Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirishda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari

CC BY f
408-413
21
1
Поделиться
Хакимов, О. (2023). Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirishda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 408–413. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25366
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqotga kirishish, ularni ham sog‘lom insonlar qatorida imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijtimoiy ish va sotsiologiya mutaxasislariga zaruriy va ilmiy tavsiyalar berilgan. Bu maqolada bugungi kunda ijtimoiy hayotda dolzarb hisoblangan imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshilashga, ularning jamiyatda faol o‘zini namoyon qilish borasidagi asosiy echimlar ko‘rsatib berilgan. Ilmiy maqolada qayd etib o‘tganki, imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom hayotga qaytarish, ular bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari vasamarali yo‘nalishlari ochib berilgan. Ayniqsa, bu turdagi bolalar xuquqlarini himoya qilish ular bilan muomala qilish jarayonlari hususida zaruriy tavsiyalar berib o‘tgan. 


background image

408

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. G‘oziev E.E Muomala psixologiyasi T-2001 y
2. G‘oziev E.E.Tafakkur psixologiyasi T; «O‘qituvchi» 1996 y
3.Maklakov,A.G.Umumiy psixologiya:darslik.universitetlar uchun [Matn]

/A.G.Maklakov.-Sank-peterburg:Peter, 2007/587 p.-(“Yangi asr darsligi” turkumi).

4. Nigora, S., Go‘zal, Q., & Shoxista, Z. (2023). O ‘SMIR QIZLARNI

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING ROLI.

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

, 330-333.

5. Nigora, S., & Munisa, O. K. (2023). SHAXSLARARO MULOQOTDA

UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 327-330.

6. Nigora, S., Ilmira, Y., & Zulxumor, X. (2023). TORTINCHOQLIK VA

UNING PSIXOLOGIK SABABLARI.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 323-326.

7.

Hakimova,

S.

(2023).

Ijtimoiy

tarmoqlarning

yoshlar

ongiga

ta'siri.

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammolari va yechimlari

.

8. Rixsiyeva, M. va Samatova, N. (2020). INSON PSIXOLOGIYASI VA

UNING ETNIK JAMIYATDAGI O'RNI.

www. konferentsiya nashri. com

, 12.

9. Davlataliyevna, S. N. (2022). Oiladagi salbiy muloqotning farzand

psixologiyasiga ta'siri. International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 475-478.

10. Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL

PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

11. Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES.

Scientific Impulse, 1(5), 823-826.

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI JAMIYATGA

MOSLASHTIRISHDA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISHNING O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

s.f.n. Hakimov Orziqul Melievich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

hakimovorziqul333@gmail.com

Annotatsiya

: Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib

borish

yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari

va amaliy

jihatlari yoritilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqotga kirishish,

ularni

ham sog‘lom insonlar qatorida imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijtimoiy ish

va

sotsiologiya mutaxasislariga zaruriy va ilmiy tavsiyalar berilgan. Bu maqolada

bugungi

kunda ijtimoiy hayotda dolzarb hisoblangan imkoniyati cheklangan bolalar

hayotini

yaxshilashga, ularning jamiyatda faol o‘zini namoyon qilish borasidagi asosiy

echimlar

ko‘rsatib berilgan.

Ilmiy maqolada qayd etib o‘tganki, imkoniyati cheklangan

bolalarni sog‘lom hayotga

qaytarish, ular bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari va


background image

409

samarali yo‘nalishlari ochib

berilgan. Ayniqsa, bu turdagi bolalar xuquqlarini himoya

qilish ular bilan muomala

qilish jarayonlari hususida zaruriy tavsiyalar berib o‘tgan.

Kalit so‘zlar:

Imkoniyati cheklangan, nogiron, ruhiy holat, ichki hissiyot,

muloqot

qilish, samimiy, ma’naviy olam, mehr-oqibat.

Kirish

. Dunyoda aholining demografik holatiga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan

shaxslar sonining o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, bunda jahondagi aholining
15 % nogironligi bo‘lgan insonlar tashkil etib, shundan 100 milliondan ortig‘i bolalar
hisoblanadi [1]. Darhaqiqat, nogironligi bo‘lgan bolalarning ko‘payishi esa har bir
davlatning istiqboliga xavf solib, bolalarni ijtimoiy himoya qilishga oid davlat
siyosatini amalga oshirishga sabab bo‘ladi. Bunda inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga
xizmat qiluvchi nogironlikni inson huquqlarining sub’ekti sifatida tan olinishi, ularga
nisbatan ijtimoiy yondashuvni qo‘llash, ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan
tendensiyalarni yanada rivojlantirishni taqozo etadi. “Jahonning yirik ilmiy
markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash yo‘nalishida bir qator
tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada, nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot sifatini
oshirishga qaratilgan baholash mezonlarini ishlab chiqish, nogironligi bo‘lgan
bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish, jamiyatda ularga
nisbatan yuzaga keladigan noqulayliklarni kamaytirish, mahsulot va xizmatlarning
qulayligini ta’minlash, teng huquqlilik siyosatini olib borish, oila qurish huquqini
ta’minlash, ularni davolash, inklyuziv ta’lim berish orqali jamiyatga uyg‘unlashtirish
va ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuv zarurati ilgari surilmoqda”[2].
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng har bir sohada islohotlar amalga
oshirildi. SHuningdek, sohalarni rivojlantirish bilan birgalikda eng asosiy e’tibor inson
manfaatlarini taminlash, ularning xohish istaklari, eng yuksak orzulari, ko‘zlagan
maqsadlariga erishishga, har tomonlama qulayliklar yaratish istagi eng oldingi maqsad
sifatida qo‘yildi. Ayniqsa kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama yordam berish,
nogironlarni ham o‘ziga xos ijtimoiy himoya qilish masalalariga jiddiy e’tibor berila
boshlandi, hamda bu ishlar samarasi va davomiyligi bugungi kungacha og‘ishmay
amalga oshirilayotganligi diqqatga sazovordir.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

Sotsiologiyaning klassik nomoyondasi E.Dyurkgeym atamalar lug‘atida

ijtimoiy moslashuv tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi, “ijtimoiy moslashuv bu -
individ tomonidan ijtimoiy me’yorlarning o‘zlashtirilishidir. Individning moslashuvi
va jamiyatning moslashuvi sifat va miqdoran yagona jarayon bo‘lib, “moslashuv” va
“ijtimoiylashuv” tushunchalari esa – sinonimlardir. Biroq jamiyatning me’yoriy
modeliideal darajada emas. Pozitivizm konsepsiya ijtimoiy moslashuv nazariyasini
ochib berish uchun zarur, biroq etarli bo‘la olmaydigan metodologik asos sifatida talqin
etiladi”[3].M.Veber bir vaqtning o‘zida bir qancha o‘zaro bir-birini inkor etuvchi
me’yorlar hambo‘lishi ehtimoli mavjudligini ta’kidlagan [4]. Ushbu yondashuv
individning shakllanishida me’yorning ahamiyati hamda me’yorning shakllanishida
individning rolini ko‘rsatadi. SHunday qilib, nisbatan moslashgan inson “me’yoriy”
emas, aksincha “ratsional“, garchi “me’yoriy” inson etarlicha “ratsional” bo‘ladi.
M.Veber insonning birlamchi (ehtimol nisbiydir), jamiyatning esa ikkilamchiligiga
ishora qiladi, bu esa ijtimoiy moslashuvni tushunishimiz uchun juda muhimdir.


background image

410

T.Parsoncning ijtimoiy moslashuv borasidagi qarashlari ham qiziqarli. Uning
“muvozanatdagi jamiyat” konsepsiyasi individning mazkur muhitda ustuvor
ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishi davomida
kechadigan individ hamdaijtimoiy muhit ehtiyojlari orasidagi muvozanatga
bag‘ishlangan. Muvozanat bor ekan –jamiyat barqaror, muvozanat bo‘lmasa – ijtimoiy
nizo sodir bo‘ladi. Jamiyatning muhim vazifasi – ushbu muvozanatga intilish, garchi
T.Parsoncning fikricha, absolyut muvozanatganerishib bo‘lmaydi. Individning
ehtiyojlari va ijtimoiy me’yorlar – dinamik qiymat bo‘lib, ularning mos kelishi
kutilmaganda va faqat qisqa muddatgagina sodir bo‘lishi mumkin. T.Parsons
“moslashuv” va “ijtimoiy muhit” atamalaridan foydalanib, inson har gal umuman
jamiyat bilan emas, balki uning katta bo‘lmagan qismi bilan o‘zaro munosabatlarga
kirishadi,deb ta’kidlagan.[5].

Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish,

yurish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman
yo‘qotganligida ifodalanadi. Nogironlar o‘z navbatida aqliy imkoniyati cheklangan
hamda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar guruhiga bo‘linadi. Bu turga mansub
insonlar jamiyatimizda borligini hech kim inkor etolmaydi. SHunday ekan, bu turdagi
nogironlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularning ruhiyatini ya’ni
psixologiyasini ijobiy tomonga o‘zgartirish, yonidagilar bilan munosabatlarini
yaxshilash, ertangi kunga qiziqishini va ishonchini oshirish ijtimoiy ish xodimining
asosiy vazifalar hisoblanadi. SHunday ekan, biz imkoniyati cheklangan bolalarga
ijtimoiy

xizmatni

ko‘rsatishda

birinchi

navbatda

ularning

ruhiyatini

sog‘lomlashtirishga va jonlantirishga e’tibor qaratishimiz hamda psixologiyasini
o‘zgartirib, yangi muhitga yangi o‘zgarishlarga tez moslashishi uchun harakat
qilishimiz lozim. Ruhiy xolatdan tashqi qiyofa va xatti-harakatga nisbatan ham
yaqqolroq dalolat beruvchi narsa, albatta, aytilayotgan gap-so‘z va uning aytilish
ohangidir. Mana shu sababli imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy xizmatni olib
borishda, ijtimoiy ish xodimlari zaruriy mashg‘ulotlaridan o‘tgan bo‘lishlari, hamda
davomiy ravishda ilmiy, amaliy tajribalarini oshirib borishlarini ta’minlashlari kerak
bo‘lib, bunga: bolalarning xuquqlari va qonun, bolalarga nisbatan zo‘rovonlik, shu
bilan birgalikda imkoniyati cheklanganlarning jismoniy, ruhiy va aqliy nuqsonlari
bilan bog‘liq jarayonlar haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. SHu bilan
birgalikda ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari imkoniyati cheklangan bolalar kimligini,
va ular qanday xolatda ekanligi borasidagi, aniq malumotlarga ega bo‘lishlari, hamda
bu turdagi insonlarda kechadigan barcha o‘zgarishlar va nuqsonlarni xisobga olgan
xolda xizmatni olib borish jarayonlari yaxshi samara beradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

“Yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlash, mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik

muhitini yanada mustahkamlash, ayniqsa nogironlar, yolg‘iz keksalar, va kam
ta’minlangan oilalarning, umuman ko‘mak va yordamga muhtoj xech bir insonning
davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmasligiga erishishdan iborat” [6]. Albatta,
inson qadri qadr topgan mamlakatimizda shu kabi imkoniyati cheklangan insonlarga
hususan nogironlikga ega bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatni ko‘rsatish, ular
manfaatini yuqori darajada himoya qilish muxim masala. ”YUrtimizda


background image

411

qadimqadimdan insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, bir-biriga yordam berish,
yonidagilarning holidan xabar olish kabi ezgu odatlarimiz mavjud bo‘lgan. Masalan,
ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning
juda tarixiy, milliy, diniy ildizlar borligini ko‘rish mumkin. Bu avvolo, insonning inson
bilan, qo‘shning-qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan,eng
muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, etim-esir, beva-bechora va
nogironlarga, musofirlarga sahovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni
anglatadi va bunday hususiyat halqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech
kim inkor etolmaydi” [7]. Mana shu ezgu amallarni davom ettirish, imkoniyati
cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirish eng zarur vazifalarimizdandir. Bugungi
kunda nogironlarning jismoniy fizologik kamchiliklarini va bu vaziyatlar bilan bog‘liq
o‘ziga xos o‘zgarishlarni bilish, bilan birgalikda ularning ma’naviy olami, ruhiy holati,
psixologiyasi, ichki kechinmalari, hissiyotlarida kechadigan jarayonlarni chuqurroq
o‘rganishni va ko‘proq tadqiq qilishni taqozo qilayotganligi, kechiktirib bo‘lmas
haqiqatdir. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati
cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxs
nogiron hisoblanadi [8].

Tahlil va natijalar

1.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning statistikasini yurituvchi, YAgona reestrni

tashkil etish.

2.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, ularning

kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash hamda oila, jamiyat va davlat bilan
o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish bo‘yicha, shu jumladan xorijiy davlatlar tajribasini
hisobga olib, maxsus ijtimoiy lavhalardan foydalangan holda olib boriladigan
tushuntirish ishlarini olib borish va jamiyatning nogironligi bo‘lgan shaxslarga
nisbatan munosabatini o‘zgartirish;

3.

Nogronligi bo‘lgan bolalar to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotning

mavjudligi ularni himoya qilish uchun ajratilayotgan mablag‘larni manzilli va samarali
sarflanishiga olib keladi.

Xulosa va takliflar

1.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga homiylik yoki xayriya ob’ekti emas balki,

ularni jamiyatga uyg‘unlashtirish, reabilitatsiya qilish, jamiyatdagi turli hil to‘siqlarni
bartaraf etish (nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan mulohaza va stereotiplar, ular
uchun moslashtirilgan transportlarning yo‘qligi, axborot olishning yo‘qligi, turar joy
va ijtimoiy ob’ektlarga kirishdagi noqulayliklar) nuqtai nazaridan yondashish ularning
o‘z-o‘zini baholashlarini oshish imkonini beradi va ularga tenghuquq hamda imkoniyat
uchun kuch ado etadi.

2.

Nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida ijtimoiy ish

amaliyotini tatbiq etish. Professional ijtimoiy xizmat tizimi yaratiladi. Mavjud ijtimoiy
xizmat turlari kengayadi. Ushbu xizmatlar ijtimoiy ish amaliyotining keng tarqalgan
zamonaviy texnologiyalari hisoblangan “keys-menejment” usuli asosida amalga
oshiriladi.

3.

Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan qisqa muddatli chora-tadbir ko‘rish emas,

balki ularni va oila a’zolarini qiyin hyotiy vaziyatdan chiqarishga, normal hayotga


background image

412

qaytishini ta’minlashga erishiladi. Nogironligi bo‘lgan bolalarning institutsional
muassasalarga tushishining oldi olinadi.

4.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari va oila a’zolari bilan muntazam

ishlash, seminar-treninglar, davra-suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazish. Bunday
farzandlari bor ota-onalar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak berish guruhlarini tuzish.
Nogironilgi bo‘lgan bolalarning ota-onlarining bolani parvarish qilish va tarbiyalash,
bunday bolalar uchun davlat tomonidan berilgan huquq va imtiyozlardan xabardorligi
oshiriladi.

5.

Nogironligi bo‘lgan bolalar erta bosqichda, ehtimol tug‘ilganidan boshlab,

reabilitatsiya qilinsa, buning samarasi 70-80% gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu nafaqat
nogironlikni engillashtiradi, balki bolaning ijtimoiy integratsiyasini ham ta’minlaydi.

Xulosa shundan iboratki, jamiyat nogironligi bo‘lgan bolalarga achinish ko‘zi

bilan emas, aksincha asosiy e’tiborini ularning huquqlariga qaratishi kerak.
Shundagina ularni jamiyatning to‘la huquqli a’zolari sifatida ko‘rish mumkin bo‘ladi
va ijtimoiy moslashuviga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Obnovlennaya informatsiya o semdesyat chetvertoy sessii Vsemirnoy

assamblei

zdravooxraneniya

27

maya

2021

g.

URL:

https://www.who.int/ru/news/item/27-05-2021

2.

Komilov F. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya

qilishni institutsional takomillashtirish mavzusida yozilgan sotsiologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi Toshkent 2022-yil 3-bet

3.

Dyurkgeym E. Sennostnыe i realnыe sujdeniya / E. Dyurkgeym //

Sotsiologicheskie issledovaniya. 1991. № 2.

4.

Veber M. Osnovnыe sotsiologicheskie ponyatiya / M. Veber // Izbr.

proizvedeniya. M., 1990.

5.

Parsons T. Funksionalnaya teoriya izmereniya / T. Parsons // Amerikanskaya

sotsiologicheskaya mыsl. M.,1994.

6.

Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-Toshkent:O‘zbekiston, 2017. – B. 25.

7.

Nazarov Q.Manaviy qadriyatlar va inson qadri.-Toshkent: Ma’naviyat, 2011

– B. 10.

8.

O‘zbekiston milliy ensklopediyasi.-Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003.

– B. 375.

9.

Насиров Б. ХХ АСРНИНГ 30-80 ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕКИСТОНДА

УМУМИЙ ОВҚАТЛАНИШ ТИЗИМИ ТАРИХИДАН //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ.
– 2022. – Т. 5. – №. 1.

10.

Nasirov B. Catering In Uzbekistan From The History Of The System //The

American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. – 2021. – Т. 3. – №.
02. – С. 11-15.

11.

Хосилмуродов И. O ‘zbekistonda bag ‘rikenglik va millatlararo totuvlik

g‘oyalarining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2.
– №. 11/S. – С. 16-24.


background image

413

12.

E'tiborxon Mallayeva С. М. МАФКУРА ВА МАФКУРАВИЙ

КАТЕГОРИЯЛАР ЎРТАСИДАГИ ЎЗАРО МУНОСАБАТНИНГ НАЗАРИЙ ЖИ
//АТЛАРИ, Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

13.

Рахматов Х. Б. БУХОРО АМИРЛИГИ АҲОЛИСИНИНГ ЭТНИК

ТАРКИБИ ХУСУСИДА (XIX асрнинг иккинчи ярми–ХХ аср бошлари)
//ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2021. – №. SI-3.

14.

Ortikov O. K. et al. Views of eastern thinkers on the development of

intellectual

abilities

in

the

scientific

heritage

//ACADEMICIA:

AN

INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т.
11. – №. 1. – С. 211-214.

15.

Хакимов О., Қурбонов З. ПЛАСТИКЛИГИ КАМ ТУПРОҚЛАР

АСОСИДА ЕНГИЛ ТЎЛДИРУВЧИЛАР ОЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИНИ
ЎРГАНИШ //Solution of social problems in management and economy. – 2022. – Т.
1. – №. 5. – С. 58-64.

16.

Boltaeva M. J., Kh O. Ortikov. Features of the scientific heritage of

eastern thinkers about the attitude of parents to the child //Society and innovations.
Special. –2021. –No. 2. –С. 469-474.

17.

Kumakovich T. A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT

OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research. – 2022. – С. 196-199.

18.

Xosilmurodov Islom, Kalandarov Mexroj Abu Nasr Farobiy Falsafasida

axloq masalasi. Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2023.04.15. 434-437b

19.

Islam Hasilmurodov. SOCIO-PHILOSOPHICAL IMPORTANCE OF THE

SCIENTIFIC WAY OF THINKING. WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL
SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL. 2022. Noyabr. 138-147b.


SPORTCHILARNI TAYYORLASH JARAYONIDA PSIXOLOGIK

QO‘LLAB-QUVVATLASHNING AHAMIYATI

Axmedova F.S.

Kirish.

Sport psixologiyasi - sport faoliyatidagi psixologik mexanizmlarning

namoyon bo‘lish va shakllanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologik fan sohasi.

Sport psixologiyasi - psixologiya sohasi; sport musobaqalari va mashkdar

vaqtida

inson

psixikasining

holati,

guruhiy

munosabatlarning

psixologik

qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Sport psixologiyasi 20-asrning 60—70y.laridan rivojlana
boshladi. Sport psixologiyasining asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy
kamolotiga taʼsir oʻtkazuvchi muhim shartsharoitlarni yaratib berishdir. Bundan
tashqari, Sport psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, yutuqqa
erishishlariga psixologik yordam koʻrsatish bilan ham shugʻullanadi. Murabbiy bilan
shogird munosabatlari, oʻzaro taʼsir, guruhiy moslik, oʻzaro yordam, jamoaviy iliq
ruhiy muhit, oʻzini oʻzi boshqarish muammolari ham tadqiq etiladi. Sportchilarni
muvaffaqiyatsizlik tufayli yuzaga kelgan stress, depressiya holatlaridan olib

Библиографические ссылки

Obnovlennaya informatsiya o semdesyat chetvertoy sessii Vsemirnoy assamblei zdravooxraneniya – 27 maya 2021 g.URL: https://www.who.int/ru/news/item/27-05-2021

Komilov F. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni institutsional takomillashtirish mavzusida yozilgan sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi Toshkent 2022-yil 3-bet

Dyurkgeym E. Sennostnыe i realnыe sujdeniya / E. Dyurkgeym // Sotsiologicheskie issledovaniya. 1991. № 2.

Veber M. Osnovnыe sotsiologicheskie ponyatiya / M. Veber // Izbr. proizvedeniya. M., 1990.

Parsons T. Funksionalnaya teoriya izmereniya / T. Parsons // Amerikanskaya sotsiologicheskaya mыsl. M.,1994.

Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent:O‘zbekiston, 2017. – B. 25.

Nazarov Q.Manaviy qadriyatlar va inson qadri.-Toshkent: Ma’naviyat, 2011 – B. 10.

O‘zbekiston milliy ensklopediyasi.-Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – B. 375.

Насиров Б. ХХ АСРНИНГ 30-80 ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕКИСТОНДА УМУМИЙ ОВҚАТЛАНИШ ТИЗИМИ ТАРИХИДАН //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2022. – Т. 5. – №. 1.

Nasirov B. Catering In Uzbekistan From The History Of The System //The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research. – 2021. – Т. 3. – №. 02. – С. 11-15.

Хосилмуродов И. O ‘zbekistonda bag ‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 11/S. – С. 16-24.

E'tiborxon Mallayeva С. М. МАФКУРА ВА МАФКУРАВИЙ КАТЕГОРИЯЛАР ЎРТАСИДАГИ ЎЗАРО МУНОСАБАТНИНГ НАЗАРИЙ ЖИ //АТЛАРИ, Архив Научных Публикаций JSPI. – 2020.

Рахматов Х. Б. БУХОРО АМИРЛИГИ АҲОЛИСИНИНГ ЭТНИК ТАРКИБИ ХУСУСИДА (XIX асрнинг иккинчи ярми–ХХ аср бошлари) //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2021. – №. SI-3.

Ortikov O. K. et al. Views of eastern thinkers on the development of intellectual abilities in the scientific heritage //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С. 211-214.

Хакимов О., Қурбонов З. ПЛАСТИКЛИГИ КАМ ТУПРОҚЛАР АСОСИДА ЕНГИЛ ТЎЛДИРУВЧИЛАР ОЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИНИ ЎРГАНИШ //Solution of social problems in management and economy. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 58-64.

Boltaeva M. J., Kh O. Ortikov. Features of the scientific heritage of eastern thinkers about the attitude of parents to the child //Society and innovations. Special. –2021. –No. 2. –С. 469-474.

Kumakovich T. A. et al. “RAQAMLI UNIVERSITET” TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 196-199.

Xosilmurodov Islom, Kalandarov Mexroj Abu Nasr Farobiy Falsafasida axloq masalasi. Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2023.04.15. 434-437b

Islam Hasilmurodov. SOCIO-PHILOSOPHICAL IMPORTANCE OF THE SCIENTIFIC WAY OF THINKING. WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL. 2022. Noyabr. 138-147b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов