JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
129
`
O‘SIMLIK MOYLARINI ISHLAB CHIQARISHDA ERITUVCHINING TA’SIRINI
O‘RGANISH
Artiqov Bahodir Rajabboyevich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, magistratura talabasi
Xodjayev Sarvar Faxreddinovich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, doktorant
e-mail: sarvarkh1993@gmail.com
Baltayev Umidbek Sotimbayevich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, dotsent
Kenjayev Nuriddin To‘raqobilovich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, assistant
Annotatsiya.
Bugungi kunda o‘simlik moylarini ishlab chiqarishda ekstraksion benzin qo‘llanib
kelinmoqda. Ushbu erituvchi bir necha yillar davomida o‘simlik moylarini ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish uchun xech bir qo‘shimchalar bilan boyitilmagan yoki uning o‘rniga boshqa
turdagi erituvchi qo‘llanilayotgani yo‘q. Shu sababdan ushbu tadqiqot ishimizda ekstraksion benzin
o‘rniga uning analogini taklif etdik. Olingan natijalar asosida taklif etilayotgan analogda an’anaviy
ekstraksion benzinga nisbatan ham jarayonni jadallashtirish, ham olinadigan moyning sifatini oshirish
mumkinligi aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
ektraksiya, paxta moyi, kislota soni, lovibond, missella, ekstraksion benzin.
ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ РАСТВОРИТЕЛЯ ПРИ ПРОИЗВОДСТВЕ
РАСТИТЕЛЬНЫХ МАСЕЛ
Аннотация.
Сегодня экстракционный бензин используется в производстве растительных
масел. В течение нескольких лет этот растворител не обогащали какими-либо добавками для
повышения эффективносьти производства растительного масла, либо вместо него не
использовали другой тип растворителя. По этой причине в нашей исследовательской работе
вместо экстракционного бензина мы предложили его аналог. На основании полученных
результатов определено, что предлагаемый аналог позволяет ускорит процесс и улучшит
качество извлекаемого масла по сравнению с традиционными экстракционными бензинами.
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
130
`
Ключевые слова:
экстракция, хлопковое масло, кислотное число, ловибонд, мисцелла,
экстракционный бензин.
STUDY OF THE INFLUENCE OF A SOLVENT IN THE PRODUCTION OF
VEGETABLE OILS
Abstract.
Today, extraction gasoline is used in the production of vegetable oils. For several years,
this solvent was not enriched with any additives to improve the efficiency of vegetable oil production,
or another type of solvent was not used instead. For this reason, in our research work, instead of
extraction gasoline, we proposed its analogue. Based on the results obtained, it was determined that the
proposed analogue allows to speed up the process and improve the quality of the extracted oil compared
to traditional extraction gasolines.
Key words:
extraction, cottonseed oil, acid number, lovibond, miscella, extraction gasoline.
KIRISH
O‘simlik moylarining organiq erituvchilarda eruvchanligi ularning ba’zi bir xususiyatlari
yaqinligidan namoyon bo‘ladi. Avvalo bu xususiyat o‘xshashligi erituvchilarning va o‘simlik
moylarining elektrik o‘tkazuvchanligi yoki ularning polyar yoki nopolyarligida akslanadi. Bu xususiyat
o‘simlik moylarining dielektrik doimiylik koeffisiyenti bilan belgilanadi va solishtirish uchun quylay
hisoblanadi. Oddiy sharoitda barcha o‘simlik moylarining dielektrik doimiylik koeffisiyenti 3,0-3,2
atrofida bo‘ladi. Faqat kanakunjut urug‘idan olingan moyning tarkibida risinol kislotasi bo‘lganligi
uchun, bu moyning dielektrik doimiyligi 4,6-4,7 ga teng. Organik erituvchilarga kelsak, ko‘pchilik
alifatik uglevodorodlar o‘zlarining dielektrik doimiyligi bilan o‘simlik moylariga yondosh keladi va bu
qiymat 3-16 atrofida bo‘ladi o‘zgarishi mumkin [1, 2].
Boshqaroq qilib aytganda erituvchi va o‘simlik moylarining elektr o‘tkazuvchanligi nixoyatda
past bo‘lib, ular orasida o‘zaro molekulyar tortish kuchlari Vander-Vals nazariyasi asosida nixoyatda
bir-biriga yaqinligidan deb xisoblanadi. Shuning uchun o‘zun uglevodorod radikali eritmalarda, ya’ni
alifatik to‘yingan ular vodorodlar gomolog qatorida yaxshi eriydi. Deyarli barcha to‘yingan
uglevodorodlar nopolyar erituvchi turkumiga kiradi [3]. Polyar erituvchilarga kelsak, masalan, spirtlar,
ketonlar va boshqalarning dielektrik doimiyligi yuqori bo‘lganligi uchun o‘simlik moylarini yomon
eritadi yoki yuqori temperaturagina lozim bo‘lgan erituvchanlikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan,
ketonlar turkumiga kiruvchi aseton (dielektrik doimiyligi ε=21,5ga teng) faqat, quruq holatda o‘simlik
moylarini eritadi, lekin ozgina namlanishi bilan erituvchanlik qobiliyati susayib ketadi, chunki suvning
dielektrik doimiyligi yuqori bo‘lib, 81 ga teng. Shu sababli moylarning suvda eruvchanligi arzimas
bo‘lib, amaliy jihatdan ahamiyatsizdir [4, 5].
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
131
`
Xlorli uglevodorodlarni oladigan bo‘lsak ular ham polyar eritmalarga xos bo‘lib, moylarni
yomon eritish lozim edi, lekin erituvchida galogen elementi borligi sababli dielektrik doimiyligi katta
bo‘lishidan qat’iy nazar o‘simlik moylarini yaxshi eritadi. Bundan kelib chiqadiki, bir-biriga
yaqinlashtirilgan trigliserid va erituvchi molekulalari o‘rtasida o‘zaro molekulalar tortish kuchlari
nisbatan tenglashish kerak va shu holdagina turli qovushqoqlikka ega bo‘lgan suyuqliklar bir-birida
cheksiz aralashishi yoki erishi mumkin [6, 7]. Metil, etil va izopropil spirtlar xona haroratida o‘simlik
moylarini qisman eritadi, isitilganda moyning erishi ortadi. Kastor moyining erishi boshqa yog‘lardan
farq qiladi. Xona xaroratida bu moy benzin va geksanda yomon eriydi, agar qizdirilsa erish tezlashadi.
Xona haroratida kastor moyi toza etanolda va metanolda yaxshi eriydi, bu moy tarkibidagi risinol
kislotasining spirtdagi OH– guruhi bilan bog‘ hosil qilishi bilan tushuniladi [8].
O‘simlik moylari kichik qutblilikka ega. Shuning uchun «qutbsiz» erituvchilarda (benzin,
geksan, dixloretan va boshqa u.v.lar) yaxshi eriydi. Qutbsiz erituvchilarda moy har qanday nisbatda
aralashadi[9]. Kungaboqar, paxta, soya, zig‘ir va boshqa keng tarqalgan moylarni trigliseridlarining
molekulyar massasi 863-938 bo‘ladi. Trigliseridlar molekulasining shakli, tarkibidagi yog‘ kislotalar
radikaliga qarab har xil bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari kolloid zarrachalarnikiga o‘xshash bo‘lib, kolloid
xossalarni namoyon etmaydi [10]. Moylarning organik erituvchidagi eritmalari esa kolloid eritmalarga
xos xususiyatlarni namoyon etmaydi: agregativ barqarorligini oson o‘zgartirmaydi (masalan,
koagulyasiya). Bu xususiyat kolloid eritmalarni chin eritmalardan ajratib turadi [11].
Yuqoridagi izlanishlani hisobga olib, bugungi kunda an’anaviy ishlatilib kelinayotgan
ekstraksiya benzinini o‘rniga, boshqa erituvchilarni taklif qilish, ularning samaradorligini tekshirish va
taqqoslash zarurligi ko‘rinib turibdi. Sababi, bugungi kunda ishlatilib kelinayotgan ekstraksiya benzini
bundan bir necha yillar oldin o‘rganilgan, lekin xali xanuz ushbu erituvchi ishlatib kelinmoqda. Bu esa
uning anologlarini qidirshning dolzarbligi hisoblanadi.
TADQIQOT OBEKTI VA METODOLOGIYASI
Tadqiqot obekti sifatida mahalliy paxta chigitidan olingan kunjaradan foydalanilgan. Bunda
ushbu mahsulot turli organik erituvchilar ta’siri ostida ekstraksiyalangan va ekstraksiya moyi ajratib
olingan.
Barcha suyuq moy namunalarini olish va tayyorlash ГОСТ Р ИСО 5555-91 «Масла и жиры
животные и растительные. Отбор проб» talablariga muvofiq amalga oshirilan [12].
Moylarning kislota va perekis sonlarini standart usullar yordamida aniqlangan [13].
Olingan ekstraksiya moyining rangi Lovibond uskunasida doimiy 35 sariq birlikda qizil birlik
ko‘rsatkichlari belgilangan meyorlar asosida aniqlangan [13].
NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
132
`
Erituvchining xususiyatini o‘zgartirish, albatta, olingan paxta moyi tarkibiy qismlarining
miqdoriga ta’sir qiladi. Birinchidan, bu rang berish komponentlariga (gossipol, xlorofil va ularning
hosilalari) tegishli.
Afsuski, paxta moyi tarkibiy qismlarini ajratib olishni individual ravishda o‘rganish deyarli qiyin.
Shuning uchun biz bilvosita ko‘rsatkichning o‘zgarishini - Lovibond moslamasida paxta moyini rangini
o‘rganib chiqdik.
Ushbu ko‘rsatkich murakkab va u (ma’lum darajada) rang berish komponentlarining
ekstraktsiyasini aks ettiradi. Bunda missella tarkibidagi moyning kislota sonini aniqlash muhimdir.
Bundan tashqari, erituvchi turining o‘zgarishi bilan, olingan paxta moyining boshqa
ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi (fosfolipidlar, gidroksi kislotalar va boshqalar tarkibi jihatidan).
Biz paxta kunjarasi granulasidan moy ekstraksiya usulida moy olishning selektivligi va
kinetikasini o‘rgandik.
Tajriba natijalari 1-3-rasmlarda keltirilgan.
1-rasm. Ma’lum va taklif qilingan erituvchilar yordamida olingan missella konsentratsiyaning
ekstraksiya vaqtiga bog‘liqligi
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
0
10
20
30
40
50
60
M
is
se
ll
a
k
on
se
n
tr
at
siyas
i,
%
Ekstraksiya vaqti, min
Ma'lum bo'lgan
erituvchi
Tavsiya etilgan
uglevodorod
erituvchi
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
133
`
2-rasm. Ma’lum va taklif qilingan erituvchilar yordamida olingan moyning kislota sonini
ekstraksiya vaqtiga bog‘liqligi
3-rasm. Ma’lum va taklif qilingan erituvchilar yordamida olingan moyning rangini ekstraksiya
vaqtiga bog‘liqligi
1-3-rasmlardagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin, ekstraksiyalash jarayoni tavsiya etilayotgan
erituvchida ma’lum erituvchiga nisbatan 10-12% tezroq. Bundan tashqari, olinayotgan moyning sifat
0
0.2
0.4
0.6
0.8
1
1.2
1.4
1.6
1.8
0
10
20
30
40
50
60
K
is
lot
a
son
i,
m
g
K
O
H
/g
Ekstraksiya vaqti, min
Ma'lum bo'lgan
erituvchi
Tavsiya etilgan
uglevodorod
erituvchi
30
40
50
60
70
80
90
0
10
20
30
40
50
60
Rangi
d
oim
iy
35
sar
.
b
ir
,
q
iz
b
ir
.
Ekstraksiya vaqti, min
Ma'lum bo'lgan
erituvchi
Tavsiya etilgan
uglevodorod
erituvchi
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
134
`
ko‘rsatkichlari, ya’ni uning kislota soni va rangi an’anaviy qo‘llanilib kelayotgan erituvchiga
nisbatan yaxshi natija bergan.
XULOSA
Shunday qilib, paxta moyi ekstraktsiyasining selektivligini oshirish, olinadigan moyning sifat
ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun an’anaviy tarzda ishlatib kelinayotgan erituvchini tavsiya
etilayotganga o‘zgartirish orqali, ekstraksiya jarayonining samaradorligini 10-12% ga va olinadigan
moyning sifatini bir necha marta oshirishga erishamiz, bu esa uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarida ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
135
`
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR / REFERENCES
1.
Технология переработки жиров. Арутюнян Н.С., Аришева, Л.И.Янова,
И.И.Захарова, И.Л.Явлютуд. 14:, Агропромиздат, 1985.
2.
Мгебришвили Т.В., Коваленко Г.С., Артюшков В.Н. и др. Рафинаsия растительных
масел с применением термокоагуляsии. //масложировая промышленность. 1980. №9. с. 13-18.
3.
А.с. 859431, мки с11в 1/10. Способ рафинаsии сырых и регенераsии отработанных
растительных масел. /Таран А.А., Месиsский В.В., Бурsев В.А. –опбл. б.и. –1981. №32.
4.
А.С. 1039958, МКИ с11в 1/10. Способ рафинаsии масел. /Койфман Т.Ш., Бродянский
Л.И., ступин в.н. –Опубл. Б.И. –1983. №33.
5.
А.С. №806750, МКИ С11 1/10. Способ рафинаsии хлопкового масла /Арутюнян Н.С.,
Меламуд Н.Л., Тарабаричева Л.А., Корнена Е.П., Sыпленкова М.А. –Опубл. Б.И. –1981. -№7.
6.
Сирадзе М.Г., Белова А.Б., Гольдберг О.Г. Рафинаsия хлопкового масла. //Пищевая
промышленность. –1990. №3. – с. 49-51.
7.
Дементий В.А., Гладкая В.Ф., Садовничий Г.В., Сидорова Н.В. Малоотходная
рафинаsия растительных масел. // Пищевая промышленность. 1991. №2. с. 37-38.
8.
Пат. №4754613, АQШ. МКИ С11В 1/10. Способ физической дезодораsии и
рафинирования масел и жиров. –Опубл. Б.И., 1988. №7.
9.
Bhattacharyya D.K., Chakraborty A.R., Sengupta R. Enzimatic deacidification of vegetable
oils. //Pett. wiss. technol. 1995. №1. р. 27-30.
10.
Patent USA, 5532163, Process refining of fats and oils. Tokashi J.L., Jagi D.R. (JP).//Journal
amer. oil.chem.soc. -1988. –v.65. -№4.-p.512.
11.
Koseaglu S.S. Phee K.C., Lusas E.W. Membrane prosessing of crude vegetable oils:
labaratory –scale membrane degumming, refining and bleaching. //Edible fats and oils process. -1990.
–p. 182-188.
12.
Patent USA, 5166376, Process refining of vegetable oils. Shigemmi Suzuki (JP). //Journey
amer. oil. chem. soc. -1992. –v.98. - №3.-p.571.
13.
European Patent EP1013753 Al. process refining of vegetable oils. Keshaab Lal Gangulli
(GL). //Journal amer. oil. chem. soc. -2000. –v. 74. - № 9. – p. 785.
14.
Moulton K.I. Continous ultrasonic degumming of crude soybean oil. //Journal amer. oil.
chem. soc. -1988. –v. 65. -№4. – p. 512.
15.
ГОСТ Р ИСО 5555-91 Животные и растительные жиры и масла Отбор проб. М.: 28 с.
16.
Qodirov Y.Q. Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari: (o‘quv
qo‘llanma). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005. – 168 b.