Oilaviy nizolar va ajrimlar - jamiyat zavoli

inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
CC BY f
467-471
0
0
Поделиться
Ибайдуллаева, У., & Тиркашева, М. (2023). Oilaviy nizolar va ajrimlar - jamiyat zavoli . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 467–471. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25489
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan.


background image

467

6. Ибайдуллаев Т. Г. УЗБЕКСКАЯ НАЦИОНАЛЬНАЯ ОДЕЖДА В

ПЕРИОД ГЛОБАЛИЗАЦИИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ //Культура в
евразийском пространстве: традиции и новации. – 2020.

OILAVIY NIZOLAR VA AJRIMLAR - JAMIYAT ZAVOLI

(PhD), Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Tirkasheva Mavluda Akram qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda

oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga
kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy
asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Oila va nikoh munosabatlari, oilaviy hayotga tayyorlash, milliy

o‘ziga xoslik, nizolar, ajralishlar, salbiy asoratlar, ilmiy izlanishlar, shaxslararo
munosabatlar, ijtimoiy-psixologik, maxsus tadqiqot.

Respublikamizda so‘nggi yillarda oila institutini mustahkamlash, oilalarda

sog‘lom muhitni yaratish, oila qadriyatlari va oiladagi shaxslararo munosabatlarini
shakllantirish orqali oilaviy munosabatlarini barqarorlashtirilishiga qaramay,
oilalarning barbod bo‘lishi holatlari ortib borayotganligini, oilaviy munosabatlar
ayniqsa, ota-ona va farzand, er-xotin o‘rtasidagi nizolar tufayli oilalarda nosog‘lom
muhitning hukm surishi, oiladagi ruhiy ziddiyatlar salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Jamiyatda paydo bo‘lgan har bir holatning o‘ziga yarasha sabab va omillari

bo‘ladi. Oilalarning buzilishi barcha jamiyatlarni qattiq tashvishga solib, ushbu
muammoni hal etish uchun har bir jamiyat turli choralarni ko‘rib kelmoqda.

Oilalardagi kuzatilayotgan ajralishlarning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-

urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib
chiqarayotganligi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni

o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu
ilmiy ishlarda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,
o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi
sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har
tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan
muammolar, hatto oilalarning buzilishi va uning salbiy asoratlari undagi shaxslararo
munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon
turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlarga bog‘liq ekanligini aytib
o‘tishimiz joiz.


background image

468

Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam

bog‘lovchi rishtasi nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim
hisoblanadi. Chunki hayotda halol va haromni ajratish, er-xotinning haq-huquqlariga
rioya etish, oila qurish, inson naslining davomiyligini ta’minlash, yosh avlod tarbiyasi
kabi muhim masalalarning hammasi shar’iy nikohga bog‘liqdir. Shuning uchun
dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi. Ming afsuslar bo‘lsinki,
so‘nggi yillarda oilaviy ajrimlar ko‘payib ketmoqda. Quyida oilaviy ajrimning salbiy
oqibatlaridan ba’zilarini bayon qilamiz:

1. Ajrashgan er va xotinning hech bo‘lmaganda obro‘si to‘kilishi. Erga

nisbatan

“bitta xotinni eplay olmadi, yaxshi odam bo‘lganda ayoli bilan chiroyli

muomala qilib yashar edi”,

degan gap-so‘zlar, ayolga nisbatan esa

“erining xizmatini

qilolmadi, yaxshi ayol bo‘lganida erining izmidan chiqmasdan, murosa qilib,
tinchgina yashar edi”,

degan qarashlar kelib chiqadi. Ajrim oqibatida “boshi ochiq”

ayol va “bo‘ydoq” erkaklar paydo bo‘ladi. Bu holat odatda jamiyatda zino va
hayosizliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lib, ma’naviy muhitni buzilishiga olib
kelmoqda. Oqibatda ba’zi “boshi ochiq” yoshgina ayollar noqonuniy ikkinchi,
uchinchi va hatto to‘rtinchi xotinlikka ham rozi bo‘lmoqdalar.

2. O‘rtadagi farzandlarni tirik yetim bo‘lib, sarson bo‘lishi. Bechora farzandlar

o‘rtada sarson va sargardon bo‘lib, nima qilishni bilmaydi. Otasiga boray desa ona
norozi, onasiga boray desa ota ruxsat bermaydi. Otasi bilan suhbatlashsa,

“onang

unday, onang munday”

deganga o‘xshagan gaplarni gapirib bolaga onasini

yomonlaydi va yomon ko‘rsatishga harakat qiladi. Onasi bilan gaplashsa,

“otang

bunday, otang unday”

degan gaplarni gapirib bolaga otasini yomonlaydi. Natijada bola

ikki o‘tni orasida qolib, bir qancha mashaqqatlarga duch keladi. Tarbiyasi buziladi.
Ota-ona ajrimi aksar hollarda farzandni noqobil bo‘lib voyaga yetishiga sabab bo‘ladi.
Afsuski, qarovsiz qolayotgan, ota-onasi bor ba’zi bolalarni mehribonlik uylariga
topshirish holatlari ham uchramoqda.

3. Ajrashuvchi ikki yoshning ota-onalarining mashaqqat chekishi. Ota-ona orzu

havas qilib, qancha mehnat-mashaqqat va qiyinchiliklar bilan farzandini to‘y qilib:

Zimmamdagi vazifani bajardim, bolamni oilali qildim”

deb endi erkin nafas olib

turgan paytda farzandini oilasi buzilsa, ota-onaga moddiy va ma’naviy jihatdan qattiq
zarba bo‘ladi. Ota-ona va boshqa barcha qarindoshlar ruhiy iztirobga tushadi.

Ajrimlar oiladagi doimiy janjal va mojarolar, er-xotin o‘rtasida bir-birini

tushunish va totuvlikning yo‘qligi, moddiy yetishmovchilik, qaynona-kelin
munosabatlari, oiladagi ma’naviy notenglik, alkogolizm, yigit yoki qizning yangi
hayotga tayyor emasligi tufayli yuzaga kelyapti. Barbod bo‘layotgan oilalar, boshi
qotgan erkak, sarson-sargardon ayollar hayotini kuzatar, ko‘ngil kechinmalari,
iztiroblariga quloq tutar ekansiz, beixtiyor mashhur yozuvchi Lev Tolstoyning
“Hamma baxtli oilalar bir-biriga o‘xshaydi, har bir baxtsiz oila — o‘zicha baxtsiz”
degan gapi yodingizga tushadi. Yuqorida keltirilgan sabablar bu g‘animat umrda
insonga berilgan bebaho ne’mat — oila butunligiga soya solishga arzirmikan?

Har bir oilada er-xotin tinch-totuv, ahil-inoq ravishda, baxt nashidasini surib

yashashi ayni muddaodir. Buning uchun hamma harakat qiladi. Ammo, jon bor joyda
janjal bor, deganlaridek, kishilar istamasalar ham, oila a’zolari – er-xotin orasida
tushunmovchiliklar, kelishmovchiliklar va urish-janjallar chiqib turishi bor. Ushbu


background image

469

holatni to‘g‘ri hal qilish ham oilaning va uning a’zolarining saodatiga xizmat qiladigan
muhim omillardan biridir.

Bu masalada ikki taraf ham bir-birini yaxshi tushunishi, ayol erning, er

ayolning fikrlariga rioya qilishi lozim. Ikkovlari bir-birlarining odatlarini, nimadan
xafa va nimadan xursand bo‘lishlarini, ruhiy kechinmalarida va kayfiyatlarida
bo‘ladigan o‘zgarishlarni yaxshi tushunib yetishlari zarur. So‘ngra bir-birlarini xafa
qiladigan harakatlardan yiroq bo‘lib, xursand qiladigan narsalarga yaqin bo‘lishga
harakat qilishlari kerak.

Qalb halovati inson hayotining mazmunidir. Uni hamma oilasidan topmog‘i

lozim. Agar bunday bo‘lmasa-chi? Halovatni ko‘chadan, do‘stlaridan, begonalardan
izlay boshlaydi. Endigina turmush qurgan yosh oilani olaylik. Kelin-kuyov kemada
uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilarga o‘xshaydi. Kemaga chiqishadi-yu hech qachon
ortga qaytmaslikka, doimo birga, bahamjihat bo‘lishga barchaning guvohligida so‘z
berishadi. Ammo...

Mutaxassislar kuzatuviga ko‘ra, turmushning dastlabki uch yilida ajralish

uchun eng ko‘p ehtimollik bo‘larkan. Sababi, bu vaqtga kelib er-xotin bir-birini
anchagina bilib, xato-kamchiliklarini ko‘rib, bir-biridan to‘yish hissi paydo bo‘lishi
aniqlangan. Mana shu davrdan eson-omon o‘tib olgan oila yanada mustahkamlanar
ekan.

Oilalarda nizo va ajrimlarni oldini olish va ularni yuzaga kelmasligi uchun

quyidagi tavsiyalarni aytib o’tamiz.

- Oilada er-xotin bir-biriga ishonishi lozim;
- Er va xotin o‘zidagi kamchiliklarini ustida ishlashi va uni takrorlashdan tiyilishi

kerak;

- Har bir oilada er va xotin bir-birini va oila a’zolarini o‘zaro hurmat qilishi

darkor;

- Oilada bir-birini tanqid qilish kerak emas;
- Er-xotin oilada kechirimli bo‘la olishi oilalarda yuzaga kelayotgan nizo va

ajrimlarning yuzaga kelmasligiga sabab bo‘ladi deb aytish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. G.Qarshiboyeva, U.Ibaydullayeva Oila psixologiyasi. Toshkent “Bayoz”

2022

2. Ibaydullayeva, U. (2023). PSIXOLOGIYADA OTA-ONA VA FARZAND

MUNOSABATI MUAMMOSINING O‘RGANILISHI.

Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании

, (I).

3. Umida, I. (2023). MUTAFAKKIR OLIMLARNING OILA, OTA-ONA VA

FARZAND MUNOSABATI BORASIDAGI QARASHLARI.

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

, 345-348.

4. Ibaydullayeva U.R. O‘smirlik davridagi farzandlarda yuzaga keladigan

inqirozli vaziyatlarning nazariy jihatlari. Psixologiya Ilmiy jurnal №2, 2023

5.Ibaydullayeva U.R., Tirkasheva M.A. Oilada ajrimlar yuzaga kelishi va unga

olib keluvchi sabablar. “Zamonaviy ijtimoiy psixologiya:An’analar va istiqbollar”
mavzusidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Jizzax-2023 19-20 may 1-qism


background image

470

6. Ibaydullayev T. G. ETHNIC CLOTHS AS A MAIN FACTOR OF

NATIONAL CULTURAL DEVELOPMENT //EurasiaScience. – 2019

7.

Ибайдуллаев

Т.

КЛАССИФИКАЦИЯ

УЗБЕКСКОГО

ТРАДИЦИОННОГО КОСТЮМА (В РАЗРЕЗЕ АНАЛИЗА ЖЕНСКИХ
КОСТЮМОВ) //InterConf. – 2021.

8. Usmanov, S., & Abduraxmanov, Z. (2023). VIRTUAL EDUCATIONAL

SYSTEM FOR THE DEVELOPMENT OF INFORMATION AND PROFESSIONAL
COMPETENCE OF FUTURE ENGINEERS. International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research, (Special Issue), 55-63.

9. Alimov, N. (2023). CULTURE OF WESTERN AND ORIENTAL

COUNTRIES. Современные тенденции инновационного развития науки и
образования в глобальном мире.

10. Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE

PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION.
International Journal of World Languages, 1(2).

11. Sunatullaevna, K. A., & Axmedovich, R. O. (2022). Internet is a depression.

The benefits and harms of cyberspace on the human psyche. Eurasian Scientific Herald,
5, 69-73.

12. Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). PROFESSIONAL MOTIVATION

AND ITS STRUCTURE IN THE MANAGEMENT PROCESS. In E Conference Zone
(pp. 11-16).

13. Umidjon, Y., & Humora, V. (2023). GENDER FARQLARNING IJTIMOIY

PSIXOLOGIK TOMONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research, 386-390.

14. Shavkatovna, N. B. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN

ISHLOVCHI SHAXSLARNING PSIXOLOGIK XOLATINING PATOLOGIYASI.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.

15. Barno, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH

DAVRIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASINING O ‘ZIGA XOS TOMONLARI.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

16. Равшанов, О. (2022). Конфликты между учителем и учениками и

способы их решения. Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari
va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 1(1), 508-511.

17. Axmedovich, R. O. (2022). GLOBALLASHGAN AXBOROT DAVRI VA

SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, 38-44.

18. Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA

YUZAGA

KELADIGAN

TAJOVUZKORLIK

RIVOJLANISHIGA

TASIR

ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1).

19. Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN

THE SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access
Repository, 4(2), 500-505.


background image

471

20. Каршибоев, С. (2022). Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik

jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и
развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 464-467.

21. Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ

ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in
educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.

22.

Arakulov,

G.

(2023).

ТАЖОВУЗКОРЛИК-ЎСМИРЛАРДА

ЗАМОНАВИЙ ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА. Журнал Педагогики и
психологии в современном образовании, 3(3), 15-21.


TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARNING ILMIY-

TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINI TARBIYALASHNING

PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Parmonov Abdutolib Abduvahob o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

pabdutolib@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyat jarayonida

shaxsning ehtiyojlarini shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Ijodkorlik, shaxs, jarayon, sifat, tarbiya, fikrlash, yеtakchilik,

munosabat, intilish, mahorat.


Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodkorligi shaxsning ichki his-

tuyg‘usini rivojlatirish va tarbiyalash muammosiga yеtakchi psixologlar vakillari
e’tiborini qaratganlar. Ijodkorlikda shaxs hissiy ehtiyojini shakllantirish talabalarni
ijodkorlikka tayyorlashning muhim vositalaridan biridir. Bu ishni samarali amalga
oshirish esa, shaxs ichki ehtiyojining o‘ziga xos bo‘lish – psixologik jihatlari tabiati va
uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishni taqazo etadi.

Shu ma’noda talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyatida rahbarning

shaxsiy sifatlari namoyon bo‘ladigan uning tashkiliy – pedagogik va psixologik
jihatlari talabalarda ehtiyojini tarbiyalashning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Talabalar ilmiy-texnikaviy ijodkorlik faoliyati jarayoni shaxsning ehtiyojlarini

shakllantirish va qondirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Muvaffaqiyatga bo‘lgan
ehtiyoj deganda, shaxsning yuqori maqsad yoki natijaga erishishga bo‘lgan intilishni
tushuniladi. Bu ehtiyoj kishining faol izlanishi, tinib-tinchimaslik xususiyatlarini
namoyon qiladi.

Birinchilikka erishi ehtiyojining aksi esa omadsizlikdan qochish (qo‘rqish),

loqaydlik va tanballik hisoblanadi. Bunday shaxslar muvaffaqiyatga erishidan ko‘ra
ko‘proq ortiqcha ko‘ngilsizlik, gap-so‘zdan qochibgina ishlarni nomiga bajaradilar.

Hozirgi zamonda shaxsning muhim ijodqorlik faoliyati shakli sifatida fikrlash

e’tirof etiladi. Fikrlash 3 ta o‘ziga xos tavsifga ega.

Fikrlash

- bu har xil muammo masallalarni еchishga yo‘naltirilgan faoliyat;

Fikrlash

- bu inson ichki tuyg‘usi bilan bog‘liq amalga oshiriladigan faoliyat;

Библиографические ссылки

G.Qarshiboyeva, U.Ibaydullayeva Oila psixologiyasi. Toshkent “Bayoz” 2022

Ibaydullayeva, U. (2023). PSIXOLOGIYADA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATI MUAMMOSINING O‘RGANILISHI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (I).

Umida, I. (2023). MUTAFAKKIR OLIMLARNING OILA, OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATI BORASIDAGI QARASHLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 345-348.

Ibaydullayeva U.R. O‘smirlik davridagi farzandlarda yuzaga keladigan inqirozli vaziyatlarning nazariy jihatlari. Psixologiya Ilmiy jurnal №2, 2023

Ibaydullayeva U.R., Tirkasheva M.A. Oilada ajrimlar yuzaga kelishi va unga olib keluvchi sabablar. “Zamonaviy ijtimoiy psixologiya:An’analar va istiqbollar” mavzusidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Jizzax-2023 19-20 may 1-qism

Ibaydullayev T. G. ETHNIC CLOTHS AS A MAIN FACTOR OF NATIONAL CULTURAL DEVELOPMENT //EurasiaScience. – 2019

Ибайдуллаев Т. КЛАССИФИКАЦИЯ УЗБЕКСКОГО ТРАДИЦИОННОГО КОСТЮМА (В РАЗРЕЗЕ АНАЛИЗА ЖЕНСКИХ КОСТЮМОВ) //InterConf. – 2021.

Usmanov, S., & Abduraxmanov, Z. (2023). VIRTUAL EDUCATIONAL SYSTEM FOR THE DEVELOPMENT OF INFORMATION AND PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE ENGINEERS. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 55-63.

Alimov, N. (2023). CULTURE OF WESTERN AND ORIENTAL COUNTRIES. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире.

Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION. International Journal of World Languages, 1(2).

Sunatullaevna, K. A., & Axmedovich, R. O. (2022). Internet is a depression. The benefits and harms of cyberspace on the human psyche. Eurasian Scientific Herald, 5, 69-73.

Umdjon, Y., & Madina, A. (2023, April). PROFESSIONAL MOTIVATION AND ITS STRUCTURE IN THE MANAGEMENT PROCESS. In E Conference Zone (pp. 11-16).

Umidjon, Y., & Humora, V. (2023). GENDER FARQLARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK TOMONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 386-390.

Shavkatovna, N. B. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLOVCHI SHAXSLARNING PSIXOLOGIK XOLATINING PATOLOGIYASI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 658-662.

Barno, N., & Buvirobiya, H. (2023). MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASINING O ‘ZIGA XOS TOMONLARI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

Равшанов, О. (2022). Конфликты между учителем и учениками и способы их решения. Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 1(1), 508-511.

Axmedovich, R. O. (2022). GLOBALLASHGAN AXBOROT DAVRI VA SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 38-44.

Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA YUZAGA KELADIGAN TAJOVUZKORLIK RIVOJLANISHIGA TASIR ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN THE SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access Repository, 4(2), 500-505.

Каршибоев, С. (2022). Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 464-467.

Аракулов, Г. Т. (2023). МЕДИКО-СОЦИАЛЬНАЯ РЕШЕНИЕ ПРОБЛЕМ ДЕТЕЙ С РАННИМ ДЕТСКИМ АУТИЗМОМ. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 872-877.

Arakulov, G. (2023). ТАЖОВУЗКОРЛИК-ЎСМИРЛАРДА ЗАМОНАВИЙ ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА. Журнал Педагогики психологии в современном образовании, 3(3), 15-21.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов