G‘ARIBU-L-HADIS YO‘NALISHIDAGI ASARLARNING TIPOLOGIYASI VA TASNIFLASH METODOLOGIYASI

Annotasiya

Hadisshunoslik ilmi tarixida “G‘aribu-l-hadis” (غريب الحديث) yo‘nalishi alohida o‘rin egallaydi. Leksik-semantik jihatdan “g‘arib” so‘zi “maxfiy”, “olis” va “kognitiv jihatdan qiyin anglashiladigan” ma’nolarni ifodalaydi. Terminologiyada esa, Ibn as-Saloh ta’riflaganidek, bu – “hadis matnlarida kam qo‘llanilishi sababli ma’nosi tushunish uchun murakkab bo‘lgan g‘arib, notanish so‘zlar”dir.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
45-47
9

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ro‘zaliyev, H. (2025). G‘ARIBU-L-HADIS YO‘NALISHIDAGI ASARLARNING TIPOLOGIYASI VA TASNIFLASH METODOLOGIYASI. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 4(10), 45–47. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/canrms/article/view/113751
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Hadisshunoslik ilmi tarixida “G‘aribu-l-hadis” (غريب الحديث) yo‘nalishi alohida o‘rin egallaydi. Leksik-semantik jihatdan “g‘arib” so‘zi “maxfiy”, “olis” va “kognitiv jihatdan qiyin anglashiladigan” ma’nolarni ifodalaydi. Terminologiyada esa, Ibn as-Saloh ta’riflaganidek, bu – “hadis matnlarida kam qo‘llanilishi sababli ma’nosi tushunish uchun murakkab bo‘lgan g‘arib, notanish so‘zlar”dir.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

45

G‘ARIBU-L-HADIS YO‘NALISHIDAGI ASARLARNING TIPOLOGIYASI

VA TASNIFLASH METODOLOGIYASI

Ro‘zaliyev Hikmatulloh

ToshDO‘TAU doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15726920

Hadisshunoslik ilmi tarixida “G‘aribu-l-hadis” (

بيرغ

ثيدحلا

) yo‘nalishi alohida

o‘rin egallaydi. Leksik-semantik jihatdan “g‘arib” so‘zi “maxfiy”, “olis” va
“kognitiv jihatdan qiyin anglashiladigan” ma’nolarni ifodalaydi. Terminologiyada
esa, Ibn as-Saloh ta’riflaganidek, bu – “hadis matnlarida kam qo‘llanilishi sababli
ma’nosi tushunish uchun murakkab bo‘lgan g‘arib, notanish so‘zlar”dir.

O‘rta asrlardagi islom olimlari ushbu sohaga katta e’tibor qaratib, ko‘plab

asarlar yaratganlar. Biroq bu asarlar yagona uslub yoki tartib asosida
tuzilmagan, balki ularning tasniflash metodologiyasi, tartibi va turlari bir-
biridan farq qilgan. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – “G‘aribu-l-hadis”ga
oid asarlarni tasniflashdagi metodologik xilma-xillikni yoritishdir. Tadqiqotda,
shuningdek, ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan adashtirib
kelinayotgan ikki muhim tushuncha – asar yozish turlari va asarlarni tartibga
solish uslublari (metodologiyasi) o‘rtasidagi farqlar ochib beriladi.

“G‘aribu-l-hadis”ga oid manbalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ularni

sakkizta asosiy turga ajratish mumkin:

1. Muayyan bir kitob bilan cheklanmagan umumiy asarlar. Bunga Abu Ubayd

Qosim ibn Sallomning “G‘aribu-l-hadis” asari misol bo‘la oladi.

2. Muayyan bir yoki bir necha kitob bilan cheklangan asarlar. Masalan,

Abdulmalik ibn Habib as-Sulamiyning “Tafsiru-l-Muvatto” asari Imom Molikning
“al-Muvatto” asaridagi g‘arib so‘zlarga bag‘ishlangan.

3. Muayyan bir hadis yoki xususiyatga ega hadislar guruhiga bag‘ishlangan

asarlar. Bunga Qozi Iyozning “Ummu Zar’” hadisi sharhiga oid “Bug‘yatu-r-roid”
asari yoki Ibn al-Asirning uzun va g‘arib hadislar sharhiga bag‘ishlangan
“Manolu-t-tolib” asari kiradi.

4. Qur’on va Hadisdagi g‘arib so‘zlarni jamlagan asarlar. Ahmad ibn

Muhammad al-Haraviyning “Kitobu-l-g‘aribayn fi-l-Qur’on va-l-hadis” asari bu
turga yorqin misoldir.

5. “G‘aribu-l-hadis” va “Mushkilul-hadis”ni (ma’nosi zohiran qarama-qarshi

yoki muammoli hadislar) jamlagan asarlar. Ibn al-Javziyning “Kashfu-l-mushkil
min hadisi-s-sahihayn” asari bunga misol bo‘ladi.

6. Istidrok (avvalgi asarlarga qo‘shimchalar qilish) turi. Ibn Qutayba o‘zining

“G‘aribu-l-hadis” asarida Abu Ubayd asariga qo‘shimchalar qilgan. Xuddi
shuningdek, al-Xattobiy ham o‘zidan avvalgilarga qo‘shimchalar yozgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

46

7. Xatoliklarni tuzatish va raddiya berish manhajidagi kitoblar. Ibn

Qutaybaning “Islohu g‘alati Abi Ubayd fi g‘aribi-l-hadis” (Abu Ubaydning
“G‘aribu-l-hadis” asaridagi xatolarini tuzatish) asari bunga misoldir.

8. Qisqartirish, qayta tartiblash va tahrirlash manhajidagi kitoblar. Abu

Ubayd asariga yoki Ibn al-Asirning “an-Nihoya”siga yozilgan ko‘plab qisqartma
va tahrirlar bu turga kiradi [al-Habashiy, 2004, j. 2, b. 1281–1282].

G‘aribu-l-hadisga oid asarlarni tuzishda to‘rtta asosiy metodologik

yondashuv kuzatiladi:

1. Musnad yondashuvi (Sahobalar ismi bo‘yicha tartiblash).
Bu eng qadimiy uslub bo‘lib, unda hadislar roviy sahobalarga ko‘ra

tartiblanadi. Odatda, asar Rasululloh (s.a.v.) hadislaridan boshlanib, so‘ngra
Xulafoi Roshidin, Asharai Mubashshara va boshqa sahobalar rivoyat qilgan
hadislar keltiriladi. Abu Ubayd asarini ikki qismga bo‘lib, birinchi katta qismini
Rasululloh hadislariga, ikkinchi qismini esa sahoba va tobeinlar so‘zlariga
bag‘ishlagan [Ash-Sharqoviy, 2001, b. 56]. Abu Ubayd, Ibn Qutayba va al-
Xattobiy kabi olimlar shu uslubdan foydalanishgan.

2. Tematik yondashuv.
Bu uslubda hadislar ma’no va mavzulariga qarab, fiqhiy kitoblardagi kabi

boblarga ajratib tartiblanadi. Nishopuriyning “Jumal al-g‘aroib” asari bu
uslubning yorqin namunasidir. U o‘z asarini 14 ta katta bo‘limga ajratib, har bir
bo‘lim ichida hadislarni mavzulariga ko‘ra boblarga bo‘lgan. Har bir bobda
rivoyatlar o‘z navbatida quyidagi tartibda keltirilgan: 1) Rasululloh (s.a.v.)
hadislari; 2) Sahobalar so‘zlari; 3) Tobeinlar so‘zlari [An-Nishopuriy, 2008, b.
66–75].

3. Musnad va lug‘aviy yondashuvlar uyg‘unligi.
Bu uslubda muhaddislarning musnad an’anasi bilan tilshunoslarning

lug‘aviy tartiblash usuli birlashtirilishiga harakat qilingan. Ibrohim al-Harbiy
o‘zining “G‘aribu-l-hadis” asarida shu yo‘ldan borgan. Biroq tadqiqotchi olimlar
uning har ikki uslubni ham mukammal tarzda qo‘llay olmaganini ta’kidlashadi
[al-Harbiy, 1985, j. 1, b. 92–94].

4. Alifbo yondashuvi.
Bu uslub eng keng tarqalgan bo‘lib, unda g‘arib so‘zlar o‘zak harflariga ko‘ra

alifbo tartibida beriladi. Uning ham o‘z navbatida bir necha ko‘rinishi mavjud:

— Fonetik tartib. Bu uslub Xalil ibn Ahmad al-Farohidiy an’anasiga

asoslanib, so‘zlarni harflarning og‘izdagi artikulyatsion o‘rniga (maxrajiga)
qarab tartiblaydi. Ibrohim al-Harbiy o‘z asarida shu usuldan ham foydalangan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

47

— So‘z o‘zagining birinchi harfiga ko‘ra alifbo tartibi. Bu eng mashhur va

keng qo‘llanilgan uslubdir. Zamaxshariy “al-Foiq” asarida va Ibn al-Asir “an-
Nihoya” asarida shu usulni qo‘llashgan. Zamaxshariy asarini bo‘limlarga (har bir
harf uchun bitta bo‘lim) bo‘lib, so‘ngra so‘zning ikkinchi harfiga ko‘ra fasllarga
ajratgan va uchinchi harf tartibiga e’tibor bermagan. Bu o‘rinda sharq va mag‘rib
olimlari o‘rtasida alifbo harflari tartibida kichik farqlar bo‘lganini ham ta’kidlash
lozim.

— So‘z o‘zagining oxirgi harfiga ko‘ra alifbo tartibi. Bu uslubda so‘zlar

o‘zagining oxirgi harfiga qarab tartiblanadi. Faxruddin at-Turayhiy o‘zining
“Majma’ al-bahrayn” asarida shu uslubdan foydalanganini aytib o‘tgan.

— So‘zning talaffuz shakliga ko‘ra alifbo tartibi. Bu noyob uslubda so‘zlar

o‘zgartirishsiz, ya’ni hadisda qanday kelgan bo‘lsa, o‘sha holatida
(qo‘shimchalari bilan birga) alifbo tartibida beriladi. Al-G‘aznaviy o‘zining
“Maqosid Abi Ubayd” asarida shu usulni qo‘llaganini zikr qilgan.

Yuqoridagi tahlillardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: “G‘aribu-l-

hadis”ga oid asarlar yagona metodologiya asosida yaratilmagan; ilmiy tahlilda
asar yozish turlari va ularni tartibga solish uslublarini farqlash muhim; sohada
asar yozishning sakkizta turi va ularni tasniflashning to‘rtta asosiy uslubi
mavjud. Eng qadimgi uslub “musnad” bo‘lsa, eng keng tarqalgani so‘z o‘zagining
birinchi harfiga ko‘ra alifbo tartibida tasniflashdir. Ushbu metodologik xilma-
xillik “G‘aribu-l-hadis” yo‘nalishining naqadar boy va serqirra tarixga ega
ekanligidan dalolat beradi.

Adabiyotlar:

1.

Akash, A. (2019). Manohij al-lug‘aviyyin al-mutaqaddimin fi tafsir g‘arib al-

hadis va ta’vil mukhtalifihi. Havliyyatu Kulliyyat al-Lug‘a al-Arabiyya Binin bi-
Jirja Jomi’at al-Azhar, 22(2).
2.

Faxroniy, A. (1996). Mazohir manhajiyya fi Foiq az-Zamaxshariy. Qohira.

3.

Farohidiy, X. Kitob al-ayn. (M. al-Maxzumiy & I. as-Samarroiy, Tahqiq).

Bag‘dod: Dor va Maktabat al-Hilol.
4.

Habashiy, A. (2004). Jomi’ ash-shuruh va-l-havoshiy (3-nashr). Abu Dabi:

Majma’ al-buhus va-d-dirosot.
5.

Harbiy, I. (1985). G‘arib al-hadis. (S. ibn Ibrohim, Tahqiq, 1-nashr). Jidda:

Dor al-Madaniy.
6.

Ash-Sharqoviy, S. (2001). Ma’ojim g‘arib al-hadis va-l-asar va-l-istishhod

bil-hadis fi-l-lug‘a va-n-nahv (1-nashr). Qohira: Maktabat al-Xonji.
7.

Ibn as-Saloh, U. (2002). Ma’rifat anvo’ ulum al-hadis (Muqaddimatu Ibn as-

Saloh). (N. Itr, Tahqiq). Suriya va Bayrut: Dor al-Fikr va Dor al-Fikr al-Muosir.

Bibliografik manbalar

Akash, A. (2019). Manohij al-lug‘aviyyin al-mutaqaddimin fi tafsir g‘arib al-hadis va ta’vil mukhtalifihi. Havliyyatu Kulliyyat al-Lug‘a al-Arabiyya Binin bi-Jirja Jomi’at al-Azhar, 22(2).

Faxroniy, A. (1996). Mazohir manhajiyya fi Foiq az-Zamaxshariy. Qohira.

Farohidiy, X. Kitob al-ayn. (M. al-Maxzumiy & I. as-Samarroiy, Tahqiq). Bag‘dod: Dor va Maktabat al-Hilol.

Habashiy, A. (2004). Jomi’ ash-shuruh va-l-havoshiy (3-nashr). Abu Dabi: Majma’ al-buhus va-d-dirosot.

Harbiy, I. (1985). G‘arib al-hadis. (S. ibn Ibrohim, Tahqiq, 1-nashr). Jidda: Dor al-Madaniy.

Ash-Sharqoviy, S. (2001). Ma’ojim g‘arib al-hadis va-l-asar va-l-istishhod bil-hadis fi-l-lug‘a va-n-nahv (1-nashr). Qohira: Maktabat al-Xonji.

Ibn as-Saloh, U. (2002). Ma’rifat anvo’ ulum al-hadis (Muqaddimatu Ibn as-Saloh). (N. Itr, Tahqiq). Suriya va Bayrut: Dor al-Fikr va Dor al-Fikr al-Muosir.