Исследование процесса эффективной рафинации растительных масел

CC BY f
17-23
8
0
Поделиться
Курбанова, Ф., Отаназарова, Д., Рузибоев, А., Абдурахимов, А., & Ачилова, С. (2023). Исследование процесса эффективной рафинации растительных масел. Среднеазиатская пищевая техника и технология, 1(1), 17–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/cafet/article/view/20279
Фазилат Курбанова, Ташкентский химико-технологический институт

студент магистратуры

Дилдора Отаназарова, Ташкентский химико-технологический институт

студент магистратуры

Акбарали Рузибоев, Ташкентский химико-технологический институт

профессор

Ахрор Абдурахимов, Ташкентский химико-технологический институт

профессор

Санобар Ачилова, Ургенчский государственный университет

Доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Исследовано влияние различных реагентов на показатели качества хлопкового масла и подобраны оптимальные реагенты. Установлено, что при щелочной рафинаsии хлопкового масла использование водного раствора силиката натрия вместо порции традиsионной каустической соды улучшает качество масла. Разработана технология ступенчатой рафинации хлопкового масла водными растворами традиционной едкого натра и силиката натрия.

Похожие статьи


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

17

`

О‘SIMLIK MOYLARINI SAMARALI RAFINATSIYALASH JARAYONINI

TADQIQ QILISH

Kurbanova Fazilat Alisherovna

Toshkent kimyo texnologiya instituti, magistratura talabasi

Otanazarova Dildora Oybek qizi

Toshkent kimyo texnologiya instituti, magistratura talabasi

Ruziboyev Akbarali Tursunboyevich

Toshkent kimyo texnologiya instituti, professor

Abduraximov Axror Anvarovich

Toshkent kimyo texnologiya instituti, professor

Achilova Sanobar Sabirovna

Urgench davlat universiteti, dosent

Annotatsiya.

Paxta moyinining sifat kо‘rsatkichlariga turli xil regantlarning ta’siri tadqiq qilingan

va maqbul reagentlar tanlangan. Paxta moylarini ishqoriy rafinasiyalashda an’anaviy kaustik sodaning

bir qismining о‘rniga natriy silikatning suvli eritmasidan foydalanish moyning sifat kо‘rsatkichlarini

yaxshilashi aniqlangan. Paxta moyini an’anaviy kaustik soda va natriy silikatning suvli eritmalari bilan

bosqichli rafinasiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

Kalit

sо‘z.

Rafinatsiya, kislota soni, ishqor, natriy silikat, soapstok,

sifat, samara, chiqindi,

yо‘qotish, paxta moyi, kalsiy gidroksid, kaustik soda.

ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССА ЭФФЕКТИВНОЙ РАФИНАЦИИ

РАСТИТЕЛЬНЫХ МАСЕЛ

Аннотация.

Исследовано влияние различных реагентов на показатели качества

хлопкового масла и подобраны оптимальные реагенты. Установлено, что при щелочной

рафинаsии хлопкового масла использование водного раствора силиката натрия вместо порции

традиsионной каустической соды улучшает качество масла. Разработана технология ступенчатой

рафинации хлопкового масла водными растворами традиционной едкого натра и силиката

натрия.

Ключевые слова.

Рафинирование, кислотное число, щелочь, силикат натрия, соапсток,

качество, эффективность, отход, потери, хлопковое масло, гидроксид калция, едкий натр.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

18

`

RESEARCH ON THE PROCESS OF EFFECTIVE REFINING OF VEGETABLE

OILS

Abstract.

The effect of various reagents on the quality parameters of cottonseed oil was

investigated and the optimal reagents were selected. In the alkaline refining of cottonseed oil, the use

of an aqueous solution of sodium silicate instead of a portion of the traditional caustic soda has been

found to improve the quality of the oil. The technology of step-by-step refining of cottonseed oil with

aqueous solutions of traditional caustic soda and sodium silicate has been developed.

Key word.

Refining, acid number, alkali, sodium silicate, soapstock, quality, efficiency, waste,

loss, cottonseed oil, calcium hydroxide, caustic soda.

KIRISH

О‘simlik moylarini rafinasiyalash (tozalash) jarayoni moy tarkibidagi yо‘ldosh moddalar,

mexanik qо‘shimchalar va moy tarkibida bо‘lishi tavsiya qilinmaydigan boshqa moddalarni chiqarib

yuborishni о‘z ichiga oladi[1].

Moylarning yо‘ldosh moddalari tarkibiga fosfatidlar, yog‘ kislotalari, pigmentlar, turli

sovunlanmaydigan moddalar va о‘simlikning о‘sish davrida hamda moyli urug‘ yetilish davrida

sintezlanadigan ba’zi moddalar kiradi [3]. Qayta ishlash jarayonlarida texnologik parametrlar (harorat,

namlik, bosim va b.) bu moddalarning kо‘pchiligi о‘z xususiyatlarini о‘zgartirib nafaqat moy sifatiga

ta’sir qiladi, balki ulardan ikkilamchi mahsulot sifatida samarali foydalanish imkonini ham kamaytiradi.

Rafinasiya jarayonining oldiga qо‘yiladigan muhim muammolardan biri bu, moyni keraksiz

moddalardan tozalash bilan birga ajratib olinadigan ikkilamchi mahsulotlarni tabiiyligini saqlab qolish

va ikkilamchi mahsulot sifatida samarali foydalanishdan iborat. Rafinasiyaning tо‘liq sikli о‘z ichiga

quyidagilarni oladi: fosfatidlarni chikarib yuborish; mumsimon moddalardan tozalash; erkin yog‘

kislotalarini ajratish; rang va hid beruvchi moddalardan tozalash [2].

Ilyasov A.T. va b. tomonidan rafinasiyalangan moy chiqishi va sifatini oshirish maqsadida

monoetanolamin bilan forrafinasiya qilish usuli ishlab chiqilgan [4-6]. Bu usulga kо‘ra qora moyga

0,5-1,0% miqdorida monoetanolamin qо‘shiladi va moyning kislota soni 3,2 martagacha

kamaytirilishiga erishiladi.

Mualliflar tomonidan qora paxta moyini karbamid eritmasi bilan forrafinasiya qilish ustida ham

ishlar olib borilgan [7]. Aniqlanishicha 10-20% konsentrasiyali karbamid eritmasi bilan qora moy

massasiga nisbatan 0,5-1,0% miqdorda 45-55°S haroratda 30 min ishlov berilganda rafinasiyalangan

moyni chiqishi va sifati oshadi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

19

`

О‘simlik moylarini rafinasiya qilishni jadallashtiruvchi, rafinasiyalangan moyni sifatini

yaxshilovchi turli usullar ustida kо‘plab izlanishlar olib borilgan.

Mualliflar [8] paxta moyini rafinasiyalashda karbamidni qо‘llash bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib

bordilar. Bunda optimal konsentrasiya 30%, kristall holidagi karbamid sarfi 0,4% ekanligi aniqlandi.

Ilyayev I. va Mechenov G. [9] ekstraksiya qilingan paxta moyini rafinasiya qilish jarayonini

о‘rganishgan. Moyni emulsion ishqoriy rafinasiya qilingan. Rafinasiya samaradorligiga erishish uchun

400 g/l konsentrasiyali ishqorni nazariy ishqor sarfidan 300% ortiqcha miqdor bilan rafinasiya qilinadi.

Moyni sifati oshib yо‘qotishlari kamayadi.

Paxta moyini ishqoriy neytrallash bо‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari [10] juda tanqis va

qimmat natriy gidroksidni natriy alyuminatning eritmasi bilan almashtirish samarali ekanligini kо‘rsatdi.

Natriy gidroksidning bir qismini natriy alyuminat bilan almashtirish va yuqori sifatli mahsulot olish

maqsadida xom paxta moyini natriy alyuminat va natriy ishqori eritmalari bilan bosqichma-bosqich

uzluksiz rafinasiyalash olib borildi. Bunda ishqoriy neytrallashning birinchi bosqichida kislota soni va

moydagi hamrox moddalarning miqdori ma’lum miqdorda kamayishi aniqlangan, sо‘ngra olingan oraliq

mahsulot natriy gidroksid bilan tugal rafinasiya qilingan.

Majidov K.X. va b. [11] tomonidan natriy gidroksid va Na alyuminatning ishqorli eritmasidan

foydalanib, ikki bosqichli rafinasiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bunda asosan yuqori kislota

soniga ega bо‘lgan moylar olinadi. Birinchi bosqich rafinasiyalash Na alyuminatning ishqorli eritmasi

bilan olib boriladi. Bu asosan aniqlangan kislota soniga ega bо‘lgan, neytrallanayotgan qora yog‘ni

kislota soni va rangini pasaytirish uchun kerak bо‘ladi. Dastlabki qora yog‘ni (paxta moyi) kislota soni

(4,1-14,0 mg KON dan 2,1-8,7 mg KON gacha) rangini esa (21-39 qizil birlikdan 13-27 qizil

birlikkacha) tushirib beradi.

TADQIQOT OBYEKTI VA USULLARI

Yog‘ va moylarning kislota soni spirtli efir usulida, yog‘larning erish va yog‘ kislotalarining

qotish harorati ma’lum usul[12]da, yog‘ va moylarning rangi Lovibond rang о‘lchash asbobi yordamida

aniqlandi[12]. Moylarning yog‘ kislotalari tarkibi, ularning metil efirlarini gaz-suyuqlik

xromotografiyalash usuli bilan aniqlandi[12]. Yog‘ kislotalarning metil efirlari [12]da bayon etilgan

usulda olindi.

NATIJA VA ULARNING MUHOKAMASI

Ma’lumki, och rangli о‘simlik moylarini ishqorli tozalash uchun kaustik soda о‘rniga faolligi

jihatidan gidroksid natriydan past bо‘lgan silikat natriy yoki kalsiy gidroksid qо‘llaniladi. Ammo, ular

tanlab ta’sir qilish bо‘yicha gidroksid natriydan kо‘ra ustunroqdir, bu esa ularni press va ekstraksiya

paxta moyini ishqorli tozalashda qо‘llashga asos bо‘ladi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

20

`

Biz tomonimizdan yuqorida qayd qilingan ishqorli reagentlar qо‘llanilgan holda mazkur

turdagi paxta moylarining taqqoslanayotgan sharoitlarda, aynan, teng konsentrasiyalarda va ortiqcha

ishqorda, 50-55

0

S haroratda va moy aralashmasining ishqor bilan100 ayl/daq. Sharoitida

aralashtirilishida tozalanishi о‘rganildi. Paxta moyini ishqorli tozalash jarayonining asosiy sifat va

miqdoriy kо‘rsatikichlari tahlil qilindi(1 va 2 jadvallar).

1 - jadvaldan kо‘rinib turibdiki, press paxta moyini tozalash vaqtida о‘rganilgan ishqorli

reagentlar moyning tanlangan kо‘rsatkichlarining о‘zgarishiga turli faollikni namoyon qilishadi.

1-jadval

Presslangan paxta moyining kaustik soda, natriy silikat va kalsiy gidroksid eritmalari yordamida

tozalash jarayonida sifat kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi

Kо‘rsatkich

nomi

О‘lchov

birligi

Boshlang‘ich

press moyi

Ishqoriy reagent bilan qayta ishlangan moy

(150 g/l konsentrasiya va 0,5% ortiqcha

miqdor)

Kaustik soda

Natriy

silikat

Kalsiy

gidroksid

Kislota soni

mg KON/g

4.15

0.21

0.28

0.41

Peroksid soni

mmol/kg

16.2

7.8

8.9

10.5

35 sariq

birlikdagi

rangi

Qiz. bir

50,6

10,8

19,4

17,1

Kо‘k bir.

2,6

0,1

0,3

0,2

Tozalangan

moyning

chiqishi

%

-

0.1

0.3

0.2

Xususan, moyning kislota va peroksid sonlarining kamayishiga eng katta ta’sirni kaustik soda,

keyin natriy silikati va oxirida kalsiy gidroksid kо‘rsatadi. Moyning rangdorligiga – kaustik soda, kalsiy

gidroksidi va oxirida natriy silikati ta’sir kо‘rsatadi. Bunda tozalangan moyning eng kо‘p chiqishi

birinchi navbatda kalsiy gidroksidi, keyin natriy silikati va kaustik soda ishlatilganda erishiladi.

Albatta, press paxta moyini tozalashda kalsiy gidroksidining qо‘llanilishi kislota sonining standart

talablarigacha kamayishini ta’minlamaydi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

21

`

2-jadval

Ekstraksiyalangan paxta moyining kaustik soda, natriy silikat va kalsiy gidroksid eritmalari yordamida

tozalash jarayonida sifat kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi

Kо‘rsatkich nomi

О‘lchov

birligi

Boshlang‘ich

press moyi

Ishqoriy reagent bilan qayta ishlangan

moy (150 g/l konsentrasiya va 0,5%

ortiqcha miqdor)

Kaustik

soda

Natriy

silikat

Kolsiy

gidroksid

Kislota soni

mg KON/g

7,22

0,25

0,3

0,47

Peroksid soni

mmol/kg

20,2

9,6

11,4

12,9

35 sariq birlikdagi rangi

Qiz. bir

70,6

12,0

25,0

20,0

Kо‘k bir.

4,8

0,2

0,8

0,4

Tozalangan moyning

chiqishi

%

-

86,8

89,9

90,3

2 - jadvaldan kо‘rinib turibdiki, ishqorli reagent sifatida kaustik soda va natriy silikatining

qо‘llanilishi standart talablariga muvofiq bо‘lgan moyni olishga imkon beradi. Kalsiy gidroksidi

qо‘llanilganda tozalangan ekstraksiya paxta moyining kislota soni standart talablaridan ortib ketadi, bu

esa uni alohida ishlatishga yо‘l qо‘ymaydi. Natriy silikati moyning kislota sonini standart

talablarigacha kamaytirsada, biroq tozalangan moyning rangdorligi yuqoriligicha qoladi va bu, uni

kamaytirish bо‘yicha qо‘shimcha usullarni bajarishni talab qiladi.

Shunday qilib, press va ekstraksiya paxta moylarini ishqorli tozalash

uchun yuqori tanlovli natriy silikati(NaOH о‘rniga) yoki an’anaviy kaustik sodani natriy silikati

bilan birgalikda qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunda ularning suvli eritmalar kо‘rinishidagi

konsentrasiyasi va ortiqchasi kislota soni va tozalanayotgan rafinasiyalanmagan paxta moyining

rangidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Taklif etilayotgan, birinchi bosqichida kaustik sodaning suvli eritmasi, ikkinchi bosqichida

esa silikat natriy(III vaIV navlar, shuningdek paxtaning nostandart urug‘larini qayta ishlashda)

qо‘llanilgan holda paxta moyini rafinasiyalashning ikki bosqichli texnologiyasini yuqorida

kо‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon berdi. Bunda korxonada paxta urug‘lariningIII

vaIV navlari aralashmasi qayta ishlandi. Olingan rafinasiyalanmagan paxta moyi tо‘q rangga ega

bо‘lgani uchun bir martalik ishqorli tozalanishni qariyb bajarib bо‘lmadi, bu esa bizni ikki bosqichli

tozalashni о‘tkazishga majbur qildi(3 jadval).


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

22

`

3-jadval

Kaustik soda va natriy silikat bilan paxta moyini ikki bosqichli ishqorli rafinasiyalash

kо‘rsatkichlari

Ishqorli eritma

konyentrasiyasi, g/l

Moyning sifat kо‘rsatkichlari

Kislota soni mg

KON/g

35 sariq birlikdagi rangi

Tozalangan

moyning

chiqishi

Qiz.bir.

Kо‘k bir.

Ishqoriy rafinasiyaning birinchi bosqichi: kaustik soda eritmasi

150

1,03

26,5

0,9

93,1

200

0,91

21,3

0,5

91,4

250

0,62

19,8

0,2

89,2

Ishqoriy rafinasiyaning ikkinchi bosqichi: natriy silikat eritmasi

150

0,32

14,3

0,2

87,4

200

0,23

11,7

0,1

86,1

250

0,17

8,4

-

85,0

3-jadvaldan kо‘rinib turibdiki, birinchi bosqichida kaustik sodaning suvli eritmasi, ikkinchi

bosqichida esa silikat natriy qо‘llanilgan holda tо‘q rangli paxta moyini ikki bosqichli ishqorli

rafinasiyalashning qо‘llanilishi och rangli va chiqish miqdori qoniqarli bо‘lgan, tozalangan moyni

olishga imkon berdi.

XULOSA

Presslangan va ekstrasiyalangan paxta moylarini ishqoriy rafinasiyalashda an’anaviy

qо‘llanilayotgan kaustik soda о‘rniga erkin yog‘ kislotlari va boshqalari bilan tanlab о‘zaro

birikadigan natriy silikatning suvli eritmasidan foydalanish samarali ekanligi aniqlandi.


background image

JOURNAL OF FOOD SCIENCE

VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X

23

`

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR / REFERENCES

1. О‘zRVM 2020 yil 17 noyabrdagi 724-sonli “Yog‘-moy mahsulotlarining havfsizligi

tо‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti tasdiqlash haqida”gi qarori, 4-8 ilovalar

2. Kadirov Y., Ruzibayev A. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi. -T.: “Fan va

Texnologiya”. 2014. -320 b. 80

3. Wolf Hamm, Richard J. Hamilton, Gijs Calliauw. Edible Oil Processing, 2nd Edition. -

USA, Wiley-Blackwell. 2013, 342 Pages

4. Qodirov Y., Raximov M. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi. T.: “Iqtisod-Moliya”. 2013. -

300 b. 15

5. Arutyunyan N.S., Kornena YE.P., Nesterova YE.A. Rafinasiya masel i

6. Ilyasov A.T. Sovershenstvovaniye texnologii pererabotki xlopkovix semyan i rafinasii masla.

Dissert. na soisk. uch. st. dokt. texn. nauk. Tashkent, 1996, - S. 350.

7. Urakov P.M. Texnologiya polucheniya kachestvennogo xlopkov masla i shrota. Dissert. na

soisk. uch. st. kand. texn. nauk. Tashkent, 1997

8, Mirzoyev A.N., Narzikulova K.T., Ilyasov A.T., Serkayev K.P. Perspektivi primeneniya

karbamida v prosesse rafinasii xlopkovogo masla. Maslojir.prom-st.2004,№4,s.31-32.

9. Ilyayev I., Mechenov G. Podobryavane texnologiya za rafiniranena poluchi ekstraksionni

masla (Uluchsheniye texnologii rafinasii xlopkovix ekstraksionnix masel). //Maslo-sopunena kromet. -

1999. №2. - S. 1-8.

10. Ismatov S.SH., Majidov K.X. Sposob rafinasii xlopkovogo masla. “Maslojir.prom-

st”.2013.№6.s.23-24.

11. Majidov K. X., Ismatov S. SH., Abdullayev R., Zayniyev M. F., Majidova N. K., Bozorov

D. X. Sovershenstvovaniye texnologii rafinasii xlopkovogo masla. Maslojir. prom-st. 2014, № 2, S.26-

12. Qodirov Y. Yo’glarni qayta ishlash tehnologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari. - Toshkent:

Cho’lpon, 2005.-168 b.








Библиографические ссылки

О‘zRVM 2020 yil 17 noyabrdagi 724-sonli “Yog‘-moy mahsulotlarining havfsizligi tо‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti tasdiqlash haqida”gi qarori, 4-8 ilovalar

Kadirov Y., Ruzibayev A. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi. -T.: “Fan va Texnologiya”. 2014. -320 b. 80

Wolf Hamm, Richard J. Hamilton, Gijs Calliauw. Edible Oil Processing, 2nd Edition. - USA, Wiley-Blackwell. 2013, 342 Pages

Qodirov Y., Raximov M. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi. T.: “Iqtisod-Moliya”. 2013. -300 b. 15

Arutyunyan N.S., Kornena YE.P., Nesterova YE.A. Rafinasiya masel i

Ilyasov A.T. Sovershenstvovaniye texnologii pererabotki xlopkovix semyan i rafinasii masla. Dissert. na soisk. uch. st. dokt. texn. nauk. Tashkent, 1996, - S. 350.

Urakov P.M. Texnologiya polucheniya kachestvennogo xlopkov masla i shrota. Dissert. na soisk. uch. st. kand. texn. nauk. Tashkent, 1997

Mirzoyev A.N., Narzikulova K.T., Ilyasov A.T., Serkayev K.P. Perspektivi primeneniya karbamida v prosesse rafinasii xlopkovogo masla. Maslojir.prom-st.2004,№4,s.31-32.

Ilyayev I., Mechenov G. Podobryavane texnologiya za rafiniranena poluchi ekstraksionni masla (Uluchsheniye texnologii rafinasii xlopkovix ekstraksionnix masel). //Maslo-sopunena kromet. -1999. №2. - S. 1-8.

Ismatov S.SH., Majidov K.X. Sposob rafinasii xlopkovogo masla. “Maslojir.promst”.2013.№6.s.23-24.

Majidov K. X., Ismatov S. SH., Abdullayev R., Zayniyev M. F., Majidova N. K., Bozorov D. X. Sovershenstvovaniye texnologii rafinasii xlopkovogo masla. Maslojir. prom-st. 2014, № 2, S.26-

Qodirov Y. Yo’glarni qayta ishlash tehnologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari. - Toshkent: Cho’lpon, 2005.-168 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов