Oilada oʻsmir yoshdagi bollarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik jihatlari

CC BY f
438-442
4
0
Поделиться
Норбекова, Б., Камолова, С., & Исоксонова, Ф. (2023). Oilada oʻsmir yoshdagi bollarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik jihatlari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 438–442. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25379
Барно Норбекова, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

кандидат наук

Сабрина Камолова, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

магистрант

Фарзона Исоксонова, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

магистрант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasi borasida mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik psixologik yondoshuvlari tahlil qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda kechadigan hissiy xolatlar, oilaviy tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan xatolar mazmuni yoritilgan.


background image

438

Bu uning madaniy tajribasini kengaytiradi va estetik didni shakllantirishga yordam
beradi.

Ammo shuni ta`kidlash kerakki, axbobot texnologiyalari axborotning haddan

tashqari yuklanishi, virtual olamga qaramlik yoki tashqi dunyo bilan haqiqiy aloqani
yo`qotish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun axborot
texnologiyalaridan muvozanatli va ongli ravishda foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Buxdu.Uz

https://elib.buxdu.uz>item

estetik tarbiya uning vazifalari,

vositalari, tahdidlar va “ommaviy madaniyat”.

2.

Abdulla sher, bahodir husanov/ estetika.uslubiy qullanma. Ikkinchi

nashri.toshkent o`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2010y.191b

OILADA OʻSMIR YOSHDAGI BOLLARDA IRODAVIY SIFATLARNI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

(PhD), Norbekova Barno Shavkatovna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Begimqulova Nigora Botir qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

oilada

farzand

tarbiyasi

borasida

mutafakkirlarning qarashlari va ularning pedagogik-psixologik yondoshuvlari tahlil
qilinib, oiladagi o‘zaro munosabatlar va bu jarayonda o‘smir yoshdagi farzandlarda
kechadigan hissiy xolatlar, oilaviy tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan xatolar mazmuni
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

oilaviy munosabat, axloqiy taraqqiyot, faollik, mustaqillik

qatiyatlilik, tirishqoqlik, sabr- toqatlilik, intizomlilik, o‘z- o‘zini baholsh, qo‘pol
muomila.

Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab

oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik
berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan
rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi.

“Oila o’ziga xos ijtimoy birlik bolib, uning asosida er-xotin ittifoqi

qarindoshlilik munosabatlari, maishiy hayot birligi axloqiy va huquqiy mas’uliyat
hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarni tarbiyalashi bo‘yicha va
farzandlarining o‘z ota-onalari uchun muayyan majburyatlari turadi”[1].

Sharqda qadim qadimdan oila muqaddas sanalgan. Agar oila sog‘lom va

mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishilgan. XI asrningning
buyuk mutaffakirlari va shoiri Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig -
saodatga boshlovchi bilim“ kitobida va undan keyingi qator asarlarida oildagi
bola tarbiyasi qanchalik muhimligini takidlab o‘tgan. Uning fikricha farzand
ko‘rish va unga tarbiya berish har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz


background image

439

hayotning manosi yo‘q - deydi. Yusuf Xos Hojib oilaviy tarbiyani bola axloqiy
taraqqiyotining asosi deb hisoblagan.:” Agar bolaning xulqi yomon bo‘lsa bunda
bolani aybi yo‘q, hamma ayb otasida” deb aytgan. Shuning uchun ota- ona,
ayniqsa ota bunga katta e’tibor bermog‘i lozim deydi”[2].
Fan va ilm u marifat taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, XIX asrning
ikkkinchi yarmi va XX asr olim, marifatparvarlari - Furqat, Muqumiy, Zavqiy
Avaz Otar,Abdulla Avloniy kabilar oila etikasi va psixologiyaga oid qator asarlar
yaratdi. Abdulla Avloniy oila pedagogikasi va psixologiyasiga oid fikrlari
ham diqqatga sazovordir. Avloniy tarbiya jarayonida oilaning va
jamoatchilikning o‘rnini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha bolalarda axloqiy
xislatlarning tarkib topishida ijtimoy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi
kishilar katta ahamiyatga ega. Bolaning shaxs sifatlariga to‘xtalib unda
oilaning rolini ko‘rsatar ekan “Qush uyasida ko‘rganinni qiladur” deydi. “Inson
javhari qobildir, agar yaxshi topib buzuq xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga
odatlanib katta bo‘lsa, har kim qarshida maqbul, baxtiyor inson bo‘lib
chiqar” deydi . u bola tarbiyasida oilaning rolini birlamchi qilib qoyadi [3].
Shaxs faolligining har xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular funksional
tomonidan bir biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga
xos shaklidan iboratligi bilan ajralib turadi. Irodaviy jaroyonlar hamisha
shaxsni faollikka chorlaydi, uni qa’tiy yo‘l belgilash sari yetaklaydi, barqaror
harakat qilishga yo‘naltiradi, ikkilanish va shubhalanishni oldini oladi. Irodaviy
jarayonlarni amalga oshirishda yoshlarga, irodaviy sifatlar yordam beradi;
mustaqillik qatiyatlilik, tirishqoqlik, sabr- toqatlilik, intizomlilik va hokazolar. Bu
sifatlar yoshligidan go’daklilik paytidan oila davrisida shakllana boshalanadi.
Hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashninng o‘ziga xos xususiyatlari imkoniyatlari
qonuniyatlari xatti - harakat motivlari ifodalanishi voqealikka tez moslashdigan
o‘zi va faoliyatini boshqara oladigan maqsadi sari sobitqadam, sabotli,
serbardosh, qatiyatli, mehnatkash, kadrlarga ehtiyoj katta. Shu kabi ya’ni
shunday sifatlarga ega bolgan farzandlarni tarbiyalash juda muhimdir .
XX asr boshlaridan boshlab o‘smirlik yoshini eng qiyin psixologik yosh
deb olindi. Har qanday o‘smir shaxsida o‘z- o‘zini baholsh orqali unga ta’sir
etadigan ijtimoy omillarni aniqlash mumkin. O‘smir shaxsining o‘zini xulq
atvori xususiyatlarini anglashi qanchalik adekvat to‘g‘ri real bo‘lishi uning
barkamolligining mezonlaridan biridir. Shuning uchun shaxsning tarbiyalanganini
bilishda, uning sifatlari vujudga kelishning murakkab mexanizmlari mavjud.
O‘smirlik 10 -11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi.
Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlilk yoshiga otish asosan 5 sinflardan boshlanadi[4].
Jahon psixologiyasida iroda va uni tarbiyalash muommolarga bag‘ishlangan
qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Zero, inson hayotining ijtimoiy iqtisodiy
glaballashuv natijasida keskin o‘zgarishi, shaxs oldidagi psixologik, pedagogik
sotsial muomolarining vujudga kelishi undan kuchli iroda va ma’naviy marifiy
resurslarni takomillashtiruvchi fundamental ilmiy izlanishlarni talab etmoqda.
Jamiyatda raqobatbardosh malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning o‘sishi va
ularning tanlov tizimining jiddiylashishi aynan bugungi o‘zgaruvchan shiddatli
zamonda faollik to‘grisidagi taasavvurlarni o‘rganishi lozim. Demak, har bir inson


background image

440

o‘zini-o‘zligini qanchalik aniq to‘g‘ri bilsa, taasvvur qila olsa uning ijtimoiy
normalarga zid harakat qilish ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi ya’ni shaxs
tarbiyalangan bo‘ladi. O‘smirlarda shungacha ya’ni o‘zini - o‘zi anglab,
fikrlarni yig‘ishda, diqqatni bir joyga jamlashda, qatiyatlikni amalga oshirishda,
bardoshlilikni yuzaga chiqarishda albatta, ota - ona yordam beradi.
Bugungi kunda yoshlarimizning bilim olishga ehtiyojining kuchayishi
ulardagi aqliy salohiyati o‘sishi ko‘p jihatdan ularning irodali bo‘lishini talab
qiladi. Oila davrasida irodaviy sifatlarni shakllanishi muhim rol o‘ynaydi. Masalan
qatiyatlilikni olaylik: bola yoshligidan hayotidagi mashaqqatlarni yengishda ota-
onasidan yordam olaversa hattoki, balog‘atga yetguncha ham barcha mushkilliklarni
o‘zi bajarmasa bunda u uquvsiz, erinchoq, hech narsa qo‘lidan kelmaydigan o‘smirga
aylanadi. Bunda undan na bir qatiyatlilikni yoki ulkan natijani kutib bo‘lmaydi.
Yoki boshqa holatlarda masalan ota-ona janjalkash, bola tarbiyasiga etiborsiz, oilasida
o‘z ota-onasiga qo‘pol muomilada bo‘ladigan bo‘lsa, bu holatlarni ko‘rgan
farzanddan biz faqat qo‘rquvni, titroqni, nutqdagi salbiy o‘zgarishlarni ko‘rishimiz
mumkin. Yana shuni aytish joizki, oila ichidagi munosabatlarda, ko‘p bolali
oilalarda moddiy ehtijojlarning ham deyarli qondirilmasligi, e’tiborsizlik natijasida
bolalar o‘zini tengdoshlaridan chetga torta boshlaydi, yolg‘izlikni hech kim yo‘q
joylarni qidira boshlaydi, qisqacha qilib aytaganda jamiyatdan o‘zini olib qocha
boshlaydi. Biz bunday bolalarda ayrimlarida jizzakilikni, jahldorlikni ham
ko‘rishimiz mumkin. O‘smir yoshdagi bolalarda shunday holatlar yuzaga
chiqaversa bolalarda quyidagi irodaviy sifatlar yuzaga chiqmaydi: qatiyatlilik,
irodaviylik, intiluvchanlik, teran fikrlash, sobitqadamlilik .[5]

Kuzatishlarimizga asoslanib biz quyidagilarni amalga oshirishni maqsadga

muvofiq deb bildik:

O‘smir bilan muloqotda uni shaxsini hurmat qilish va uni tinglash;

O‘smirlarda kechayotgan fiziologik, biologik, psixologik o‘zgarishlar

xususida ota-onalarni bilimdonlik darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
kuchaytirish;

Oilada sog‘lom psixologik muhit barqarorligini saqlash va o‘smirlar bilan

muloqot ko‘lamini oshirish;

Oilada ota-onaning ijobiy shaxsiy namunasini hisobga olish va boshqalar.

Foydanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya Toshkent “O’zbekiston faylasuflar

milliy jamiyati “ 2010 yil 165 -173 bet

2.

Qarshiboyeva .G.A., Ibaydullayeva “ Oila psixologiyasi” o’quv qo’llanma

–Toshkent: “Bayoz” 2022 yil 7-8 bet

3.

SHoumorov G.A. Haydarov .I .O “ Oila psixologiyasi Akademik litsey

va kasb - hunar kollej o’quvchilari uchun o’quv qollanma” “ SHarq” nashiryoti
2010 yil 123 bet

4.

Olimov L.K Maxmudova Z. M.” O’smirlarda psixologik himoya

mehanizmlarining namayon bo’lishining o’ziga xosligi “ Psixologiya ilmiy jurnali
2021 yil 4 son 103-112 bet.


background image

441

5.

Nishonova . Z. T. Alimboyeva .SH.T. Sulaymanov.M. V. “Psixologik

xizmat” darslik Toshkent- 2014 yil 156- bet

6.

Olimov L . Ya . SHaxs psixologiyasi. “ Durdona “ nashiryoti. Buxoro

. 2019 yil 280 bet.

7.

Usmanov, S., & Abduraxmanov, Z. (2023). VIRTUAL EDUCATIONAL

SYSTEM FOR THE DEVELOPMENT OF INFORMATION AND PROFESSIONAL
COMPETENCE OF FUTURE ENGINEERS. International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research, (Special Issue), 55-63.

8.

Alimov, N. (2023). CULTURE OF WESTERN AND ORIENTAL

COUNTRIES. Современные тенденции инновационного развития науки и
образования в глобальном мире.

9.

Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE

PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION.
International Journal of World Languages, 1(2).

10.

Sunatullaevna, K. A., & Axmedovich, R. O. (2022). Internet is a depression.

The benefits and harms of cyberspace on the human psyche. Eurasian Scientific Herald,
5, 69-73.

11.

Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). PROFESSIONAL MOTIVATION

AND ITS STRUCTURE IN THE MANAGEMENT PROCESS. In E Conference Zone
(pp. 11-16).

12.

Umidjon, Y., & Humora, V. (2023). GENDER FARQLARNING IJTIMOIY

PSIXOLOGIK TOMONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research, 386-390.

13.

Shavkatovna, N. B. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN

ISHLOVCHI SHAXSLARNING PSIXOLOGIK XOLATINING PATOLOGIYASI.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.

14.

Barno, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH

DAVRIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASINING O ‘ZIGA XOS TOMONLARI.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

15.

Ибайдуллаева, У. (2022). РОЛЬ СЕМЬИ В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ

КОНФЛИКТОВ МЕЖДУ ПОДРОСТКАМИ. Решение социальных проблем в
управлении и экономике, 1(7), 81-83.

16.

Axmedovich, R. O. (2022). GLOBALLASHGAN AXBOROT DAVRI VA

SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, 38-44.

17.

Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA

YUZAGA

KELADIGAN

TAJOVUZKORLIK

RIVOJLANISHIGA

TASIR

ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1).

18.

Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN

THE SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access
Repository, 4(2), 500-505.

19.

Каршибоев, С. (2022). Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik

jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и
развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 464-467.


background image

442

20.

Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ

ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in
educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.

21.

Arakulov,

G.

(2023).

ТАЖОВУЗКОРЛИК-ЎСМИРЛАРДА

ЗАМОНАВИЙ ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА. Журнал Педагогики и
психологии в современном образовании, 3(3), 15-21.

1-SINF O‘QUVCHILARINING MAKTABGA MOSLASHUVIDA IJOBIY

OILAVIY MUNOSABATLARNI AHAMIYATI

(PhD), Norbekova Barno Shavkatovna

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Kamolova Sabrina Alisher qizi, Isoxonova Farzona Akbar qizi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistrantlari


Annotatsiya:

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning

maktabga moslashishida oilaviy munosabatlarning o‘rni va bolalarni maktabga
moslashuvida nimalarga e’tibor berilishi kerakligi batafsil yoritilgan hamda tavsiyalar
ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

ota-ona, xulq-atvor, shaxs, o‘zaro munosabat, kichik maktab

yoshi davri, muloqot, muammo, adaptatsiya, inqiroz, moslashuvchanlik.

Maktabga moslashish ilk marta maktabga qadam qo‘ygan bolaning
tashkillashtirilgan tizimga o‘tish davrida bolaning hissiy-irodaviy sohalarini
shakllantirish. Bolani maktabga moslashtirish murakkab jarayondir. Bu jarayon 5-6
hafta davom etadi. Maktabga moslashish muammosi bolaning maktabga psixologik
tayyorligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, psixologik tayyorlik psixologik
moslashishi uchun eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Bolaning yangi ijtimoiy
mavqe “O‘quvchi” rolini egallash istagi uning ichki his tuyg‘ularini shakllantirishga
olib keladi.
Maktabga tayyor bola o‘rganishni xohlaydi, chunki ikkita ehtiyojning uyg‘unligi
kognitiv va kattalar bilan yuzaga kelgan yangicha munosabat bolaning o‘ziga nisbatan
yangicha qarashning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Maktabga moslashuvning
sabablari maktab hayotining tezligiga moslasha olmaslikdir. Ko‘pincha bu miyasi
zaiflashgan bolalarda namoyon bo‘ladi. Buning sababi oilaviy ta’limning o‘ziga xos
xususiyatlarida bo‘lishi mumkin. Bu borada onalarimizning farzandlariga aytayotgan
gaplarining ham alohida ahamiyati mavjud. Ularning o‘yinqaroq bolasiga “Maktabda
ko‘p gapirmaa”, “Shovqin solma”, “Ustinga chizma”, “Kiyimingni kir qilma” kabi
berayotgan dakkilari uning kirishimlik, ijodkorlik, atrofni va dunyoni bilishiga
to‘sqinlik qilishi mumkin. Bolaning o‘z shaxsiyatiga, qobiliyatlari, faoliyati va ijobiy
natijalariga o‘ziga xos munosabatda tushuntirsh berishlari kerak. Bu borada ota-
onalarning psixologik-pedagogik savodxonligini, bola bilan munosabat qilishga doir
bilimlarini oshrish va maktab ostonasidagi bolaga normal rejimni tashkil qilishni
tushuntirish zarur. Oilaviy huquqbuzarliklarni ham oldini olish kerak. Buning

Библиографические ссылки

G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya Toshkent “O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati “ 2010 yil 165 -173 bet

Qarshiboyeva .G.A., Ibaydullayeva “Oila psixologiyasi” o’quv qo’llanma -Toshkent: “Bayoz” 2022 yil 7-8 bet

SHoumorov G.A. Haydarov .1 .0 “ Oila psixologiyasi Akadcmik litsey va kasb - hunar kollcj o’quvchilari uchun o’quv qollanma” “ SHarq” nashiryoti 2010 yil 123 bet

Olimov L.K. Maxmudova Z. M.” O’smirlarda psixologik himoya mehanizmlarining namayon bo’lishining o’ziga xosligi “ Psixologiya ilmiy jurnali 2021 yil 4 son 103-112 bet.

Nishonova . Z. T. Alimboyeva .SH.T. Sulaymanov.M. V. “Psixologik xizmat” darslik Toshkent- 2014 yil 156-bet

Olimov L . Ya . SHaxs psixologiyasi. “ Durdona “ nashiryoti. Buxoro . 2019 yil 280 bet.

Usmanov, S„ & Abduraxmanov, Z. (2023). VIRTUAL EDUCATIONAL SYSTEM FOR THE DEVELOPMENT OF INFORMATION AND PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE ENGINEERS. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 55-63.

Alimov, N. (2023). CULTURE OF WESTERN AND ORIENTAL COUNTRIES. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире.

Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION. International Journal of World Languages, 1(2).

Sunatullaevna, K. A., & Axmedovich, R. O. (2022). Internet is a depression. The benefits and harms of cyberspace on the human psyche. Eurasian Scientific Herald, 5, 69-73.

Umdjon, Y„ & Madina, A. (2023, April). PROFESSIONAL MOTIVATION AND ITS STRUCTURE IN THE MANAGEMENT PROCESS. In E Conference Zone (pp. 11-16).

Umidjon, Y., & Humora, V. (2023). GENDER FARQLARNINGIJTIMOIY PSIXOLOGIK TOMONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 386-390.

Shavkatovna, N. В. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLOVCH1 SHAXSLARN1NG PSIXOLOGIK XOLAT1NING PATOLOGIYASI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.

Bamo, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASINING О ‘ZIGA XOS TOMONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

Ибайдуллаева, У. (2022). РОЛЬ СЕМЬИ В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ КОНФЛИКТОВ МЕЖДУ ПОДРОСТКАМИ. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 1(7), 81-83.

Axmcdovich, R. О. (2022). GLOBALLASHGAN AXBOROT DAVRI VA SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 38-44.

Kornilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA-OSMIRLARDA YUZAGA KELADIGAN TAJOVUZKORLIK RIVOJLANISHIGA TASIR ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Adilova, М. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN THE SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access Repository, 4(2), 500-505.

Каршибоев, C. (2022). Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 464-467.

Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.

Arakulov, G. (2023). ТАЖОВУЗКОРЛИК-УСМИРЛАРДА ЗАМОНАВИЙ ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(3), 15-21.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов