6-7 Yoshli bolalarni maktabga tayyorlash hamda shu yoshda yuzaga keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari

inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
CC BY f
464-467
0
3
Поделиться
Ибайдуллаева, У., & Мелиева, М. (2023). 6-7 Yoshli bolalarni maktabga tayyorlash hamda shu yoshda yuzaga keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 464–467. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25390
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda uchraydigan qiyinchiliklar, shu yoshda ularda yuzaga keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.


background image

464

6. Ibaydullayeva U.R. O‘smirlik davridagi farzandlarda yuzaga keladigan

inqirozli vaziyatlarning nazariy jihatlari. Psixologiya Ilmiy jurnal №2, 2023

7. Ibaydullaev T. G. PHILOSOPHICAL AND CULTURAL FOUNDATIONS

OF THE CLASSIFICATION AND GENESIS OF CLOTHES //Theoretical & Applied
Science. – 2020.

8. Ибайдуллаев Т. ГАРМОНИЯ УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ

ШВЕЙНОЙ КУЛЬТУРЫ И СОВРЕМЕННОСТИ // Научно-просветительский
журнал "Наставник". – 2021


6-7 YOSHLI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH HAMDA

SHU YOSHDA YUZAGA KELADIGAN INQIROZNING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

(PhD), Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Melieva Muazzam Maxmudovna

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni

maktabga tayyorlashda uchraydigan qiyinchiliklar, shu yoshda ularda yuzaga
keladigan inqirozning psixologik xususiyatlari, ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosa va
tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, oilaviy munosabatlar, er-xotin, ota-ona, farzand, inqiroz,

maktabgacha tarbiya yoshi, psixologik xususiyatlar.

Bugungi kunda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri - har tomonlama

barkamol insonni tarbiyalash, o‘z ustida ishlaydigan, bilimga chanqoq, o‘z oilasi va
xalqining taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan shaxsni voyaga yetkazib, tarbiyalashdan
iborat. Chaqaloq dunyoga kelgan kunidan boshlab, oila a’zolari bilan emotsional
muloqotga kirishadi. Bolalik davriga yetganda esa hayotining ilk daqiqalaridan
qiyinchilik va to‘siqlarga duch keladi va ulardan chiqish uchun esa ularda bilim,
malaka va ko‘nikmalar kerak bo‘ladi, bu ko‘nikmalar bolada bosqichma-bosqich
paydo bo‘ladi. Ularni shakllantirishda esa ota-onalarning hissasi kattadir.

Bolalarning dastlabki ijtimoiylashuv jarayoni amalga oshadigan, daslabki

ta’lim-tarbiya oladigan joy bu-bog‘cha ya’ni maktabgacha ta’lim muassasasidir. Bola
bog‘chaga bora boshlagandan so‘ng juda ko‘p narsalarni farqiga boradi va atrof
muhitni anglay boshlaydi. Do‘stlari bilan suhbatlashib nutqi rivojlanadi. Bog‘chada
nafaqat bolalar o‘ynaydi, balki she’rlar, musiqalar yodlab xotirasini, rasmlar chizib,
yozuvlar yozib, harflarni o‘rganib idrokini, turli xil mantiqiy o‘yinlar o‘ynab diqqatini
shakllantiradi. Shu boisdan bog‘chaga borgan bola uyda o‘tirgan bolaga nisbatan
tezroq fikrlaydigan va muloqatchan va kirishimli bo‘ladi. Uyda o‘tirgan bola esa
nisbatan tortinchoq va fikrini aniq aytib bera olmaydi.

Bоg‘chа yoshidаgi bоlаlаr shaxsining shаkllаnishigа ko‘rа, bu dаvrni uch

bоsqichgа аjrаtish mumkin:


background image

465

birinchi dаvr

- bu 3-4 yosh оrаlig‘idа bo‘lib, bоlа emоtsiоnаl jihаtdаn o‘z-

o‘zini bоshqаrishning mustаhkаmlаnishi bilаn bоg‘liqdir;

ikkinchi dаvr

- bu 4-5 yoshni tаshkil qilib ахlоqiy o‘z-o‘zini bоshqаrish davri;

uchinchi dаvr

esа shaxsiy ishchаnlik vа tаdbirkоrlik хususiyatining shаkllаnishi

bilаn хаrаktеrlаnаdi.

Bоlаning mаktаbdа muvаffаqiyatli o‘qishi ko‘p jihаtdаn ulаrning mаktаbgа

tаyyorgаrlik dаrаjаlаrigа bоg‘liq. Bоlа аvvаlо mаktаbgа jismоniy jihаtdаn tаyyor
bo‘lishi kеrаk. 6 yoshli bоlаlаrning аnаtоmik-fiziоlоgik rivоjlаnishi o‘zigа хоs tаrzdа
kechadi.

Kаttаlаr shu yoshdаgi bоlаlаr bilаn ish оlib bоrаr ekаnlаr, bu yoshdаgi bоlаlаr

оrgаnizmi hаli o‘sishi dаvоm etаyotgаnligini dоimо hisоbgа оlishlаri lоzim. Mаsаlаn,
bоlаni mаjburаn yozishgа o‘rgаtish hаli bаrmоq muskullаri to‘liq, rivоjlаnmаgаnlik
sаbаbli ulаrgа mа’lum dаrаjаdа zаrаr kеltirishi yoki uni chirоyli yozа оlmаsligi, o‘z-
o‘zidаn bоlаni o‘zigа nisbаtаn ishоnchini yoki o‘qishgа nisbаtаn qiziqishini
kаmаyishigа оlib kеlishi mumkin. Kеyingisi bоlаning аqliy tаyyorgаrligidir.
Ko‘pinchа аqliy tаyyorgаrlik dеyilgаndа bоlаning mа’lum bir dunyoqаrаshi, jоnli
tаbiаt, insоnlаr vа ulаrning mеhnаtlаri hаqidаgi bilimlаri tushunilаdi. Ushbu bilimlаr
mаktаbdа bеrаdigаn tа’limgа аsоs bo‘lishi mumkin, Lеkin so‘z bоyligi, mа’lum хаtti-
hаrаkаtlаrni bаjаrа оlish lаyoqаti bоlаning mаktаbgа аqliy tаyyorgаrligining аsоsiy
ko‘rsаtkichi bo‘lа оlmаydi.

Inson shakllanish jarayonida ma’lum inqirozlarni boshidan kechiradi. Ushbu

inqirozlardan biri maktabgacha yoshdagi davr inqirozi ya’ni 7 yoshlik inqirozdir. 6-7
yoshda bola maktabgacha ta’lim muassasasidan ta’lim olayotgan faoliyatidan boshqa
faoliyatga o‘tadi. Bunda esa o‘z navbatida bola psixikasida har xil o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Psixodinamik nazariya namoyondalaridan biri, Amerikalik psixolog E.Erikson
shaxs tarqqiyotini davrlarga bo‘lganda 5-7 yoshdagi davrni “O‘yin yoshi davri” deb
ataydi. Mazkur davrda tashabbus tuyg‘usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish
maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xohish-istakni ro‘yobga chiqarishning yo‘li
to‘sib qo‘yilsa, ushbu holatda bola o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida
davra, ya’ni guruhiy o‘yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim
ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko‘rishiga, hayoloti o‘sishiga
imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg‘usi, uni tushunish mayli tug‘ila
boshlaydi.

Darhaqiqat, bola maktabga chiqishdan oldin ko‘proq o‘yin faoliyati bilan

mashg‘ul bo‘ladi. O‘zi xohlaganday o‘yinlarni o‘ylab topib uni do‘stlari bilan
o‘ynashga intiladi. Yoki o‘z holicha nimalarnidir ixtiro qila boshlaydi. Agarda bu
vaqtda bolaga nima qilayapsan? Yana nima ish qilding? Yasagan narsang umuman
noto‘g‘ri, unaqa bo‘lishi mumkinmas degan savol va jumlalar bilan ta’sir o‘tkaza
boshlasak, bolada aybdorlik hissini shakllantira boshlagan bo‘lamiz. Negaki, bola
bekor bu ishni qilibman, endi ota-onam meni kamroq yaxshi ko‘radi deb o‘zida salbiy
fikrlarni shakllantira boshlaydi. Bundan tashqari bu davrda bola do‘stlari bilan
muloqotga kirishayotganda 3-shaxs aralashuvi ham birmuncha ta’sir ko‘rsatadi.

7-8 yoshli inqirozni boshdan kechirayotgan bola hayotning yangi bosqichiga

tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi, u maktab ostonasidan o‘tgandan keyin boshlanadi. Hissiy


background image

466

qiyinchiliklarni yengish unga yangi muhitning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga, uning
qoidalarini qabul qilishga va afzalliklarini tushunishga yordam beradi.
Etti yoshli bolaning bu davrdagi xulq-atvorining xususiyatlariga biz quyidagilarni
kiritishimiz mumkin:

Bolada charchoqning kuchayishi;

Bolaning asabiylashishi;

Tajovuzkorlik yoki uyatchanlik;

Itoatsizlik.

7 yillik inqirozning asosiy muammolaridan yana biri itoatsizlikdir. Ota -onalar

o‘g‘li yoki qizi bilan muloqot qilishda o‘z o‘rnini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Bolaga
buyruq ohangida muomalada bo‘lmasligi kerak. Bolaga savollar berib, uning fikri bilan
qiziqishi, qaror qabul qilish imkoniyatini berishi, shuningdek, ular uchun javobgar
bo‘lish ham lozim. Misol uchun, agar o‘g‘il belgilangan kundalik rejimga rioya
qilishdan bosh tortsa, uni majburlashning hojati yo‘q. Undan u yoki bu ishni bajarish
uchun qancha vaqt ketishini so‘rash yaxshiroq, keyin birgalikda u bilan tuzatish
ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.

