CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
26
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ENЕRGЕTIKA SЕKTORINING
ZAMONAVIY HOLATI
Uralov Temur Boxodir oʻgʻli
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi
Email: uralov.t.b@gmail.com
Tel: +998 97 733 32 23
ORCID: 0009-0001-6526-9217
Toshkent, Oʻzbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.16562494
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi energetika sektorining
2019-2024 yillardagi transformatsiya jarayoni va uning korxonalarning
moliyaviy natijadorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot energetika sohasining
monopoliyadan liberallashgan bozor tizimiga o‘tish bosqichlarini, qayta
tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanish dinamikasini va sohaning
iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
energetika islohoti, qayta tiklanuvchi energiya,
liberallashtirish, elektr energiyasi, moliyaviy samaradorlik, barqaror rivojlanish.
O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasini muvofiqlashtirish va
boshqarish quyidagi asosiy korxonalar tomonidan amalga oshiriladi (1-rasm):
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasini
muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar
Mamlakatdagi elektr stansiyalari uchta asosiy toifaga bo‘linadi va har biri
o‘zining xususiy roli va moliyaviy ko‘rsatkichlariga ega. Issiqlik elektr stansiyalari
respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishning asosiy ulushini tashkil etadi.
Jami 18 ta issiqlik elektr stansiyasining o‘rnatilgan quvvati 14 806 MVt ni tashkil
etadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Energetika vazirligi –
yoqilg‘i-energetika
majmuasida davlat
siyosatini shakllantirish
va amalga oshirish;
“Issiqlik elektr
stansiyalari” AJ, DXSH
asosida tashkil etilgan
boshqa korxonalar –
issiqlik elektr
stansiyalari va qayta
tiklanuvchi elektr
energiya manbalarini
boshqarish;
O‘zbekiston milliy
elektr tarmoqlari” AJ –
yuqori kuchlanishli
liniyalar orqali elektr
energiyani uzatish;
“Hududiy elektr
tarmoqlari” AJ –
elektr
energiyani yakuniy
iste’molchilarga
yetkazish;
“O‘zenergosotish” AJ –
shartnomalar asosida
elektr energiyasining
eksporti va importi
operatsiyalarini amalga
oshirish.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
27
Gidroelektr stansiyalari 2024 yilda 2 300 MVt umumiy quvvatga ega. 2030
yilgacha bo‘lgan strategiyada gidroelektr stansiyalarining quvvatini 3 416 MVt ga
oshirish rejalashtirilgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari jadal rivojlanmoqda. 11 ta quyosh
elektr stansiyasi va 3 ta shamol elektr stansiyasining quvvati 4 060 MVt ni tashkil
etgan. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni kamida 40 foizga yetkazish
rejalashtirilgan.[1]
O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyani ishlab chiqarish tarkibi
asosan issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi, ular umumiy ishlab
chiqarishning taxminan 85% ni tashkil etadi. Gidroelektr stansiyalar taxminan
13% hissa qo‘shsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (katta GESlardan
tashqari)
elektr
energiyasining
2%
dan
kamini
tashkil
etadi.
(2- rasm)
2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasini ishlab
chiqarilishining tuzilishi
Oxirgi besh yil ichida O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab
chiqarilishida va iste’mol qilinishida barqaror o‘sish kuzatilmoqda. 2024-yilda
ishlab chiqarish hajmi taxminan 81,5 mlrd kVt·soatni tashkil etdi, bu 2019-yildagi
ko‘rsatkichdan 15% ga ko‘p. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda iste’mol o‘sish
sur’atlari ishlab chiqarish sur’atlaridan oshib ketmoqda, bu esa generatsiya
quvvatlarini yanada oshirish zarurligini anglatadi. Tahlil natijalari shuni
ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda iste’mol o‘sish sur’atlari ishlab chiqarish
sur’atlaridan oshib ketmoqda. Bu esa generatsiya quvvatlarini yanada oshirish
zarurligini anglatadi va energetika korxonalari uchun investitsion imkoniyatlar
yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasining asosiy iste’molchilari
sanoat korxonalari 39 foiz, uy-joy kommunal xo‘jaligi 24 foiz, qishloq xo‘jaligi 19
85%
13%
2%
Иссиқлик электр станциялари
Гидроэлектр станциялари
Янгиланадиган энергия манбалари
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
28
foiz hamda tijorat va boshqa sohalar 18 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston
Respublikasida elektr energiyasining asosiy iste’molchilari sanoat korxonalari
(39%), uy-joy kommunal xo‘jaligi (24%), qishloq xo‘jaligi (19%) hamda tijorat va
boshqa sohalar (18%) hisoblanadi (3-rasm).
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasidagi energiya iste’molining salmog‘i
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi katta salohiyatga ega. Quyosh energiyasi bo‘yicha mamlakatning
texnik salohiyati yiliga 27 mlrd kVt·soat deb baholanmoqda. Yil davomida 300-
320 kun quyoshli bo‘ladi va umumiy quyosh radiatsiyasi yiliga 1 700-1 800
kVt·soat/m² ni tashkil etadi.
Shamol energetikasining texnik salohiyati taxminan 520 GVt ni tashkil
etadi. Ayniqsa, Navoiy, Buxoro va Qoraqalpog‘iston viloyatlarida shamol tezligi
o‘rtacha 5-6 m/s ni tashkil etadi. Gidroenergetika bo‘yicha kichik GESlar
salohiyati yiliga 1,8 mlrd kVt·soatga baholanadi.
2025-yil 24-mart kuni Toshkent shahri va 7 ta viloyatda maishiy
chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga oid investitsiya
loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Bu loyihalar
ekologik vaziyatni yaxshilash va zamonaviy texnologiyalar joriy etish orqali
chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan.[2]
Loyihalarni amalga oshirish natijasida maishiy chiqindilardan oqilona va
samarali foydalanish ta’minlanadi. Har yili 4,7 million tonnadan ortiq chiqindilar
qayta ishlanadi va 2 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab
chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Rivojlanishning ijobiy dinamikasiga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi
energetika sohasi bir qator muammolarga duch kelmoqda. Asosiy fondlarning
eskirishi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Issiqlik elektr
39%
24%
19%
18%
Саноат сектори
Коммунал хўжаликлари
Қишлоқ хўжалиги
Тижорат ва бошқа секторлар
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
29
stansiyalarining o‘rtacha yoshi 40 yildan ortiq bo‘lib, bu past foydali ish
koeffitsiyentiga olib keladi.[3]
Elektr tarmoqlaridagi sezilarli yo‘qotishlar ikkinchi muhim muammodir.
Elektr energiyasini uzatish va taqsimlashdagi yo‘qotishlarning darajasi 20-25
foizni tashkil etadi, bu rivojlangan davlatlardagi shu kabi ko‘rsatkichlardan 7-8
foiz sezilarli darajada yuqori.
Tarif shakllantirishning tizimidagi muammo. Amaldagi tariflar tizimi elektr
energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash xarajatlarini to‘liq qoplashni
ta’minlamaydi, bu esa soha korxonalarining investitsion imkoniyatlarini
cheklaydi.
Biroq, asosiy fondlarning eskirishi, tarmoq yo‘qotishlari va tarif tizimidagi
muammolar sohaning moliyaviy samaradorligini cheklab turadi. Ushbu
muammolarni
hal
etish
uchun
bosqichma-bosqich
modernizatsiya,
investitsiyalarni jalb etish va huquqiy bazani takomillashtirish zarur.
Kelgusida energetika sohasining barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini jadal rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
va xalqaro standartlarga moslashish ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
https://www.ouzbekistan.fr/news/2864?language=en#:~:text=In%20acc
ordance%20with%20the%20,all%20hydroelectric%20power%20plants%20in
2.
https://www.gazeta.uz/uz/2025/03/25/chiqindi/
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2023). "Elektr
energetikasida raqobatbardosh bozorni shakllantirish va tarmoq subyektlarini
bosqichma-bosqich transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida". PF-166-
son, 28 sentyabr.
