Ta’lim tizimida zamonaviy psixologik xizmat koʻrsatishning oʻziga xos ahamiyatlari

CC BY f
421-427
87
9
Поделиться
Адилова, М. (2023). Ta’lim tizimida zamonaviy psixologik xizmat koʻrsatishning oʻziga xos ahamiyatlari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 421–427. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25370
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad, vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi hisoblanmish, maktab ta'limni ri|vojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan bo’lib kclmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktab ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo ctish, ulami yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktab ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalami joriy etishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlari amalga oshirilmoqda


background image

421

20.

Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE

PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION.
International Journal of World Languages, 1(2).

21.

Shavkatovna, N. B. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN

ISHLOVCHI SHAXSLARNING PSIXOLOGIK XOLATINING PATOLOGIYASI.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.

22.

Barno, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH

DAVRIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASINING O ‘ZIGA XOS TOMONLARI.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

23.

Ибайдуллаева, У. (2022). РОЛЬ СЕМЬИ В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ

КОНФЛИКТОВ МЕЖДУ ПОДРОСТКАМИ. Решение социальных проблем в
управлении и экономике, 1(7), 81-83.

24.

Axmedovich, R. O. (2022). GLOBALLASHGAN AXBOROT DAVRI VA

SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, 38-44.

25.

Каршибоев, С. (2022). Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik

jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и
развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 464-467.

26.

Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ

ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in
educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.

TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT

KOʻRSATISHNING OʻZIGA XOS AHAMIYATLARI

Adilova Madina Shamsidinovna

Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, ular orqali amalga

oshirilayotgan ishlar, psixologik xizmat ko’rsatishning turlari hamda maqsad,
vazifalari yoritib berilgan. O'zbekiston Respublikasida ta'limning birinchi bosqichi
hisoblanmish, maktab ta'limni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan
bo’lib kelmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda maktab ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish, ularni
yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan
ta’minlash, maktab ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy
tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlari amalga oshirilmoqda

Kalit so‘zlar:

maktab ta’lim, psixologik xizmat, psixologik tashviqot, psixologik

profilaktika, psixologik maslahat, psixologik-pedagogik konsilium, diagnostik-
korrektsion ishlar.

Kirish:

Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy

e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.XX asr bo‘sag‘asida


background image

422

psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy
maqsadlari-insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining
muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Umuman,
psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda,ilmiy psixologiyaning
yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan.

Bugungi

kunda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor kundan-kunga kuchaymoqda. Faqatgina
ularning inshoatlarigina yangilanib qolmasdan, balki ularning ichki muhitida ham tub
burilishlar sodir bo’lmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan
avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktab
ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirildi.Bundan tashqari, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini
aniqlash, shaxsdagi xulq-atvor buzilishlarni yo’qotish hamda uni oldini olishning
psixologik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini ham maqsad qiladi. Qoidaga
ko’ra, psixologik xizmat tashkil etish yosh va pedagogik psixologiya,
psixodiagnostika, psixokorreksiya,psixologik maslahat sohasida umumpsixologik va
maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar (psixolog) tomonidan amalga
oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar esa, bu mutaxassislikni olish
uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o’tishlari lozim. Mohiyatan, psixologik xizmat
bir necha bosqichli jarayon sanalib, unda psixologik maslahat, psixodiagnostika va
psixokorreksiya kabi sohalar usullaridan samarali foydalaniladi. Quyida biz ta’lim har
qanday ta’lim muhiti uchun qulay sanalgan psixologik xizmat va uning tarkibiy chora-
tadbirlari haqida to’xtalib o’tamiz.

I.G.Kolesnikovaga ko’ra, ta’lim muhitida psixologik konsultasiya ishlarini olib

borishda psixolog mutaxassis quyidagi ishlarni olib boradi:

1. Bolalar, o’qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi

barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, direktor, rektor, mudir, o’qituvchilar,
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, ilmiy
asoslangan maslahatlar berish;

2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat,

muommila va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etmaganlar munosabati, masalan,
dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy
tarzda maslahatlar uyushtirish;

3. Ma’muriyatga, bolalar, o’quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda,

kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo’yicha bolalar, o’quvchilar, talabalarning
psixik o’sishi xususiyatlariga oid ma’lumot berishi, o’g’il va qizlarni asrab olish, onalik
va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g’amxo’rlik va vasiylik to’g’risidagi qabul
qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr
berishi lozim;

4. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida

shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi,
individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar
beradi;

5. Yangi tipdagi maktablarga o’rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o’quvchilari,

akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to’g’risida ilmiy – amaliy


background image

423

xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish yoshlarni saralash, tanlash, kasbga
yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.

Mazkur ishlar ta’lim sub’ektlarini maktabda, litchelarda, universitetlarda

o’qitish davomida psixologik pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan
bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning
sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual
tarzda o’tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. Maslahat
berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat
berish ishlari o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat
berish ishlari individual va guruhiy bo’lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish
tajribasini umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar ko’pincha psixologga
quyidagi muammolar bo’yicha murojaat qiladilar, turli fanlar bo’yicha o’quvchilarning
o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar, tortinishlar yani o’zlarida bo’lgan malumotni ham ayta
olmasliklari, bolalarning o’qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli
vaziyatlar,do’slashishdagi o’z aro muommolar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija
bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar
jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo’llari, o’quvchilarning
qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo’llari, o’quvchilar
bilan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish. Psixolog o’quvchi yoki talaba yoshlar
bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to’g’ridan
to’g’ri maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o’quvchilarga va ota-onalarga
o’qituvchilarning u yoki bu muammolari bo’yicha maslahat beradi, bu bavosita
maslahat berishdir, bunda ma’lum qoidalarga amal qilishga to’g’ri keladi. Maslahat
berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o’zaro ta’sir
jarayoni, ular orasida ishonchli o’zaro munosabatni o’rnatish yotadi. Bunda psixolog –
maslahat beruvchi, o’qituvchi, ota-ona – maslahat beriluvchi, o’quvchi mijoz rolida
bo’ladi. Lekin psixologik maslahat o’zi nimaligi va aynan nima haqida maslahat berish
haqida yagona tushuncha yo’q,umumiy masalaga qarab muommoga qarab maslahat
beriladi yani ijobiy tarafga yo’naltirib yuboriladi. Kollejlardagi yoki akademik
litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o’quv
muassasasidagi o’qituvchilar va o’quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy
tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo’ladi.U har bir o’quvchi
yoki o’qituvchining o’zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab
sistemasini ham ko’radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi o’z
sohasini yaxshi biluvchi psixolog mutaxassisning sifatlari quyidagicha namoyon
bo’ladi.O’quvchi muammolari bo’yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga
imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi,
maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda. - Psixolog o’quvchilar va
talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni
o’rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko’rsatadi -
Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi
tipdagi maktab, oliy o’quv yurti talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va
ko’nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual
taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi. Boshqa sohaning
mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga


background image

424

olgan holda differensial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va
defektologik tabiatini aniqlaydi. Assosial xulq-atvor sabablarini va shakllarini
belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, o’g’rilik, daydilikning
ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi. Iqtidorli talabalar, yosh
mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va
unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi va hokazo.

Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Pedagogik jamoa o’quvchi psixik va shaxsiy xarakte-ristikalarini turli

tomondan ko’rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta’kidlash joiz. Kuzatish,
suhbat, psixodiagnostika natijalariga asoslanib, o’quvchi muammolarining kelib
chiqishi haqida isbotlangan farazlarni keltirish zarur

2. Har bir o’qituvchida o’quvchiga nisbatan ustanovkasini o’zgartirishga

erishish zarur.

Bu juda qiyin vazifa bo’lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarur, konsilium

o’tkazguncha sekin-asta boshlash kerak. Ko’pincha o’qituvchi o’quvchiga nisbatan
fikrini o’zgartirgisi kelmaydi. O’qituvchi bunda psixolog nima haqida gapirayotganini
tushunmaganligi uchun emas, balki ongli ravishda o’z hayotini murakkablashtirgisi
kelmaganligi uchun shunday qiladi.3. Barcha o’qituvchilarning o’quvchi
muammolarini, uning shaxsi mohiyatini jamoa bo’lib, tushunishlariga erishish va
o’quvchini ijobiy tamonga yo’naltirishda muaffaqiyatli yondashuvini rivojlantirishda
eng samarali yo’lini ishlab chiqishda muhim ekanini anglatish eng samarali yo’llaridan
biridir. Faqat ana shu holda o’quvchi foydasiga o’zaro harakat qilishlariga ishonish
mumkin, o’quvchilarni ham o’qtuvchi bilan munosabatini rivojlantirishda samarali
bo’ladi. Ba’zi hollarda o’quvchilar o’qtuvchiga tashqaridan qandaydir biron bir tarifni
eshitib u haqida o’ziga xos xulosa chiqarib bazi hollarda behurmatlik qila boshlaydi yo
doimiy ravishda bepisant qaraydi,bu holat ta’limda juda yomon holat, bu holatda ham
ta’lim muassasasi psixoligini o’rni juda katta. Bunday holatda o’quvchi shug’ullansa
bunday o’quvchi bilan yana ham murakkablashadi bazi hollarda shuning uchun ham
birinchi galda psixolik o’z yondashuvi bilan o’quvchini o’qtuvchiga bo’lgan
munosabatini to’g’ri yo’naltirib hurmat hissini shakillantira olishi kerak va o’qtuvchi
bilan ham suhbat olib borib o’z maslahatlarini berib masalani ijobiy tarafga yo’naltirib
yuborishda psixolikni o’rni juda katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, psixologik-
pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori
darajada tayyorlangan konsilium o’quvchilarning, o’qituvchilarning va butun
jamoaning rivojlanishiga yordam beradi. Ta’lim muhitida psixologning profilaktik
ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: kollej va lisey o’quvchilarining mazkur muhitga
moslashishlariga oid, kollej, lisey, gimnaziyalarga o’quvchilarni qabul qilishda ishtirok
etish, o’qituvchilar bilan hamkorlikda o’quvchilar bilan individual ishlash dasturini
ishlab chiqish. Lisey va kollejlarda bir sinfdan boshqa sinfga o’tkazishni psixologik
jihatdan tekshirish, o’quvchilar, ota-onalar bilan hamkorlikda ta’limning yangi
bosqichiga o’quvchining tayyorgarligini hisobga olgan holda yakkahol ishlash
dasturini yaratish, shuning bilan birga ota-onalarga farzandlari bilimlaridagi
uzilishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy yo’l – yo’riq berish. Ta’lim va tarbiya,
yashash sharoiti bilan bog’liq nevrotik holatlar, psixologik zo’riqishning oldini olish
uchun bolalar bilan ishlash lozim. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion


background image

425

ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo’lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab
qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik - korreksion faoliyati murakkab,
javobgarlikni talab qilishi bilan birga,ham masulyatlidir. Bu jarayon birinchi bo’lib,
tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o’rganishga bag’ishlangan pedalogik tadqiqotlarda
Tadqiqotchi T.I.Chirkova o’zining “Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyoti” nomli
o’quv qo’llanmasida, muammoli shaxslar bilan ishlashda qo’llaniladigan
psixoprofilaktikaning 3. bosqichini ajratib ko’rsatadi:1.Bosqich dastlabki profilaktika
deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog’ bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha
o’quvchilarni qamrab oladi. Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik
sog’liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki
profilaktikani o’tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar, profilaktika muammolari
mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi - o’qishdagi va xulq - atvordagi
qiyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. 2.Bosqichda
ota-onalar va o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi bolaning o’qishi
o’zgarishi uchun ta’lim uslubini o’zgartirish. Yana bu bosqichda psixolog o’qishdagi
va xulq - atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini
qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi - jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va
muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan
alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni
«tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog
e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi amerika psixologlari maktablardagi psixologik
xizmatni psixik sog’liq xizmati sifatida faoliyat ko’rsatishning tarafdori bo’lib
chiqmoqdalar. Xulosa qilib aytganda, psixologik xizmatda so’ngi bosqich sanalgan,
psixoprofilaktik chora-tadbirlardan asosiy maqsad, har bir yosh bosqichida insonning
shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-
sharoitlarini yaratishdan iboratdir.

Xulosa qilib aytganda: Bugungi kunda ta’lim tizmida psixologik xizmat turlari

mavjudmi mavjud bo’lsa ular qanday faoliyat yuritiyapti va qanday faoliyatini olib
borish kerak degan savolga qisqa to’htalib o’tdik.Shunday qilib bugungi kunda har bir
sohada har bir hududda psixologik xizmat zarur va mavjud bo’lishi kerak chunki
bunday xizmatlarni ahamiyatini anglagan holda yondoshsak ko’pkina ishlarda
muvaffaqiyatlarimizni yanada samarasini oshirgan bo’lamiz va yanada yangicha
yondashuv asosida o’z ishimizga yondasha olamiz,va qanchada qancha noxush
holatlarning oldini olamiz. Shu kungacha sohalarga psixolik mutaxasis kadirlarni
yetishmasligi mavjud edi bugungi kunda davlatimiz tamonida bu yo’nalishdagi
mutaxasislar uchun ta’lim kuvotalarini oshirib bugungi kunda mutaxasislar yetarlicha,
mutaxasislarni soha bo’yicha to’g’ri yo’naltirib barcha sohadagi salohiyatni yanada
oshirish lozim.Ta’limda psixologik xizmztning o’rni juda muhim va hozirgi kunda
rivojlanib bormoqda lekin qilinadigon ishlar hali juda ko’p.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Shamsidinovna, A. M. (2023, April). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARGA BERILADIGAN TA’LIM MAZMUNI. In E Conference Zone (pp. 22-
25).


background image

426

2. Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN THE

SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access
Repository, 4(2), 500-505.

3. Komilova, A., & Adilova, M. (2023). SHAXS EMOTSIONAL

INTELLEKTINING PSIXOLOGIK VA PSIXOFIZIOLOGIK JIXATLARI. Журнал
Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

4. Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA

YUZAGA

KELADIGAN

TAJOVUZKORLIK

RIVOJLANISHIGA

TASIR

ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1).

5. Muratovich, M. E., Kurbon, O., & Shamsiyevna, A. M. (2022). Some features

of the formation of mathematical representations in preschoolers in the process of
familiarizing them with the size and shape of objects.

6. Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLADA O ‘ZINI-O ‘ZI ANGLASHDA OILANING ROLI. In E Conference Zone
(pp. 11-16).

7. Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). PROFESSIONAL MOTIVATION

AND ITS STRUCTURE IN THE MANAGEMENT PROCESS. In E Conference Zone
(pp. 11-16).

8. Madina, A., & Lobar, R. (2023). HUQUQIY ONG TUSHUNCHASINI

OʻRGANISHNING NAZARIY JIHATLARI.

International Journal of Contemporary

Scientific and Technical Research

, 375-379.

9. Madina, A., & Donoxon, M. (2023). OILADA YOSHLARNI TOLERANT

MADANIYATLI

QILIB

TARBIYALASH

VA

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

OMILLAR.

International Journal of Contemporary Scientific and Technical

Research

, 353-358.

10. Madina, A. (2023). BOLALARDA AHLOQIY FAZILATLARNI

PSIXOLOGIK SHAKLLANTIRISH USULLARI.

International Journal of

Contemporary Scientific and Technical Research

, 340-345.

11. Shamsidinovna, A. M. (2023, May). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARDA AHLOQIY JIHATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
JARAYONLARI. In

E Conference Zone

(pp. 6-12).

12. Shamsidinovna, A. M. (2023, April). MAKTAB O’QUVCHILARINING

INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARINI

O’RGANISHNING

AHAMIYATI. In

E Conference Zone

(pp. 1-5).

13. Adilova, M. (2023). MAKTABGACHA TARBIYA YOSH DAVRIDA

HISSIY SOHANING RIVOJLANISHI VA O’Z-O’ZIGA BAHONING NAMOYON
BO’LISHI.

Журнал Педагогики и психологии в современном образовании

,

3

(3),

192-198.

14. Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE

PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION.
International Journal of World Languages, 1(2).

15. Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). O ‘QUVCHI XULQ-

ATVORNING

PSIXOLOGIK

KORREKSIYASI.

Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании, 3(2).


background image

427

16. Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARI

TALQINIDA MOTIVATSIYA MUOMMOSI. International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research, 362-366.

17. Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN

MOTIVATSIYA MUAMMOSINING O ‘RGANILGANLIGI. International Journal
of Contemporary Scientific and Technical Research, 366-371.

18. Aziza, K., & Xurshida, M. (2023). TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI

TASHKIL ETISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, 419-422.

19. Aziza, K., & Mohinabonu, H. (2023). TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING OʻRNI. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, 87-89.

MOTIV VA MOTIVATSIYA MUAMMOLARI O‘ZBEKISTON

PSIXOLOGLARI TALQINIDA

Qarshiboyev Sardor Alisher o‘g‘li,
Anorboyev Xayitboy Eshboy o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

taa@jbnuu.uz

Annotatsiya:

Hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini

o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish anchagina jadallashdi Ushbu
maqolada motiv va motivatsiya muammolari o‘zbek olimlari tomonidan qay darajada
organilganligi o‘zbek olimlaring motiv va motivatsiya nisbatan fikrlari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

motiv,motivatsiya, o‘quv faoliyat, o‘smir, M.G.Davletshin,

A.A.Fayzullayev,

F.I.Xaydarov,

R.I.Sunnatova,

M.Rasulova,

A.K.Saitova,

E.Z.Usmonova M.G.Davletshin M.G.Davletshin.

Respublikamiz psixologlari ta’lim jarayonida o‘qish motivlarini o‘rganishga,

psixologik tahlil etishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Zamonaviy psixologiyada o‘quv motivlarining turli xil nazariyalari paydo bo‘lmoqda.
Bunday muammolarni o‘zbek psixologlardan M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziyev,
G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullayev, A.K.Saitova,
E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar o‘rganib,bu sohada
o‘ziga xos yo‘nalish yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Professor M.G.Davletshin rahbarligida bu muammo yangicha ilmiy asosda

o‘rganilmoqda. M.G.Davletshinning fikricha, yoshlar har xil sohalar mazmuniga
o‘zlarining ongli ravishda yondashuvlari orqali ularda ilm olishga nisbatan to‘g‘ri va
oqilona tasavvurlar ertaroq hosil bo‘ladi.

Taniqli olim E.G‘.G‘oziyev o‘z tadqiqotlarida mustaqil tafakkurning

rivojlanishi, bilish jarayonining qiziqarli tashkil etilishi o‘quvchilar faoliyatida yangi
muvaffaqiyatlarga erishishning ijodiy manbai, deb hisoblaydi. E.G‘oziyev
tadqiqotlarida o‘smir o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish xususiyatlari, o‘quv

Библиографические ссылки

Shamsidinovna, A. M. (2023, April). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN TA’LIM MAZMUNI. In E Conference Zone (pp. 22-25).

Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN THE SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access Repository, 4(2), 500-505.

Komilova, A., & Adilova, M. (2023). SHAXS EMOTSIONAL INTELLEKTINING PSIXOLOGIK VA PSIXOFIZIOLOGIK JIXATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA YUZAGA KELADIGAN TAJOVUZKORLIK RIVOJLANISHIGA TASIR ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Muratovich, M. E., Kurbon, O., & Shamsiyevna, A. M. (2022). Some features of the formation of mathematical representations in preschoolers in the process of familiarizing them with the size and shape of objects.

Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLADA O ‘ZINI-O ‘ZI ANGLASHDA OILANING ROLI. In EConference Zone (pp. 11-16).

Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). PROFESSIONAL MOTIVATION AND ITS STRUCTURE IN THE MANAGEMENT PROCESS. In E Conference Zone (pp. 11-16).

Madina, A., & Lobar, R. (2023). HUQUQIY ONG TUSHUNCHASINI OʻRGANISHNING NAZARIY JIHATLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 375-379.

Madina, A., & Donoxon, M. (2023). OILADA YOSHLARNI TOLERANT MADANIYATLI QILIB TARBIYALASH VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 353-358.

Madina, A. (2023). BOLALARDA AHLOQIY FAZILATLARNI PSIXOLOGIK SHAKLLANTIRISH USULLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 340-345.

Shamsidinovna, A. M. (2023, May). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AHLOQIY JIHATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JARAYONLARI. In E Conference Zone (pp. 6-12).

Shamsidinovna, A. M. (2023, April). MAKTAB O’QUVCHILARINING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISHNING AHAMIYATI. In E Conference Zone (pp. 1-5).

Adilova, M. (2023). MAKTABGACHA TARBIYA YOSH DAVRIDA HISSIY SOHANING RIVOJLANISHI VA O’Z-O’ZIGA BAHONING NAMOYON BO’LISHI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(3), 192-198.

Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION. International Journal of World Languages, 1(2).

Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). O ‘QUVCHI XULQ-ATVORNING PSIXOLOGIK KORREKSIYASI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA MOTIVATSIYA MUOMMOSI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 362-366.

Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN MOTIVATSIYA MUAMMOSINING O ‘RGANILGANLIGI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 366-371.

Aziza, K., & Xurshida, M. (2023). TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 419-422.

Aziza, K., & Mohinabonu, H. (2023). TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING OʻRNI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 87-89.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов