Er-xotin o‘rtasidagi yuzaga kelayotgan konfliktlarda oilaviy munosabatlarning o‘rni va ahamiyati

CC BY f
461-464
1
0
Поделиться
Ибайдуллаева, У. (2023). Er-xotin o‘rtasidagi yuzaga kelayotgan konfliktlarda oilaviy munosabatlarning o‘rni va ahamiyati . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 461–464. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25389
Умида Ибайдуллаева, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oilalarda er-xotin o’rtasida yuzaga keladigan nizolar oilaviy munosabatlarda salabiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur maqolada oilaviy nizolardan biri bo‘lgan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning yuzaga kelishi, ularning sabab va oqibatlari, yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarda oilaviy munosabatning o‘rni va ahamiyati qay darajada ekanligi, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar batafsil yoritilgan.


background image

461

16.

Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN

MOTIVATSIYA MUAMMOSINING O ‘RGANILGANLIGI. International Journal
of Contemporary Scientific and Technical Research, 366-371.

ER-XOTIN O‘RTASIDAGI YUZAGA KELAYOTGAN KONFLIKTLARDA

OILAVIY MUNOSABATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

(PhD), Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Annotatsiya:

Oilalarda er-xotin o’rtasida yuzaga keladigan nizolar oilaviy

munosabatlarda salabiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur
maqolada oilaviy nizolardan biri bo‘lgan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning
yuzaga kelishi, ularning sabab va oqibatlari, yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarda
oilaviy munosabatning o‘rni va ahamiyati qay darajada ekanligi, ularni bartaraf etish
bo‘yicha xulosa va tavsiyalar batafsil yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, oilaviy munosabatlar, er-xotin, nizo, ajrim, qaynona-kelin,

kelishmovchilik, ota-ona.

Bugungi kunda jamiyatimiz oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri bu –

har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish, o‘z oilasi va xalqining ravnaqi
uchun xizmat qiladigan insonni tarbiyalashdan iborat. Har bir insonning har kuni
faoliyatidan tashqari talpinib, halovat olib, orom olish uchun boradigan maskani bu -
oila hisoblanadi. Oila bu kelajakdagi munosib vorislarimizni barkamol shaxs qilib
tarbiyalaydigan, qadriyat hamda milliy an’analarimizni kelajak avlodga o‘tkazadigan
maskan sanaladi. Mamlakatimiz hamda xalqimizning tinch va xotirjam bo‘lishida
oilalarning totuvligi ham katta ahamiyatga egadir. Ammo achinarli tomoni shundaki,
o‘zbek oilalarida qaynona-kelin, er-xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona-kuyov
o‘rtasidaги nizolarning uchrab turishidir.

Xalqimizda “Bir kun janjal chiqqan chiqqan uydan qirq kun baraka qochar”

degan naql bor. Haqiqatdan ham oilada kimlar bilan bo‘lmasin kelishmovchiliklar
yuzaga kelsa, o‘sha uyda tinchlik, o’zaro hurmat, munosabatlardagi samimiylik
yo’qoladi. Turmush o‘rtoqlarning uydagi munosabatlari, ularning ishdagi
samaradorligiga, doimiy stress holatida yurishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida
oilalardagi ijobiy munosabatlarga salbiy ta’sir etadi. Konstitutsiyamizning 63-
moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo‘lish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yilgan. Yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy
siyosat oila muhit qadriyat ekanligiga qaratilayotganligidan ko‘rish mumkin.
Davlatimiz oilalarni himoya qilish maqsadida 1998-yilni “Oila yili”, 2012-yilni
“Mustahkam oila yili”, 2013-yilni “Obod turmush yili” deb nomlarning berilishi ham
fikrimizning asosi bo‘la oladi.

Davlatimizning oilalarga ko‘rsatayotgan e’tiboriga qaramasdan oilalarda

uchrayotgan kelishmovchiliklarning ortib borayotganligi, oilaviy ajrimlar sonining
ham oshib borayotganligi achinarli holdir. Jumladan, bunday nizolar hamda ajrimlar


background image

462

sonining oshishiga yoshlarimizning oilaga tayyor bo‘lmasdan turib oila qurayotganligi,
yigitlarning oilani boshqarishda sustligi, ro‘zg‘or uchun kerakli tajribaga ega
bo‘lmasligi, farzandlariga va rafiqasiga e’tiborsizligi, qizlarning esa onalikka tayyor
emasligi, oilada sog‘lom muhitni yarata olmasligi sabab bo‘la oladi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, aksariyat ajralgan oilalarning

yoshi 20-25 yoshda bo‘lib, ular bor-yo‘g‘i 1-1.5 yil turmush qurishgan xolos. Ajralish
holatlarining 18-20 foizi oiladagi kelishmovchiliklar, 22-25 foizi o‘zaro muhabbatning
yo‘qligi, xarakterlarning to‘g‘ri kelmasligi, qolganlari esa farzandsizlik, er-xotinning
kasalligi, eng achinarlisi esa yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi illatlarga
berilib ketishi oqibatida yuzaga kelgan.[1] Haqiqatdan ham, keyingi yillarda oilalarda
yuzaga kelayotgan nizolar ham ajrimlarni ko‘payib borayotganligi achinarli hol.
Oilada yuzaga kelayotgan nizo va kelishmovchiliklar er-xotinning ajralishiga 18-20
foiz ta’sir qilmoqda. Ayollar orasida bo‘sh vaqtini bekor narsalarga ya’ni ijtimoiy
tarmoqlarga sarflab, virtual tarmoqdan baxt izlab, xorij mamlakatlariga borib ishlab
qaytib kelmaslik, oilasidan, farzandlaridan voz kechish holatlari natijasida oilalarda er
va xotinlar orasida nizolar ko‘payib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bunday
holatlarni oldini olishda bizga oila a’zolarining ham ahamiyati katta deb aytishimiz
mumkin. Xususan, oilaviy munosabatlarning to‘g‘ri o‘rnatilishi, oila a’zolarining bir-
biriga samimiy munosabatda bo‘lishi bu oilada sog‘lom oilaviy muhitni
shakllantiruvchi omil sanaladi.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, sog‘lom oilaviy muhit deganda biz- oilada

qaynona va qaynota, er va xotin, ota-ona va farzandlar o‘rtasida samimiy va
umuminsoniy munosabatlar, jumladan halollik, rostgo‘ylik, poklik, shirinso‘zlik,
xushmuomalalik, kamtarinlik kabi insoniy munosabatlar o‘rnatilgan oilani tushunamiz.
Baxtli oilani bunyod qilish bu er va xotinga, ularning o‘zaro samimiy munosabatiga
bog‘liq hisoblanadi. Agar oilani bir bino deb olsak, uning poydevori er va xotin bo‘lsa,
unga har bir oila a’zolari baxtli oilani barpo qilish uchun o‘z hissasini qo‘shish ularning
ham vazifasidir. Afsuski, barcha oilalarda ham oila a’zolari farzandlarining tinch-totuv
yashashlariga o‘z hissalarini qo‘shavermaydilar. Bunday holatda ularning
munosabatlarida orqaga ketish boshlanadi. Ular o‘rtasidagi yaxshi, iliq munosabatlar
birdan sovib, bir-birini ko‘rganda g‘ashi keladigan, bir-birining so‘zlari yoqmaydigan,
nizokash bo‘lib qoladi.

Rossiyada o‘tkazilgan oxirgi tadqiqotlarda er-xotinlarning nizolari sabab,

ajrimlarning asosiy sabablarga quyidagilar qayd etilmoqda.

-moddiy, maishiy muammolar – 55%
-er yoki xotinning ichkilikka ruju qo‘yishi -39%
-yoshlar uchun oilaviy qadriyatlarning pasayib ketishi -27%
-er-xotin hiyonati – 19%
- psixologik mos kelmaslik – 17%
- oilaviy hayotning mazmunsizligi – 12%
- boshqa birovni sevib qolish – 11%
- farzandlarning yo‘qligi -7%
-boshqa sabablar -2%
-javob berishga qiynalganlar -6% [2] ni tashkil qilmoqda.


background image

463

Bundan aytish mumkinki, er va xotinlarning ajrimlariga eng katta foizni moddiy,

maishiy muammolar ko‘rsatmoqda. Eng past ko‘rsatgichni esa boshqa ayrim
arzimagan sabablar ko‘rsatmoqda. Oilalardagi moddiy maishiy muammolar eng
birinchi va dolzarb sabab deb aytish mumkin. Sababi, oilada erkak kishi oilaning
moddiy ta’minotchisi hisoblanadi, oilada uchraydigan kamchiliklar moddiy
yetishmovchiliklar ayol kishini nizolarni keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, oilada erkak va ayol har tomonlama bir-

birini to‘ldishi lozim, ular bir-birini ruhiy, jismoniy ham ma’naviy tomondan
to‘ldirishi, og‘ir va quvonchli damlarda bir-biriga hamnafas, hamdard bo‘lishi ularning
bir-biridan kuch-quvvat olishiga sabab bo‘ladi. Hamda oilalarda uchraydigan
nizolarning kamayishiga olib keladi. Nizolarni bartaraf etish uchun esa biz quyidagi
tavsiyalarni aytishimiz mumkin.

-Har bir oilada er va xotin bir-birini o‘zaro hurmat qilishi, hamda u

farzandlarining otasi yoki onasi ekanligini anglashi lozim;

-Oilada sabrli tinglovchi bo‘lish lozim;
-Er va xotin yaqin qarindoshlar yoki begona insonlar oldida bir-biriga tanbeh

bermasligi kerak;

-Oilada kechirimli bo‘la olish;
-Er-xotin bir-biriga ishonishi lozim;
-Er va xotin o‘zidagi kamchiliklarini ustida ishlashi kerak;
-Er yoki xotin bir-birining sevimli mashg‘ulotlariga qiziqish bildirishi va

hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak;

-Oila a’zolariga mehrli bo‘lish;
-Oilada tanqid qilish va ta’na qilishdan saqlanishga harakat qilishi lozim.
Yuqorida keltirilgan xulosa va takliflarga har bir oilada er va xotin amal qilishsa,

oilalarda nizolar soni kamayib, har bir oila mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb
ayta olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Basitxanova Ilmira Oila-chinakam baxt timsoli. “Ayollar va ularning

oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” hodimlari, mahalla
maslahatchilari hamda Xotin-qizlar qo‘mitalari faollari uchun qo‘llanma. Toshkent-
2016

2. G.Qarshiboyeva, U.Ibaydullayeva Oila psixologiyasi. Toshkent “Bayoz”

2022 B.137

3. Ibaydullayeva, U. (2023). PSIXOLOGIYADA OTA-ONA VA FARZAND

MUNOSABATI MUAMMOSINING O ‘RGANILISHI.

Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании

, (I).

4. Umida, I. (2023). MUTAFAKKIR OLIMLARNING OILA, OTA-ONA VA

FARZAND MUNOSABATI BORASIDAGI QARASHLARI.

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

, 345-348.

5. Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ

ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in
educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.


background image

464

6. Ibaydullayeva U.R. O‘smirlik davridagi farzandlarda yuzaga keladigan

inqirozli vaziyatlarning nazariy jihatlari. Psixologiya Ilmiy jurnal №2, 2023

7. Ibaydullaev T. G. PHILOSOPHICAL AND CULTURAL FOUNDATIONS

OF THE CLASSIFICATION AND GENESIS OF CLOTHES //Theoretical & Applied
Science. – 2020.

8. Ибайдуллаев Т. ГАРМОНИЯ УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ

ШВЕЙНОЙ КУЛЬТУРЫ И СОВРЕМЕННОСТИ // Научно-просветительский
журнал "Наставник". – 2021


6-7 YOSHLI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH HAMDA

SHU YOSHDA YUZAGA KELADIGAN INQIROZNING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

(PhD), Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Melieva Muazzam Maxmudovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni

maktabga tayyorlashda uchraydigan qiyinchiliklar, shu yoshda ularda yuzaga
keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va
tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, oilaviy munosabatlar, er-xotin, ota-ona, farzand, inqiroz,

maktabgacha tarbiya yoshi, psixologik xususiyatlar.

Bugungi kunda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri - har tomonlama

barkamol insonni tarbiyalash, o‘z ustida ishlaydigan, bilimga chanqoq, o‘z oilasi va
xalqining taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan shaxsni voyaga yetkazib, tarbiyalashdan
iborat. Chaqaloq dunyoga kelgan kunidan boshlab, oila a’zolari bilan emotsional
muloqotga kirishadi. Bolalik davriga yetganda esa hayotining ilk daqiqalaridan
qiyinchilik va to‘siqlarga duch keladi va ulardan chiqish uchun esa ularda bilim,
malaka va ko‘nikmalar kerak bo‘ladi, bu ko‘nikmalar bolada bosqichma-bosqich
paydo bo‘ladi. Ularni shakllantirishda esa ota-onalarning hissasi kattadir.

Bolalarning dastlabki ijtimoiylashuv jarayoni amalga oshadigan, daslabki

ta’lim-tarbiya oladigan joy bu-bog‘cha ya’ni maktabgacha ta’lim muassasasidir. Bola
bog‘chaga bora boshlagandan so‘ng juda ko‘p narsalarni farqiga boradi va atrof
muhitni anglay boshlaydi. Do‘stlari bilan suhbatlashib nutqi rivojlanadi. Bog‘chada
nafaqat bolalar o‘ynaydi, balki she’rlar, musiqalar yodlab xotirasini, rasmlar chizib,
yozuvlar yozib, harflarni o‘rganib idrokini, turli xil mantiqiy o‘yinlar o‘ynab diqqatini
shakllantiradi. Shu boisdan bog‘chaga borgan bola uyda o‘tirgan bolaga nisbatan
tezroq fikrlaydigan va muloqatchan va kirishimli bo‘ladi. Uyda o‘tirgan bola esa
nisbatan tortinchoq va fikrini aniq aytib bera olmaydi.

Bоg‘chа yoshidаgi bоlаlаr shaxsining shаkllаnishigа ko‘rа, bu dаvrni uch

bоsqichgа аjrаtish mumkin:

Библиографические ссылки

Basitxanova Ilmira Oila-chinakam baxt timsoli. “Ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazlari” hodimlari, mahalla maslahatchilari hamda Xotin-qizlar qo‘mitalari faollari uchun qo‘llanma. Toshkent-2016

G.Qarshiboyeva, U.Ibaydullayeva Oila psixologiyasi. Toshkent “Bayoz” 2022 B.137

Ibaydullayeva, U. (2023). PSIXOLOGIYADA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATI MUAMMOSINING O ‘RGANILISHI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (I).

Umida, I. (2023). MUTAFAKKIR OLIMLARNING OILA, OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATI BORASIDAGI QARASHLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 345-348.

Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.

Ibaydullayeva U.R. O‘smirlik davridagi farzandlarda yuzaga keladigan inqirozli vaziyatlarning nazariy jihatlari. Psixologiya Ilmiy jurnal №2, 2023

Ibaydullaev T. G. PHILOSOPHICAL AND CULTURAL FOUNDATIONS OF THE CLASSIFICATION AND GENESIS OF CLOTHES //Theoretical & Applied Science. – 2020.

Ибайдуллаев Т. ГАРМОНИЯ УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ ШВЕЙНОЙ КУЛЬТУРЫ И СОВРЕМЕННОСТИ // Научно просветительский журнал "Наставник". – 2021

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов