ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
9
ADABIYOTLAR TAHLILI / REVIEW ARTICLES / ОБЗОРНЫЕ СТАТЬИ
УДК: 615.281.9
Даминова Лола Тургунпулатовна
Профессор кафедры клинической фармакологии ТГСИ
г. Ташкент, Узбекистан
Сиддиков Олим Абдуллаевич
Ассистент кафедры клинической фармакологии
Самаркандский государственный медицинский институт
г. Самарканд, Узбекистан
ВЫБОР ОПТИМАЛЬНОГО ПРЕПАРАТА ДЛЯ ЭМПИРИЧЕСКОЙ АНТИБАКТЕРИАЛЬНОЙ ТЕРАПИИ ПРИ
ЛЕЧЕНИИ ВНЕБОЛЬНИЧНОЙ ПНЕВМОНИИ
For citation:
Daminova L.T, Siddikov O.A. Selection of the optimal drug for empirical ntibacterial therapy for treatment of community-
acquired pneumonia
.
2020, vol. 3, issue 1, pp.9-13
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-3-1
АННОТАЦИЯ
Сегодня пневмония остается одной из самых актуальных болезней человечества и занимает 4-е место по уровню смертности.
Заболеваемость пневмонией зависит от возраста, пола и сопутствующих заболеваний. Наиболее распространенной формой
пневмонии является внутрибольничная пневмония, и одним из основных факторов ее возникновения являются бактерии. По этой
причине антибактериальные препараты играют важную роль в лечении пневмонии. Одной из основных проблем при проведении
антибактериальной терапии является выбор антибактериального препарата для эмпирической терапии в период повышения
устойчивости микробов к антибиотикам. Решить эту проблему помогут результаты научных исследований, метанализа,
фармакоэпидемиологических исследований, а также разработанные на их основе протоколы и руководства.
Ключевые слова:
внебольничная
пневмония, антимикробные препараты, антибактериальная терапия, антибиотикорезистентность,
β-лактамы, макролиды, цефалоспорины, фторхинолоны
Daminova Lola Turgunpulatovna
Professor of the Department of Clinical Pharmacology, TSDI
Tashkent, Uzbekistan
Siddikov Olim Abdullayevich
Assistant of the Department of Clinical Pharmacology
Samarkand State Medical Institute
Samarkand, Uzbekistan
SELECTION OF THE OPTIMAL DRUG FOR EMPIRICAL ANTIBACTERIAL THERAPY FOR TREATMENT OF
COMMUNITY-ACQUIRED PNEUMONIA
ANNOTATION
Today pneumonia remains one of the most pressing diseases of humanity and ranks 4th in terms of mortality. The incidence of pneumonia
depends on age, gender and comorbidities. The most common form of pneumonia is hospital-acquired pneumonia, and bacteria are one of the
main causes of this pneumonia. For this reason, antibacterial drugs play an important role in the treatment of pneumonia. One of the main
problems in carrying out antibiotic therapy is the choice of an antibacterial drug for empirical therapy during the period of increasing resistance
of microbes to antibiotics. The results of scientific research, metanalysis, pharmacoepidemiological studies, as well as protocols and guidelines
developed on their basis, will help to solve this problem.
Keywords:
community-acquired pneumonia, antimicrobial drugs, antibacterial therapy, antibiotic resistance, β-lactams, macrolides,
cephalosporins, fluoroquinolones
Daminova Lola Turgunpulatovna
TDSI klinik farmakologiya kafedrasi professori
Toshkent, O`zbekiston
Siddikov Olim Abdullayevich
Samarqand davlat tibbiyot instituti
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
10
klinik farmakologiya kafedrasi assistenti
Samarqand, O`zbekiston
SHIFOXONADAN TASHQARI PNEVMONIYANI DAVOLASHDA EMPIRIK TERAPIYA UCHUN OPTIMAL
ANTIBAKTERIAL PREPARAT TANLASH
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda pnevmoniya insoniyatning eng dolzarb kasalliklaridan biri bo'lib qolmoqda va o'lim ko`rsatkichi bo`yicha 4-o'rinni egallab
turibdi. Pnevmoniyaning uchrashi yoshga, jinsga va yo`ldosh kasalliklarga bog'liq. Pnevmoniyalar orasida eng keng tarqalgani bu shifoxonadan
tashqari pnevmoniya bo`lib, uning kelib chiqishida asosiy omillardan biri – bakteriyalardir. Shu sababdan pnevmoniyalarni davolashda
antibakterial preparatlar muhim o’rinni egallaydi. Antibakterial terapiya o’tkazishning asosiy muammolardan biri bu – mikroblarning
antibiotiklarga rezistentligi ortib borayotgan bir paytda empirik terapiya uchun antibakterial preparat tanlashdir. O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar,
metanalizlar, farmakoepidemiologik tekshiruvlar natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan protokollar va ko’rsatmalar ushbu muammoni hal
etishda yordam beradi.
Kalit so`zlar:
shifoxonadan tashqari pnevmoniya, antimikrob preparatlar, antibacterial terapiya, antibiotikorezistentlik, β-laktamlar,
makrolidlar, sefalosporinlar, ftorxinolonlar
Dolzarbligi. 10-15 yil oldin tibbiyot deyarli har qanday jiddiy
infektsiyani yengishga qodir edi, chunki shifokorlar arsenalida juda
ko'p antibiotiklar mavjud edi. Ammo, hozirgi kunga kelib,
mikroblarning antibiotiklarga chidamliligi rivojlanayotganligi bilan
bog'liq vaziyat ko’pchilikni xavotirga solmoqda, chunki aksariyat
antibiotiklarning
mikroblarga
nisbatan
vaqt
o’tishi
bilan
samaradorligini saqlab qolishiga shubha o’yg’otmoqda. Yaqin 10-12
yil ichida yangi antibiotiklar ishlab chiqarilmas ekan, bugungi kunda
mavjud bo'lganlarni saqlashga harakat qilishimiz kerak [1].
Benzilpenitsillin (Penitsillin G natriy tuzi) ning klinik
qo'llanilishini keng tarqalishidan oldin, Streptococcus pneumoniae
(pneumococcus) chaqirgan pnevmoniya, ayniqsa, qariyalar va
keksalar orasida o'limning asosiy sababi bo'lgan. Ammo, bugungi
kunda ham pnevmoniya insoniyatning eng dolzarb kasalliklari
qatorida qolmoqda va o'lim ko’rsatkichi bo`yicha 4-o'rinni egallab
turibdi [12] (yurak-qon tomir, miya qon tomir kasalliklari va o’sma
kasalliklaridan keyin), Yevropada pnevmoniyadan yillik iqtisodiy
zarar, asosan kasalxonaga yotqizilganligi va ish kunlarining
yo'qotilganligi hisobiga, taxminan 10 milliard yevroga teng. Yevropa
va Shimoliy Amerikada o'tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar tahlili
shuni ko'rsatadiki, har yili 1000 kishidan 5-10 kishida (5-10%)
shifoxonadan tashqari pnevmoniya (ShTP) tashxis qo'yilgan [17].
Pnevmoniyaning
uchrashi yoshga,
jinsga
va
yo`ldosh
kasalliklarga bog'liq. Yosh oshishibilan pnevmoniya uchrash xavfi
tabiiy ravishda oshadi. Erkaklarda pnevmoniya ayollarga qaraganda
tez-tez uchraydi. ShTPda o'lim yo’ldosh kasalliklari bo'lmagan
yoshlarda va o'rta yoshdagi odamlarda eng past ko’rsatkichga qayd
etilganligi aniqlangan (1-3%). Aksincha, 60 yoshdan oshgan
bemorlarda jiddiy hamroh patologiya (o'pkaning surunkali obstruktiv
kasalligi (O’SOK), o’sma kasalliklari, alkogolizm, qandli diabet,
buyrak va jigar kasalliklari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va
boshqalar), shuningdek kasallikning og'ir holatlarida bu ko'rsatkich
15-30% ga yetadi [17].
Pnevmoniya tasnifiga ko'ra, u uch turga bo'linadi – shifoxonadan
tashqari pnevmoniya, nozokomial pnevmoniya va tibbiy yordam
ko'rsatish bilan bog'liq pnevmoniya. Ular orasida ShTP odatda keng
tarqalgan.
ShTPning rivojlanishida mikroblardan asosan bakteriyalar asosiy
o’rinni egallaydi. ShTPni eng ko'p uchraydigan qo'zg'atuvchilari bu–
Streptococcus pneumoniae (30-95%), Mycoplasma pneumoniae (9-
30%), Haemophilus influenzae (5-18%), Chlamydia pneumoniae (2-
8%), Legionella pneumophila (2-10%). ), Staphylococcus aureus
(<5%), Moraxella catarrhalis (1-2%), Escherichia coli, Klebsiella
pneumoniae (<5%). 20-30% hollarda pnevmoniya etiologiyasini
aniqlab bo’lmaydi.
Yuqoridagilardan
ko`rinib
turibdiki,
ShTPning
asosiy
qo’zg’atuvchilari – pnevmokokklar (Streptococcus pneumoniae),
hujayra ichidagi patogenlar va Haemophilus influenzae hisoblanadi
[4,12]. Gemofilus influenzae va Moraxella catarrhalis juda kam
uchraydi. Ular surunkali kasalliklari bo’lgan yoshi katta odamlarda,
shuningdek O’SOK bilan og’riydigan bemorlarda ShTPni keltirib
chiqaradi.
Staphylococcus
aureus
ShTPni
kam
chaqiradigan
qo'zg'atuvchilardan biri bo’lsada, keyingi vaqtlarda metitsillinga
chidamli shtammlarining (MRSA) tarqalishi tufayli unga katta
e'tiborni qaratilmoqda. Legionella spp. nafas olish yo'llari kasalliklari
qo’zg’atuvchilari orasida kam uchraydigan, ammo juda jiddiy
patogen qo’zg’atuvchilari toifasiga kiradi. Turli mualliflarning
fikriga ko'ra, Legionella turiga mansub mikroorganizmlarning ayrim
turlari 0,6-16,2% hollarda pnevmoniyaga sabab bo’ladi.
Enterobacteriaceae oilasi vakillari (Klebsiella pneumoniae va
boshqalar), shuningdek Pseudomonas aeruginosa kamdan-kam
hollarda ShTP qo'zg'atuvchisi bo’lishi mumkin. Ular sistem GKlarni
uzoq vaqt qabul qilganda, alkogolizm, mukovissidoz yoki
bronxoektaz fonida antibiotikterapiya tez-tez o’tkazilganda ShTPni
keltirib chiqaradi. Umuman olganda, 20% hollarda Chlamydophila
pnevmoniya, Mycoplasma pneumoniae va Legionella pneumophila
ShTP qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, C. pneumonia va
M. pneumoniae yakka o’zi kamdan-kam hollarda og'ir pnevmoniya
keltirib chiqaradi. Xlamidiya va mikoplazmalar aksariyat holatlari
yengil ShTP chaqiradi va kasalxonada davolanishni talab qilmaydi.
So'nggi yillarda ShTP etiologiyasida viruslarning rolini
tasdiqlovchi ma'lumotlar soni keskin oshdi. Pnevmotrop viruslar
orasida gripp va rinovirus ustun turadi. Kamroq hollarda nafas olish
yo'lidagi sinsitial virus, koronavirus va inson bokavirusining ishtiroki
qayd etiladi [12]. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi vaqtida
koronavirusli pnevmoniya juda keng tarqaldi. Virusli infektsiyalar
epidemiyasi
(pandemiya)
paytida
virusli-bakterial
assotsiatsiyalarning (ko'pincha stafilokokklar topiladi), shuningdek,
shartli patogen mikroorganizmlar roli ortadi. Virusli-bakterial
pnevmoniyada respirator viruslar faqat kasallikning dastlabki davrida
etiologik rol o'ynaydi, lekin kasallikning klinik ko'rinishini,
kasallikning kechishini, kasallikning og'irlik darajasini va oqibatini
belgilaydigan asosiy etiologik omil bakterial mikroflora bo'lib qoladi
[14].
Shuni ta'kidlash kerakki, ShTPning turli xil qo'zg'atuvchilarining
uchrash chastotasi geografik joylashuvga, mavsumga va bemorning
profiliga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin [17].
Pnevmoniya rivojlanishida mikroorganizmlar asosiy rol
o'ynaganligi sababli, pnevmoniyani davolashda ham antibakterial
dorilar asosiy rol o'ynaydi. Antibakterial terapiyani olib borishda
asosiy muammolardan biri bu mikroblarning antibiotiklarga
chidamliligidir. Rezistentlik muammosi asosan mikroblarga qarshi
dorilarning amaliyotda keng qo’llanilishi, ko'pincha nazoratsiz va
noratsional qo’llanilishi bilan bog'liq. Ambulatoriya sharoitida ham,
kasalxonada ham antibakterial vositalarni asossiz ravishda qo’llash
hollari 50% ga yetishi mumkin. Ilgari faqat kasalxonalar uchun
tegishli deb hisoblangan mikroorganizmlarning rezistentligi so'nggi
yillarda populyatsiya doirasida ham tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda [20].
Mikroorganizmlarning eng ko'p tavsiya etilgan antibiotiklarga
nisbatan rezistentligining rivojlanayotganligi empirik terapiyada
antibakterial preparatni tanlashda jiddiy muammo tug'diradi.
Mikroblarning antibiotiklarga rezistentligi mintaqaga bog'liq bo’lib,
bir regiondagi rezistentlik ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Buni
shu regiondagi «antibiotiklarni qo’llash siyosati» bilan izohlash
mumkin. Shu sababli, ShTPni antibiotik bilan davolashda universal
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
11
tavsiyalarni
antibiotiklarga
rezistentlikning
mintaqaviy
xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zgartirilishi kerak [17].
Asosiy qism. Empirik antibakterial terapiyani tanlash quyidagi
omillarga asoslanadi: eng katta ehtimoliy qo’zg’atuvchilarni
belgilovchi infektsiyaning lokalizatsiyasi va bemorda antibiotiklarga
chidamli
mikroblarni
yuqish
xavfi
mavjudligi.
SCAT
stratifikasiyasiga ko’ra surunkali kasalligi bo'lmagan va kasallik
chaqiruvchisi rezistent mikroblar bo'lmagan bemorlarda quyidagi
o'tkir asoratlanmagan kasalliklarning qo'zg'atuvchilarini yo’qotishda
quyidagi antibiotiklarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq va iqtisodiy
asosga ega:
pnevmoniyada: amoksitsillin yoki makrolid (azitromitsin);
o'tkir rinosinusit va o'tkir otitda: amoksitsillin yoki amoksiklav;
o'tkir tonzillitda: amoksitsillin yoki makrolidlar (spiramitsin,
medikamitsin, azitromitsin);
O’SOKda: amoksitsillin yoki amoksiklav yoki sefiksim [6,16].
Nafas olish yo'llari kasalliklarini asosiy chaqiruvchilarining
antibakterial preparatlarga rezistentligi ortib borishiga qaramay,
kattalardagi pnevmoniyani ambulator sharoitda davolashda surunkali
kasalliklari bo'lmagan va chaqiruvchisi rezistent mikrob bo'lmagan
bemorlarda makrolidlar (azitromitsin) pnevmoniyaning boshlang'ich
terapiyasi uchun tanlov preparatdir (yuqori darajali isbotlanganligi,
I). Surunkali kasalliklar bo’lganda va o’tgan 3 oy davomida
antimikrob terapiya o’tkazilgan bo’lsa respirator ftorxinolonlar
(moksifloksatsin, gemifloksatsin yoki levofloksatsin 750 mg) (yuqori
darajada asoslangan, I) yoki b-laktamlar + makrolid (yuqori darajada
asoslangan, I), shuningdek amoksitsillin (kuniga 1 g.dan 3 marta
kuniga) yoki amoksiklav (kuniga 2 g.dan 2 marta kuniga);
makrolidlarning muqobili - seftriakson, sefuroksim (kuniga 500
mg.dan 2 marta kuniga); doksisiklin (o'rta darajada asoslangan, II).
Agar
ShTP
qo’zg’atuvchisi
P.
aerugenosae
bo'lsa,
antipnyevmokokk, ko’k yiring tayoqchaga qarshi b-laktamlarni
(piperatsillin + tazobaktam, sefepim, imipenem yoki meropenem)
yoki
levofloksatsin
(750
mg
dozada)
yoki
b-laktamlar,
aminoglikozidlar va azitromisinlarni birgalikda, yoki b-laktamlar,
aminoglikozidlar va respirator ftorxinolonlarni birgalikda qo’llash
kerak. ShTPni davolash sxemasiga makrolidlar nafaqat ta'sir doirasini
kengligi uchun, balki immunomodulyator va yallig'lanishga qarshi
ta'sirlari borligi tufayli kiritilgan [17,12,15].
ShTPni statsionar sharoitda davolashda respirator ftorxinolonlar
yoki b-laktamlar, sefotaksim, seftriakson va ba'zi hollarda ertapenem
– makrolid bilan birgalikda, yoki doksitsiklin bilan birgalikda
(makrolidlarga alternativ sifatida) qo’llash tavsiya etiladi.
Engil ShTPni davolashda mutaxassislar penisillinazadan
himoyalangan aminopenitsillinlarni (amoksitsillin + klavulanik
kislota, amoksitsillin + sulbaktam), uchinchi avlod sefalosporinlarni
(sefotaksim, seftriakson) yoki ertapenemni parenteral yuborishni
tavsiya etadilar. Bir qator prospektiv va retrospektiv tadqiqotlar
natijalariga
ko'ra,
dastlabki
davolash
rejimida
"atipik"
mikroorganizmlarga
qarshi
antibiotikning mavjudligi
ShTP
prognozini yaxshilaydi va bemorning kasalxonada bo'lish muddatini
qisqartiradi. Ushbu holat b-laktamlarni makrolid bilan birgalikda
ishlatilishini ham o’zini oqlaydi [9,17,19]
b-laktamlarni makrolid bilan kombinatsiyasining alternativi
ftorxinolonlar
bulishi
mumkin.
I
avlod
ftorxinolonlar
(siprofloksatsin) antipnevmokokk faolligi pastligi bilan ajralib turadi;
tekshiruvlarda S. pneumoniae sabab bo'lgan ShTPda 1-avlod
ftorxinolonlarning samarasizligi haqida ma’lumotlar berilgan.
Ftorxinolon guruhidagi preparatlardan tomir ichiga yuboriladigan
respirator ftorxinolonlarga (moksifloksatsin, levofloksatsin) asosiy
e’tiborni qaratish kerak. Ayniqsa ularni III avlod sefalosporinlar
(sefotaksim, seftriakson) bilan kombinatsiyalash antibakterial
terapiya samaradorligini yanada oshiradi.
2-4 kunlik davolanishdan so'ng, haroratni normallashsa,
intoksikatsiya va kasallikning boshqa alomatlari kamaysa antibiotikni
parenteral usuldan og'iz orqali qabul qilish usuliga o’tib, antibiotikni
davolashning to'liq kursi tugaguncha davom ettirish mumkin. Bunday
yondashuv bilan davolash muddati odatda 7 kunni tashkil qiladi.
Etiologiyasi aniqlanmagan og'ir darajali ShTPda 10 kunlik antibiotik
terapiyasi kursi tavsiya etiladi. Stafilokokk etiologyli yoki
enterobacteria yoki P. aeruginosa chaqirgan ShTPda antibakterial
terapiya uzoqroq muddatga (kamida 14 kun) o’tkazish kerak.
Infektsiya o’chog’i o’pkadan tashqari bo’lganda davolanish muddati
individual ravishda belgilanadi. Legionellyozli pnevmoniyada odatda
7-14 kunlik terapiya kursi kifoya, ammo asoratlangan bo’lsa,
o'pkadan tashqari infektsiya o'choqlari bo’lsa davolanish muddati
individual ravishda belgilanadi [17,15,21].
ShTPni statsionar sharoitda davolaganda antibakterial terapiyani
2 etapli bosqichma-bosqich tavsiya etish tartibidan foydalanish
muhim ahamiyatga ega bo`lib, davolashning boshida antibakterial
preparatni parenteral yuborib, keyin esa bemor ahvoli stabillashgach
peroral buyuriladi. 2 etapli bosqichma-bosqich tavsiya etish tartibini
qo`llashdan asosiy maqsad – antibakterial terapiya samaradorligini
saqlab qolgan holda, parenteral antibakterial terapiya va bemorning
statsionarda bo’lish davomiyligini, hamda davolash xarajatlarini
qisqartirishdir [8]. Ammo ushbu holatda enteral tavsiya etiladigan
antibakterial preparatning farmakokinetik ko’rsatkichlarini hisobga
olgan holda, ya’ni oshqozon ichak traktidan yaxshi so’riladigan,
biologik
o’zlashtiruvchanligi
yuqori
bo’lgan
antibakterial
preparatlardan tanlash kerak.
Amaliyotda parenteral buyurish usulidan enteral usulga o’rtacha
2-3 kundan so’ng o’tilgan. 2 etapli bosqichma-bosqich buyurish
tartibida quyidagi antibakterail preparatlardan foydalanish mumkin:
amoksiklav, levofloksatsin, moksifloksatsin, azitromitsin, spiramitsin
va x.k. Enteral usulda qo’llab bo’lmaydigan antibakterial
preparatlarni ta’sir doirasi yaqin bo’lgan preparatlarga almashtirib
qo’llash mumkin, masalan: sefotaksim, seftriaksonni amoksiklavga.
Og’ir ShTPni davolash uchun tavsiyalar:
1.
Aspiratsiya va P.aeruginosa bilan zararlanish xavfi
bo`lmagan bemorlarga - seftriakson, sefotaksim, amoksiklav,
augmentin, sultamisillin, unazin, sefepim, ertapenem vena ichiga +
makrolid vena ichiga yoki moksifloksasin, levofloksasin vena ichiga
+ seftriakson, sefotaksim vena ichiga;
2.
P.aeruginosa bilan zararlanish xavfi bo`lgan bemorlarga -
piperasillin + tazobaktam, sefepim, meropenem, imipenem +
silastatin vena ichiga + levofloksasin vena ichiga (500 mg.dan kuniga
2 mahal) yoki piperasillin + tazobaktam, sefepim, meropenem,
imipenem + silastatin vena ichiga + aminoglikozidlarning III avlodi
vena ichiga + makrolid vena ichiga yoki piperasillin + tazobaktam,
sefepim, meropenem, imipenem+/silastatin
vena
ichiga +
aminoglikozidlarning III avlodi vena ichiga + moksifloksasin yoki
levofloksasin vena ichiga;
3.
Aspirasiya aniqlangan yoki aspirasiya bo’lish ehtimoli katta
bo’lgan bemorlarda - amoksiklav, sultamitsillin, unazin, piperasillin
+ tazobaktam, karbapenemlar vena ichiga yoki seftriakson,
sefotaksim vena ichiga + klindamisin yoki metronidazol vena ichiga
[8,17].
Pnevmokokklarni
antibakterial
preparatlarga
rezistentligi
aniqlanganda antibakterial preparatlarni yuqori dozalarda (masalan
amoksiklavni 3-4 gr.gacha) tavsiya etish orqali bartaraf etish
mumkin. Shuningdek adabiyotlarda pnevmokokkning penisillinga
rezistent shtammlari 10 %dan ko’p tarqalgan regionlarda va xavf
faktorlari bo’lgan keksa bemorlarga yuqori dozalarda (2 gr.dan
kuniga 2 mahal yoki 90 mg/kg/sutka miqdorda kuniga 2 marta)
qo’llash to’g’risida ko’rsatmalar mavjud. Amoksiklav nafas yo’llari
kasalliklarini davolashda 40 yildan buyon qo’llanilib kelishiga
qaramay o’zining klinik axamiyatini yo’qotmagan, mikroblarning
sezgirligi saqlanib qolgan. Ushbu fikrlarimizni quyidagi jadvalda
keltirilgan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi (jadvalga qarang).
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
12
Nafas yo’llari kaslliklarining asosiy qo’zg’atuvchilariga amoksiklavning ta’siri
Qo’zg’atuvchilar
Amoksitsillin/klavula
nat
(amoksiklav)
Amoksitsillin
Sefiksim
Azitromitsin
Streptococcus pneumoniae (PRP)
++
++
0
++
Streptococcus pneumoniae (PSP)
+++
+++
++
+++
Haemophilus influenzae
+++
++
+++
++
Moraxella catarrhalis
+++
0
+++
++
Streptococcus pyogenes
+++
+++
+++
+++
Klebsiella pneumoniae
++
0
+++
0
Staphylococcus aureus (MSSA)
+++
0
0
++
Izoh: +++ — yuqori faol, ++ — o’rtacha faol, 0 — klinik ahamiyatga ega faolligi yo’q, PRP — penisillinga rezistent pnevmokokk, PSP
— penisillinga sezgir pnevmokokk, MSSA — metitsillinga sezgir Staphylococcus aureus [19].
Respirator patogenlarning rezistentligi deyarli kuzatilmagan
antibakterial preparatlarga antipnevmokokk ftorxinolonlar –
levofloksatsin, moksifloksatsin kiradi va ular ikkinchi qator (rezerv)
preparatlariga kiradi. Ularning ta’sir doirasini kengligini hisobga
olgan holda, asosan ShTP nafas yo’llarining surunkali kasalliklari
yoki og’ir yo’ldosh patologiya bilan kechganda tavsiya etiladi [1].
O’tkazilgan metanaliz natijalariga ko’ra, amoksiklavni 2000/125
mg.dan kuniga 2 mahal qabul qilgan bemorlarda o’tkazilgan
terapiyaning samaradorligi – 94,4% ekanligi aniqlangan, nazorat
guruhida esa o’tkazilgan terapiyaning samaradorligi – 82,9 %ni
tashkil etgan. Penisillinga rezistent bo`lgan Str.pneumonie chaqirgan
kasalliklarda amoksiklav 96,2 % hollarda samarali bo’lgan, ya’ni
ShTPda – 96 %, o’tkir bakterial rinosinusitlarda – 95,8 %,
O’SOKning bakterial qo’zg’alishida – 100% [5].
O’tkazilgan
ko’plab
tekshiruvlarda
«penisillinazadan
himoyalargan aminopenisillin»larning salbiy ta’sirlari kam uchragan
(8-14 % xollarda) va asosan dozaga bog’liq, o’tib ketuvchi xarakterda
bo’lgan, hamda preparatni bekor qilish talab etmagan [15].
Xulosa. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan ShTPni
davolashda antibakterial terapiya samaradorligini oshirish uchun va
mikroblarning antibakterial preparatlarga rezistent shtammlarining
rivojlanishini oldini olish maqsadida quyidagilarga amalga oshirish
kerak:
1.
ShTPni
davolashda
mikroblarning
antibakterial
preparatlarga rezistentligining regional xususiyatlaridan kelib chiqib
antibakterial terapiyani tanlash kerak.
2.
Mikroblarning antibakterial preparatlarga rezistentligining
regional xususiyatlarini aniqlash maqsadida farmakoepidemiologik
tekshiruvlar o’tkazish va olingan ma’lumotlar asosida empirik
antibakterial terapiya o’tkazish uchun ko’rsatmalar ishlab chiqish
kerak.
3.
ShTPni davolashdan oldin albatta balg’amni bakteriologik
ekmaga yuborish va mikroblarning antibakterial preparatlarga
sezgirligini aniqlash va shu asosida antibakterial terapiya o’tkazish,
shuningdek empirik antibakterial terapiya o’tkazishda ishlab
chiqilgan ko’rsatma va protokollarga qat’iy amal qilish kerak.
4.
Mikroblarning antibakterial preparatlarga rezistentligini
bartaraf etish va oldini olish uchun toksikligi kam bo`lgan, terapevtik
ta’sir diapazoni va ta’sir doirasi keng bo’lgan (β-laktamlar va
makrolidlar) antibakterial preparatlarni yuqori dozalarda yoki
kombinatsiyada qo’llash kerak.
Список литературы/ Iqtiboslar/References
1.
Бердникова Н. Г. и др. Пути оптимизации антимикробной терапии при лечении заболеваний органов дыхания //Медицинский
совет. – 2017. – №. 5.
2.
Внутренние болезни: учебник: в 2 т. / под ред. В. С. Моисеева, А. И. Мартынова, Н. А. Мухина. - 3-е изд., перераб. и доп. -
М., 2018. - Т. 1. - 960 с.
3.
Гадаев А.Г. Ички касалликлар. Т., 2019. 804 с.
4.
Дерюшкин В. Г. и др. Выбор антибиотика при внебольничной пневмонии-результаты опроса врачей и анализ реальной
амбулаторной практики //Качественная клиническая практика. – 2019. – №. 4.
5.
Дзюблик А. Я., Дзюблик Я. А. Антибиотикорезистентность при лечении бактериальных респираторных инфекций и пути ее
преодоления //Український медичний часопис. – 2014. – №. 1. – С. 47-51.
6.
Еремин С.А., Рязанцев С.В., Коноплёв О.И. Рациональный выбор антибактериального препарата для терапии лор-органов в
амбулаторной практике // МС. 2018. №20.
7.
Зайцев А. А., Макаревич А. М. Как долго лечить пациентов с внебольничной пневмонией? в фокусе—короткие курсы
антимикробной терапии //Медицинский совет. – 2017. – №. 11.
8.
Зайцев А. А., Синопальников А. И. Внебольничная пневмония у госпитализированных больных: клинические рекомендации
//Медицинский совет. – 2019. – №. 15.
9.
Зайцев А. А., Синопальников А. И. Практические рекомендации по ведению пациентов с нетяжелой внебольничной
пневмонией //РМЖ. – 2020. – Т. 28. – №. 4. – С. 19-23.
10.
Зайцев А.А. Эпидемиология и фармакотерапия инфекций нижних дыхательных путей: место "защищенных"
аминопенициллинов // МС. 2018. №15.
11.
Зырянов С. К., Бутранова О. И. Современные подходы к выбору антибиотика для терапии внебольничной пневмонии у
различных категорий пациентов //Качественная клиническая практика. – 2019. – №. 1.
12.
Клиническая фармакология: учебник / Кукес В. Г. [и др.]; под ред. В. Г. Кукеса, Д. А. Сычева. — 5-е изд., испр. и доп. — М.,
2017. — 1024 с.
13.
Крамарев С. А., Закордонец Л. В. Подходы к лечению заболеваний нижних дыхательных путей: выбор антибактериального
препарата с учетом международных рекомендаций //Актуальная инфектология. – 2018. – Т. 6. – №. 6.
14.
Маколкин, В.И. Внутренние болезни: учебник / В. И. Маколкин. С. И. Овчаренко. В. А. Сулимов. - 6-е изд., перераб. и доп. -
М., 2017. — 768 с.
15.
Михайлов И.Б. Клиническая фармакология (Учебник для студентов медицинских вузов) - 5-е изд., псрсраб. и доп. - СПб.,
2013. - 588 с.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
13
16.
Программа СКАТ (Стратегия Контроля Антимикробной Терапии) при оказании стационарной медицинской помощи:
Российские клинические рекомендации / Под ред. С. В. Яковлева, Н. И. Брико, С. В. Сидоренко, Д. Н. Проценко. – М., 2018.
– 156 с.
17.
Респираторная медицина: руководство: в 3 т. / под ред. А. Г. Чучалина. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Литтерра, 2017. —
Т. 2. — 544 с
18.
Таточенко В. К. и др. Выбор антибактериального препарата при острых респираторных инфекциях //Педиатрия. Приложение
к журналу Consilium Medicum. – 2017. – №. 3.
19.
Фесенко О. В. и др. Рациональная антибактериальная терапия респираторных инфекций в реальной практике //Доктор. Ру. –
2020. – Т. 19. – №. 5. – С. 67-73.
20.
Яковлев, С. В. Рациональная антимикробная терапия: руководство для практикующих врачей / под ред. С. В. Яковлева. - 2-е
изд., перераб. и доп. – М., 2015. - 1040 с.
21.
Aliberti S. et al. Individualizing duration of antibiotic therapy in community-acquired pneumonia //Pulmonary Pharmacology &
Therapeutics. – 2017. – Т. 45. – С. 191-201.