Rahbar kadrlarini boshqaruv komretensiyasini rivojlantirishda treninglarni tashkil etish

  • Институт переподготовки и повышения квалификации руководителей и специалистов дошкольных образовательных организаций
CC BY f
311-313
1
0
Поделиться
Ганиева, А. (2023). Rahbar kadrlarini boshqaruv komretensiyasini rivojlantirishda treninglarni tashkil etish . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 311–313. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25170
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari mazmuni, tarkibi, rahbarga qo‘yiladigan kasbiy kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar tarkibi keltirilgan, shuningdek maqolada malaka oshirish jarayonida treninglarni tashkil etish va amaliy ta’lim jarayonini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari yoritilgan.

Похожие статьи


background image

311

5.

Сериков В.В. Развитие личности в образовательном процессе / В. В.

Сериков. — Москва: Логос, 2012. — 447 с.

6.

Скляренко А.Н. Технология формирования компетенций // методические

рекомендации для преподавателя. − Москва, 2011. – 106 с.

7. Митрофанов К.Г. Проблема подготовки педагогических кадров к

инновационно-экспериментальной деятельности. М.: Прометей, 2009.-102с.

RAHBAR KADRLARINI BOSHQARUV KOMRETENSIYASINI

RIVOJLANTIRISHDA TRENINGLARNI TASHKIL ETISH

Ganieva Aziza Zayniddin qizi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta

tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Annotatsiya:

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining

boshqaruv kompetensiyalari mazmuni, tarkibi, rahbarga qo‘yiladigan kasbiy
kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar tarkibi keltirilgan, shuningdek maqolada malaka
oshirish jarayonida treninglarni tashkil etish va amaliy ta’lim jarayonini
takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, pedagogika, texnologiya, sifat, boshqaruv, kompetensiya,

innovatsiya.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar, avvalambor, o‘quv-bilish faoliyatida

tinglovchilarning mustaqil yo‘nalishini, bilim va boshqa qadriyatlarni ta’minlaydi.
Ular rahbarga o‘z-o‘zini rivojlantirish, hamkasblar tomonidan tan olinishga intilish;
o‘zini o‘zi qadrlashga asoslangan kompetensiyali rahbar maqomi; ichki potensialni
ochib berish va boshqalar sifatida o‘zini anglashga erishishga imkon beradi.

Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va shakllarining(rasmiy va norasmiy) o‘ziga

xos xususiyati ularning bir-biriga nisbatan o‘zaro bir-birini to‘ldirishidir, shuning
ushun ularni qo‘llashning eng katta samaradorligi o‘zaro ta’sirda erishiladi. Shunga
muvofiq,

biz

maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining boshqaruv

kompetensiyasini

rivojlantirishda,

tinglovchilar

faoliyatini

faollashtiradigan

texnologiyalardan ya’ni treninglardan foydalanishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.

Trening va biznes trening ingliz tilidan tarjima qilinganda, trening tushunshasi

"tarbiya berish yoki o‘qitish" degan ma’noni anglatadi. Asosan, bu faol shaklda
o‘qitish usuli bo‘lib, u nafaqat ma’lum bilimlarni rivojlantirish va muayyan
ko‘nikmalarni egallashga, balki ularni mustahkamlash va keyinchalik qo‘llashga
qaratilgan.

Treninglar deyarli barcha faoliyat yo‘nalishlarida olib boriladi, lekin

boshqaruvga oid kompetensiyalarni rivojlantirishda treninglar o‘qitishning eng
samarali turlaridan biri sifatida ayniqsa mashhurdir. Bunday mashhurlikning
sabablaridan biri texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u nafaqat ma’lumot


background image

312

olish, balki uni mustahkamlash, olingan bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rganish
imkonini beradi.

Trening – bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan hissiyotlarga boy bo‘lgan

mashg‘ulotdir. Trening o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy
ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy
tadbir hisoblanadi. Trening shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin
bo‘lgan muammolarni hal qilish ushun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil
qilish maqsadida turli xil mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulot hisoblanadi.
Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali
ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy
darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy
ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor
ko‘nikmalari rivojlanib boradi.

Auditoriya mashg‘ulotlarida bilish jarayonlarini faollashtirish uchun bir qancha

metodlardan foydalanamiz. Ushbu metodlardan biri an’anaviy va muammoga
asoslangan ta’lim elementlarining kombinatsiyasidir. Buning mohiyati ma’ruza
darsiga bevosita ma’ruza vaqtida tinglovchilar tomonidan bajariladigan vazifalar va
savollarni kiritishdan iborat. Vazifalar har qanday bosqichda ma’ruzaga kiritilishi
mumkin, ammo ayni paytda tajribamiz ko‘rsatganidek, darsning ikkinchi yarmi
afzalroq. Ular bevosita ma’ruza kursi materialiga - o‘tgan, joriy, keyingi-ga ta’sir qiladi
va har bir tinglovchi tomonidan alohida yoki bir-birining yonida o‘tirgan
tinglovchilardan tuzilgan mikroguruh orqali bajarilishi mumkin. Bajarilgan
topshiriqlar professor-o‘qituvchi tomonidan to‘planadi, tekshiriladi, baholanadi va
tinglovchilar e’tiboriga yetkaziladi, keyinshalik test, imtihon va yakuniy bilimlarni
nazorat qilishning boshqa shakllarida hisobga olinadi.

Boshqaruvga oid strategiyalarni tushunish tinglovchining idrok qilish

bosqichida sodir bo‘ladigan taassurotlarni birlamchi qayta ishlashdan, bilimlardan
yangi vaziyatda foydalana olishgasha bo‘lgan jarayondir. Tushunish asosan amaliy
mashg‘ulotlarda yuzaga keladi va ijodiy amaliy ishlarni bajarishda davom etadi.

Amaliy mashg‘ulotlarda tushunishni faollashtirish uchun bilim olishning har

uchala darajasi ushun mahsuldor xarakterdagi vazifalar tizimi keng qo‘llaniladi.

Amaliy darslarda asosiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni boshqaruvga

oid bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ta’limni rivojlantirishning o‘zaro
bog‘liq pedagogik usullari: muammoli vaziyatlarni hal qilish, munozaralar,
ishbilarmonlik o‘yinlari, ekskursiyalar, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va
boshqalarni o‘z ishiga oladi. Rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarning bir qismi bo‘lmish
o‘yinli mashg‘ulotlar ta’lim jarayonida iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladigan real
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni taqlil qilishga imkon beradi.

Tajribamiz shuni ko‘rsatdiki, tinglovchilar boshqaruvga oid bilimlarni

ma’ruzalarga qaraganda amaliy mashg‘ulotlarda umumlashtirish uchun kengroq
imkoniyatlarga ega. Shuning ushun auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatda
treninglarni o‘tkazish yaxshi samara beradi degan fikrga keldik.

Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda treninglarni tashkil etishda g‘oyalar,

qarashlar, tushunchalar tahlili tinglovchilarning muhokama qilinayotgan masalaga
yanada chuqurroq kirib borishiga yordam beradi. Bu umumlashtirish jarayonini


background image

313

faollashtirishga qaratilgan, shuningdek, boshqaruvga oid bilimlarni chuqurroq
tushunishga yordam beradi.

Treninglarda jamoaviy ish jarayonida savollarni to‘g‘ri shakllantirish, mantiqiy

xulosalar chiqarish, boshqaruvga oid muammolarni hal qilishning eng ma’qul yo‘lini
tanlash, o‘rganilayotgan hodisaning istiqbolini baholash va bashorat qilishni
o‘rganadilar. Shu bilan birga, ijodiy vazifalar ustida ishlash nafaqat birgalikdagi
faoliyatni, balki alohida muammolar va vaziyatlarni hal qilish uchun tinglovchilarning
mustaqil ishlarini ham o‘z ishiga oladi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda
shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki,
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining boshqaruv kompetensiyasini

umumiy

darajasini oshirishga yo‘naltiriladi.

Trening mobaynida tinglovchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan

birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari, kommunikativ ko‘nikmalar
rivojlanib boradi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining boshqaruv kompetensiyasini

rivojlantirishga qaratilgan treninglarni o‘tkazishda quyidagi maqsadlar qo‘yiladi:

1.

Rahbarni kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirish.

2.

Boshqaruvga oid bilimlarni rivojlantirish.

3.

Boshqaruvda muloqot qoidalarini o‘rgatish.

4.

Jamoada ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish.

5.

Boshqaruv qoidalarini o‘rgatish.

6.

O‘z imkoniyatlarini taqdim eta olish.

7.

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Иванова, Е. В. Империя бизнеса. Бизнес-тренинг для начинающих / Е.В.

Иванова. - М.: Высшая Школа Экономики (Государственный Университет),
2017. - 268 с.

2. Кипнис, М Энциклопедия игр и упражнений для любого тренинга / М.

Кипнис. - М.: AST, 2020. - 832 с.

3. Кларин, М.В. Корпоративный тренинг, наставничество, коучинг: учебное

пособие / М. В. Кларин. — М.: Юрайт, 2018. - 288 с.

4. Консультирование и коучинг персонала в организации: учебник и

практикум / под ред.: Н.В. Антоновой, Н.Л. Ивановой. - М: Юрайт, 2015. - 372 с.

5. Уиллс, М. Корпоративный тренинг. Пошаговое практическое

руководство для специалистов по обучению и развитию, тренеров и
консультантов / Майк Уиллс. - М.: Гиппо, 2019. - 368 с.





Библиографические ссылки

Иванова, Е. В. Империя бизнеса. Бизнес-тренинг для начинающих / Е.В. Иванова. - М.: Высшая Школа Экономики (Государственный Университет), 2017.-268 с.

Кипнис, М Энциклопедия игр и упражнений для любого тренинга / М. Кипнис. - М.: AST, 2020. - 832 с.

Кларин, М.В. Корпоративный тренинг, наставничество, коучинг: учебное пособие / М. В. Кларин. — М.: Юрайт, 2018. - 288 с.

Консультирование и коучинг персонала в организации: учебник и практикум / под рсд.: Н.В. Антоновой, Н.Л. Ивановой. - М: Юрайт, 2015. - 372 с.

Уиллс, М. Корпоративный тренинг. Пошаговое практическое руководство для специалистов по обучению и развитию, тренеров и консультантов / Майк Уиллс. - М.: Гиппо, 2019. - 368 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов