CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
23
ZAMONAVIY DARSLIKLAR TA`LIM SIFATINING OLDIGA
QO`YILGAN TALABLARI
Nisanbayeva Akmaral
Nizomiy nomidagi TDPU professori
Abdukadirova Asel
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15361978
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘zbekiston respublikasida ta’lim sifatini
oshirish borasida “Milliy dastur”ning “Savod o‘rgatish” bo‘limining avvalgi
dasturlardan farqi qiyosiylanadi. Bu dastur asosida yaratilgan “Alifbe” darsligi
tahlil qilinadi.
Аннотация.
В данной статье сравниваются различия между разделом
«Обучение грамоте» «Национальной программы» с предыдущими
программами в плане повышения качества образования в Республике
Узбекистан. Анализируется учебник «Алифбе», созданный на основе этой
программы.
Annotation:
This article compares the differences between the "Literacy
Education" section of the "National Program" with previous programs in terms
of improving the quality of education in the Republic of Uzbekistan. The
textbook "Alifbe", created on the basis of this program, is analyzed.
Dunyo bo‘ylab ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan
rivojlanib borishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifalarini qo‘ymoqda.
Bunday vaziyatda taʼlim sohasida jiddiy samarali oʻzgarishlar qilish zarur. Bu
harakat esa mustahkam, puxta oʻylangan dastur asosida amalga oshirilishi
kerak. Taʼlimni isloh qilish boʻyicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan
boshlandi taʼlimga oʻzgarishlar kirita oladigan “Milliy oʻquv dasturi” ishlab
chiqildi.
Milliy dasturda umumiy o‘rta 88ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning
asosiy maqsadi quyidagicha belgilangan: “o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda
to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil
va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq
madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat”11. Ko‘rsatilgan bu
maqsadlarni amalga oshirishda savod o‘rgatish davrining ahamiyati katta.
Dasturda bu davr “Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish” deb nomlanib ikki
davrga bo‘linadi: I boʻlim. Tayyorgarlik davri (16 soat). II boʻlim. Alifbe davri
(112 soat). Ko‘rsatilgan bu davrlar o‘z navbatida yana turlarga ajratiladi.
1. I boʻlim. Tayyorgarlik davri. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari (8 soat)
2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (8 soat)
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
24
2. II boʻlim. Alifbe davri (112 soat) 1.O‘qishga o‘rgatish (56 soat) 2. Yozuvga
o‘rgatish (56 soat)
Amaldagi dastur avvalgi dasturlardan mavzularni o‘rganish uchun
ajratilgan soatlar hajmi jihatidan farq qiladi. Ilgarigi dasturda12 alifbe davri
uchun umumiy 120 soat: o‘qishga o‘rgatish uchun 60 soat, yozuvga o‘rgatish
uchun 60 soat ajratilgan. MO‘D bo‘yicha alifbe davri uchun umumiy 112 soat,
bundan o‘qishga o‘rgatish uchun 56 soat, yozuvga o‘rgatish uchun 56 soat
ajratilgan. Shuningdek, amaldagi dastur tuzilishi jihatidan ham avvalgilaridan
farqlanadi. Avvalgi dasturda "Sinfdan tashqari o‘qish" bo‘limi kiritilgan
bo‘lib, sinflar kesimida sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish haqida
metodik yo‘l-yo‘riqlar berilgan. Chunonchi, 1-sinfda savod o‘rgatish davrida
haftada bir marta alifbe darslarining 15-20 daqiqasini ajratilishi belgilab
qo‘yilgan. Dasturda beriladigan bilimlar hajmi bilan bir qatorda bilimlar mamuni
ham bayon qilinadi. Amalga kiritilgan dasturda bilimlar mamuni berishda necha
yillar davomida shakllanib kelgan tajribalarga asoslanilgan.
Milliy dastur asosida “Alifbe” darsligi tayyorlanib amaliyotga joriy qilindi.
Bu darslikdagi dastlab diqqatni jalb qiluvchi obyekt shartli belgilar sonining
oshgani, xususan “so‘z andozasi bilan ishlang”, ” rasmga qarab so‘zlang” kabi
o‘quvchining tafakkuri, fikrlashi va nutq qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladigan mashqlar tizimining qo‘shilganligi va darslikni to‘ldiruvchi raqamli
tashkil etuvchilarga o‘tish uchun QR kod mavjudligi bilan zamon talablari-ga
moslashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari ushbu darslikning ilk
mavzusidanoq mavzuga doir o‘quvchini o‘z fikrini bayon qilishga undaydigan
savollar berilganligidir. Shu bilan birga ushbu kitobda kundalik turmush
tarzidagi holatar mavzuga mos tarzda rasm asosida tasvirlangan. Masalan, ”R”
tovish-harfi o‘rganilganda “Onam nima deydi?” mavzusida rasmlar va gaplar
berilgan. Rasm-larni kuzatgan, gaplarni o‘qigan o‘quvchilar o‘z hayotlarida ham
shu gaplarni eshitishlarini, ularning ma’nolarini hisiladilar. Darslikdagi
ahamiyatli jihatlardan yana biri fanlararo integratsiyaning qo‘llanganligidir.
O‘tovush-harfini o‘rganish jrayonida darslikning 28-betida berilgan rasm orqali
o‘quvchilar o‘rik mevasining qanday yetishtirilishi haqida amaliy bilimga ega
bo‘ladilar, tabiat, o‘simliklar haqidagi bilimlari boyiydi, ayni vaqtda darsning
qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi.
Darslikda berilgan matnlar janr jihatdan xilma-xil bo‘lib, ularning
aksariyati, o‘ylashga izlanishga undaydi. Masalan, darslikning 59-betida
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
25
“Zumrad va Qimmat” ertagining boshlanish qismi berilgan bo‘lib, davomini
o‘quvchilar eshitganlari yoki o‘qiganlari asosida davom ettirishlari lozim. Y
tovish-harfini o‘rganishda shu tovish- harf ishtirok etgan so‘zlar va “Yayra”
matni berilgan. Matn yuzasidan quyidagi topshiriq va savollar havola qilingan:
1. Y va y harflari qatnashgan so‘zlarni toping.
2. Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanasiz?
3. Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlay olasizmi?
Bu
kabi
topshiriq
va
savollar
o‘rganilgan
tovush-harflarni
mustahkamlashga yordam berishi barobarida o‘quvchilarning fikrlash
qobiliyatlarini, nutqlarini o‘stiradi.
Darslikning bezatilishi, mavzular uchun foydalanilgan rasmlar zamonaviy
bo‘lib, ular matn mazmunini ochishga, o‘quvchilarning tafakkuti va nutqlarini
o‘stirishga, estetik didlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Alifbe” darsligining yanada mukammal bo‘lishi uchun quyidagilarga
ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
1. “Alifbe” darsligi hajm jihatdan qisqartirilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Darslikdagi ba’zi gaplarni uslubiy jihatdan ko‘rib chiqish lozim. Masalan,
Qaysi bo‘g‘inlardan so‘z yasash mumkin? (15-bet). Berilgan bo‘g‘inlardan so‘z
yasab bo‘lmaydi, so‘z tuzish mumkin. Bobo nabirasiga nima maslahat berdi? (23-
bet). Bu o‘rinda nima so‘zining qo‘llanishini o‘ylab ko‘rish lozim.
3. Darslikdagi ba’zi rasmlar qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Masalan, 39-
betdagi yo‘l qoidalariga oid berilgan rasmlardan qaysilari to‘g‘ri, qaysilari
noto‘g‘riligini bolalar ajrata olmaydilar.
”Milliy dastur” asosida yaratilgan “Alifbe” darsligi avvalgilaridan
zamonaviyligi, o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan savol va matnlar bilan
boyitilganligi, fanlar integratsiyasini o‘zida mujassamlashtirgani, kelgusi ona tili
va o‘qish savodxonligi fani uchun to‘la poydevor bo‘lib xizmat qila olishi bilan
ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son
farmoni va uning 1- ilovasi – // Elektron manba. https://lex.uz/docs/-
2. Uzviylashtirilgan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi 1-4-sinflar uchun –T.:
2010
3. Umumiy o‘rta ta’limning “Milliy o‘quv dasturi”, Ona tili, loyiha -T,: 2021
4. Qosimova K, Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.. Ona tili
o‘qitish metodikasi, -T,: 2009
5. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe, -T,: 2021
6. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe, -T,: 2015
