Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan ko‘rsatkichlar (Jizzax viloyati misolida)

CC BY f
206-209
3
1
Поделиться
Болтаева, М., & Суюнов, А. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan ko‘rsatkichlar (Jizzax viloyati misolida) . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 206–209. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25041
Мохичехра Болтаева, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

доктор философии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning natijasida Jizzax viloyatida erishilgan ko‘rsatkichlar yoritib berilgan.

Похожие статьи


background image

206

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH BO‘YICHA AMALGA

OSHIRILGAN ISHLAR VA ERISHILGAN KO‘RSATKICHLAR

(JIZZAX VILOYATI MISOLIDA)

(PhD), Boltayeva Moxichehra Jamshid qizi

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Suyunov Abbos Ilyos o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘zgarishlar va yaratilgan
imkoniyatlar hamda ularning natijasida Jizzax viloyatida erishilgan ko‘rsatkichlar
yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar

: Xorijiy investitsiya, iqtisodiy zona, hamkorlik, investor, korxona,

biznes, tadbirkor.


Mutaxassislar qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar va yaratilgan shart-sharoitlar

mamlakatdagi investitsiya muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlashmoqda.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari
2017−2022 yillarda O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va

iqtisodiyotga yanada ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida bir qancha
ishlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatda investorlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish maqsadida yangi “Soliq kodeksi”, “Investitsiya va investitsion faoliyat
to‘g‘risida”gi qonun, “Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Investorlar uchun
qulay sharoit yaratish maqsadida Xalqaro Toshkent arbitraj markazi tashkil etildi
hamda “investitsion viza”, “investitsiya krediti” va “investitsiya subsidiyasi” kabi
yangi mexanizmlar joriy qilindi.

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalar soni 2017-yil boshida 3

tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib, 22 taga yetdi. Shundan 12 tasi sanoat, 6 tasi
farmatsevtika, 2 tasi turizm, 2 tasi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar mamlakatdagi

investitsiya muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, O‘zbekiston 2019-yilda
birinchi marta Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning “To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”ga kiritildi va ushbu
indeksga ko‘ra, 2020-yilda jahonda 43-o‘rinni, Osiyo mintaqasida 7-o‘rinni qayd etdi.

2017−2022 yillarda O‘zbekiston xalqaro Iqtisodiy erkinlik indeksi umumiy

reytingida o‘z o‘rnini 31 pog‘onaga yaxshilab, 148-o‘rindan 117-o‘ringa ko‘tarildi.
Mamlakatga kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017-yilda
2,2 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil yakunida bu ko‘rsatkich 1,5 barobar
ortib, 3,3 mlrd. dollarga yetdi.

2022-yilning noyabr oyida Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi

o‘tkazilib, prezident keyingi 5 yilda sarmoyalar hajmini 120 mlrd. dollarga yetkazish,
kamida 70 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zlanganini ta’kidlagandi.


background image

207

Bundan tashqari, Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan
Investorlarning huquqini himoya qilish qo‘mitasini tashkil etish taklifi bildirildi.
Shuningdek, davlat rahbari, IT, bank-moliya, energetika, konchilik kabi sohalar
rivojiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish xususida ham qayd etdi.

Xorijiy investorlar bilan ishlashni tashkil etishning quyidagi tartibi belgilangan:

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo‘llab-

quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi;

ishchi guruh Xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritib, chet ellik

sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi;

investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma

va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili
asosida ko‘rsatadi va boshqalar.

2017−2021 yillarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7

baravarga oshib, 2022-yil boshida 13,2 mingtaga yetgandi. Investitsiya kiritayotgan 50
dan ortiq mamlakatdan Turkiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Qozog‘iston
yetakchilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ulushi asosan
iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Quyida 2017-yildan joriy yilning iyun oyiga qadar bo‘lgan davr mobaynida Jizzax

viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdorini tahlil qilamiz:


Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Jizzax viloyatiga kiritilayotgan investitsiyalar

yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa Jizzax shahri, G‘allaorol va Forish tumanlarida
sezilarli ko‘rsatkichlar qayd etilgan. 2022-yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

yanvar-

iyun*

Jizzax viloyati

1788,2

3606,3

7900,9

12545,4

9233,6

10373,9

6309,3

shahar:

Jizzax

856,1

1256,6

2638,4

2557,3

1 982,0

2 358,6

1 109,0

tumanlar:

Arnasoy

75,6

246,2

530,0

535,3

130,1

179,4

89,2

Baxmal

73,0

126,6

147,7

197,9

581,7

472,8

255,8

G‘allaorol

91,6

147,4

383,9

270,1

501,9

909,5

1 245,3

Sharof Rashidov

146,7

354,0

530,5

405,8

974,7

652,1

446,8

Do‘stlik

61,8

145,6

164,4

115,3

159,4

114,3

43,8

Zomin

117,1

438,0

714,6

1072,2

999,9

554,1

312,7

Zarbdor

74,4

149,8

240,9

189,6

223,7

181,7

58,3

Zafarobod

38,5

216,3

966,2

1296,4

341,2

184,5

89,3

Mirzacho‘l

44,2

170,1

227,7

316,5

209,5

270,7

281,1

Paxtakor

73,7

112,8

421,5

344,2

153,7

462,0

79,4

Forish

97,1

141,8

846,0

5168,7

2 877,7

3 941,6

2 269,0

Yangiobod

38,4

101,1

89,1

76,1

98,1

92,6

29,6


background image

208

2249,9 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 50,5 %
i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos
davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,4 % ni tashkil qilgan. Xorijiy investitsiya va
kreditlar tarkibida 617,8 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 61,0 % ulushini tashkil
etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,8 % qayd etildi. 2022-yilning yanvar-
dekabr oylarida Jizzax viloyatida bo‘yicha jami 1493,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga
xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar 1421,3 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan 95,2 % ni tashkil etdi. Qolgan
71,8 mlrd. so‘m yoki 4,8 % i boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Jizzax viloyatida xorijiy investorlarni jalb qilish

bo‘yicha chora-tadbirlar va dasturlar izchil amalga oshirilmoqda. O‘tgan yil
mobaynida Jizzax viloyatida xorijiy investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar 95,2 % ni tashkil etganligi ham bunga yaqqol misoldir. Xususiy
investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab
etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladigan to‘siqlarni aniqlash va yengib o‘tish bo‘yicha astoydil ish olib borish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Boltayeva Moxichexra Jamshid qizi, & Suyunov Abbos Ilyos o‘g‘li. (2022).

RAQAMLI IQTISODIYOT: VUJUDGA KELISHI, SAMARADORLIGI, IJOBIY
VA SALBIY JIHATLARI.

International Journal of Contemporary Scientific and

Technical

Research

,

1

(1),

75–79.

Retrieved

from

https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/20

2.

Суюнов, А. (2023). Jizzax viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan

ishlab

chiqarilgan

mahsulotlar

hajmi

tahlili.

Современные

тенденции

инновационного развития науки и образования в глобальном мире

,

1

(1), 255–262.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp255-262

3.

Mohichexra Boltayeva, & Abbos Suyunov. (2022). MAMLAKAT

IQTISODIYOTIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY
AHAMIYATI.

QO‘QON

UNIVERSITETI

XABARNOMASI

,

5

(5),

44–46.

https://doi.org/10.54613/ku.v5i5.214

4.

Sindorov Lutfulla, Suyunov Abbos, & Suyundukov A’zimjon. (2022).

ANALYSIS OF THE CONCEPT, ESSENCE AND SCIENTIFIC TRENDS OF THE
DIGITAL ECONOMY.

Journal of Academic Research and Trends in Educational

Sciences

,

1

(12),

384–388.

Retrieved

from

http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/425

5.

Sindorov Lutfulla, Suyunov Abbos, & Suyundukov A’zimjon. (2022). THE

DEVELOPMENT TENDENCIES OF LABOR RELATIONS IN SMALL BUSINESS
AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP.

Journal of Academic Research and Trends

in

Educational

Sciences

,

1

(12),

378–383.

Retrieved

from

http://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/424

6.

Суюнов, А., & Болтаева, М. (2023). O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi

davrda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi tajribalari.

Новый Узбекистан: успешный

международный опыт внедрения международных стандартов финансовой


background image

209

отчетности

,

1

(5), 426–430.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp426-

430

7.

https://jizzaxstat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments

8.

https://miit.uz/oz/menu/mery-po-privlecheniju-inostrannyh-investitsij-i-

uluchsheniju-investitsionnoj-privlekatelnosti-uzbekistana

9.

https://www.spot.uz/oz/2023/02/23/foreign-investment/


DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARIDA KUZATUV KENGASHI

A’ZOLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNI

ELEKTRONLASHTIRISH MASALALARI

i.f.d. (DSc) Tashmatov Rustam Xusanovich

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi

rustam9837@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada davlat ishtirokidagi korxonalarida direktorlar

kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy
usullari va uslublari keltirilgan, ushbu baholashlarning umumiy qoidalari va natijalari
umumlashtirilgan, shuningdek, ushbu amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llash
imkoniyatlari bo‘yicha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi), korporativ boshqaruv

kodeksi, so‘rovnoma, intervyu, faoliyat samaradorligini baholash.


Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) samaradorligini baholash bo‘yicha

xorijiy amaliyot va tajribani o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, baholashni
o‘tkazishning eng samarali usuli “sertifikatlangan direktorlarning tashabbusi” – Buyuk
Britaniyada joriy etilgan qat’iy yozma va og‘zaki bilimlarni tekshirish tartibi
hisoblanadi. Ushbu tartib Yaponiya korporasiyalarida ham keng qo‘llaniladi. Xorijiy
kompaniyalar direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini baholash uchun turli
usul va vositalardan foydalanadilar. Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolari
va top-menejerlarning direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatining sifatini
tahlil qilish uchun bir qator kompaniyalar yillik so‘rovnomalarni ishlab chiqqan.
Boshqa kompaniyalarda ushbu ma’lumotlar yillik yig‘ilishlarda direktorlar kengashi
(kuzatuv kengashi) faoliyati va uning o‘tgan yildagi samaradorligini muhokama qilish
orqali to‘planadi.

Chet elda direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini baholashning yana

bir keng tarqalgan usuli – bu odatda haq to‘lash qo‘mitasi raisi tomonidan ochiq
savollar orqali o‘tkaziladigan individual suhbatdir. Yozma so‘rovnomalar
ma’lumotlarning to‘liqligi va sifati jihatidan ko‘proq mazmunli hisoblanadi.

Kompaniyalarda direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi)ning samaradorligini

baholash bo‘yicha metodologiya sohasida Rossiya MDHning yetakchi
mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) faoliyatini
baholash muhimligini anglagan holda, Rossiya kompaniyalari baholash usullarini
ishlab chiqmoqdalar va ularni takomillashtirmoqdalar.

Библиографические ссылки

Boltayeva Moxichexra Jamshid qizi, & Suyunov Abbos Ilyos o‘g‘li. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOT: VUJUDGA KELISHI, SAMARADORLIGI, IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 1(1), 75 79. Retrieved from https://journal.jbnuu.uz/index.php/ijcstr/article/view/20

Суюнов, А. (2023). Jizzax viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi tahlili. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 255–262. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp255-262

Mohichexra Boltayeva, & Abbos Suyunov. (2022). MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY IQTISODIY AHAMIYATI. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 5(5), 44–46. https://doi.org/10.54613/ku.v5i5.214

Sindorov Lutfulla, Suyunov Abbos, & Suyundukov A’zimjon. (2022). ANALYSIS OF THE CONCEPT, ESSENCE AND SCIENTIFIC TRENDS OF THE DIGITAL ECONOMY. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(12), 384–388. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/425

Sindorov Lutfulla, Suyunov Abbos, & Suyundukov A’zimjon. (2022). THE DEVELOPMENT TENDENCIES OF LABOR RELATIONS IN SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(12), 378–383. Retrieved from http://www.ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/424

Суюнов, А., & Болтаева, М. (2023). O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi davrda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi tajribalari.Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 426–430. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp426-430

https://jizzaxstat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments

https://miit.uz/oz/menu/mery-po-privlecheniju-inostrannyh-investitsij-i-uluchsheniju-investitsionnoj-privlekatelnosti-uzbekistana

https://www.spot.uz/oz/2023/02/23/foreign-investment/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов