Oilaviy munosabatlar tizimida bola shaxsini shakllanishida tarbiya usullarining ahamiyati

CC BY f
278-284
91
61
Поделиться
Oxunjonova, E. (2022). Oilaviy munosabatlar tizimida bola shaxsini shakllanishida tarbiya usullarining ahamiyati. Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований, 1(Conference TSPU), 278–284. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/carjis/article/view/5672
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Shaxsning shaxs sifatida kamol topishida, eng avvalo, oila muhim o‘rin tutadi. Oila tarbiyasi - bu shaxsga muayyan jismoniy, aqliy, axloqiy, axloqiy fazilatlarni namoyon etishdagi amaliy pedagogik jarayon; shaxsning jamiyatda yashash uchun zarur qarorga ega bo‘lishini, oilada tarbiya orqali ideal inson shaxsi yetakchi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

278

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

OILAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA BOLA SHAXSINI

SHAKLLANISHIDA TARBIYA USULLARINING AHAMIYATI

E. T. Oxunjonova

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

AННОТАЦИЯ

Прежде всего, семья играет важную роль в становлении человека как

личности. Семейное воспитание - это практический педагогический процесс в
проявлении человеке определенных физических, умственных, нравственных,
этических качеств; представляет собой комплекс мер, направленных на то,
чтобы у человека было необходимое решение жить в обществе, и чтобы
идеальная человеческая личность в семье через воспитание была
руководителем.

ABSTRACT

The family plays an important role in the formation of a person as a person.

Family upbringing is a practical pedagogical process aimed at the formation of
certain physical, mental, moral, spiritual qualities in the individual; is a set of
measures taken to ensure that a person has the qualities necessary for life in society,
and some ways to form a perfect human personality in the family through education
are highlighted.


Oilaviy turmush inson xayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.

Xuddi shu boisdan jamiyatning qonun qoidalarga nisbatan munosabat ham oiladagi
shaxslararo

turli

tuman

muammolarda,

muloqotda,

fikr

almashinuvida,

munozaralarda, o’z ifodasini topadi, binobarin yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash oilaning naqadar mustahkam bo’lishiga, ota-ona munosabatlarida
oliyjanob xarakter hislarini, bolada yuksak ma’naviy hislarni shakllantirishga
bog’liqdir. Yosh avlodni oilada komil inson qilib tarbiyalashdek yuksak va
mas’uliyatli vazifa ota-onaga, oiladagi kattalarga yuklatilgandir.

Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida

e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o’chog’i bo’lgani uchun ham
uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli
sezilarlidir. Respublikamizda «Oila» yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

279

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

markazi o’z faoliyatini boshlashi, jamiyatda yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli
va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo’ldi.

Oilaviy tizimda «Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u

shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu
nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi
tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir
inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat
normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u
tarbiyalangan bo’ladi. O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash
jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni inson tabiati
shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul
sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur
va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. (Avstriyalik olim Z.Freyd
nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z
shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi
shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin
shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana
o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta ro’l
o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi.
Bu jarayon psixologiyada refleksiya

deb ataladi. Uning mohiyati

-

aynan o’ziga

o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish,
jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z
yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz, lekin gap bilan bo’lib,
uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning
betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, xayoli boshqa yerda turganligini bilib
qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo’lib qolganingizni
sezasiz. Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l
qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz. Ana shu
ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni suhbatdosh o’rniga turib, o’zingizga
tashlangan nazar («men unga qanday ko’rinyapman?») – refleksiyadir.

Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – tarbiyalash eng muhim ahamiyatga ega

bo’lgan funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, tarbiyasiga oilada
asos solinadi. Mustaqillika erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning
tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz bu borada
katta ahamiyatga ega. Bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

280

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

urug’, mahallaning ham ta’siri bor. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish
oilaning asosiy vazifasidir. Oiladagi tarbiya turlari:

Giperprotektsiya - ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va

ehtiyojlarini ko'r-ko'rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har
qanday qiyinchiliklar va to'siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini joyida
bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka
qaratilgan harakatlar. Bolasi uchun "jonini jabborga beruvchilar" odatda o'zlari
bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola
kelajakda dangasa, ko'pchilikning ichida o'zini tuta olmaydigan, hayotning past-
balandliklarida o'zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo'lib qoladi. Ayniqsa, bola
o'smirlik yoshiga yetganda, erka, tantiq bo'lgani uchun do'stlari va tengqurlari
davrasida ham hamma aytganlari bo'lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini
namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar
bo'lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyoti timsolida ilgari o'z
hayot tajribasida erisholmagan armonlarini ro'yobga chiqargisi keladi, ularning
tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan bo'ladi, lekin bola ko'p jihatdan nochor
ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta
boshlaydi.

G'amho'rlikdan ustun keladigan giperprotektsiya - bunda erkalatishdan ko'ra

ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xatti-harakatini nazoratga
olish orqali unga e'tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida
turli xil ta'qiqlar, chegaralashlar ("u mumkin emas", "bu mumkin emas" qabilida)
bisyor bo'ladi. Bunday sharoitda katta bo'lgan bola odatda mustaqil fikrli, mustaqil
qarorlar chiqaruvchi bo'lolmaydi, lekin salga jahli chiqadigan, ko'p narsalardan
norozi holda katta bo'ladi, chunki u doimiy nazoratga, birovlarning hamma yo'l-
yo'riqlarni ko'rsatib, aytib berishlariga o'rganib qoladi: onasisiz dars tayyorlay
olmaydigan, otasisiz ko'chaga chiqmaydigan bo'ladi, barcha ishlarida kattalarning
aralashuviga ko'nikib ketadi.

O'ta kuchli axloqiy mas'uliyat - bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan

talablar darajasi yuqori bo'ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik
e'tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta qilishni o'ylab, uning yurish-
turishi uchun o’zlarini mas'ul deb his silgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni
yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba'zan nazorat ostida bolaning yoshi,
aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, to'shiriqlar ham berilaveradi.
Masalan, "sen to'ng'ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak", degan ma'noda


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

281

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

unga oiladagi kichik a'zolarga yoki kasallikka chalingan oila a'zosini parvarish qilish
kabi mas'uliyatli va og'ir ishlar ham yuklanadi.

Emotsional raddiya - bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-

ona hayotida u o'ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo'lmaganida ota-
onaning hayoti boshqacha bo'lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu
farzand oilada yagona bo'lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson bo'lsa, vaziyat
yanada og'irlashadi, "sen bo'lmaganingda..." yoki qíz bolaga qarab: "Sening o'rningda
og'il bo'lganda edi..." qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.

Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini

yashirishga urinadi, "nega bolani yoqtirmaysan?" kabi savollarga aslida uni sevishi
kerakligini ta'kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini
his qilib yashaydi va tezroq mustaqil bo'lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida
yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o'z mehribonligini sun'iy ravishda
namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his
etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning
bunday munosabati bolaga juda og'ir botadi.

Qattiqqo'llik - bir qarashda emotsional rad etishga o'xshaydi, lekin undan

ochiqroq va og'irroqdir. Qattiqqo'llik to'g'ridan-to'g'ri bolani yoshligidan kaltaklash,
haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to'la befarqlik, uning bor-
yo'qligini go'yoki sezmaslik kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Ikkala holatda ham
bola yoshligidan nima qilib bo'lsa-da, tezroq katta bo'lish, o'zi amallab tirikchiligini
qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o'ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu
xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo'rqqanidan ota-ona hukmiga
itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar,
bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo
kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham
kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o'rganib boradi. Z.Freyd nazariyasiga ko'ra,
ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo'lib borib, o'zida alamni
qaysidir bir ob’yektdan (o'zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga
qasd qiladigan, qasoskor bo'lib o'sadi. Jismoniy jihatdan bolaga zug'um qilib, uni
kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir.

Tarbiyaning asosi oila muhitidir. Bola uyda nimani ko`rsa, shunga taqlid qilib

o`sadi. Oilada ota olijanob keng fe`l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq
bo`lishi, ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg`amaydigan va muloyim
bo`lmog`i lozim. Farzandlarimizni sog`lom e`tiqodli, jismonan baquvvat qilib
tarbiyalash ham ota-ona zimmasiga yuklangan. Oilaning har bir a`zosi millatning


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

282

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

davomiyligini

saqlovchi

milliy

va

umuminsoniy

qadriyatlarning

rivojini

ta`minlovchi, ma`naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi
muqaddas makon ma`naviyat maskanidir.

Shunday qilib, insonning shaxs bo`lib shakllanishida, hayotda o`z o`rnini

topish, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo`lishida oila asosiy poydevor
hisoblanadi. Oila hayotning abadiyligini davomiyligini ta`minlaydigan, muqaddas
urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllarni qanday inson bo`lib
etishishiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`idir.

REFERENCES

1. A'zamxo’jaеva E.A. “Muomala maromining yosh xususiyatlari va dinamikasi”. T.:
2002.
2. Aliqulov X. Sharq mutafakkirlari axloqi haqida. T.: 1979.
3. Asqarov I.Sh., Mamtqulova R., Norqulov H.D. “Shaxs va oila tarbiyasining
pedagogikasi”. - Toshkent. 2009.

4.

Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity

for physical development of children with autism spectrum disorders.
5.

Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes,

structure, psychological particularities.
6.

Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of

confounding factors in the preparation of powerlifters.
7.

Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of

being.
8.

Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G.

Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.
9.

Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to

rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and individual sport
disciplines.

SCOPUS00403601-2017-8-SID85039420339

.

10.

Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O. (2015).

Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

SCOPUS-

2015-7-1-SID84922724007

.

11.

Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova, G. (2021). Health-Saving

Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations.

Biomedical Journal

of Scientific & Technical Research

,

38

(4), 30634-30636.

12.

Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные

основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. In

Инклюзивное


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

283

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов:
от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные
практики и модели

(pp. 96-103).

13.

Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной

мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как
эффективный путь становления личности. In

Современная реальность в

социально-психологическом контексте-2020

(pp. 71-74).

14.

Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности

формирования идеологического иммунитета у молодѐжи.

Наука и образование

сегодня

, (4 (27)), 58-59.

15.

Камилова, Н. Г., & Парпиева, Ш. А. (2018). Деформации ценностно-

смысловой системы как фактор дезадаптации личности подростка.
In

Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного

потенциала личности и современного общества

(pp. 196-201).

16.

Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности

конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи. In

Личность в

современном мире

(pp. 109-113).

17.

Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in the Psyche of Adolescent Girls

Gymnasts.

International

Journal

of

Multicultural

and

Multireligious

Understanding

,

9

(1), 610-615.

18.

Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and

Scholars on Management.

International Journal of Social Science Research and

Review

,

5

(1), 184-189.

19.

Хайитов, О. Э. (2020). Моделирование психологической компетентности

руководителя: концептуальный эмпирический анализ.

Academic research in

educational sciences

, (3), 526-540.

20.

Ҳайитов,

О.

Э.

(2020).

Раҳбарда

психологик

компетентликни

ривожлантиришнинг комплекс модели.

Academic Research in Educational

Sciences

,

1

(2), 120-136.

21.

ҲАЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шакллантиришга

замонавий ѐндашув (назарий жиҳат).

Фан-Cпортга

, (1), 59-64.

22.

Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального

статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов.

Вопросы педагогики

,

(11-1), 261-264.

23.

Каримова, В. М., & Ҳайитов ОЭ, О. Г. Иқтисодий психология ва психологик

иқтисод тўғрисида.

Иқтисодиѐт ва таълим

,

2007

(4), 145-150.


background image

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

«Психологические особенности развития современной

личности в годы устойчивого социально-

экономического развития общества»

“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий

ривожланиш йилларида замонавий шахс

ривожланишининг психологик хусусиятлари”

Материалы международной конференции.

Ташкент. 24 ноября 2021г

284

Халқаро анжуман тўплами.

Тошкент 24 ноябрь 2021й.

24.

Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing in Uzbekistan:

problems and prospects.

Economics

, (5), 43.

25.

HAYITOV,

O.

E.

(2021).

CHARACTERISTIC

OF

STRUCTURAL

COMPONENTS

OF

PSYCHOLOGICAL

COMPETENCY

OF

A

LEADER.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

1

(1),

119-131.

26.

Ҳайитов, О. Э. (2021). РАҲБАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ

ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН
ИЖТИМОИЙ ЙЎНАЛГАНЛИК САРИ.

Academic research in educational

sciences

,

2

(6), 1212-1226.

27.

Эшбоевич, Ҳ. О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ЎРТА БЎҒИН

РАҲБАРИ

ПСИХОЛОГИК

КОМПЕТЕНТЛИГИНИ

ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ

КОМПЛЕКС

МОДЕЛИ.

Современное

образование (Узбекистан)

, (9 (94)), 38-47.

28.

Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical

technologies in lessons.

Молодой ученый

, (5), 169-171.

29.

Халикова, Ш. Т.

(2021).

РОЛЬ

ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ

ОСОБЕННОСТЕЙ

ЧЕЛОВЕКА

В

ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ

СИТУАЦИЯХ.

Проблемы науки

,

9

(68), 62-64.

30.

Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ

ЛИЧНОСТИ

НА

ФОРМИРОВАНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

ТОЛЕРАНТНОСТИ.

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA

UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR”

, 503-

505.

Библиографические ссылки

A'zamxo’jaeva E.A. “Muomala maromining yosh xususiyatlari va dinamikasi”. T.: 2002.

Aliqulov X. Sharq mutafakkirlari axloqi haqida. T.: 1979.

Asqarov I.Sh., Mamtqulova R., Norqulov H.D. “Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi”. - Toshkent. 2009.

Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity for physical development of children with autism spectrum disorders.

Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes, structure, psychological particularities.

Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of confounding factors in the preparation of powerlifters.

Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of being.

Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G.

Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and individual sport disciplines. SCOPUS00403601-2017-8-SID85039420339.

Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O. (2015). Individual psychological singularities of persons with disabling diseases. SCOPUS-2015— 7-1-SID84922 72400 7.

Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova, G. (2021). Health-Saving

Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations. Biomedical Journal of Scientific & Technical Research, 38(4), 30634-30636.

Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. In Инклюзивное образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели (pp. 96-103).

Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной

мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как эффективный путь становления личности. In Современная реальность в социально-психологическом контексте-2020 (pp. 71-74).

Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности формирования идеологического иммунитета у молодёжи. Наука и образование сегодня, (4 (27)), 58-59.

Камилова, Н. Г., & Парпиева, Ш. А. (2018). Деформации ценностно-

смысловой системы как фактор дезадаптации личности подростка. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 196-201).

Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи. In Личность в современном мире (pp. 109-113).

Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in the Psyche of Adolescent Girls Gymnasts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9 (1), 610-615.

Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and Scholars on Management. International Journal of Social Science Research and Review, 5(1), 184-189.

Хайитов, О. Э. (2020). Моделирование психологической компетентности руководителя: концептуальный эмпирический анализ. Academic research in educational sciences, (3), 526-540.

Хайитов, О. Э. (2020). Рахбарда психологик компетентликни ривожлантиришнинг комплекс модели. Academic Research in Educational Sciences, 1 (2), 120-136.

ХАЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шакллантиришга замонавий ёндашув (назарий жихат). Фан-Спортга, (1), 59-64.

Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов. Вопросы педагогики, (11-1), 261-264.

Каримова, В. М., & Хайитов ОЭ, О. Г. Иктисодий психология ва психологик иктисод тугрисида. Иктисодиёт ва таълим, 2007(4), 145-150.

Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing in Uzbekistan: problems and prospects. Economics, (5), 43.

HAYITOV, O. E. (2021). CHARACTERISTIC OF STRUCTURAL COMPONENTS OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCY OF A LEADER. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1 (1), 119-131.

Хайитов, О. Э. (2021). РАХБАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН ИЖТИМОИЙ ЙУНАЛГАНЛИК САРИ. Academic research in educational sciences, 2(6), 1212-1226.

Эшбоевич, Х. О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ УРТА БУFИН РАХБАРИ ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИ

ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ КОМПЛЕКС МОДЕЛИ. Современное

образование (Узбекистан), (9 (94)), 38-47.

Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical technologies in lessons. Молодой ученый, (5), 169-171.

Халикова, Ш. Т. (2021). РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ

ОСОБЕННОСТЕЙ ЧЕЛОВЕКА В ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ

СИТУАЦИЯХ. Проблемы науки, 9(68), 62-64.

Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ

ЛИЧНОСТИ НА ФОРМИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

ТОЛЕРАНТНОСТИ. “ZAMONAVIY TA"LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGANKREATIV G'OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR”, 503505.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов