida ruslashtirilayotgani, qonunlarimiz hali ham boshqa tilda
ijod qilinayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Shuning uchun ham O‘zbekiston
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Yana bir muhim vazifa
fundamental

tadqiqotlar,

zamonaviy

axborot

va

kommunikatsiya

texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudentsiya, diplomatiya,
harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to‘laqonli qo‘llash bilan
bog‘liq” degan edi. O‘zbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasini to‘liq bajarishi davlat
(aniqrog‘i davlatning til siyosati)ga, jamiyat (xalq) va shaxsning ruhiyatiga
bog‘liq. Shuni ta’kidlash joizki til haqidagi qonun qabul qilinib (1989),
keyinchalik uning tahrir etilishi (1995) bilan davlat bu boradagi o‘z vazifa-sini
bajardi. O‘zbek adabiy tiliga siyosiy va huquqiy erk berildi. Binobarin
mamlakatda o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasini cheklaydigan siyosiy va
huquqiy kuch yo‘q.

Mazkur qonunning amal qilishi aniqrog‘i adabiy til ijtimoiy vazifasini to‘la

bajarishi uchun esa «xalqimiz ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘i darkor. Ruh


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

123

bedorligiga uning rahbar-rahnamolari, olimu ziyolilari, barcha farzandlari
mas`uldir».

Binobarin malomatli maraz bo‘lgan mustamlakachilik asoratini mahv etish

yo‘llarini ko‘rsatish ham tilshunos, ham adabiyotshunosning birlamchi vazifasi
bo‘lmog‘i darkor. SHu munosabat bilan milliy ruh masalasi dolzarb muammoga
aylanadi. Negaki milliy ruh uyg‘oq bo‘lib yuqori darajada zuhur etgan
taqdirdagina polivalentlik to‘la shakllanadi, aks holda adabiy tilimiz ijtimoiy
hayotning hamma sohasida barcha tomonidan qo‘llanadigan bo‘lishi uchun uzoq
vaqt talab etiladi.

Sotsialistik tuzumda kommunistik mafkura, ateistik dunyoqarash yakka-

hokim bo‘lganidan ruhiyat masalalari e’tibordan chetda qoldi. Ma’lumki, milliy
ruh uzvli tushuncha bo‘lib milliy ong (aql, tafakkur) va milliy tuyg‘u (idrok)dan
tuzilgan. Milliy adabiy tilning ahvoli ana shu ma’nodagi milliy ruhga bog‘liq
bo‘ladi. Afsuski hozircha barcha ijtimoiy guruh (jamoa) va tabaqada shunday ruh
ustuvor deya olmaymiz.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Kamol Matyoqubovning so‘zlari

ham bu fikrni tasdiqlaydi: Umuman olganda, “Davlat tili haqida”gi qonunga,
farmonga bunday e’tiborsizliklarning, sohada yuz berayotgan yuqoridagidek
kamchiliklarning asl sababi nimada degan savol tug‘iladi. Sababi oddiy.
Aksariyatimizning qalbimizda davlat tiliga, ya’ni o‘zbek tiliga, garchi, bu tilni
nihoyatda sevamiz, deb to‘tiqushdek ming martalab takrorlasak ham,
mehrmuhabbat yo‘q, undan chinakamiga faxrlanish, iftixor qilish, g‘ururlanish
tuyg‘ulari yo‘q. Shu bois adabiy tilimiz ijtimoiy vazifasini to‘la bajarmayapti.
Harbiy soha, sport, fan-texnika, tibbiyot, ish yuritishga adabiy tilning kirib
kelishi qiyin kechmoqda. Masalan tibbiyotda ilmiy tadqiqotni qo‘yib turayligu
oddiy retsept yozish yoki kasallik varaqasini to‘ldirish hozirgi kunda ham asosan
rus tilida bo‘lyapti. Buning sababi yoshi kattaroq shifokorlar sho‘ro farzandi
bo‘lib rus tilida o‘qiganligidan ruscha fikrlashdan qutula olmayotgan bo‘lsa hozir
bitirayotganlarga ham shunday professor-o‘qituvchilar dars berayotganligidir.
Davlat boshqaruvi organlarida rus tili “katta obro‘”ga ega bo‘lsa-da, oxirgi
yillarda hujjatlarni o‘zbek tilida yuritish o‘sib bormoqda. Ba’zi siyosatchilar
hamma hujjatni o‘zbek tiliga o‘tkazishga chaqirmoqda. Ammo shu narsa ayonki,
markaziy ijroiya qo‘mitalari va respublika parlamenti rus tilida faol sur`atda
hujjat yuritayotgan ekan, bu sohada siljish bo‘lishi qiyin masala. Viloyatlarda
“quyi” ma’muriy idoralar o‘zbek tilidan foydalanadi.

Ammo “yuqori”ga jiddiy biror “hisobot” yuboriladigan bo‘lsa albatta rus

tiliga murojaat qiladi. Bu sohadagi yana bir muammo ‒ hamon ayrim davlat


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

124

tashkilotlaridan xatlar va boshqa hujjatlar boshqa tillarda chiqarilayotgani,
shartnomalar, tender materiallari, klassifikatorlar va hokazo muhim
hujjatlarning davlat tilidagi variantlari mavjud emasligi, davlat tashkilotlari
o‘tkazayotgan tadbirlarning rus tilida olib borilishi, xalqaro tadbirlar, xususan,
seminarlar, treninglarda sinxron tarjimalar davlat tilida qilinmayotganining
guvohi bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining aniq va tabiiy fanlar
institutlari tomonidan chiqariladigan jurnallardagi maqolalar aksariyat holda
rus tilida yozilyapti. Fikrimizni dalillash uchun bu jurnallarning ayrimini tahlil
qilamiz.

O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan nashr etiladigan

O‘zbekiston kimyo jurnalining 2018-yilgi sonlarida jami 75 ta maqola chop
etilgan. Shunda bor-yo‘g‘i 3 tasi o‘zbek tilida, qolgani rus tilida. O‘zbekiston
biologiya jurnalining 2020-yilgi sonlarida jami 67 ta maqola chop etilgan.
Shundan 59 tasi rus tilida, 8 tasi ingliz tilida. O‘zbek tilida birorta ham maqola
yo‘q. O‘zbekiston fizika jurnali haqida internetga kiritilgan ma’lumotda nashr tili
rus, ingliz tili deb yozib qo‘yilgan. Sport va harbiy sohada ruscha fikrlaydigan
rahbaru xodim ko‘p.

Geografik obyektlar, xizmat ko‘rsatish va savdo binolariga nom berishda

ham to‘liq o‘zbek tilidan foydalanilmayapti. Keyingi paytlarda ko‘chalar,
maydonlar, xiyobonlar, binolar, do‘konlar, xususiy muassasalar nomlarini
yozishda nafaqat davlat tili haqidagi qonunga amal qilinmayotibdi, balki ularni
xorijiy tillarda bitish nihoyatda avj olib bormoqda. So‘zimiz isbotsiz bo‘lmasligi
uchun Toshkent shahrining xohlagan ko‘chasidagi yozuvlarga ‒ xususiy
korxonalar, bannerlarga bir nazar tashlang. Har qadamda “Beanty salon”, “La
Perla Cosmetics”, “Golden River”, “Dark hall”, “Elegant”, “Creative Master”.
“Viva”, “Savio”, “Star Med Center”, “Avisa Med Servis”, “Salus Vita” larga duch
kelasiz. “Mini market”, “Pich market”larning esa sonsanog‘i yo‘q. SHular qatorida
aksariyat binolarning peshtoqlari ’ “Дверь”, “Центр обуви”, “Учебный центр”,
“Подготовка абитуриентов”, “Языковые курсы”, “Дошкольное обучение”,
“Зеленый базар”, “Срочное фото”, “Цветная печать” kabi rus tilidagi nomlar
bilan bezalgan. Oshxonalar nomi yonidagi “milliy taomlar” “multi taomlar”ga,
palov degan nom “plov”ga aylangan. Yurtimizning “O‘zbekiston” deb atalgan
go‘zal nomi esa “Uzbekistan”ga aylanib ulguribdi. Endilikda ingliz, rus tilidagi
nomlar yoniga nemis, fransuz, koreys, xitoy va boshqa tillardagi turli-tuman
atamalar ham kelib qo‘shilmoqda. Xullas, poytaxtning xohlagan ko‘chasiga
kirsangiz, 80-85 foiz xorijiy tillardagi, 15-20 foiz o‘zbek tilidagi nomlarga,
atamalarga, shiorlarga duch kelasiz. O‘zingizni Toshkent shahri ko‘chalarida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

125

emas, London, Moskva shaharlari ko‘chalarida yurgandek his qilasiz. Go‘yo
yurtimizda o‘zbek tili emas, boshqa tillar davlat tiliga aylangandek taassurot
tug‘iladi. Yuqoridagi kabi holatlarga yana ko‘plab misol keltirish mumkin. Biroq
shularning o‘ziyoq o‘zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasini to‘la bajarmayotganidan
dalolat beradi. O‘zbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasi haqida so‘z yuritayotgan
ekanmiz, bu bilan bog‘liq yana bir muhim masalaga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Bu
o‘zbek tilining internet tizimida qo‘llanishi aniqrog‘i internet tiliga aylanishi
masalasidir. “Globallashuv asrida tillarning yashab qolishi ko‘proq axborot-
kommunikatsiya sohasida, internet tizimida qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq.
Qaysi til internet tili emas ekan, bu tillarning ro‘parasida o‘lim xavfi turaveradi.
“Masalan Yevropadagi Islandiya davlatining tili bo‘lgan island tili o‘lik tilga
aylanayotgani barcha millatparvar kishilarni hushyor torttirishi tabiiy.
Mutaxassislar fikricha, Islandiyada internet tili ingliz tili bo‘lgani uchun island
tilining qo‘llanish doirasi toborasi tobora torayib bormoqda. Internet kompyuter
texnologiyalariga tayanadi.

Kompyuter lingvistikasida “kompyuterning tilni tanishi” degan tushuncha

bor. Agar kompyuter tilni tanir ekan, tilning kompyuter tili, internet tili ekanligi
haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Kompyuter tilni “tanishi” uchun u bu tilni
“bilishi” zarur. Kompyuterning matndagi xatolarni tuzatishi, matnni qayta
ishlashi, annotatsiyalashi, tilni o‘rgatishi, transliteratsiya qilishi, til ifodalarini
tasniflashi, tartiblashi, biror tilda gapirishi, yozishi asosida uning tilni tanishi
asosida amalga oshiriladi”. “Tilning internet, kompyuter texnologiyalari tiliga
aylanishi matematik lingvistika, uning davomi bo‘lgan kompyuter
lingvistikasining shakllangani va rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Ayniqsa,
sun`iy intellekt uchun tabiiy tillarni modellashtirish kompyuter lingvistikasining
asosiy, pirovard vazifasi hisoblanadi. Dunyo miqyosida sun`iy intellektlar
yaratish asosida tabiiy tillarni matematik modellashtirish yotadi. Matematik
modellashtirish natijalari sun`iy intellektning faoliyat dasturini yaratishga asos
bo‘lib xizmat qiladi.

Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, adabiyot, matbuot, radio, televideniye,

o‘rta va oliy maktabda o‘zbek tili ustuvor. Bu sohalarda o‘zbek adabiy tili ijtimoiy
vazifasini bajaryapti deyish mumkin. Lekin adabiy tilning boshqa belgilariga
(me’yoriylik, umummajburiylik, uslubiylikka) to‘la rioya qilinyapti deya
olmaymiz. Binobarin adabiy tilimizning madaniyati (nutq madaniyati)ni yuqori
deb bo‘lmaydi. Xulosa sifatida aytish mumkinki o‘zbek adabiy tili ijtimoiy
vazifasini to‘la bajarishi uchun xalqimizning barcha vakilida milliy ruhni
uyg‘otish, shu asosda “ona tilimizning qo‘llanish doirasini yanada kengaytirish,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

126

ayniqsa, uning ishlab chiqarish, fundamental fan, tibbiyot, harbiy ish,
yurisprudentsiya, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda faol istifoda
etilishini ta’minlash” zarur. Bu davlat va hukumat rahbarlari, tilshunos,
adabiyotshunos va boshqa soha olimlari, shoir, yozuvchi, til muallimi oldida
turgan dolzarb vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Гухман М. М. Литературный язык // Общее языкознание. Формы
существования, функции, история языка. Москва, “Наука”, 1970, 604 с.
2. Odilov Yo. Til va jamiyat ta’sirlashuvi. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020, 4-
son. 10 – 17-b.
3. Abadiyat devoridagi bitik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, shoir
Mirzo Kenjabek bilan suhbat // Tafakkur jurnali, 2020, 4-son. 4 – 15-b.
4. Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining
o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https: //uza.uz/uz/
posts/

prezident-shavkat-mirziyeevning-zbek-tiliga-davlat-tili-ma-o-21-10-

2019.
5. K. Matyoqubov. Millat ko‘zgusiga g‘ubor tushirmaylik. http: //www. adolatgzt.
uz/ society/5737.

References

Гухман М. М. Литературный язык // Общее языкознание. Формы существования, функции, история языка. Москва, “Наука”, 1970, 604 с.

Odilov Yo. Til va jamiyat ta’sirlashuvi. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020, 4- son. 10 – 17-b.

Abadiyat devoridagi bitik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, shoir Mirzo Kenjabek bilan suhbat // Tafakkur jurnali, 2020, 4-son. 4 – 15-b.

Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. https: //uza.uz/uz/ posts/ prezident-shavkat-mirziyeevning-zbek-tiliga-davlat-tili-ma-o-21-10-2019.

K. Matyoqubov. Millat ko‘zgusiga g‘ubor tushirmaylik. http: //www. adolatgzt. uz/ society/5737.