Bola inqirozni boshidan kechirayotganda ota-onalar tezroq va muvaffaqiyatli

yengishi uchun nimalarni amalga oshirishi va nimalarga e’tibor berishlari kerak?

- Bolani maktab, maktab jihozlari va maktab qoidalari bilan oldindan

tanishtirishni boshlang.

- Bolaga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring, uning fikri va dalillarini

tinglashni boshlang;

- Unga ko‘proq erkinlik bering, masalan, agar u uy vazifasini bajarishni

xohlamasa - turib olmang, unga hamma narsani his qilsin.

- Bolaga buyruq bermang, balki uni oqilona dalillarga asoslanib ishontirishga

harakat qiling.

- Farzandingizni har bir yangi, hatto kichik yutug‘i uchun ham maqtang.

Yuqorida berilgan tavsiyalarga amal qilish bolaning inqirozni tezroq yengishiga
yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. E.Gʻoziyev Umumiy psixologiya T.:“O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati” nashriyoti . 2010

2. G.Qarshiboyeva, U.Ibaydullayeva Oila psixologiyasi. Toshkent “Bayoz”

2022

3. Ibaydullayeva, U. (2023). PSIXOLOGIYADA OTA-ONA VA FARZAND

MUNOSABATI MUAMMOSINING O ‘RGANILISHI.

Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании

, (I).

4. Umida, I. (2023). MUTAFAKKIR OLIMLARNING OILA, OTA-ONA VA

FARZAND MUNOSABATI BORASIDAGI QARASHLARI.

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

, 345-348.

5. Ибайдуллаев Т. Г. Философско-культурные основы древнего казахского

и киргизского костюма //Онтологические и социокультурные основания
альтернативного проекта глобализации.—Екатеринбург, 2021. – 2021


background image

467

6. Ибайдуллаев Т. Г. УЗБЕКСКАЯ НАЦИОНАЛЬНАЯ ОДЕЖДА В

ПЕРИОД ГЛОБАЛИЗАЦИИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ //Культура в
евразийском пространстве: традиции и новации. – 2020.

OILAVIY NIZOLAR VA AJRIMLAR - JAMIYAT ZAVOLI

(PhD), Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Tirkasheva Mavluda Akram qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oilaviy ajrimlari haqida so‘z yuritilib, unda

oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda yuzaga
kelayotgan nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning salbiy
asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

Oila va nikoh munosabatlari, oilaviy hayotga tayyorlash, milliy

o‘ziga xoslik, nizolar, ajralishlar, salbiy asoratlar, ilmiy izlanishlar, shaxslararo
munosabatlar, ijtimoiy-psixologik, maxsus tadqiqot.

Respublikamizda so‘nggi yillarda oila institutini mustahkamlash, oilalarda

sog‘lom muhitni yaratish, oila qadriyatlari va oiladagi shaxslararo munosabatlarini
shakllantirish orqali oilaviy munosabatlarini barqarorlashtirilishiga qaramay,
oilalarning barbod bo‘lishi holatlari ortib borayotganligini, oilaviy munosabatlar
ayniqsa, ota-ona va farzand, er-xotin o‘rtasidagi nizolar tufayli oilalarda nosog‘lom
muhitning hukm surishi, oiladagi ruhiy ziddiyatlar salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Jamiyatda paydo bo‘lgan har bir holatning o‘ziga yarasha sabab va omillari

bo‘ladi. Oilalarning buzilishi barcha jamiyatlarni qattiq tashvishga solib, ushbu
muammoni hal etish uchun har bir jamiyat turli choralarni ko‘rib kelmoqda.

Oilalardagi kuzatilayotgan ajralishlarning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-

urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib
chiqarayotganligi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni

o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu
ilmiy ishlarda oila va nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,
o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi
sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har
tomonlama o‘rganilib, tahlil qilingan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan
muammolar, hatto oilalarning buzilishi va uning salbiy asoratlari undagi shaxslararo
munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon
turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlarga bog‘liq ekanligini aytib
o‘tishimiz joiz.

Библиографические ссылки

E.G‘oziyev Umumiy psixologiya T.:“O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti .2010

G.Qarshiboyeva, U.Ibaydullaycva Oila psixologiyasi. Toshkent “Bayoz” 2022

Ibaydullayeva, U. (2023). PS1XOLOGIYADA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABAT1 MUAMMOSINING О ‘RGAN1LISH1. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (I).

Umida, I. (2023). MUTAFAKKIR OLIMLARNING OILA, OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATI BORASIDAGI QARASHLARL International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 345-348.

Ибайдуллаев T. Г. Философско-культурные основы древнего казахского и киргизского костюма //Онтологические и социокультурные основания альтернативного проекта глобализации.—Екатеринбург, 2021. - 2021

Ибайдуллаев Т. Г. УЗБЕКСКАЯ НАЦИОНАЛЬНАЯ ОДЕЖДА В ПЕРИОД ГЛОБАЛИЗАЦИИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ //Культура в евразийском пространстве: традиции и новации. – 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов