ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
MAKTAB O`QUVCHILARINING CHANOQ SUYAGI ANTROPOMETRIK
PARAMETRLARI
Ozodbekova Sitora Alisher qizi
Adilov Abdujabbor Abdukayumovich
Ilmiy rahbar:
d.m.n
Xatamov A.I.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti davolash
ishi fakulteti 1-bosqich talabasi, O‘zbekiston, Toshkent sh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13374988
Tadqiqot maqsadi:
Maktab o‘quvchilarida chanoq suyagi antropometrik
parametrlarini o‘rganish.
Tekshirish usullari va materiallar:
Tekshirish obyektlari bo‘lib sog‘lom
maktab va akademik litsey o‘quvchilari tanlab olindi. Hammasi bo‘lib 7 yoshdan
17 yoshgacha bo‘lgan 110 nafar o‘g‘il va 110 nafar qiz bolalar qatnashdi.
Antropometrik tekshiruv G.G.Avtandilov (1990), R.N.Doroxova (1990),
J.J.Ropoport usullari bilan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalari:
7 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o‘g‘il bolalar chanoq
suyagi bel umurtqalari o‘rtasidagi masofa (distantia spinarum) 1.46 martagacha
ortadi, o‘rtacha 7.7 sm gacha ; qiz bolalarda -1.5 martagacha, o‘rtacha 8.2 sm
gacha. 8 yoshda bel umurtqalari o‘rtasidagi masofa absolyut o‘sishi o‘g‘il
bolalarda 0.89 sm gacha ortadi; 9 yoshda 0.51 sm; 10yoshda 1.33sm; 11 yoshda
0.3sm; 12 yoshda 0.8sm; 13 yoshda 0.27sm; 14 yoshda 0.8sm; 15 yoshda 2.08
sm; 16 yoshda 0.13sm va 17 yoshda 0.59 sm; qiz bolalarda 0.6; 0.8; 0.88; 0.5;
0.74; 1.47; 0.49; 0.48; 0.8 sm ni tashkil qiladi. Distantia cristarum maktab
yoshidagi qiz va o‘g‘il bolalar chanog‘ining yonbosh suyaklari o‘rtasidagi masofa
1.5 martagacha, o‘g‘il bolalarda o`rtacha 9.7 sm gacha o‘sadi, qiz bolalarda 9.2
sm gacha. 8 yoshdagi o‘g‘il bolalar chanoq suyagi absolyut o‘sishi o‘rtacha 0.75
sm gacha ortadi, 9 yoshda 0.65 sm; 10 yoshda yoshda 1.39 sm; 13 yoshda 0.68
sm; 14 yoshda 1.46 sm; 15yoshda 1.28sm; 16 yoshda 1.25 sm; 17 yoshda 0.27
sm; qiz bolalarda: 0.8; 0.9; 1.02; 0.66; 1.05; 1.42; 1.15; 1.04; 0.13; 0.93 sm.
Distantia intertrochanterica maktab yoshida ikkala jins chanoq suyagi
ko‘stlararo masofasi bir xilda ortadi, 1.58 marta. 8 yoshli o‘g‘il bolalarda
ko‘stlararo masofa absolyut o‘sishi 1.31 sm, 9 yoshda 0.59 sm, 10 yoshda 1.24
sm, 11 yoshda 0.93 sm, 12 yoshda 1.09 sm, 13 yoshda 1.0 sm, 14 yoshda 1.94
sm, 15 yoshda 1.65 sm, 16 yoshda 1.37 sm, 17 yoshda 0.62 sm ni; qiz bolalarda
esa 1.4; 1.0; 0.92; 0.6; 1.03; 1.46; 1.8; 1.15; 0.26; 0.49 sm ni tashkil qiladi.
Conjugata externa o‘g‘il bolalarda maktab yoshida tashqi konyugata 1.52 marta
ortadi, o‘rtacha 6.4 sm ga; qiz bolalarda 1.57 marta, o‘rtacha 6.7 sm gacha. 8
yoshli o‘g‘il bolalarda tashqi konyugata absolyut o‘sishi o‘rtacha 1.09 sm ga teng,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
9 yoshda 0.51, 11 yoshda 0.13, 12 yoshda 0.78, 13 yoshda 0.86, 14 yoshda 0.62,
15 yoshda 1.28, 16 yoshda 0.3, 17 yoshda 0.22sm; qiz bolalarda 1.2; 0.5; 0.8;
0.16; 0.5; 1.17; 0.97; 0.67; 0.47; 0.27sm.
Xulosa
O‘g‘il bolalarda chanoq suyagi bel umurtqalari diametri o‘sishi har yili 0.7
smni; qiz bolalarda-0.75sm; yonbosh suyaklari o‘sishi-0.88 va 0.83 sm;
ko‘stlararo 1.06 va 1.02 sm va tashqi konyugata-0.58 va 0.6 sm ni tashkil etadi.
Maktab davrida qiz bolalarda bel umurtqalari o‘simtalararo chanoq suyagi
diametri va tashqi konyugatasi o‘g‘il bolalarga nisbatan ko‘proq ortadi (o‘sadi),
ko‘stlararo va qirralar aro diametri o‘sishi bir xil, o‘g‘il bolalarda chanoq suyagi
o‘simtalararo va ko‘stlararo diametri maksimal o‘sishi 10, 15 yoshda, qiz
bolalarda 13, 14 yoshda kuzatiladi. Tekshiruv natijalari va protseslarini
anatomiya kafedralarida, akusher genikologiya va sud tibbiyot ekspertiza
sohalarida qo‘llash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
7-10 yoshli maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari
Nazirjonov.O Ubaydullaev R. https://cyberleninka.ru/article/n/7-10-yoshli-
maktab-oquvchilarining-antropometrik-korsatkichlari/viewer
2.
Antropometriyani o‘tkazish - bu Antropometriya: bolalar bog‘chasi uchun
andozalar
https://uz.medicinehelpful.com/17256572-conducting-
anthropometry-is-anthropometry-templates-for-kindergarten
